ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
739
SUN YAT SENNING SIYOSIY FAOLIYATIGA BIR NAZAR
Rahimjonov Mirzohid
Oriental universiteti o‘qituvchisi.
Ishonqulova Sabina
Oriantal universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15677875
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xitoylik siyosatchi va faylasuf Sun Yat Senning Xitoy
tarixiga ko‘rsatgan ta’siri, Xitoy millatini birlashtirish, chet el bosqinlaridan ozod qilish va
milliy mustaqillikni ta’minlashda olib borgan siyosati haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Sin sulolasi, Sinxay inqilobi, bepul ta'lim, demokratiya, Gomindan
partiyasi, birlashuv, uch xalq tamoyili.
Yorug‘ olam
-barchamizning umumiy mulkimiz.
(Sun Yat Sen)
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida dunyo mamlakatlari o‘rtasida siyosiy vaziyat
keskinlashib borayotgan edi. Xususan, jahonning taraqqiy etgan davlatlari ikki harbiy ittifoqqa
birlashib o‘zaro raqobatlashayotgan bir davrda Osiyoning yirik davlatlari siysosiy tannazulni
boshdan kechirayotgandi. Osiyo davlatlari nafaqat siyosiy tanazzul, balki dunyoning rivojlangan
qudratga ega davlatlari tomonidan ta’sir doiralarga bo‘lib olingan ham edi. Yangi asr boshiga
kelib, Xitoy ham xuddi boshqa mamlakatlar singari turli ta’sir doiralariga bo‘lib olingan hamda
chet davlatlarining yarimmustamlakasiga aylantirilgandi. Shuning uchun ham o‘sha davrdagi
Xitoyni hamma o‘ziga kerakli bo‘lakni kesib oladigan “tort” ga o‘xshatganligi bejiz emas edi.
XIX asr oxiri-
XX asr boshidagi bunday siyosiy tanazzul boshqa ko‘plab omillar bilan
birgalikda asosan siyosiy elita boshqaruvidagi xatolar bilan bog‘liq edi. Xuddi shu davrdan
boshlab, Xitoyda ko‘plab qo‘zg‘olonlar amalga oshirildi, bu qo‘zg‘olonlarning asosiy talablari
mamlakatdagi siysoiy boshqaruvni o‘zgartirish va mamlakatni chet el asoratidan qutqarish edi.
Shunday og‘ir siyosiy vaziyat yirik kuchga ega bo‘lgan shaxslarni siyosat maydoniga olib
chiqadi, shunday Xitoydagi siyosiy yetakchilardan biri Sun Yat Sen edi.
Sun Yat Sen 1866-yil 12-noyabrda Guandun viloyati Syanshan shahrida dehqon oilasida
tug‘ilgan bo‘lib, u Gongkongda g‘arb ta’limini olgach tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi [1
-B. ].
1892-
yilda tibbiyot institutini tugatgan Sun Yat Sen ta’lim u chet el davlatlarining Xitoyga
bo‘lgan ta’siri kuchayishini ko‘rib siyosatga qiziqa boshlagan. 1893
-yilda Sun Yat Sen ishlab
chiqqan “To‘rt shart dasturidagi” birinchi shartida ta’lim sohasini “odamlar o‘z qobiliyatlarini
to‘liq namoyon qila oladigan” darajada o‘zgartirish talabi belgilab qo‘yilgan edi. O‘zining
islohotchilik rejalari amalga oshmasligini anglagach, u o‘z oldiga, inqilob g‘alabasi orqali
ta’limni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ydi. 1894
-yilda Sun Yat Sen Gavayi orollarida birinchi
inqilobiy tashkilot “Xitoy tiklanish ittifoqini” ni tashkil qiladi, aynan mana shu organ faoliyatini
yo‘lga qo‘yilishi, uning mamlakat ozodligi uchun tashlagan ilk qadami edi [2
-B. 360]. Bir yildan
keyin tashkilotda 200 ga yaqin xitoyliklar maxfiylik asosida ish yurita boshladi. 1895-yil 26-
oktabrda Sun Yat Sen boshchiligida boshlangan to‘ntarish muvaffaqqiyatsizlikka uchragandan
so‘ng, uning o‘n olti yillik hayoti Yevropada o‘tadi va u 1895
-yil sentabrda Londonga boradi [2-
B. 360].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
740
Londondagi Sin hukumati agentlari unga tuzoq qo‘yib, bu orqali uni Xitoyga qaytarib
yuborishni mo‘ljallagan edilar. Ammo uni qutqarishda inglizlar va mahalliy matbuotlar faol
ishtirok etishi natijasida, Sin diplomatlari uni ozod qilishga majbur bo‘lishadi. U erkinlikka
chiqqanidan so‘ng “Londonda o‘g‘irlab ketilgan” nomli kitobini yozadi va ushbu kitob uni
nafaqat Yevropada balki Rossiyada ham mashhur qiladi. Shundan so‘ng, Sun Yat Sen
Yaponiyadagi siyosat arboblari bilan aloqalar o‘rnatib, u “Xitoy tiklanish ittifoqi”ni qayta tiklab,
1899-
yilda Gongkongda “Xitoy gazetasi"ni chiqardi va Sinlarga qarshi qo‘zg‘alon uchun yangi
rejalar tuza boshladi [2-
B. 360]. Sun Yat Sen surgunlik vaqtida aloqada bo‘lgan insonlari orasida
rus inqilobchilari, siyosatchilari va demokratlari ham bo‘lgan bo‘lib, bu orqali u 1905
-1907-
yillarda rus inqilobi bilan ham tanishadi.
Rossiyadagi inqilobiy voqelarini kuzata turib, Sun Yat Sen o‘zining siyosiy falsafasi
yaratadi va uni “Uch xalq tamoyili” deb ataydi. Uning tamoyillari quyidagilardan iborat bo’lgan:
1.
Millatchilik-Xitoy millatini birlashtirish, davlatni bosqinchilardan ozod qilish va milliy
mustaqillikni ta‘minlash.
2.
Demokratiya-
xalq hokimiyatini o’rnatish, konstitusiyaviy tuzum yaratish va
fuqarolarning huquqlarini himoya qilish.
3.
Xalq farovonligi-yerga egalikni tenglashtirish, sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy
sohalarda adolat o‘rnatish.
Sun Yat Sen bu tamoyillar orqali Xitoyda kapitalizmni oldini olishni, davlatda islohotlar
o‘tkazib, demokratiyani o‘rnatishni o‘ylagan edi. Sun Yat Sen g‘arb ta’limini olgan yillaridayoq
bu maqsadlarni o‘ylaganligini ko‘rish mumkin. Chunki u yoshligidan Xitoyda bo‘layotgan qiyin
vaziyatlarni ko‘rganligi va albatta uning qalbida buni o‘zgartirishga ishtiyoq kuchli bo‘lganligini
tahmin qilish mumkin. Sun Yat Sen o‘z mamlakatini yetakchi davlatlar bilan tenglasha olishini,
har tomonlama uni rivojlantirishni istab, bunga erishish yo‘llarini aniqlay boshlagan.
Sun Yat Sen boshchiligidagi inqilobiy tashkilotlar 1895-1910-yillarda Sin sulolasiga
qarshi bir nechta qurolli harakatlar o‘tkazdi. Bularning barchasi muvaffaqqiyatsizlikka uchragan
bo‘lsada, lekin qo‘zg‘alonlar Xitoy xalqining ongini o‘zgartirishga va inqilobiy harakatlarni
kuchaytirishga yordam berdi. 1911-yil 10-oktabrda Uchan provinsiyasida inqilob boshlanadi va
qo‘zg‘alon tezda Xitoyning janubiy va sharqiy provinsiyalariga tarqaldi. Dekabrgacha bo‘lgan
vaqtda Sin sulolasining nazorati ostida faqat 3 ta provinsiyagina qoladi. Bu inqilob tarixda
Sinxay inqilobi nomini oladi. Surgundan keyin 1911-yili Xitoyga qaytib kelgan Sun Yat Sen
dekbar oyida Respublikaning vaqtincha Prezidenti bo‘ladi. 1912
-yil 1 yanvardan rasman ish
boshlaydi. Ammo oradan qisqa vaqt o‘tgach, shu 1912
-yilning 15-
fevralida Sun Yat Sen o‘z
lavozimini general Yuan Shi Kayga topshiradi. Buning bir nechta sabablari mavjud edi. Chunki
Yuan Shi Kay unga qarshi namoyishkorona tayyorlana boshlagandi. Keyinchalik u Sin sulolasi
taxtdan voz kechadigan bo‘lsa, prezidentlikni topshirishga tayyorligini aytadi. 1912
-yil 12-
fevralda Sinlarning taxtdan voz kechisi ro‘y beradi va Sun Yat Sen lavozimimi topshiradi. Uning
prezidentlik davri qisqa bo‘lsada, u shu davr ichida davlatni birlashtirish, konstitutsiyaviy
tuzumni o‘rnatish va iqtisodiy rivojlanishga harakat qildi. Sun Yat Sen shu bilan bir qatorda
ta’limni rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratgandi. O‘zining “Xalq farovonligi va ijtimoiy
inqilobning tamoyillari” asarida Xitoyda umumiy bepul ta’lim to’g’risida qonun qabul qilinishi
lozimligi haqida yozadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
741
U mamlakatni boshqarishda qatnasha oladigan munosib fuqarolarni maktab tayyorlab
berishi lozim deb hisoblaydi. 1912-
yil sentabr oyida bo’lgan “Respublika pedagoglarining
vazifalari” deb nomlangan nutqida ham u har tomonlama pedagoglarni rivojlantirishga chaqirdi
[3-B. 397].
Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, Sun Yat Sen bir necha marta xotin
-
qizlarning ta’lim
olishini yoqlab chiqdi. 1912-yil Sun Yat Sen Gomindan partiyasiga asos soldi va uni boshqardi.
1913-
yili u xalqni “ikkinchi inqilob”ga chaqirdi. Ammo bu inqilob aholi tomonidan qo‘llab –
quvvatlanmadi. Natijada Gomindan taqiqlanib, Sun Yat Sen o‘zining tarafdorlari bilan chet elga
chiqib ketishga majbur bo‘ladi. 1916
-
yil Yuan Shi Kay vafot etganidan so‘ng Xitoy
provinsiyalari hokimiyatni egallab turgan guruhlar o‘rtasidagi kurash maydoniga aylanadi. 1916
-
yil 21-iyun kuni Sun Yat Sen Xitoyga qaytadi. 1917-yil 18-sentabrda Guanchjouda
parlamentning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi va u yerda Shimolga qarshi harbiy harakat boshlash
to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu yurush Gomindan armiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
1918-
yil may oyida Guansi guruhi rahbari Lu Yun Tin Oliy qo‘mondondan Sun Yat Sen is’tefoga
chiqishi va Shanxayga ketishini talab qiladi. Sun Yat Sen Shanxayga ketishga majbur bo‘ladi.
Ammo shunda ham u harakatdan to‘xtamadi, yangi g‘oya va rejalar tuza boshladi. Xitoy
milliy partiyasining siyosiy kuchga aylanishiga hissa qo’shgan Sovet ittifoqi va Kominterning
yordami bilan 1920-yil dekabrda Guanchjou shahriga kelishi va uning ichki ishlar vaziri
lavozimiga saylanashi belgilab qo‘yildi.
Bu davrda u xorijiy kuchlarga qarshi ko‘pgina harakat qiladi. Ammo 1922
-yilda Angliya
tashabbusi bilan xitoylik anarxist Cheng Jiongming bilan muzokaralar boshlanib ketdi. 16-
iyunda davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi va u yana Shanxayga ketishga majbur bo‘ladi. Lekin
shunda ham u taslim bo‘lish niyatida emas edi. Xitoy kommunistik partiyasi uni qo‘llab –
quvvatladi. 1923-yil yanvarda Cheng Jiongming va uning sheriklari Guanchjoudan haydab
chiqarildi. Muvaffaqqiyatidan ruhlangan Sun Yat Sen 1923-yil 21-fevralda Guanchjouga qaytib,
inqilobiy hukumatga boshchilik qila boshladi. Shu yilning iyun oyida XKP ning III-qurultoyi
bo‘lib o‘tdi va bunda Gomindan bilan birlashgan inqilobiy front yaratish to‘g‘risida ko‘rib
chiqildi. 1924-yil yanvarda Gomindanning I qurultoyi ochildi va unda XKP ning rahbarlari faaol
ishtirok etdilar. Shu vaqtda Xitoyda ichki fuqarolik to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqealardan
so‘ng, Sun Yat Sen faoliyatini davom ettira olmadi.
Sun Yat Sen 1925-yil 12-
martda Pekinda jigar saratonidan vafot etadi. U o’limidan oldin
ham o‘z hamkorlariga faol harakat qilishda to‘xtamasliklarini aytgan edi. Sun Yat Sen imzolagan
oxirgi hujjat SSSR MKga murojaat bo‘ldi. Unda ozod va mustaqil Xitoy qo‘shni xalqlar bilan
qo‘lni qo‘lga berib insoniyatning yorqin kelajagi tomon boradigan kun kelishiga umid qilingan
edi [3-B. 398].
Shunday qilib Sun Yat Sen Xitoy tarixiga atoqli siyosiy arbob sifatida kirdi. U Xitoyning
mustaqillik va milliy ozodlik uchun kurashiga rahbarlik qila oldi va monarxiyani ag‘darib
tashlash va Xitoyda Respublika o‘rnatish maqsadi yo‘lida harakatdan to‘xtamadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerak,
Sun Yat Sen Xitoy tarixida buyuk siyosatchi va
inqilobchi sifatida qoldi. Uning “Uch xalq tamoyili” Xitoy milliy ozodlik harakatining asosiy
mafkurasiga aylandi, uning g‘oyalari Xitoy Respublikasining rivojlanishi katta ta’sir ko‘rsatdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
742
U nafaqat Xitoyda balki butun dunyoda milliy ozodlik harakatlarining namoyondasiga
aylandi
va Undagi vatanparvarlik, har qanday qiyinchilikda ham harakatdan to‘xtamagnligi biz
uchun ham bir ibrat aslida. Uning hayoti va faoliyati XX asr tarixining muhim qismi hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000
-2005-yillar)
2.
Shuhrat Ergashev. Jahon tarixi. II-qism. -
Toshkent: Oʻzbekiston. 2015, B
-570.
3.
Shuhrat Ergashev, Toʻlqin Bobomatov. XX asr: Taqdirlarda aks etgan tarix. –
Toshkent:
O‘zbekiston. 2012, b –
488.
