Authors

  • Diloram Sangirova
  • Dilnavoz Artikova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106784

Keywords:

Buxoro xonligi islom dini sha’riat mulkchilik mahr nikoh meros nafaqa nasab.

Abstract

Maqolada Islom ayollarga taqdim etgan asosiy huquqlarni — hayot huquqi, sha’nini himoya qilish, meros, mulkka egalik qilish va tasarruf etish, mahr olish, nafaqa, nikohga rozilik berish, ta’lim olish, ijtimoiy va diniy faoliyatlarda ishtirok etish huquqlarini atroflicha yoritib beriladi. Shu bilan birga, ayollarning oila va jamiyatdagi majburiyatlari — oilani saqlash, farzandlarni tarbiyalash, erga itoat va uy ishlarini boshqarish kabi jihatlari tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

689

BUXORO XONLIGI QONUNCHILIGI VA URF ODATLARIDA AYOLLARNING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Sangirova Diloram Xujamkulovna

Guliston davlat universiteti dotsenti

Artikova Dilnavoz Onarmat qizi

IV kurs bakalavr.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15677352

Annotatsiya.

Maqolada Islom ayollarga taqdim etgan asosiy huquqlarni

hayot huquqi,

sha’nini himoya qilish, meros, mulkka egalik qilish va tasarruf etish, mahr olish, nafaqa,
nikohga rozilik berish, ta’lim olish, ijtimoiy va diniy faoliyatlarda ishtirok etish huquqlarini

atroflicha yoritib beriladi. Shu bilan birga, ayollarning oila va jamiyatdagi majburiyatlari

oilani saqlash, farzandlarni tarbiyalash, erga itoat va uy ishlarini boshqarish kabi jihatlari tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Buxoro xonligi, islom dini,

sha’riat,

mulkchilik, mahr, nikoh, meros,

nafaqa, nasab.

Аннотация

.

В статье подробно освещаются основные права, предоставленные

женщинам в Исламе —

право на жизнь, защиту чести, наследование, владение и

распоряжение имуществом, получение махра, обеспечение (нафака), согласие на брак,
получение образования, участие в общественной и религиозной деятельности.
Одновременно анализируются обязанности женщин в семье и обществе —

сохранение

семьи, воспитание детей, послушание мужу и ведение домашнего хозяйства.

Ключевые слова:

Бухарское ханство, ислам, шариат, собственность, махр, никах

(брак), наследство, нафака (обеспечение), насаб (происхождение).

Abstract.

The article meticulously examines the fundamental rights granted to women in

Islam, including the right to life, protection of honor, inheritance, ownership and disposal of
property, reception of mahr (dowry), financial provision (nafaqa), consent to marriage, access
to education, and participation in social and religious activities. Concurrently, it analyzes the
duties of women within the family and society, such as preserving the family unit, raising
children, obedience to the husband, and managing the household.

Keywords:

Bukhara Khanate

,

Islam

,

Sharia

,

property

,

mahr (dowry), nikah

(marriage),

inheritance

,

nafaqa (financial provision), nasab (lineage/descent).


Islom dinining olamga taqdim qilgan ulkan xizmatlaridan biri insoniyat birligi va

bashariyat tengligi haqidagi tasavvuridir. Avvallari insonlar turli xalqlar, qabilalar, irqlar va

tabaqalarga bo‘linar edi. Ulardan ba’zilari oliy, yuqori tabaqa, boshqalari past, quyi tabaqa
hisoblanardi. Mazkur tabaqalar orasidagi tafovut juda ham ulkan bo‘lib, ba’zan inson bilan
hayvon, hur bilan qul va obid bilan ma’bud orasidagi tafovutga teng kelar edi. Bu yerda
insoniyat birligi va bashariyat tengligi haqida hatto fikr ham yuritilmas edi. “Ey odamlar!

Sizlarning Robbingiz birdir. Otangiz birdir. Hammangiz Odam Atodansiz. Odam esa

tuproqdandir. Allohning huzurida mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

690

Arabning ajamdan taqvodan boshqa fazli yo‘qdir”, deyilgan

1

. “Ey odamlar! Sizlarni bir

jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan
Robbingizdan qo‘rqinglar! U bilan o‘zaro so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik
(aloqalarini uzish)dan qo‘rqing. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir” (“Niso” surasi,

1-oyat)

2

.

Buxoro xonligi qonunchiligi islom shariatiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra, ayollarning

huquqlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va ular quyidagi tartiblar orqali belgilab qo‘yilgan:

1. Nikoh va oila huquqlari. Nikoh (nikoh shartnomasi) ayolning roziligiga asoslangan

bo‘lishi shart edi. Mehr: erkak kishi ayolga mehr berishi shart bo‘lib, bu ayolning moddiy
xavfsizligini ta’minlovchi huquqiy kafolat hisoblanardi. Ayol o‘z eridan shariat asosida ayrim

shartlarni talab qilishi mumkin edi (masalan, boshqa xotin olmaslik). Ajrashish (taloq) huquqi

erkakda bo‘lsa

-

da, ayol ham qoziga murojaat qilib ajrashishni so‘rashi mumkin edi, agar

zo‘ravonlik yoki moddiy ta’minot bo‘lmasa.

2. Meros huquqlari. Ayollar merosdan ulush olish huquqiga ega edilar: masalan, eri vafot

etsa, ayol odatda 1/8 yoki 1/4 ulush olardi (shariat qoidalariga ko‘ra). Qiz bolalar ham akasi bilan
birga merosdan ulush olgan, lekin ulushi erkaklarning yarmiga teng bo‘lgan (bu shariatdagi

belgilash asosida).

3. Mol-

mulk huquqi. Ayol o‘z shaxsiy mol

-

mulkiga ega bo‘lishi va uni xohishiga ko‘ra

tasarruf qilishi mumkin edi (sotish, hadya qilish, ijaraga berish). Mehr, meros yoki mehnat orqali
topilgan mol-mulk uning shaxsiy mulki hisoblanardi

3

.

4. Sudda ishtirok etish huquqi. Ayollar qozixonaga chiqib, o‘z shikoyatini yoki da’vo

arizasini berish huquqiga ega edilar. Ular guvohlik ham berishi mumkin edi, lekin ayrim

moliyaviy ishlar bo‘yicha 2 ayol = 1 erkak guvohi deb hisoblangan (bu ham shariatdagi norma)

4

.

5. Ta’lim va diniy bilim. Shariatda ayollarga ham ilm olish farz qilingan: Buxoro

xonligida ham bu muhim hisoblangan. Diniy oilalarda ayollar Qur’on o‘qish, dinni o‘rganish
bilan shug‘ullanganlar, ba’zi hollarda ayollar uchun alohida maktablar yoki otinoyilar bo‘lgan.

Amaliyotda bu huquqlar ba’zan ijtimoiy omillar tufayli cheklangan bo‘lishi mumkin,

ammo shariat nazariyasida ayollarga yetarlicha huquq va imtiyozlar berilgan.

Eng avvalo, nikoh va oila huquqlari yuzasidan ko‘riladigan masalalarga e’tibor qaratish

lozim. Buxoro xonligi tarixini o‘rgangan olima Anke fon Kyugelgen Markaziy Osiyo xonliklari
tarixining legitimatsiyasi asosini genealogik asoslar bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, nikoh

munosabatlari xon saylash va hokimiyatga olib kelish masalalarida muhim vosita ekanligi

ta’kidlanadi.

“Abdullanoma” asarida keltirilishicha, “Chingizxon zamonida amirlar va (xonlarning)

xotinlari ko‘pincha shu qo‘ng‘irot naslidan bo‘lar edi. Bu toifa hamisha uning (Chingizxonning)
farzandlari va urug‘

-avlodidan qiz olib, ularga qiz berar edilar.

1

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ислом тарихи. Биринчи китоб.−Т.: Hilol

-Nashr. 2022.

–Б. 338

2

www.ziyouz.com kutubxonasi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz

Mansur.

–B.51 (−484 b.)

3

Исматова Н. Бухоро амирлигида аёл воқифала р (XIXа срнинг иккинчи ярми

-

XX а ср бошла ри )−Т.:

Sharq, 2020.

Б. 23

4

Исломда мерос тақсимоти. Нашрга тайёрловчи: И.Нуриллоҳ.−Самарқанд: Имом Бухорий халқаро маркази

нашриёти, 2018. −160 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

691

Ularning mansablari shul ediki, (majlis va yig‘ilish vaqtida) shahzodalardan yuqori

o‘ltirar edilar

5

. Asriy davom etib kelgan an’analar keyingi davrlarga ham xos bo‘lib qolgan edi.

Buxoro xonlari taxtiga kelgan hukmdorlar xon avlodididan bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.

Shu sabab hukmdorlikka da’vogar kishilar albatta, xon avlodi qizlariga uylanishi talab

etilgan. Islom dinida quyilgan tenglik to‘g‘risidani talablardan biri –

nasabda teng bo‘lish degan

tamoyil qo‘l kelgan. Masalan, “Abdullanoma” keltirilishicha, “baxtli shahid xoqon

Muhammadxon (Shayboniy) Movarounnahr mamlakatini istilo qilgandan, (Shayboniyxon)
Sulton Mahmudxonning singlisi Davlat sultonxonini Temurxon uchun (xotinlikka) oldi; Sulton

Mahmudxonning poklik burjidan tug‘ilgan ikki yulduzi: biri Oysha sultonxonim bo‘lib,
Mo‘g‘ulxonim deb shuhrat toptan edi, uni (Shayboniyxon) o‘ziga nikoh qilib oldi va (u)

-

xonning so‘nggi kunlarigacha muhtaram rafiqasi bo‘lib qoldi; ikkinchisi Qutlug‘xonim bo‘lib,

(Shayboniyxon) uni shijoatnishon Jonibek sultonga nisbat buyurdi. Ul iffat sadafi, od ob gavhari

(bo‘lgan) qutlug‘

suratdan ul hazratning (Abdullaxonning) aziz otalari ikkinchi Iskandar

Abulg‘oziy Iskandar bahodirxon, tug‘ildi”. Manba ma’lumotlari, mag‘lub bo‘lgan mahalliy
hukmdorlarning ayoliga g‘olib hukdorlarning o‘ylanishi keyingi yangi sulola vakillarini tarix
sahnasiga olib chiqqanligini ko‘rsatadi

6

.

Amaliyotda bu huquqlar ba’zan ijtimoiy omillar tufayli cheklangan bo‘lishi mumkin,

ammo shariat nazariyasida ayollarga yetarlicha huquq va imtiyozlar berilgan

7

.

Eng avvalo, nikoh va oila huquqlari yuzasidan ko‘riladigan masalalarga e’tibor qaratish

lozim. Buxoro xonligi tarixini o‘rgangan olima Anke fon Kyugelgen Markaziy Osiyo xonliklari
tarixining legitimatsiyasi asosini genealogik asoslar bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, nikoh

munosabatlari xon saylash va hokimiyatga olib kelish masalalarida muhim vosita ekanligi

ta’kidlanadi.

“Abdullanoma” asarida keltirilishicha, “Chingizxon zamonida amirlar va (xonlarning)

xotinlari ko‘pincha shu qo‘ng‘irot naslidan bo‘lar edi. Bu toifa hamisha uning (Chingizxonning)
farzandlari va urug‘

-avlodidan qiz olib, ularga qiz berar edilar. Ularning mansablari shul ediki,

(majlis va yig‘ilish vaqtida) shahzodalardan yuqori o‘ltirar edilar”

8

. Asriy davom etib kelgan

an’analar keyingi davrlarga ham xos bo‘lib qolgan edi.

Buxoro xonlari taxtiga kelgan hukmdorlar xon avlodididan bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.

Shu sabab hukmdorlikka da’vogar kishilar albatta, xon avlodi qizlariga uylanishi talab

etilgan. Islom dinida quyilgan tenglik to‘g‘risidani talablardan biri –

nasabda teng bo‘lish degan

tamoyil qo‘l kelgan. Masalan, “Abdullanoma” keltirilishicha, “baxtli shahid xoqon

Muhammadxon (Shayboniy) Movarounnahr mamlakatini istilo qilgandan, (Shayboniyxon)
Sulton Mahmudxonning singlisi Davlat sultonxonini Temurxon uchun (xotinlikka) oldi; Sulton

Mahmudxonning poklik burjidan tug‘ilgan ikki yulduzi: biri Oysha sultonxonim bo‘lib,

5

Ҳофиз

Таниш ал

-

Бухорий.Абдулланома (Шарафномайи шоҳий). Биринчи китоб; Форс тилидан С.Мирзаев

таржимаси.; Сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Ахмедов. –Т.: Шарқ, 1999. –Б. 44.

6

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk dünyasi kadini uluslararasi

sempozyumu. Bildiriler kitabi.

Izmir. Ege Universitesi. 2023.

S. 147-155

7

Аёлларга хос энг зарурий фикҳий масалалар./Масъул муҳаррир Анвар қори Турсун. –Т.: Sano

-standart,

2017. − 200 б.

8

Ҳофиз

Таниш ал

-

Бухорий.Абдулланома (Шарафномайи шоҳий). Биринчи китоб; Форс тилидан С.Мирзаев

таржимаси.; Сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Ахмедов. –Т.: Шарқ, 1999. –Б. 74

.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

692

Mo‘g‘ulxonim deb shuhrat toptan edi, uni (Shayboniyxon) o‘ziga nikoh qilib oldi va (u)

-

xonning so‘nggi kunlarigacha muhtaram rafiqasi bo‘lib qoldi; ikkinchisi Qutlug‘xonim bo‘lib,

(Shayboniyxon) uni shijoatnishon Jonibek sultonga nisbat buyurdi. Ul iffat sadafi, od ob gavhari

(bo‘lgan) qutlug‘ suratdan ul hazratning (Abdullaxonning) aziz otalari ikkinchi Iskandar
Abulg‘oziy Iskandar bahodirxon, tug‘ildi”

9

. Manba ma’lumotlari, mag‘lub bo‘lgan mahalliy

hukmdorlarning ayoliga g‘olib hukdorlarning o‘ylanishi keyingi yangi sulola vakillarini tarix
sahnasiga olib chiqqanligini ko‘rsatadi

10

.

Keyingi davr uchun ham bunga o‘xshash jihatlar xos bo‘lganligiga tarix guvoh. Masalan,

Buxoro xonligiga kelgan ashtarxoniylar sulolasining dastlabki vakillari ham Buxoro xoni

Iskandarning qiziga uylanishi orqali nikoh rishtalarini bog‘lagan

11

. Nasabda teng bo‘lish orqali

hokimiyat boshqaruvini o‘z qo‘llarida tutgan.

Yuqorida keltirilgan misollar islom dinida nikoh munosabatlari masalasidagi fikrlar

tenglikdan ko‘zlangan xususiyatlarni o‘zida jam’ etganligiga yana bir dalil bo‘ladi. Islom dini
talablaridan nasabda teng bo‘lish, dindorlik jihatdan teng bo‘lish, ilm, xunar va maslakda teng
bo‘lish, boylik jihatidan teng bo‘lish, hurriyatda teng bo‘lish singari shartlarning amaldagi isboti

deyish mumkin.

Islom dinida ayollarning huquqlari bilan bir qatorda muayyan majburiyatlari ham muhim

bor bo‘lgan. Oila mustahkamligini ta’minlashda er bilan birgalikda mas’uliyatli bo‘lish
majburiyati yuklangan. Bu borada ularga quyilgan eng ma’suliyatli vazifa farzandlarga diniy va
dunyoviy tarbiya berish bo‘lgan. Shariatga xilof bo‘lmagan masalalarda erga itoat etish, oilaning

tinchligi va farovonligini saqlash borasida ayniqsa, hukmdorning ahli ayollari oldida ulkan
majburiyat turgan. Bundan tashqari, oila mulkini asrash va uy ishlarini boshqarish singari kabilar

ham ularning zimmasida bo‘lgan.

Xulosa o‘rinda aytish mumkinki, islom dini insoniyatga taqdim etgan eng muhim

g‘oyalardan biri —

insoniy tenglik va jamiyatda adolatni qaror toptirishdir. Buxoro xonligidagi

huquqiy tartiblar Islom shariatiga asoslangan bo‘lib, ayollarga nisbatan adolatli munosabat va bir
qator muhim huquqlarni ta’minlagan. Ular nikohda rozilik, mehr, merosdan ulush, shaxsiy mulk
huquqi, qozixonada ishtirok etish va ta’lim olish kabi huquqlarga ega bo‘lgan. Bu huquqlar
ayollarning faqat oilada emas, balki jamiyatda ham muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ислом тарихи. Биринчи китоб.−Т.: Hilol

-

Nashr. 2022.

–Б. 338.

2.

www.ziyouz.com kutubxonasi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar

muallifi: Abdulaziz Mansur.

–B.51 (−484 b.)

9

Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков

(XVIII-XIX

вв.) Алматы: Дрейк

-

Пресс, 2004. −С.37

-

45 (−516 стр)

10

Sangirova D.X., Artikova D. O. Buxoro xonligida ayollarning mulkka egalik masalalari. /European science

international conference: STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS.167-173 b.

11

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk

dünyasi kadini uluslararasi

sempozyumu. Bildiriler kitabi.

–Izmir. Ege Universitesi.2023. −S. 147

-155;

Sangirova, D. (2019). Hajj and the

ruling pilgrims.

A look at the past

, (18), 27.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

693

3.

Исматова Н. Бухоро амирлигида аёл воқифала р (XIXа срнинг иккинчи ярми

-

XX а

ср бошла ри )−Т.: Sharq, 2020. –

Б. 23

4.

Исломда мерос тақсимоти. Нашрга тайёрловчи: И.Нуриллоҳ.−Самарқанд: Имом
Бухорий халқаро маркази нашриёти, 2018. −160 б.

5.

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida.

Tarih sahnesinde türk dünyasi

kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi.

–Izmir. Ege Universitesi. 2023. −S. 147

-

155

6.

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk dünyasi

kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi.

–Izmir. Ege Universitesi. 2023. −S. 147

-

155

7.

Аёлларга хос энг зарурий фикҳий масалалар./Масъул муҳаррир Анвар қори Турсун.
–Т.: Sano

-

standart, 2017. − 200 б.

8.

Ҳофиз

Таниш ал

-

Бухорий.Абдулланома (Шарафномайи шоҳий). Биринчи китоб;

Форс тилидан С.Мирзаев таржимаси.; Сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Ахмедов. –
Т.: Шарқ, 1999. –Б. 74

.

9.

Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в
произведениях их историков (

XVIII-XIX

вв.) Алматы: Дрейк

-

Пресс, 2004. −С.37

-45

(−516 стр)

10.

Sangirova D.X., Artikova D. O. Buxoro xonligida ayollarning mulkka egalik masalalari.
/European science international conference: STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE
AND ITS SHORTCOMINGS.167-173 b.

11.

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk

dünyasi

kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi.

Izmir. Ege Universitesi.

2023. −S.

147-155;

Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims.

A look at the past

, (18), 27.



References

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ислом тарихи. Биринчи китоб.−Т.: Hilol-Nashr. 2022. –Б. 338.

www.ziyouz.com kutubxonasi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur. –B.51 (−484 b.)

Исматова Н. Бухоро амирлигида аёл воқифала р (XIXа срнинг иккинчи ярми- XX а ср бошла ри )−Т.: Sharq, 2020. – Б. 23

Исломда мерос тақсимоти. Нашрга тайёрловчи: И.Нуриллоҳ.−Самарқанд: Имом Бухорий халқаро маркази нашриёти, 2018. −160 б.

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk dünyasi kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi. –Izmir. Ege Universitesi. 2023. −S. 147-155

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk dünyasi kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi. –Izmir. Ege Universitesi. 2023. −S. 147-155

Аёлларга хос энг зарурий фикҳий масалалар./Масъул муҳаррир Анвар қори Турсун. –Т.: Sano-standart, 2017. − 200 б.

Ҳофиз Таниш ал-Бухорий.Абдулланома (Шарафномайи шоҳий). Биринчи китоб; Форс тилидан С.Мирзаев таржимаси.; Сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Ахмедов. –Т.: Шарқ, 1999. –Б. 74.

Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIX вв.) Алматы: Дрейк-Пресс, 2004. −С.37-45 (−516 стр)

Sangirova D.X., Artikova D. O. Buxoro xonligida ayollarning mulkka egalik masalalari. /European science international conference: STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS.167-173 b.

Sangirova D.X. Ashtarxoniy xonimlar tarix sahnasida. Tarih sahnesinde türk dünyasi kadini uluslararasi sempozyumu. Bildiriler kitabi. – Izmir. Ege Universitesi. 2023. −S. 147-155; Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18), 27.