Authors

  • Gulshad Saparbaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106506

Keywords:

Inklyuziv ta’lim kasbiy kompetentlik pedagogik kompetentlik psixologik kompetentlik ijtimoiy kompetentlik.

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim nima ekanligi uning mazmuni,maqsadi va tamoyillari bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o’rni va uning tasiri yoritilgan. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv ta’limga tayyorlashda pedagogik, psixologik, va ijtimoiy kompetentliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KASBLIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Saparbaeva Gulshad Usenovna

Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika yunalishi 1- bosqish magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15674493

Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim nima ekanligi uning mazmuni,maqsadi va

tamoyillari bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv
ta’limning o’rni va uning tasiri yoritilgan. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini
rivojlantirishda inklyuziv ta’limga tayyorlashda pedagogik, psixologik, va ijtimoiy
kompetentliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik, psixologik

kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik.

DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS IN

INCLUSIVE EDUCATION SETTINGS

Abstract. This article discusses what inclusive education is, itscontent, goals and

principles, the role of inclusive education in developing the professional competencies of future
teachers, and its impact.In developing the professional competencies of future teachers, special
attention is paid to the development of pedagogical,psychological and social competencies in
preparing them for inclusive education.

Keywords: Inclusive education, professional competence, pedagogical competence,

psychological competence, social competence.

KIRISH

Buguni kunda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar inklyuziv ta’limni joriy etishga qaratilgan.
Inklyuziv ta’lim –barcha bolalarga ularning qobiliyatida qat’iy nazar, talim olish

imkoniyatini yaratish tamoyili. O’qituvchilar inklyuziv ta’lim tizimida o’quvchilarning har xil
ehtiyojlarini qondirishda muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababli, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
kompetentliklarini rivojlantirish, ularni inklyuziv ta’lim sharoitida samarali faoliyat yuritishga
tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Bu maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o’rni va uning ta’siri tahlil qilinadi.

Inklyuzivlik inglizcha so’z bo’lib,

inclusif-

qo’shish, birlashtirish ma’nolarini anglatadi.

Mazkur atama alohida ehtiyojga ega bo’lgan o’quvchilarni umumta’lim maktablarida

sog’lom bolalar bilan qo’shib birgalikda o’qitishni nazarda tutadi.

Inklyuziv ta’lim – o’quvchilarning imkoniyatlari, individual psixologik, jismoniy nuqson

va o’zlashtirish xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir.[1.47]

Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan o’quvchilarni sag’lom

o’quvchilar bilan birgalikda o’qitishni anglatadi. Inklyuziv ta’lim bir qator muhim tamoyillarga
tayanilgan holda amalga oshiriladi. Jumladan:

Inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga bog’liq emasligi prinsipi;

Har bir shaxsning his qilish va o’ylash layoqatiga egaligi prinsipi;

Har bir shaxsning muloqat qilish va tinglash huquqiga egaligi prinsipi;

Har bir shaxsning bir-biriga kerakligi prinsipi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonining aniq hamkorlik asosida amalga oshirilishi

prinsipi;

Har

bir

o’quvchining o’z tengdoshlarining qo’llab-quvvatlovi va do’stona

munosabatlariga ehtiyojmandligi prinsipi;

Turli tumanlik o’quvchi hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishni ta’minlashi

zarurligi prinsipi kabilar.[2.9]

Inklyuziv ta’lim tizimining barcha o’quvchilarni teng va adolatli ravishda qamrab olinishi

ta’minlashni maqsad qiladi. Bu tamoyillarga asoslanib, o’qituvchilar har bir o’quvchining
individual ehtiyojlarini inobatga olib, ta’lim jarayonini tashkil etishi kerak. Inklyuziv ta’limda
barcha o’quvchilarga bir xil imkoniyatlar taqdim etiladi, shu jumladan o’ziga xos ehtiyojlari
bo’lgan o’quvchilarga.

Inklyuziv ta’limning maqsadi –alohida ta’limga ehtiyojlari bo’lgan o’quvchilar uchun

maktabda maxsus vosita va metodlarni qo’llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan xolda
to’siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish,ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda
to’laqonli uyg’unlashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim berishni taminlashdan iborat.[3]

1.

Kasbiy kompetentliklar: Nima uchun zarur?
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi, ularning bilimlari, ko’nikmalarini va

malakalari o’z ishiga oladi.Bu kompetentliklar o’quvchining ta’lim jarayonini samarali tashkil
eta olishiga, o’quvchilarni rivojlantirishda individual yondashuvlarni qollashiga va
o’quvchilarning barcha ehtiyojlarini inobatga olishga yordam beradi. Inklyuziv ta’lim sharoitida
o’qituvchilar o’quvchilarning turli xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim jarayonini moslashtirishni
bilishi kerak.

Kasbiy kompetentliklar quyidagi yonalishlarda rivojlanishi zarur:

Pedagogik kompetentlik: Inklyuziv ta’limda ishlash uchun pedagogik bilimlarga ega

bo’lish zarur. O’qituvchilar o’quvchilarning o’qishdagi qiyinchiliklarini aniqlay olishlari va
ularning moslashgan ta’lim usullarini qo’llashlari kerak.

Psixologik kompetentlik: O’qituvchilar o’quvchilarning psixologik ehtiyojlarini

tushunishi va ularning individual yondashuvlarini ta’minlashi lozim. Bu, ayniqsa, maxsus
ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun muhimdir.

Ijtimoiy

kompetentlik:

O’qituvchilar sinfda o’quvchilarning ijtimoiy o’z-aro

munosabatlarini boshqarish va ularni jamoaviy ishga jalb etish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.

Bu kompetentlik inklyuziv ta’limda sinf muhitining barqaqrorligini ta’minlashda katta

ro’l o’ynaydi.

2.

O’qituvchilarning inklyuziv ta’limga tayyorlanishi
Bo’lajak o’qituvchilarni inklyuziv ta’lim sharoitida samarali faoliyat yuritishga

tayyorlash uchun quyidagi yunalishlar malaka oshirishi zarur:

Ta’lim dasturlari va kurslar:Talim dasturida inklyuziv talim tamoyillarini o’z ishiga olgan

kurslar tashkil etilishi kerak. O’qituvchilarni inklyuziv ta’lim metodikalar,o’quvchilarni
individual ravishda baholash va ularning ehtiyojlarini inobatga olish bo’yicha o’qitish muhim
ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

Praktik tajriba: O’qituvchilarni amaliy tajriba bilan taminlash, masalan, maxsus

ehtiyojlarga ega o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, ularning
kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda samarali vositadir.

Xalqaro tajribalar: Inklyuziv ta’lim sohasida ilg’or xalqaro tajribalardan foydalanish,

bo’lajak o’qituvchilarni turli madaniyatlarda ishlashga tayyorlashga yordam beradi. Xalqaro
miqyosda inklyuziv talimning samarali usullari va metodikalarini o’rganish o’qituvchilarga
ko’proq imkoniyatlar yaratadi.

3.

O’qituvchilarning ro’lini kengaytirish
Inklyuziv ta’limda o’qituvchilar nafaqat bilim beruvchi sifatida, balki shaxsiy va ijtimoiy

rivojlanishni taminlovchi motivator sifatida ham faoliyat yuritadilar. Ularning ro’li kengayadi,
chunki ular o’quvchilarning faqat akademik emas, balki psixologik va ijtimoiy ehtiyojlarini ham
qondirishlari zarur. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi o’zgaruvchan muhitda ham samarali
ishlashga imkon yaratadi.

4.

Xulosa
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirish inklyuziv ta’lim

sharoitida ta’lim tizimining muvaffaqiyatli ishlashiga xizmat qiladi. O’qituvchilar nafaqat
o’quvchilarga bilim berishda, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga yordam berishda ham muhim
ro’l oynaydi. Shuning uchun, bo’lajak o’qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda
pedagogik, psixologik, va ijtimoiy kompetentliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
zarur. Bu o’zgarishlar ta’lim tizimining barqaror va samarali ishlashini tamilashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Pedagogik atamalar lug’ati –T.: ”Fan” 2008-B.47

2.

Inklyuziv talim Darslik F.U.Qodirova, D.A.Pulatova –Toshkent:Mehr-nuri nashriyoti, 2024-
b.240

3.

Umumiy o’rta talim tashkilotlarida inklyuziv talimni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom-
T vazirlar mahkamasining 638-son qarori ilovasi, 2021


References

Pedagogik atamalar lug’ati –T.: ”Fan” 2008-B.47

Inklyuziv talim Darslik F.U.Qodirova, D.A.Pulatova –Toshkent:Mehr-nuri nashriyoti, 2024-b.240

Umumiy o’rta talim tashkilotlarida inklyuziv talimni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom-T vazirlar mahkamasining 638-son qarori ilovasi, 2021