Authors

  • Farangiz Iskandarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106466

Keywords:

innovatsion texnologiyalar interfaol metodlar raqamli ta’lim STEAM elektron darsliklar multimedia vositalari metodik yondashuv ta’lim samaradorligi pedagogik innovatsiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasiga, mustaqil fikrlashiga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, STEAM, interfaol metodlar, raqamli platformalar, elektron darsliklar, multimedia vositalari kabi vositalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli yoritiladi. Maqolada tajriba asosida olingan natijalar, amaliy misollar va innovatsion yondashuvlar asosida berilgan takliflar ham bayon etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

585

TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA

METODLARIDAN FOYDALANISH

Iskandarova Farangiz Quvondiq qizi

Qorako‘l pedagogika texnikumi maxsus fanlar o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673028

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va

zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish
motivatsiyasiga, mustaqil fikrlashiga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ta’siri tahlil
qilinadi. Shuningdek, STEAM, interfaol metodlar, raqamli platformalar, elektron darsliklar,
multimedia vositalari kabi vositalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli yoritiladi.

Maqolada tajriba asosida olingan natijalar, amaliy misollar va innovatsion

yondashuvlar asosida berilgan takliflar ham bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, raqamli ta’lim, STEAM,

elektron darsliklar, multimedia vositalari, metodik yondashuv, ta’lim samaradorligi, pedagogik
innovatsiyalar.

THE USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AND METHODS IN

THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract. This article analyzes the importance of using innovative technologies and

modern methods in the educational process, their impact on students' motivation to learn,
independent thinking, and the formation of practical skills. It also highlights the role of tools
such as STEAM, interactive methods, digital platforms, electronic textbooks, multimedia tools in
increasing educational efficiency. The article also presents the results obtained based on
experience, practical examples, and suggestions based on innovative approaches.

Keywords: innovative technologies, interactive methods, digital education, STEAM,

electronic textbooks, multimedia tools, methodological approach, educational efficiency,
pedagogical innovations.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

И МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Аннотация. В данной статье анализируется важность использования

инновационных технологий и современных методов в образовательном процессе, их
влияние на мотивацию студентов к обучению, самостоятельность мышления и
формирование практических навыков. Также освещается роль таких инструментов, как
STEAM, интерактивные методы, цифровые платформы, электронные учебники,
мультимедийные средства в повышении эффективности обучения. В статье также
представлены полученные на основе опыта результаты, практические примеры и
предложения, основанные на инновационных подходах.

Ключевые слова: инновационные технологии, интерактивные методы, цифровое

образование, STEAM, электронные учебники, мультимедийные средства, методический
подход, образовательная эффективность, педагогические инновации.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

586

So'nggi yillarda pedagogika nazariyasiga boshqa sohalardan bir qator yangi tushunchalar

kirib keldi. Bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqada ekanligidan dalolat beradi.

Tushunchalarning aksariyati texnika va iqtisod sohalaridan kirib kelgan bo'lib, aynan shu

sohalar insoniyat fikrining rivojlanishiga asos bo'lmoqda.

Bugungi kunda ta'limning iqtisodiyligi va takomillashganligi, o'qituvchi va o'rgatuvchi

texnika va texnologiyalar, ta'lim iqtisodi, o'qitishni kompyuterlashtirish haqida turli-tuman
fikrlar bildirilmoqda.

“Innovasiya – yangilik” so'zining qachon paydo bo'lganligi aniq bo'lmasada, bu

tushuncha umumiy fanlarga, tabiiy fanlardan kirib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Bunday
yangiliklarning aksariyati qishloq ho'jaligi, ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida joriy etilardi.

Pedagogik termin sifatida esa innovasiya tushunchasi, yangi tushunchalardan biri bo'lib,

unga turli ta'riflar va fikrlar bildirilmoqda.

Innovasiya jamiyat paydo bo'lishidan boshlab o'zgarib kelmoqda. Ba'zi pedagoglar

innovasiya so'zini tor ma'noda ta'limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari
unga kengroq tushuncha bermoqda.

Ta'lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarni, islohot, o'qitishni zamonaviylashtirish,

takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirmoqdalar.

Innovasiyaga – yangilikka pedagogik tushuncha sifatida berilgan ta'riflarga to'xtalamiz.
Fransuz olimi E.Bransuik pedagogik yangilikning uch turini ko'rsatadi:

1.

yangilik sifatida butunlay yangi, ilgari mavjud bo'lmagan g'oya va harakatlar yuzaga

keladi;

2.

ko'pchilik yangiliklar ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir muhitda g'oya va harakatlarni

moslashtirishni, kengaytirishni yoki o'zgartirishni talab etadi;

3.

pedagogik yangiliklar vaziyatga qarab sodir bo'ladi. Bu yangiliklar o'zgaruvchan talablar

orqali qayta qo'yilgan maqsad asosida ilgari mavjud harakatlarni jonlantiradi va g'oyalarning
samaradorligi ta'minlaydi.

Amerikalik Bil va Bolenlar pedagogik yangiliklarni faqatgina “materialdagi o'zgarishlarni

o'z ichiga olgan yangilik emas, balki qarashlar va qo'llanishdagi kompleks yangilik” sifatida
ta'riflaydilar. Bunda o'zgarishlar va komples o'zgarishlarga ta'rif berilgan.

Nayxof yangiliklarni jarayon sifatida ta'riflab: “Bu jarayon qandaydir g'oyadan

boshlanadi va uning o'zgarishiga ta'sir qiladi, istemolchilarning qabul qilishi yoki inkor qilishi
bilan yakunlanadi”, deb e'tirof etadi.

Markllund yangilik va o'zgarishlar orasidagi farq haqida quyidagicha tushuncha beradi:
“Yangilik tushunchasi maktabda va ta'lim jarayonida o'zgarish so'zi bilan o'xshash holda

qo'llaniladi. Agar bu o'zgarish maktab tizimini qamrab olsa, uni islohot deb qabul qilinadi.

Ammo har qanday o'zgarishni ham yangilik deb qabul qilib bo'lmaydi. Yangilik oldindan

qo'yilgan maqsadga erishishni ta'minlashi lozim. Yangilik har doim bir yoki bir necha sifatli
mezonlarni hosil qiladi”.

Umumiy ensiklopediyada yangilik tushunchasi “yangi, yangilanish, yangilik – texnik va

texnologik kashfiyotlar va yutuqlarning amaliyotga joriy etilishi” sifatida ta'riflanadi.

Maxsus va pedagogik adabiyotlarda innovasiya ushbu muammo bilan shug'ullanuvchi

mualliflar tomonidan turlicha ta'riflanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

587

O'zbekistonlik olim pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo'jaeva innovasiya

so'ziga ta'rif berib quyidagilarni e'tirof etadi : “Innovasiya” (inglizcha innovation) – yangilik
kiritish, yangilikdir.

Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning

atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.

Ilmiy yo'nalishlarda yangilik – bu bevosita: yangi metod, metodika, texnologiya va

boshqalar”. (N.N.Azizxo'jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –T. 2003.49-50
betlar)

O'zbekiston milliy ensiklopediyasida innovasiya so'zi quyidagicha izohlanadi:

“innovasiya – inglizcha innovationas – kiritilgan yangilik, ixtiro bo'lib, ilmiy-texnika yutuqlari
va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mahoratni tashkil etish kabi
sohalardagi yangiliklar, faoliyat doiralarida qo'llanilishi” deb ko'rsatilgan. (O'zbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2002.169-bet)

“Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga

yanligilik va o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan
to'liq foydalaniladi”. (R.J.Ishmuhamedov. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim
samaradorligini oshirish yo'llari. –T. 2004. 3-bet)

Yangilik va o'zgarishlar haqida ba'zilar yangilikni, boshqalar son jihatdan o'zgarishni,

uchinchi toifa insonlar sifatning o'zgarishi, deb ta'riflaydilar.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida jamiyat hayotiga yangiliklarning kirib kelishi, inson

mehnatining ham takomillashishi, qulaylikka ega bo'lishini ta'minlab beradi. Shuningdek,
yangillikka bo'lgan ehtiyoj ta'lim sohasida ham bir qator o'zgarishlar bo'lishini taqozo etmoqda.

O'quv yurtiga talaba yoki o'quvchi bilim olish uchun keladi, o'qituvchi esa talabaga bilim

berishdan tashqari, unga bilim berishning eng qulay, samarali yo'llarini izlab, ta'lim jarayonini
tashkil etadi. Pedagoglarning muvaffaqiyatli ishlashlari, o'quvchilarga ta'lim berishlari uchun
ta'lim jarayoniga yangiliklarni tadbiq etishni bilishlari shart. Mana shunga ko'ra innovasiya –
yangilik atamasi ko'pchilikning e'tiborini tortdi. Endi esa innovasiyani ta'lim-tarbiya ishida to'liq
va aniq qo'llash uchun uning mazmun, mohiyatini tushunib etish lozim. Bu bir qadar vaqt talab
qiladi.

Maktab o'quvchilari o'zlarini shaxs sifatida namoyon etishga intiladilar. Buning uchun

xilma-xil faoliyat turlarini egallashga kirishadilar. Ta'lim jarayonida o'qituvchilar ham
o'quvchining barcha imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga
ega.

Innovasiya orqali o'qitish jarayoni o'qituvchi va o'quvchining o'zaro munosabatlarini

optimallashtiradi. Bunda har ikkala shaxs ham faol ishtirokchiga aylanishi ko'zda tutiladi. Ta'lim
jarayonining samaradorligi esa ushbu o'zaro munosabatlarning qanday bo'lishiga bog'liq, albatta.

Ta'lim jarayoni innovasiya orqali yuksak saviyada tashkil etilsa bo'lajak mutaxassislarda

intellektual faollik namoyon bo'ladi. Intellektual faolllik esa bo'lajak mutaxassisning har
tomonlama tayyorgarlik ko'rishiga, bo'lajak faoliyatning ustasi bo'lib etishishiga yordam beradi.

Intellekt (latincha intellectus – ya'ni aql, idrok, zehn) degan ma'noni anglatadi. Bu degani

kishining bilish faoliyati, tor ma'noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish demakdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

588

Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o'quvchilar intteltual faolligini oshirishda ta'lim

jarayoniga yangiliklarni qo'llashni talab etmoqda. Chunki bugungi kunda ta'lim jarayonida
yangiliklarni joriy etish yaxshi samara bermoqda. Shuning uchun ta'lim jarayonida
qo'llaniladigan yangilikni tasniflash (klassifikasiyalash) zarur.

Talim sohasidagi yangiliklar, ta'limga yangilik va o'zgartirish kiritish, mavjudlarini

yaxshilash va takomillashtirishni taqozo etadi. Shuning uchun har doim ham ta'lim jarayonida
qandaydir o'zgarishlar sodir bo'ladi.

Xozirgi davrni jamiyatning barcha sohalari kabi ta'lim sohasida ham katta va tezkor

o'zgarishlar davri deb atash mumkin. Yangiliklarning turli ko'rinishlari mavjud. Yangiliklarning
turlari asosan metodologik sabablarga ko'ra ajratiladi.

Ta'lim sohalari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog'liqki, bir sohadagi yangiliklar,

istalgan boshqa sohada yangiliklarni vujudga keltiradi. Shuning uchun ta'limning ayrim
komponentlarida

yangiliklarning

joriy

etilishi,

qo'llangan

yangiliklarning

umumiy

samaradorligini aniqlashni talab etadi.

Ta'lim jarayoni yangiliklarini klassifikasiyalashda (tasniflash) innovasiya inson

faoliyatining muhim ko'rinishlaridan biri ekanligini hisobga olish lozim. Bu faoliyat jiddiy
chegaralar va bo'linishlardan holi. Yangilikka ta'lim jarayonining hamma tushunchalari va
aspektlarini kiritish va ularni bir tushunchaga mujassamlashtirish qiyin. Yangilik ta'lim
mazmunini tashkil qilish jarayonida uning metodologiya va texnologiyasigasiga ta'sir qiladi.

Lekin shunday bo'lsada ta'lim jarayonida qo'llaniladigan yangilikni tasniflash zarur.
Bizning fikrimizcha birinchi asosiy mezon bu yangilikning qanday muhitda joriy qilishga

bog'liq. Ikkinchi mezon yangilikni qo'llashning yo'llari, uchinchisi yangilik joriy qilish
tadbirlarining kengligi va chuqurligi, to'rtinchi mezon – yangilikning vujudga kelishiga sabab
bo'lgan asos.

Ta'limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo'llanilishiga qarab, birinchi

mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin: 1) ta'lim mazmunida, 2) texnologiyasida, 3)
tashkil qilishda, 4) boshqarish tizimida.Yangiliklarni joriy qilishning yo'llaridan qat'iy nazar
ularni quyidagilarga ajratish mumkin:

a) tizimli, rejali, oldindan o'ylangan;
b)kutilmagan, o'z-o'zidan paydo bo'lgan, to'satdan paydo bo'lgan. Yangiliklarni joriy

qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat'iy nazar ularning quyidagi turlarini sanab
o'tish mumkin:

a) ommaviy, katta, global, tizimli, keskin, asosli, muhim, jiddiy, chuqur va boshqalar;
b) qisman, kichik, mayda.
Yangilikning paydo bo'lish xususiyatiga qarab ularni quyidagicha birlashtirish mumkin:

a) tashqi va b) ichki.

Yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlar ta'lim oluvchi manfaatdorligining yuksak darajasini

belgilaydi, natijada ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi.

Yangiliklarni joriy qilish asosida ta'lim berish quyidagi holatlarda yuqori samara beradi:

1) shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo'lganda.

Talabalar o'quv jarayoni

uchun mas'uliyatli bo'ladalar, chunki ular o'z ehtiyojlarini yaxshi biladilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

589

2) birinchi navbatdagt ehtiyojlarga javob berganda.

Ta'lim talabalarning birinchi

navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'qishga intilish yuqori darajada bo'ladi.

3) o'quvchilarning jalb etilishini ta'minlanganda.
O'quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etish.

4) mustaqil fikrga asoslanganda.

O'quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi; talabalar bir-

birlaridan o'rganadilar.

5) teskari aloqani ta'minlaganda.

Samarali bilim berilishi uchun yo'naltiruvchi va qo'llab quvvatlovchi teskari aloqa

mavjud bo'lishi talab etiladi.

7) o'rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda.

Murabbiy hamda o'quvchi o'rtasida o'zaro hurmat va ishonch mavjud bo'lishi o'quv

jarayoniga yordam beradi.

8) do'stona muhit yaratilganda.

Do'stona kayfiyatda bo'lgan talaba cho'chib o'tirgan, hayajonlanayotgan, badjahl talabaga

nisbatan materialni ancha osonroq o'zlashtirib oladi.

9) qulay vaziyat sodir bo'lganda.

Talabada o'zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo'lsa, o'quv materialini tez va oson

o'zlashtiradi.

O'qitishga nisbatan an'anaviy va texnologik o'qitishning qiyosiy tahlili

Mezonlar

An'anaviy o'qitish

Texnologik o'qitish

Maqsad

Bilim berish, ko'nikma shakllantirish

Hamkorlikdagi faoliyat

orqali bilim, ko'nikma va

malakalarni

shakllantirish

O'rganuvchining

roli

Ko'rsatmalarga bo'ysinadi;

Axborotni passiv qabul

qiladi; axborotni o'zlashtiradi;

o'rganish jarayoni uchun qisman

mas'ul

O'z g'oyalarini taklif qiladi; o'zaro

bog'langan; faol ishtirok etadi; ta'lim

jarayoniga to'liq mas'ul

O'qishga

qiziqtirish

(motivasiya)

Tashqi jamiyat tomonidan

tazyiq ko'rsatiladi (oila, din, urf-

odatlar va sh.k.);

O'rganuvchi o'qishning shu zahotlik

foydasini ko'rmaydi

Ichki qiziqtiruvchi omillar.

O'rganuvchi shu zahotlik foydani

anglaydi

Mazmun tanlovi

O'qituvchi nazorat qiladi.

O'rganuvchi qisman tanlaydi yoki

umuman bunday huquqqa ega emas

Ta'lim mazmuni talabalar tanlagan

muammolarini echishga

yo'naltirilgan

Jarayon

- direktiv (ko'rsatmali) yondashuv

- talqin qiladi va baholaydi

- mavzu bo'yicha ko'proq va

yaxshiroq biladi

- demokratik yondashuv

- tinglaydi, qo'llab quvvatlaydi, har

bir kishining fikri va g'oyalarini

qabul qilishga tayyor


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

590

- mutaxassislik tilida so'zlaydi

- talabalar tilida so'zlaydi

Usullar

(metodlar)

Talaba dalillar, axborot oladi

O'qitish talabalarning bilim va

ko'nikmasiga asoslanadi

Qaror

qabulqilish

Qarorni o'qituvchi qabul qiladi

Qaror birgalikdagi faoliyat davomida

qabul qilinadi hamda u guruh va

o'qituvchining muvaffaqiyatli

hamkorligi natijasi hisoblanadi


Ta'lim jarayoniga yangiliklarni joriy qilishda talabalarda motiv komponenti hosil qilish

muhim ahamiyatga ega.

Motivlarni hosil qilishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

Berilgan bilim va ko'nikmalarning zarurligini tushuntirish;

Shaxsiy mas'uliyat hissini yaratish;

Jarayon vaqtida ishtirokchilarning qiziqishini uyg'otish va saqlab turish;

Orttirilgan bilimlardan hayotda qanday foydalanish mumkinligini tushuntirish;

Ma'qullash, e'tirof etish, rag'batlantirish;

Sog'lom raqobat;

Olingan bilimlardan kelajakda talabalar qanday muvaffaqiyatlar qozonishilari

mumkinligi haqida muloqot qilishga imkon berish;

Tanlash imkoniyatini yaratish.

Shuni ta'kidlash lozimki motivlar hosil bo'lishi uchun talabalarda ehtiyoj tug'ilishi lozim.
Ehtiyojlarni e'tiborga olishda quyidagi imkoniyatlar yaratilishi kerak:


REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. – T.: 1997

2.

O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: 1997

3.

Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya. Pedagogik mahorat. – T.: “O'qituvchi”, 2003

4.

Voinova M.G. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo (v prep.
yurid.dissiplin) – Tashkent, “Iqtisod-moliya”, 2006

5.

Aleshina G. P. O vejlivosti, takte i delikatnosti... — L., 1990

References

O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. – T.: 1997

O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: 1997

Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya. Pedagogik mahorat. – T.: “O'qituvchi”, 2003

Voinova M.G. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo (v prep. yurid.dissiplin) – Tashkent, “Iqtisod-moliya”, 2006

Aleshina G. P. O vejlivosti, takte i delikatnosti... — L., 1990