Authors

  • Sh. Qilichev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106452

Keywords:

yuklama sport vosita jarayon organizm tiklash.

Abstract

Ushbu maqolada futbolchilar bilan mashg`ulot olib borishda yuklamalarni qo`llashda uning me`yoriy ko`rsatkichlarini belgilash masalalariga oid ma`lumotlar umumlashtirilgan.

background image


Iyun, 2025-Yil

248

FUTBOLDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI TADBIQ ETISH

XUSUSIYATLARI

Qilichev Sh.

O`zdjtsu.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15639693

Annotatsiya. Ushbu maqolada futbolchilar bilan mashg`ulot olib borishda

yuklamalarni qo`llashda uning me`yoriy ko`rsatkichlarini belgilash masalalariga oid
ma`lumotlar umumlashtirilgan.

Kalit so`zlar: yuklama, sport, vosita, jarayon, organizm, tiklash.

Mashg‘ulot yuklamasini asta-sekin va maksimal oshirib borish talabini malga oshirish

yuklamasini mashg‘ulot hamda o‘yinlararo turkumlarga taqsimlanishida o‘z ifodasini
topmoqdaki, bunda yuklama erkin tarzda oshib boradi. Bunda quyidagilar oshib boradi: Sport
yuklamasini oshirib borishda organizmni keyingi, bir oz ko‘proq yuklamani qabul qilishga
tayyorlash, musobaqalarga chiqqanda mashg‘ulotning noan’anaviy vositalaridan foydalanish yo‘li
bilan organizmning katta imkoniyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratish tiklanish
jarayonining yuqori intensivlik holatida, bu jarayonni tezlashtiradigan tiklash mashqi va
vositalaridan keng foydalanish yo‘li bilan o‘rganilgan rejimni puxtalash, mashg‘ulotning
yuklamasini asta-sekin va maksimal oshirib borish talabi qilingan ish va tiklanish birligiga hamda
ular orasidagi uzviy aloqaga tayanadi. Bu talablar amalda qo‘llanish ijodiy jarayondir. Mazkur
talablar murabbiyning nazariy jixatidan ham, amaliy jixatidan ham yaxshi tayyorligini mashg‘ulot
uchun normal sharoit bo‘lishini hamda futbolchilarning umumiy va sport rejimiga qat’iy amal
qilishlarini nazarda tutadi.

Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlarida futbolchilar mashg‘ulot jarayonining asosiy

qonuniyatlariga uning siklik xarakteri ham kirishini asoslab berishgan. Haftalik, oylik hamda
yillik sikllarda musobaqalarning soni va tig‘izligiga qarab vaqti-vaqti bilan yuklamani kamaytirib
turish, mashqlar hajmi va intensivligining o‘zaro ta’siri mashg‘ulot davri va bosqichlariga bog‘liq
ekanligi ko‘zda tutiladi. Bular esa mashg‘ulotni rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalarda o‘zining
amaliy ifodasini topgan.

Qo‘shimcha mashqlardan foydalanilganda ko‘proq asosiy harakat malakalari bilan ijobiy

ta’sir etib, sportchi organizmining a’zo va sistemalarida futbol o‘yini talablariga tatbiq etib
bo‘ladigan zarur o‘zgarishlar vujudga keltiradigan mashg‘ulot vositalari tanlanadi.

Ixtisoslashtirish yo‘liga o‘tish uchun har tomonlamalik prinsipi amalga oshirish lozimligini

ham esdan chiqarmaslik kerak. bunga esa maxsus tayyorgarlik va maxsus mashqlarni to‘g‘ri va
izchil qo‘llanishi, shuningdek umumiy va maxsus tayyorgarlikni eng muvofiq tarzda
uyg‘unlashtirish orqali erishiladi. Tematik mashg‘ulotlar har bir tematik mashg‘ulotda qaysidir
bir vazifa: jismoniy texnik yoki taktik tayyorgarlik vazifasi hal qilinadi. Jismoniy tayyorgarlik
mashg‘ulotlari. Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining mazmuni jismoniy xislatlarni umumiy
va maxsus rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardan iboratdir. Jismoniy tayyorgarlik
mashg‘ulotlari yil bo‘yi olib boriladi, ammo ularning mazmuni yillik ta’lim va mashg‘ulot
turkumining u yoki bu bosqichida hal qilinadigan vazifalarga bog‘liq xolda o‘zgarib turadi.


background image


Iyun, 2025-Yil

249

Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining salmog‘i tayyorgarlik davrida, ayniqsa, uning

boshlanishida kattta ekanligini ilmiy asoslab berishgan.

Agar mashg‘ulotning maqsadi umumiy jismoniy tayyorgarlik, masalan, tezlik-kuch

tayyorgarligi bo‘lsa, bunda uning mazmuni taxminan quyidagicha: chigil yozish mashqlari, og‘ir
narsa bilan bajariladigan mashqlar, takroriy yugurish, tezlashtirish, stratlar, sakrashlar, qo‘l to‘pi,
yakunlovchi yugurish va yurishdan iborat bo‘lishi kerak. maxsus jismoniy tayyorgarlikka zo‘r
beriladigan mashg‘ulot mazmuni esa taxminan quyidagilardan iborat: to‘p bilan chigil yozish
mashqlari bajarish, to‘p bilan xuqqabozlik, yuqorilab kelayotgan to‘pni bosh bilan olib qolish,
maydon o‘rtasidan jarima maydonchaga to‘p bilan yugurib borish va darvozaga tepish, “to‘p
uchun kurash” o‘yin mashqlari, yurish, yugurish kabilar bilan ifodalanishini aytib o‘tishgan.

Mashg‘ulotlar mashg‘ulotning yillik sikli davomida ochiq maydonchalarda ham, futbol

maydonlarida ham, yopiq binolarda ham o‘tkaziladi. O‘yin texnikasiga doir mashg‘ulotlar
tayyorgarlik mshqlaridan to‘p bilan standart, murakkablashtirilgan va o‘yindagidek sharoitlardagi
mashqlardan tuzilgan bo‘lib, ular taxminan quyidagilardan: chaqqonlikni rivojlantiruvchi
mashqlar, to‘p bilan erkin mashqlar, mudofaa to‘siq bo‘lib turgan raqibdan o‘tib darvozaga
tepishdan iborat mashqlardan, bir-ikkita tegish bilan 5x5 o‘yin mashqlaridan iborat bo‘ladi.

Umumiy jihatdan mazkur ma'lumotlar asosida shu aniqlandiki, futbolchilarni tayyorgarlik

bosqichlarida yuklamalarga tayyorlash, mashg'ulotning maqsadi, umumiy har tomonlama integral
tayyorgarligida

yosh

xususiyatlarini

inobatga

olish,

mashg'ulot

jarayonining

asosiy

qonuniyatlaridan chiqmagan holda tashkil etish va mikrotsikllar qismida taqsimlash maqsadga
muvofiq bo'ladi. Ayniqsa, yuklamalarni tatbiq etishda futbolchilarda eng asosiy e'tiborga
olinadigan jihat bu chidamkorlikka yo'naltirilgan vositalarni tatbiq qilishda namoyon bo'ladi. Zero
chidamkorlik, chidamkorlik sifatini rivojlantirishda futbolchilarning o'quv-mashg'ulot jarayonini
tashkil etishda alohida omillarni inobatga olish lozim. Jumladan, futbolchilarning tayyorgarlik
davrida

umumiy

chidamkorligini

oshirishga

yo'naltirilgan

vositalarda

zamonaviy

texnologiyalardan foydalanish lozim bo'ladi. Chunki futbolchiga berilayotgan yuklamada
organizmda kechayotgan jarayonlar o'zining maksimal darajaga yetishini har doim nazoratga
olinishi zarur. Shu munosabat bilan, mashg'ulot yuklamalarini tatbiq qilishda murabbiylar
zamonaviy vositalar, ya'ni, polar va katapult kabi vositalardan muntazam foydalanib borishlari
futbolchilarni tayyorlash samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni
rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-
5887-sonli Farmoni.

2.

Abidov Sh.U. Yosh futbolchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish va
rejalashtirish. Uslubiy tavsiyanama. T., O‘zDJTI. 2011. – 38 B.

3.

Губа В.П. Лексаков А.В. Основы и интегральной подготовки футболистов: системы
подготовки футболистов// Теория и практика физической культуры и спорта . № 11.
2010. - С. 20-26.

4.

Давлетмурадов С.Р., Сиянов Ю.В, Махамаджанов Ф.Р. Физическая подготовка
футболистов. Халқаро-амалий анжумани 2012.- С. 59-60.

References

O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5887-sonli Farmoni.

Abidov Sh.U. Yosh futbolchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish. Uslubiy tavsiyanama. T., O‘zDJTI. 2011. – 38 B.

Губа В.П. Лексаков А.В. Основы и интегральной подготовки футболистов: системы подготовки футболистов// Теория и практика физической культуры и спорта . № 11. 2010. - С. 20-26.

Давлетмурадов С.Р., Сиянов Ю.В, Махамаджанов Ф.Р. Физическая подготовка футболистов. Халқаро-амалий анжумани 2012.- С. 59-60.