ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
720
DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA RAQAMLI TENGSIZLIK
MUAMMOSI: YURIDIK TAHLIL VA AMALIYOT TAJRIBASI
Xakimjonov Nodirbek
G‘ofur o‘g‘li
Guliston tumani adliya bo‘limi Davlat ro‘yhatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni
rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi Bosh mutaxassisi
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15677718
Annotatsiya.
Mazkur maqolada davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan
raqamli
tengsizlik
muammosi
yoritilgan.
Asosiy
e’tibor
axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalana olishdagi hududiy, ijtimoiy va texnik tafovutlarga qaratilgan.
Amaliyot davomida aniqlangan holatlarga asoslangan holda, raqamli savodxonlik
darajasini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, interfeyslarni soddalashtirish, yordam
xizmatlarini kengaytirish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli tengsizlik, davlat xizmatlari, elektron hukumat, raqamli
savodxonlik, infratuzilma, huquqiy mexanizm, DXM
Аннотация.
В данной статье рассматривается проблема цифрового неравенства
при использовании государственных услуг. Основное внимание уделено территориальным,
социальным и техническим различиям в доступе к информационно
-
коммуникационным
технологиям. На основе выявленных в практике случаев предложены меры по повышению
цифровой грамотности, развитию инфраструктуры, упрощению интерфейсов,
расширению помощи и усилению правовых механизмов.
Ключевые слова:
цифровое неравенство, государственные услуги, электронное
правительство, цифровая грамотность, инфраструктура, правовые механизмы, ЕЦГУ
Abstract.
This article examines the issue of digital divide in the use of public services. It
focuses on territorial, social, and technical disparities in access to information and
communication technologies. Based on practical observations, the paper proposes solutions
such as improving digital literacy, enhancing infrastructure, simplifying user interfaces,
expanding support services, and strengthening legal mechanisms.
Keywords:
digital divide, public services, e-government, digital literacy, infrastructure,
legal mechanisms, PSC (Public Service Center).
KIRISH
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi davlat
boshqaruvi tizimiga tub o‘zgarishlar olib kirmoqda. Xususan, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda
elektron hukumat tizimi faol joriy qilinmoqda, davlat xizmatlari bosqichma-bosqich
raqamlashtirilmoqda. Ushbu jarayon aholining davlat xizmatlaridan foydalanishini
soddalashtirsa-da, raqamli savodxonlik darajasi, infratuzilma va texnologiyalarga kirish
imkoniyatidagi farqlar tufayli ayrim guruhlar bu jarayondan chetda qolmoqda. Natijada,
“raqamli tengsizlik” muammosi paydo bo‘lmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
721
Raqamli tengsizlik
(ingliz tilida
digital divide
)
–
bu raqamli texnologiyalar (kompyuter,
internet, smartfon, elektron davlat xizmatlari va boshqa axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari)dan foydalanish imkoniyatlari va malakalari borasidagi tengsizlikni anglatadi. Bu
atama ilk marotaba 1990-
yillarda AQSHda qo‘llanilgan bo‘lib, dastlab texnologik taraqqiyotdan
orqada qolayotgan aholiga e’tiborni qaratish maqsadida ishlatilgan. Bugungi kunda esa bu atama
yanada keng ma’noga ega bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar, xususan, rivojlanayotgan davlatlar uchun
ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Texnologik imkoniyatlarning cheklanganligi -
ko‘plab qishloq va chekka hududlarda
yuqori tezlikdagi internet mavjud emas, yoki mavjud bo‘lsa ham juda qimmat. Shu sababli,
ayrim aholining raqamli xizmatlardan foydalana olmasligi ularning texnologiyalarga jismoniy
kirish imkoniyati yo‘qligidan darak beradi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi -
har bir fuqaro,
ayniqsa yoshi katta bo‘lganlar, texnologiyalardan foydalanishni bilmasligi mumkin. Masalan,
oddiy elektron ariza to‘ldirish yoki E
-
imzo bilan hujjat yuborish ko‘nikmasi yo‘qligi ularni
raqamli xizmatlardan chetda qoldiradi.
Moliyaviy tengsizlik -
internet xizmatlari, smartfon yoki noutbuk kabi qurilmalarni sotib
olish qobiliyati hamma fuqarolarda bir xil emas. Kam ta’minlangan oilalar, ishsiz yoki ijtimoiy
yordamga muhtoj shaxslar uchun bu texnologiyalarga kirish moliyaviy jihatdan qiyin kechadi.
Motivatsiya va madaniy omillar -
ba’zi guruhlar texnologiyadan foydalanishni
istamasligi yoki bunga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Bu esa ularning raqamli xizmatlardan
foydalanishini cheklaydi. Ayniqsa, bu omil ayollar, yoshi katta fuqarolar yoki texnologiyaga
ishonchsizlik bildiradigan shaxslar orasida uchraydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan tizimlar
-
ko‘zi ojiz, quloq
eshitmaydigan yoki harakatlanishda qiynaladigan fuqarolar uchun ko‘pgina raqamli xizmatlar
moslashtirilmagan. Bu ham raqamli tengsizlikning muhim bir ko‘rinishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33
-moddasida har bir fuqaroning axborot
olish huquqi, 19-
moddasida esa tenglik tamoyili mustahkamlab qo‘yilgan. Raqamli tengsizlik
esa ushbu konstitutsiyaviy huquqlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladigan omildir. Agar
fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilmoqchi bo‘lsa, biroq davlat xizmatlaridan foydalanishga zarur
texnik yoki intellektual imkoniyati bo‘lmasa, bu holat adolat tamoyiliga zid hisoblanadi.
Demakki, raqamli tengsizlik
–
nafaqat texnik, balki
huquqiy muammo
hamdir.
Huquqiy yordam olishda kechikish -
ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar kabi sohalarda
imkoniyatlar cheklanishi -
mahalliy va markaziy organlar bilan muloqotda to‘siqlar yuzaga
kelishi - siyosiy va fuqarolik faollikning pasayishi (masalan, elektron murojaat, onlayn ovoz
berish imkoniyatlaridan foydalana olmaslik). Raqamli tengsizlik
—
bu jamiyat ichidagi yangi
ijtimoiy bo‘linishga sabab bo‘layotgan muhim omildir. Uni bartaraf etish uchun faqat texnik
emas, balki huquqiy, pedagogik, ijtimoiy va iqtisodiy choralar ko‘rish talab etiladi. Raqamli
xizmatlardan hamma teng foydalana olmas ekan, davlat boshqaruvidagi shaffoflik va fuqarolik
jamiyati tamoyillari to‘laqonli amalga oshmaydi.
O‘zbekistonda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” (my.gov.uz), “Davlat
xizmatlari markazlari” va boshqa raqamli platformalar fuqarolarga tez, qulay va byurokratiyasiz
xizmat ko‘rsatish imkonini yaratmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
722
Biroq, barcha fuqarolar ushbu tizimlardan teng foydalana olayotgani yo‘q. Tadqiqotlarga
ko‘ra, 2024 yil holatiga ko‘ra, qishloq hududlardagi fuqarolarning 43% elektron xizmatlardan
foydalana olmagan. Ularning asosiy sabablari sifatida:
•
texnologiyadan foydalanishni bilmaslik;
•
internetga ulangan qurilmaning yo‘qligi;
•
platformalarning murakkab interfeysi;
•
huquqiy savodxonlikning pastligi keltirilgan.
Bu esa fuqarolarning davlat xizmatlariga teng kirish huquqini amalda buzilishiga olib
keladi. Maqola muallifi tomonidan Davlat xizmatlari markazida olib borilgan kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki:
•
Fuqarolarning asosiy qismi (ayniqsa, keksa yoshdagilar) elektron ariza to‘ldirish
jarayonida uchinchi shaxslardan yordam so‘ramoqda;
•
Markazda mavjud bo‘lgan “O‘z
-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi” xizmati samarali
tashkil etilgan bo‘lsa
-
da, u yetarli emas, bir kunda o‘rtacha 40
-50 nafardan ortiq fuqaro navbatda
turadi;
•
Qishloqdan kelganlar orasida xizmatdan umuman foydalana olmasdan ketayotganlar ham
mavjud;
•
Interfeyslar oddiy, lekin texnik atamalarni tushunmaydigan fuqarolar uchun noqulay.
Markaz xodimlari bilan suhbatlardan ma’lum bo‘ldiki, ko‘plab fuqarolar oddiy xizmatlar
(masalan, ma’lumotnoma olish, nikohni qayd etish arizasi berish) uchun ham markazga kelishga
majbur bo‘lmoqda. Bu holat raqamli xizmatlar aholining barcha qatlamlariga to‘laqonli yetib
bormayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33
-moddasida har bir shaxs davlat
organlaridan axborot olish va davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekani belgilangan.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 3
-moddasida davlat
xizmati tushunchasiga ta’rif berilgan bo‘lib,
davlat xizmati
—
ariza beruvchilarning so‘rovlariga
ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmat
.
Agar qonunchilikka muvofiq, davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari
boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari
mumkin.
Mazkur Qonunning 7-moddasida:
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat
organlari barcha ariza beruvchilarning elektron davlat xizmatlaridan teng ravishda foydalanishi
uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
Ammo amaliyotda:
•
tenglik faqat texnik mavjudlik bilan belgilanmoqda (ya’ni, xizmatlar mavjud bo‘lsa,
hamma foydalana oladi degan qarash);
•
zaif qatlamlar (nogironlar, keksa yoshdagilar, kam ta’minlanganlar) uchun maxsus
yondashuvlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan;
•
davlat xizmatlari portallari va tizimlari “hamma uchun bir xil” prinsipida ishlab chiqilgan
bo‘lib, foydalanuvchi ehtiyojlari e’tiborga olinmayapti.
Bu holat Konstitutsiyada belgilangan teng huquqlilik prinsipiga zid keladi.
Estoniya tajribasi:
Estoniya aholining 99% elektron davlat xizmatlaridan foydalanadi. Bunga:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
723
•
texnologik infratuzilmaning rivojlanganligi;
•
raqamli savodxonlikka berilgan e’tibor;
•
maktabdan boshlab raqamli ta’lim dasturlari;
•
fuqarolarga yordam beruvchi onlayn chatbotlar, soddalashtirilgan interfeyslar sabab
bo‘lgan.
Hindiston tajribasi:
Hindiston “Digital India” tashabbusi orqali qishloqlarda maxsus "Common Service
Centres" (CSC) tashkil etib, internet va davlat xizmatlarini yetkazib bermoqda. Har bir CSCda
raqamli yordamchi mavjud.
O‘zbekistonda ham bu tajribalarni qisman joriy qilish orqali mavjud
raqamli tengsizlikni kamaytirish mumkin.
XULOSA
Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining tengligi har bir fuqaroning asosiy
konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir. Raqamli tengsizlik esa bu huquqning amalga oshirilishiga
to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston bu borada muhim qadamlar tashlagan bo‘lsa
-da, ayniqsa zaif
qatlamlarni qo‘llab
-quvvatlashga oid amaliy va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish zarur. Aks
holda, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi ayrim fuqarolar uchun emas, balki butun jamiyat
uchun xizmat qilishidan uzoqlashadi.
TAKLIFLAR
Hududiy infratuzilmani rivojlantirish
-
Raqamli tengsizlikning asosiy sababi hududlar
o‘rtasidagi texnologik farqlardir. Aholi punktlarida, ayniqsa chekka qishloqlarda yuqori
tezlikdagi internet tarmog‘i mavjud emas yoki uning sifati past, narxi esa aholining to‘lov
qobiliyatiga mos emas. Shu sababli:
•
Mobil aloqa operatorlari va internet provayderlariga soliq imtiyozlari berish
,
ular
tomonidan chekka hududlarga infratuzilma olib borishga rag‘batlantirish kerak;
•
Davlat-xususiy sheriklik asosida
sun’iy yo‘ldosh interneti yoki Wi
-Fi zonalarini tashkil
etish maqsadga muvofiq;
•
Davlat xizmatlari markazlari (DXM
)
joylashgan barcha nuqtalarda barqaror va bepul Wi-
Fi tarmog‘i mavjud bo‘lishi ta’minlanishi lozim.
•
Raqamli savodxonlikni oshirish - Texnologiyadan foydalana olish
–
zamonaviy fuqarolik
faoliyatining ajralmas qismidir. Biroq aholining ko‘p qismi (ayniqsa yoshi katta, ayollar va
nogironlar) bu borada bilim va ko‘nikmalarga ega emas. Shuning uchun:
•
Maktablar, kasb-
hunar maktablari va mahalliy hokimliklar qoshida bepul o‘quv kurslari
tashkil etilishi shart;
•
"Raqamli savodxonlik haftaliklari"ni o‘tkazish orqali aholining keng qatlamlarini jalb
etish;
•
OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy video darsliklar, animatsion ko‘rsatmalar e’lon
qilinishi kerak;
•
DXM binolarida "o‘rganish burchaklari" tashkil etilib, unda interaktiv treninglar olib
borilishi maqsadga muvofiq.
•
Raqamli yordam xizmatlarini kengaytirish - Har bir fuqaro elektron xizmatlardan oson
foydalana olishi uchun professional yordam zarur.
Shu munosabat bilan:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
724
•
DXMlar huzurida "raqamli ko‘mak mutaxassisi" lavozimi joriy etilishi va har 100 ming
aholiga kamida 1 nafar mutaxassis to‘g‘ri kelishini ta’minlash;
•
Bu mutaxassislar fuqarolarga ariza to‘ldirish, e
-imzo ishlatish, portalda navigatsiya qilish
bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishlari kerak;
•
Maxsus ko‘chma raqamli yordam punktlari (mobil xizmatlar mashinalari) qishloqlarda
haftalik asosda faoliyat yuritishi mumkin.
Interfeyslarni soddalashtirish - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va
boshqa elektron xizmat tizimlarining foydalanuvchi interfeysi hamma uchun tushunarli va qulay
bo‘lishi lozim:
•
Matnlar oddiy, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri, huquqiy terminlar kam bo‘lgan tilda yozilishi kerak;
•
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ovozli yordam, kattalashtirilgan shrift, ekran o‘qish
funksiyalari joriy qilinishi lozim;
•
Ko‘p tillilik (o‘zbekcha lotin, kiril, rus, qoraqalpoq, ingliz) tamoyili orqali til to‘sig‘i
oldini olish kerak;
•
Har bir elektron xizmat uchun interaktiv video-
yo‘riqnoma mavjud bo‘lishi
foydalanuvchiga ancha yengillik yaratadi.
•
Huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish - raqamli tengsizlikni bartaraf etish nafaqat texnik,
balki huquqiy mexanizm va nazorat tizimlarini ham talab etadi:
•
Davlat xizmatlariga oid har bir portalda “raqamli adolatsizlik to‘g‘risida xabar berish”
bo‘limi bo‘lishi kerak;
•
Raqamli tengsizlikni statistik monitoring qilish bo‘yicha mustaqil organ tashkil etilishi
mumkin (masalan, Adliya yoki AKT vazirligi huzurida);
•
Fuqarolar tomonidan elektron xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan muammolarni
onlayn murojaatlar orqali shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi lozim;
•
“Raqamli tenglik kafolati” konsepsiyasi ishlab chiqilib, u orqali barcha davlat xizmatlari
teng imkoniyat asosida taqdim etilishini huquqiy jihatdan kafolatlash mumkin.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023 yilgi tahrir).
2.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun, 2015 yil.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi “Raqamli O‘zbekiston —
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF
-6079-son Farmoni
4.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).
5.
UN E-Government Survey 2022.
6.
Estoniya e-Government Foundation hisobotlari.
7.
Hindiston “Digital India” loyihasi bo‘yicha rasmiy vebsaytlar.
8.
Statistika agentligining raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlari, 2024
yil.
