Authors

  • Marjona Axrorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106480

Keywords:

Didaktik o‘yin bolalar rivojlanishi maktabgacha ta’lim pedagogik metod tafakkur nutq o‘yinli dars interaktiv o‘yinlar ta’lim samaradorligi.

Abstract

Ushbu maqolada didaktik o‘yinlarning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, o‘yinlar orqali bolalarning bilish faoliyati, nutqi, tafakkuri, xotirasi va emotsional salohiyati qanday shakllanishi tahlil etilgan. Maqolada turli yosh guruhlariga mos didaktik o‘yin turlari, ularning pedagogik maqsadlari va samaralari misollar bilan asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan interaktiv o‘yinlarning ta’limdagi o‘rni va natijadorligi amaliy tajribalar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

792

BOLALAR RIVOJLANISHIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI

Axrorova Marjona Meriddin qizi

Qorako‘l pedagogika texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673445

Annotatsiya. Ushbu maqolada didaktik o‘yinlarning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati

yoritilgan. Xususan, o‘yinlar orqali bolalarning bilish faoliyati, nutqi, tafakkuri, xotirasi va
emotsional salohiyati qanday shakllanishi tahlil etilgan. Maqolada turli yosh guruhlariga mos
didaktik o‘yin turlari, ularning pedagogik maqsadlari va samaralari misollar bilan asoslab
berilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan interaktiv o‘yinlarning ta’limdagi
o‘rni va natijadorligi amaliy tajribalar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Didaktik o‘yin, bolalar rivojlanishi, maktabgacha ta’lim, pedagogik metod,

tafakkur, nutq, o‘yinli dars, interaktiv o‘yinlar, ta’lim samaradorligi.

THE IMPORTANCE OF DIDACTIC GAMES IN CHILDREN'S DEVELOPMENT

Abstract. This article highlights the importance of didactic games in children's

development. In particular, it analyzes how children's cognitive activity, speech, thinking,
memory and emotional potential are formed through games. The article provides examples of
types of didactic games suitable for different age groups, their pedagogical goals and effects.
Also, the role and effectiveness of interactive games based on modern technologies in education
are shown on the basis of practical experiences.

Keywords: Didactic game, child development, preschool education, pedagogical method,

thinking, speech, game lesson, interactive games, educational effectiveness.

ЗНАЧЕНИЕ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР В РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ

Аннотация. В статье подчеркивается значение дидактических игр в развитии

детей. В частности, анализируется, как с помощью игр формируется познавательная
активность детей, речь, мышление, память и эмоциональный потенциал. В статье
приводятся примеры видов дидактических игр, подходящих для разных возрастных групп,
их педагогические цели и эффекты. Также на основе практического опыта показаны роль
и эффективность интерактивных игр, основанных на современных технологиях в
образовании.

Ключевые слова: Дидактическая игра, развитие ребенка, дошкольное образование,

педагогический метод, мышление, речь, игровой урок, интерактивные игры,
образовательная эффективность.


Kirish

Bugungi kunda ta’lim tizimida yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularda

mustaqil fikrlash, muomala madaniyati va ijodiy yondashuvni shakllantirish dolzarb vazifa
hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim davrida bola shaxsining shakllanishi, uning kognitiv,
ijtimoiy va emotsional rivoji uchun poydevor qo‘yiladi. Ushbu jarayonda pedagogik
texnologiyalarning eng samarali va tabiiy shakllaridan biri bu —

didaktik o‘yinlar

hisoblanadi.

Didaktik o‘yinlar — bu bolalar uchun mo‘ljallangan, maxsus maqsadga yo‘naltirilgan,

o‘quv va tarbiyaviy vazifalarni qiziqarli shaklda bajarish imkonini beruvchi pedagogik vositadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

793

Mazkur o‘yinlar orqali bolalar atrof-muhitni anglashni, mantiqiy fikrlashni, estetik did va

axloqiy normalarni o‘zlashtirishni o‘rganadilar. O‘yin orqali bilim berish jarayoni bolalar ongiga
oson singadi, ular faol, mustaqil va ishtirokchi bo‘ladi.

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar faoliyati asosan o‘yin

orqali amalga oshadi. Shuning uchun didaktik o‘yinlar bolani bilishga undaydi, savollar
berishga, javob izlashga, muloqot qilishga, axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga o‘rgatadi. O‘yin
davomida bola faqat bilim olmaydi, balki u o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilish, jamoada ishlash,
muammoga yechim topish, xatoni anglash va tuzatish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladi.

Pedagogik amaliyotda didaktik o‘yinlardan to‘g‘ri va tizimli foydalanish bolalarda eslab

qolish, tafakkur qilish, nutq va tilni rivojlantirishda ijobiy natijalar beradi. Shu sababli
maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang‘ich ta’lim tizimi va hatto oilaviy tarbiyada ham
didaktik o‘yinlarning ahamiyatini chuqur anglash, ularni rejalashtirilgan pedagogik faoliyatga
singdirish dolzarb masala hisoblanadi.

Asosiy qism
Didaktik o‘yinlar bolalarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng tabiiy, qiziqarli va

samarali metod hisoblanadi. O‘yinlar orqali bola bilim oladi, nutqi rivojlanadi, tafakkuri
faollashadi, aqliy va emotsional ehtiyojlarini qondiradi. Didaktik o‘yinlar, birinchi navbatda,
tarbiyaviy va o‘quviy maqsadlarga yo‘naltiriladi. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari va
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, yosh xususiyatlariga moslab
tuziladi.

Didaktik o‘yinlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

Bilish (kognitiv) o‘yinlar

– atrof-muhitdagi hodisalar va predmetlar haqidagi

tasavvurlarni shakllantiradi;

Til va nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlar

– bolalarda izchil va aniq fikr yuritishni, so‘z

boyligini oshirishni ta’minlaydi;

Matematik o‘yinlar

– son, miqdor, shakl, o‘lcham kabi tushunchalarni o‘zlashtirishga

xizmat qiladi;

Axloqiy-mazmunli o‘yinlar

– ijtimoiy xulq-atvor, odob, muloqot madaniyati asoslarini

singdiradi.

Mazkur o‘yinlar orqali o‘qituvchi bolaga mustaqil fikrlashga yo‘l ochadi, unga to‘g‘ri

qaror qabul qilishni, tanlov qilishni o‘rgatadi. Har bir didaktik o‘yinning ma’lum maqsadi,
qoidasi, materiali va natijasi mavjud bo‘lib, ular pedagog tomonidan oldindan rejalashtiriladi.

Aynan shu jihat didaktik o‘yinlarni oddiy o‘yinlardan ajratib turadi.
O‘yin faoliyati bolalarda psixik jarayonlarning – xotira, e’tibor, tafakkur, emotsiya – faol

rivojlanishini ta’minlaydi. Bola o‘yin davomida sezilarli darajada bilim olish bilan birga, ijtimoiy
munosabatlarni ham o‘zlashtiradi. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.

Shuningdek, o‘yinlar bolaning ruhiy holatini barqarorlashtirishga, o‘ziga bo‘lgan

ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar yordamida o‘quvchilarning darsga

bo‘lgan qiziqishi, faolligi va ishtiroki oshadi. Masalan, ranglar ajratish, geometrik shakllarni
tanish, predmetlar nomini topish, “Kim topqir?”, “Nimani yo‘qotdik?” kabi o‘yinlar orqali
maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatish, tahlil qilish, xotirlash qobiliyati faollashadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

794

O‘yin orqali o‘rgatilgan bilim uzoq muddatga yodda qoladi, chunki bola uni hissiyot va

harakat bilan bog‘lab oladi.

Shuningdek, interaktiv o‘yinlar yordamida bolalarda axborot texnologiyalariga qiziqish

uyg‘onadi. Multimedia vositalaridan foydalanilgan o‘yinli darslar orqali bolaning e’tibori
jamlanadi, rang-baranglik va harakat uyg‘unligi natijasida u ko‘proq o‘zlashtiradi. Masalan,
“Smart doska” orqali ishlanadigan o‘yinli mashg‘ulotlar bolalarning darsga bo‘lgan
motivatsiyasini oshiradi.

Ayniqsa, maxsus ehtiyojli bolalar uchun didaktik o‘yinlarning to‘g‘ri tanlanishi ularning

psixologik moslashuvi, nutqiy rivojlanishi va ijtimoiy integratsiyasi uchun muhim omildir. Shu
sababli har bir tarbiyachi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi didaktik o‘yinlarni bola individual
xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘llashi lozim.

“Tanish maqol” mashqi

O‘quvchilarga shifrlangan maqollar taklif etiladi: unda har bir maqol ikkita qismga

ajratilgan, ularning har birining o‘z kaliti mavjud. O‘quvchilar maqolni to‘liq aniqlab, shifrini
ochishlari kerak bo‘ladi. Doskada kalit yozilgan.

Kalit:
0 – bir kes...
1 – nima eksang...
2 –sanaydilar...
3 – oltin hisoblanavermaydi...
4 – temirni ...
5 – jo‘jani kuzda...
6 – issig‘ida bos...
7 – shuni o‘rasan...
8 – hamma yaltragan narsa...
9 – yetti o‘lchab...

O‘qituvchi. Yana bir marta sizlar bilan biz shifrlarni ochishga harakat qilamiz. Dastlab

siz bu yerda qanday maqollar shifrlanganligini bilishingiz. Har bir maqol ikki qismdan iborat,
shu sababli ikkita raqam bilan shifrlangan bo‘lishi kerak. Maqolni ikki xonali son ko‘rinishida
shifrlang. Bu raqamlarni daftaringizga yozing. Bu topshiriqni bajarishingiz uchun sizlarga uch
minut vaqt ajratiladi.

O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi, so‘ngra javoblar muhokoma qilinadi. Albatta

maqollarning ma’nosiga to‘xtalib o‘tish lozim, ularni birgalikda tushuntirish kerak. O‘qituvchi
bu sonlarni eslab qolish kerakligini aytadi.

To‘g‘ri javoblar: 17, 46, 52, 83, 90.
Darsning so‘ngida o‘qituvchi bolalardan dastlab ikki xonali sonni, so‘ngra shifrlangan

maqolni eslashlarini so‘raydi.

“Antiqa misollar” mashqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

795

Bu mashqda ham bundan oldingi jadval-kalitdan foydalaniladi. U doskada yozilgan

bo‘lishi kerak. Bolalar noodatiy holda yozilgan misollarni yechishadi.

Nima eksang+issig‘ida bos = ?
Yetti o‘lchab : oltin hisoblanavermaydi = ?
Temirni issig‘ida x nima eksang = ?
10: jo‘jani kuzda = ?
Temirni issig‘ida bos – Hamma yaltiragan narsa oltin hisoblanavermaydi = ?
Yetti o‘lchab bir kes – jo‘jani kuzda sanaydilar = ?
O‘qituvchi. Siz shifrlangan misollarni yechishingiz kerak. Dastlab uni kalit yordamida

shifrini ochib, so‘ngra yeching. Javoblarni daftarlaringiz yozing.

Bolalar topshiriqni bajarishib, javoblarni tekshirishadi. O‘qituvchi javoblarni eslab

qolishlarini so‘raydi. Shu darsning oxirida yoki kelgusi darsda ular to‘g‘ri javobni eslashadi.

“Asosiy belgi” mashqi.

Bolalarga doskada yozilgan o‘nta so‘zdan belgi-so‘zni tanlash taklif qilinadi.

O‘qituvchi.

doskada turli o‘nta so‘z yozilgan. Ularni o‘qing va har biriga to‘g‘ri keladigan

belgi-so‘zni tanlang. Belgi-so‘z predmetning xossasini aniqlaydi va qanday? - degan savolga
javob beradi. Masalan, qum sariq, issiq, mayda va boshqa bo‘lishi mumkin. sizningcha eng yaqin
bo‘lgan belgi-so‘zni tanlang va uni chiziq tagiga yozing.

Daftarga yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: so‘zlar juftligi kasr shaklda yozilib –

tepada o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan so‘zlar, pastda – o‘quvchi tomonidan taklif
etilayotgan so‘zlar. O‘qituvchi bitta misolni muhokoma qiladi.

O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi. So‘ngra o‘quvchilar yozgan so‘zlar muhokoma

qilinadi. Sinf bilan birgalikda belgi-so‘zlar to‘g‘ri tanlanganmi yoki yo‘qligi muhokoma qilinadi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga bu so‘zlarni va ularga tanlangan belgi-so‘zlarni eslab qolish

haqidagi topshiriqni beradi.

Keyingi darsda o‘qituvchi so‘zlarni juft-jufti bilan va ularga tanlangan belgilarni eslashni,

ularni daftarga yozishni, so‘ngra oldingi darsda yozgan yozuvlari bilan solishtirishni so‘raydi.

“Uchinchi so‘z” mashqi.

O‘qituvchi bir-biri bilan ma’no jihatida bog‘liq olti juft so‘zni o‘qiydi. Har bir juftlikka

ma’no jihatidan mos uchinchi so‘zni tanlash va uni daftarga yozish kerak.

O‘qituvchi.

Endi men sizlarga so‘z juftliklarini o‘qiyman. Har bir so‘z juftligi o‘zaro

ma’no jihatidan bog‘langan. Siz shunday so‘zni tanlangki u ma’no jihatidan ular bog‘liq bo‘lsin
va uni daftaringizga yozing.

Tovuq – tuxum (mumkin bo‘lgan javob: jo‘ja).
O‘rmon – daraxt (mumkin bo‘lgan javob: taxta).
Gul – kapalak (mumkin bo‘lgan javob: gulzor).
Daryo – qayiq (mumkin bo‘lgan javob: eshkak).
Kitob - bet(mumkin bo‘lgan javob: rasm).
Yo‘l – mashina (mumkin bo‘lgan javob: haydovchi)
Vazifa bajarilgandan so‘ng bolalar tomonidan javoblarning muhokomasi olib boriladi.
O‘qituvchi ushbu so‘z juftliklarini va o‘ylab topilgan so‘zlarni eslab qolish haqidagi

topshiriqni beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

796

Darsning oxirida o‘qituvchi bolalarga olti juft so‘zni va ularga nisbatan o‘ylab topilgan

so‘zlarni eslashni taklif qiladi.

Keyingi darsda o‘qituvchi o‘quvchilarga har bir juftlikdan birinchi so‘zni o‘qib, ikkinchi

va o‘ylab topilgan so‘zni eslashni hamda ularni daftarga yozishni so‘raydi.

Xulosa

Didaktik o‘yinlar bolalar tarbiyasi va ta’limida eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Ular orqali bola nafaqat bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, balki shaxsiy

rivojlanishining barcha yo‘nalishlarida – aqliy, emotsional, ijtimoiy va psixomotor jihatdan ham
yuksaladi. Tahlil va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan va maqsadli tashkil
etilgan o‘yinlar bolaning tafakkuri, nutqi, e’tibori, xotirasi va muomala madaniyatini
rivojlantiradi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarning roli yanada oshib borayotganini

hisobga olib, ularni ta’lim dasturlariga kengroq integratsiya qilish, pedagoglarni bu borada
metodik jihatdan tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, interaktiv va axborot
texnologiyalariga asoslangan o‘yinlar vositasida bolalarning darsga qiziqishini oshirish va faol
ishtirokini ta’minlash mumkin.

REFERENCES

1.

Axmedova,

Z.

"Maktabgacha

yoshdagi

bolalarni

rivojlantirishda

o‘yin

texnologiyalarining roli." Toshkent, 2020.

2.

G‘ulomov, D. "Pedagogik texnologiyalar va o‘yin metodlari." Toshkent, 2019.

3.

Mahmudova, N. "Ta’lim jarayonida o‘yinli metodlarning qo‘llanilishi." // O‘zMU ilmiy
jurnali, 2021.

4.

Shamsiyeva, D. "Didaktik o‘yinlar va ularning psixologik asoslari." – Pedagogika va
Psixologiya jurnali, 2022.

5.

Vygotsky, L.S. "O‘yin va bola rivojlanishi." – Moskva, Pedagogika, 1998.

6.

Davlat maktabgacha ta’lim standartlari. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim
Vazirligi, 2023.

References

Axmedova, Z. "Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining roli." Toshkent, 2020.

G‘ulomov, D. "Pedagogik texnologiyalar va o‘yin metodlari." Toshkent, 2019.

Mahmudova, N. "Ta’lim jarayonida o‘yinli metodlarning qo‘llanilishi." // O‘zMU ilmiy jurnali, 2021.

Shamsiyeva, D. "Didaktik o‘yinlar va ularning psixologik asoslari." – Pedagogika va Psixologiya jurnali, 2022.

Vygotsky, L.S. "O‘yin va bola rivojlanishi." – Moskva, Pedagogika, 1998.

Davlat maktabgacha ta’lim standartlari. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligi, 2023.