Iyun, 2025-Yil
243
MEDIATSIYA BO’YICHA SINGAPUR KONVENSIYASINING QABUL QILINISH
TARIXI VA AHAMIYATI
Axrorova Xonzodabegim
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari mutaxassisligi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15639673
Kalit so’zlar: BMT, xalqaro mediatsiya, xalqaro shartnomalar, Singapur konvensiyasi,
Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiya.
Avvalo, Mediatsiya bo’yicha Singapur Konvensiyasining qabul qilinish tarixiga qisqacha
to’xtalib o’tamiz. 2014-yil o’zining 47-sessiyasida BMT ning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha
komissiyasi II ishchi (“Nizolarni hal qilish”) guruhi komissiyaning 48-sessiyasi uchun xalqaro
yarashuv jarayonlarining natijalari o’laroq tuzilgan kelishuv bitimlarining ijro etilish mavzusini
ko’rib chiqish hamda bu jarayonning ehtimoliy shakli xususida hisobot tayyorlash haqida qaror
qabul qilgan.
1
2015-yilda Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiya II ishchi guruhning
hisobotida keltiligan ma’lumotlarni inobatga olgach, II ishchi guruh kerakli masalalarni
aniqlashtirib olish hamda ularga taxminiy yechimlarni tahlil qilish, shuningdek, tegishli
namunaviy qoida va konvensiya mantlarining ustida ishlash lozimligi borasida qaror qabul
qilgan.
2
Muhokamalar 6 ta sessiyaga cho’zilgan, ularda 35 ta turli nodavlat tashkilotlar va 85 ta
a’zo davlatlarning vakillari ishtirok etishgan va natijada Komissiya II ishchi guruhi 2 ta loyiha,
ya’ni, mediasiya natijasida tuzilgan xalqaro kelishuv bitimlari bo‘yicha konvensiya loyihasi va
BMT Xalqaro savdo bo‘yicha yarashtiruvning namunaviy qonuniga (2002 yilgi talqiniga)
o‘zgartirish kiritish loyihasini tayyorlash orqali o’z ishlarini tugatishi mumkinligini belgilagan.
3
Konvensiyaga bog’liq ishlar 2018-yil iyun-iyul oylarida bo’lgan Xalqaro savdo huquqi
bo’yicha komissiyaning 51-sessiyasida o’z nihoyatisga yetgan, shuningdek, yangi talqindagi
namunaviy qonun ham aynan shu sessiyada qabul qilgan.
4
BMT Bosh Assambleyasi 2018-yil dekabrda Mediasiya natijasida tuzilgan xalqaro
kelishuv bitimlari to‘g‘risidagi konvensiyani konsensus asosida qabul qilgan va uning “Mediasiya
bo‘yicha Singapur konventsiyasi” deya tanilishini tavsiya eigan hamda imzolanish marosimining
2019-yil 7-avgustda Singapur Respublikasida o‘tkazilishiga ruxsat bergan.
5
Natijada, belgilangan
kunda Singapurda umumiy hisobda 46 ta davlatning vakillari yig’ilishgan va Konvensiyani
imzolashgan.
6
1
Background to the Convention, Singapore International Dispute Resolution Acaemy,
2
O'sha manba.
3
O'sha manba.
4
Report of the United Nations Commission on International Trade Law, 51
st
session, 2018, A/73/17, United Nations,
https://docs.un.org/en/A/73/17
5
Background to the Convention.
6
Nadja Alexander, It’s DONE: The Singapore Convention on Mediation, Wolters Kluwer: Kluwer Mediation Blog
(Aug. 9, 2019),
Iyun, 2025-Yil
244
Ushbu konvensiyaning birinchi 2 a’zosi Fijiy va Singapur davlatlari bo’lib, ular 2020-yil
25-fevralda konvensiyani ratifikatsiya hujjatlarini BMT ning bosh qarorgohiga topshirishgan. 3-
bo’lib esa, Qatar ratifikatsiya hujjarlarini 2020-yil 12-martda topshirgan va shu munosabat bilan
Mediatsiya bo’yicha Singapur konvensiyasi 2020-yil 12-sentabrdan kuchga kirgan.
7
Hozirda, ya’ni 2025-yil iyun holatiga ko’ra, Konvensiyani 57 ta davlat imzolagan va 18 ta
davlat a’zo bo’lgan.
8
Konvensiyani imzolagan davlatlar orasida AQSH, Avstraliya, Xitoy, Janubiy
Koreya va Hindiston kabi rivojlangan va yaxshi iqtisodiyotga ega davlatlarning bo’lishi,
Konvensiyaning xalqaro obro’sini anchagina ko’targan. Shuningdek, a’zo davlatlar orasida
Yaponiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar hamda Singapur kabi ilg’or davlatlarning o’rin
olishi dunyoning boshqa davlatlari uchun xalqaro mediatsiyaning qanchalik ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib beradi desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’zbekiston ham har yili o’z delegatlarini Mediatsiya bo’yicha Singapur konvensiyasi
haftaligi tadbirlariga yuboradi, chunki O’zbekistonning ham yaqin oralarda mazkur konvensiyaga
a’zo bo’lishi kutilmoqda.
9
Ushbu o’rinda, Konvensiyaning o’ziga xos xususiyatlarini sanab o’tsak:
Birinchidan, nizolarni muqobil hal etishdagi ijro bo’shlig’ini to’ldirdi. Ya’ni, Singapur
Konvensiyasi qabul qilingunga qadar, nizolashayotgan taraflar o’zaro tuzilgan mediativ
kelishuvlarining transchegaraviy ijro qilinishi uchun vakolatli davlat sudlariga murojaat qilishga
to’g’ri kelgan. Natijada esa taraflar mediatsiyaning afzalliklari (tezkorlik, maxfiylik, kamxarjlik
kabilar) dan manfaat ko’ra olishmagan va shu sababli mediatsiyaning o’rniga asosan xalqaro
arbitrajga murojaat qilishgan. Bundan tashqari, ba’zi davlatlar qonunchiligida, misol uchun
O’zbekiston qonunchiligida, bunday xalqaro mediativ kelishuvlarning ijroga qaratilish tartibi aniq
belgilab berilmagan. Ya’ni, sud jarayonlaridan tashqari tuzilgan mediativ kelishuvlarning tan
olinishi va ijroga qaratilishi mavhumligicha qolmoqda.
10
Shu boisdan ham Singapur konvensiyasi qaysidir ma’noda a’zo davlatlarning o’z milliy
qonunchiligida mavjud bo’shliqlarni to’ldirishga ko’maklashadi deb xulosa qilsak bo’ladi, chunki
Konvensiyaning 3-moddasi 1-qismida har bir a’zo davlat mediativ kelishuvlarni o’z milliy
qonunchiligi asosida ijro qaratilishi belgilab o’tilgan.
11
Bu degani Konvensiyaga a’zo bo’lishni
istagan davlat avvalo o’z ichki normalarida mediativ kelishuvlarning ijroga qaratilish masalasiga
oydinlik kiritib o’tishi lozim.
Ikkinchidan, Mediatsiya bo’yicha Singapur konvensiyasi mediatsiyaning xalqaro arbitraj
bilan teng pog’onaga chiqishiga zamin yaratdi. Ya’ni, xalqaro arbitraj natijasida qabul qilingan
qarorlar 1958-yilgi BMT ning “Xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to’g’risida”
7
Background to the Convention.
8
Jurisdictions, Singapore Convention on Mediation,
https://www.singaporeconvention.org/jurisdictions
9
O'zbekiston Singapur mediatsiya konvensiyasiga qo'shilish masalasini ko’rib chiqmoqda, kun.uz, 08.08.2019,
10
Sh.
Masadikov,
Mediation
in
Uzbekistan,
Kluwer
Mediation
Blog,
February,
2020,
https://mediationblog.kluwerarbitration.com/2020/02/10/mediation-in-uzbekistan/
11
United
Nations Convention on International Settlement Agreements Resulting from Mediation,
https://uncitral.un.org/en/texts/mediation/conventions/international_settlement_agreements
Iyun, 2025-Yil
245
gi Konvensiyasi (qisqacha “Nyu York Konvensiyasi”)
12
yordamida vakolatli davlat sudlari orqali
ijroga qaratiladi.
Lekin
mediativ
kelishuvlarning
transchegaraviy
ijrosi
uchun
hech
qanday
umumlashtirilgan
xalqaro
xarakterdagi
huquqiy
asos
mavjud
emas
edi.
Singapur
Konvensiyasining qabul qilinishidan oldin nizo taraflaridan mahalliy qonunchilik va talablarni
o’rganish va bajarish talab etilgan hamda taraflarning oldida faqatgina ikkita yo’l bo’lgan:
1)
mediativ kelishuvni shartnoma sifatida ijroga qaratish – vakolatli davlat sudida da’vo
qo’zg’atish orqali (taraflarning mediatsiya murojaat qilish maqsadlariga zid ravishda);
13
yoki,
2)
mediativ kelishuvni sud qarori, xalqaro arbitraj qarori yoki notarial hujjat sifatida ijro
ettirish – alohida qo’shimcha huquqiy choralarga murojaat qilish orqali.
14
Endilikda Singapur konvensiyasi orqali tadbirkorlar va boshqa biznes subyektlari a’zo
davlatlar hududida mediativ kelishuvlarning ijroga qaratilishi mumkin ekanligiga ishonch hosil
qilgan holda arbitrajdan farq ravishda mediatsiyada o’z taqdirlarini belgilashda o’zlarining
hissalari bo’lishi sababli ham xalqaro arbitrajdan ko’ra mediatsiya orqali nizolarni hal etishni afzal
ko’rishlari mumkin.
Uchinchidan, Mediatisiya bo’yicha Singapur konvensiyasining aniq qo’llanilish
chegarasiga ega. Ya’ni, Singapur konvensiyasi faqatgina “mediatsiya” orqali hal bo’lgan
“xalqaro” “iqtisodiy” nizolarda qo’llanilishi mumkin.
15
Konvensiyaning 2-moddasi 3-qismida
“mediatsiya” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Mediatsiya” deganda, qanday atama qo‘llanilishidan yoki ushbu jarayon qanday asosda
olib borilishidan qat’i nazar, nizoni hal qilish uchun tomonlar o‘zaro murosa yo‘li bilan kelishuvga
erishishga harakat qiladigan, bu jarayonda nizoni hal etuvchi yechimni tomonlarga majburan
yuklash vakolatiga ega bo‘lmagan uchinchi shaxs yoki shaxslar (“mediator”) ishtirok etadigan
jarayon tushuniladi.
16
Ya’ni, mediativ kelishuvda qanday atama ishlatilishidan qat’iy nazar (vositachilik yoki
maslahatlashuv), nizoning taraflarga majburiyat yuklash vakolatiga ega bo’lmagan 3-shax
yordamida hal etilishi konvensiya doirasida “mediatsiya” hisoblanishi belgilangan. Lekin,
mediatorning nizoni hal qilishdagi ishtirok darajasi ham aniq ko’rsatib o’tilmagan.
17
Singapur konvensiyaining 1-moddasi 1-qismigada nizoning “xalqaro” xarakterda deb
e’tirof etilishi uchun ushbu 3 ta holatdan biriga to’g’ri kelishi lozimligi belgilangan:
12
Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Arbitral Awards, United Nations, New York, 1958,
https://treaties.un.org/doc/Treaties/1959/06/19590607%2009-35%20PM/Ch_XXII_01p.pdf
13
Robert Butlien, The Singapore Convention on Mediation: A Brave New World for International Commercial
Arbitration,
Brooklyn
Journal
of
International
Law,
46
(1),
2020,
183-213,
86,
https://brooklynworks.brooklaw.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1967&context=bjil
14
The Singapore Mediation Convention: an Effective Enforcement Mechanism?, Konrd Partners, 06.04.2021,
15
Timothy Schnabel,
The Singapore Convention on Mediation: A Framework for the Cross-Border Recognition and
Enforcement
of
Mediated
Settlements,
19 Pepp.
Disp.
Resol.
L.J. 1
(2019),
15,
https://digitalcommons.pepperdine.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1424&context=drlj
16
Singapore Convention on Mediation.
17
The Singapore Convention on Mediation: A Framework for the Cross-Border Recognition and Enforcement of
Mediated Settlements, 17.
Iyun, 2025-Yil
246
1) kamida nizolashayotgan ikki tarafning yuridik manzili boshqa-boshqa davlatlarda
bo’lishi;
2) agarda taraflar bir davlatga mansub bo’lsalar-da, lekin asosiy majburiyat bajariladigan
joy boshqa davlat hududi bo’lishi; yoki,
3) nizoning predmeti boshqa davlatga eng ko’p bog’liq bo’lishi talab qilinadi.
18
Shu bilan bir qatorda, 1-moddaning 2-qismiga muvofiq ushbu xarakterdagi bitimlar uchun
Konvensiyaning qo’llanilishi taqiqlanadi: bir taraf iste’molchi bo’lgan, oilaviy, meros masalalari
hamda mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etish yuzasidan tuzilgan mediativ
kelishuvlar.
19
Bulardan tashqari, Konvensiyaning 1-moddasining 3-qismiga ko’ra:
1) sud tomonidan tasdiqlangan yoki sud jarayonlarida tuzilgan kelishuvlar;
2) sud qarori sifatida ijro etilishi mumkin bo’lgan kelishuvlar; hamda,
3) arbitraj qarori sifatida rasmiylashtirilganva ijro etilishi mumkin bo’lgan kelishuvlar
Singapur konvensiyasi doirasida ijroga qaratilishi mumkin emas.
20
Ya’ni, Mediatsiya bo’yicha Singapur konvensiyasi boshqa xalqaro hujjatlarda keltirilgan
normalar hamda a’zo davlatlarning ichki huquqiy tizimlari bilan to’qnashishlarni oldini olish
maqsadida faqatgina iqtisodiy sohadagi nizolarni hal qilgan mediativ kelishuvlarning ijro
etilishiga yo’naltirilgan.
REFERENCES
1.
Background to the Convention, Singapore International Dispute Resolution Acaemy,
2.
Report of the United Nations Commission on International Trade Law, 51
st
session, 2018,
A/73/17, United Nations,
https://docs.un.org/en/A/73/17
3.
Nadja Alexander, It’s DONE: The Singapore Convention on Mediation, Wolters Kluwer:
Kluwer
Mediation
Blog
(Aug.
9,
2019),
4.
Jurisdictions,
Singapore
Convention
on
Mediation,
https://www.singaporeconvention.org/jurisdictions
5.
O'zbekiston Singapur mediatsiya konvensiyasiga qo'shilish masalasini ko’rib chiqmoqda,
kun.uz, 08.08.2019,
6.
Sh. Masadikov, Mediation in Uzbekistan, Kluwer Mediation Blog, February, 2020,
https://mediationblog.kluwerarbitration.com/2020/02/10/mediation-in-uzbekistan/
7.
United Nations Convention on International Settlement Agreements Resulting from
Mediation,
https://uncitral.un.org/en/texts/mediation/
conventions/international_settlement_agreements
18
Singapore Convention on Mediation.
19
O'sha manba.
20
O'sha manba.
Iyun, 2025-Yil
247
8.
Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Arbitral Awards, United
Nations, New York, 1958,
https://treaties.un.org/doc/Treaties/ 1959/06/19590607%2009-
9.
Robert Butlien, The Singapore Convention on Mediation: A Brave New World for
International Commercial Arbitration, Brooklyn Journal of International Law, 46 (1), 2020,
183-213,
https://brooklynworks.brooklaw.edu/cgi/viewcontent.
10.
The Singapore Mediation Convention: an Effective Enforcement Mechanism?, Konrd
Partners,
06.04.2021,
https://www.konrad-partners.com/
insights/detail/the-singapore-mediation-convention-an-effective-enforcement-mechanism
11.
Timothy Schnabel,
The Singapore Convention on Mediation: A Framework for the Cross-
Border Recognition and Enforcement of Mediated Settlements,
19 Pepp. Disp. Resol.
L.J. 1
(2019),
https://digitalcommons.pepperdine.edu/cgi/
viewcontent.cgi?article=1424&context=drlj
