ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
751
AYRIM DINIY SO’Z VA IBORALARNING YAPON TILIDAGI TARJIMA VA IZOHI
Madumarova Dilnora Baxodir qizi
O‘zDJTU, Sharq filologiyasi fakulteti,
yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15678078
Annotatsiya.
Ushbu maqolada biz dinda uchrashi mumkin bo’lgan ayrim so’z va
iboralarning o’zbek tilidagi sharxi, hamda ularni yapon tiliga tarjima qilishda qo’llash mumkin
bo’lgan eng maqbul tarjimalari ko’rib chiqiladi. Yapon tilida
外来語
(gairaigo)
–o’zlashma
so’zlar asosan katakana shaklida yozilganligi sababli, diniy so’zlar ham katakanada yozilgani
ma’qul. Biroq, yapon tili egali uchhun bu so’zlar tushunarsiz bo’lishi mumkinligini hisobga
olgan holda ularni yapon tilidagi kanjida yoz
ilish shakllarini ham ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
ahli sunna, mazhab, aqiyda, sunnat, mujtahid, mutaassiblik, bid’at, xurofot.
Аннотация.
В этой статье мы рассмотрим толкование некоторых слов и фраз,
которые мы можем встретить в религии на узбекском языке, а также наиболее
подходящие переводы, которые можно использовать при переводе их на японский язык.
Поскольку иностранные слова (гайрайго) в основном пишутся катаканой на
японском языке, предпочтительнее писать религиозные слова катаканой. Однако,
учитывая, что эти слова могут быть непонятны носителю японского языка, мы также
рассмотрим их японские формы написания кандзи.
Ключевые слова:
Ахлю
-
сунна, мазхаб, вероучение, сунна, муджтахид, слепая
приверженность, бидъаб, суеверие.
Abstract.
This article will consider the interpretation of some words and phrases that we
may encounter in religion in Uzbek, as well as the most appropriate translations that can be
used when translating them into Japanese. Since
外来語
(gairaigo)-language words in Japanese
are mainly written in katakana, it is preferable to write religious words in katakana. However,
considering that these words may be incomprehensible to a native Japanese speaker, we will
also consider the forms of writing them in Japanese kanji.
Keywords:
Ahl al-
sunnah, madhhab, islamic theology, sunnah, mujtahid, bigotry, bid’ah,
superstition.
Diniy-
ma’rifiy adabiyotlarni o’qir ekanmiz, albatta o’z tilimizda bo’lishi qaramay unda
ishlatiladigan ayrim so’z, ibora va jumlalarning leksik ma’nolarini to’liq tushunmaslik holatlari
uchrab turadi. Bunga sabab, albatta bizning so’z boyligimiz kamligi, diniy
-
ma’rifiy kitoblarni
kam o’qiganligimiz hamda diniy ahkomlarni to’liq bilmaganligimiz va o’qimaganligimizdandir.
Ushbu maqolada islom dini haqida gapirilganda uchraydigan ayrim so’z va iborlarni
o’zbek va yapon tilida leksik va lug’aviy ma’nolarini ko’rib chiqamiz.
Ushbu ishni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Iymon” nomli
kitoblarining ilk sahifasida keltirilgan “Shiorimiz” matnini tahlil qilish bilan ko’rib chiqamiz.
Shiorimiz:
Ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qur’on va
sunnatni o’rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih –
ulug’ mujtahidlarga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
752
ergashish, bag’rikenglik ruhini tarqatish, diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka
barham berish, mutaassiblik va bid’at
-
xurofotlarni yo’qotish.
Avval yuqoridagi matnda keltirilgan so’zlarni o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nolarini ko’rib
chiqib, so’ng yapon tilidagi tahliliga o’tamiz.
“Ahli sunna val jamoa” arabcha ibora bo’lib, “Sunnatga amal qiluvchi va jamoatga
ergashuvchi kishilar”, degan ma’noni anglatadi. Sunna va jamoa ahli kim deyilsa, ilmda peshvo
sahobalar va ularning yo’lini tutgan zotlar, deyiladi.
Shu o’rinda sunnat amalga izoh berib
ketadigan bo’lsak, “sunnat” –Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallaridir.
Mazhab arabcha so’z bo’lib, yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot kabi ma’nolarni anglatadi.
“Aqida” so’zi lug’atda aqd ya’ni tugish, bog’lash, mahkamlash ma’nollarini anglatadi.
Shar’iy atamasi esa, biror narsaga shak
-
shubhaga o’rin qolmaydigan darajada qat’iy
ishonishga aytiladi. Demak, aqida qalbda sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, u inson qalbidan
ishongan, o’zi uchun e’tiqod, din qilib olgan narsalarga aytiladi.
Islom so’zi “salima”, “yaslamu’,’salaaman” va “salaaamatan” kabi so’zlarning o’zagidan
olingan bo’lib, o’zbek tilidagi lug'aviy ma’nosi “taslim bo’lish, itoat etish yoki tobe bo’lish”dir.
Islom so’zining lug’aviy ma’nosi quyadigi ma’nolarni anglatadi:
1.
Ixlos
2.
Turli ofatlardan salomat bo’lish.
3.
Sulh va omonlik.
4.
Itoat va bo’ysunish.
“Salaf” so’zi arab tilida “avval o’tganlar, o’tmishda yashaganlar”, “Salafiy” –“O’tmishda
o’tgan ajdodlar yo’lidan boruvchi” ma’nolarini beradi. Istilohda esa “Salaf” Payg’ambarimiz
Muhammad alayhissalom taraflaridan maqtalgan, ilk hijriy uch asr avlodlari hisoblaanadi. Shu
davrda yashab o’tgan sahobalar, tobe’inlar va taba’tobe’inlardan iborat olimlaru fozillar,
mujtahid ulamolari “salafi solihlar” deb ataladi.
Mujtahid arabcha intiluvchi, g’ayrat qiluvchi, tirishqoq degan ma’noni bildiradi. Shar’iy
istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa shariat manbalari asosida hukm chiqara
oladigan kishiga aytiladi.
Lug’at kitoblarida “mutaassiblik” qattiqqo’llik, bir fikrdda qattiq turib olish ma’nolariga
dalolat qilishi aytib o’tilgan. Istilohda esa, doim o’zini so’zsiz haq deb bilib, fikrida qattiq turib
olish, boshqalarni esa nohaq deb qarash taassubdir. Qisqacha aytganda, mutaassiblik, garchi dalil
ko’rinib turgan bo’lsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir.
“Bid’at” so’zi lug’atda “o’xshashi bo’lmagan yangi narsani paydo qilish, diniy aqidalarga
kiritilgan o’rinsiz isloh”, –
degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa Alloma Izziddin ibn
Abdussalom shunday ta’riflaganlar:
”Bid’at –
Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning
davrlarida bo’lmagan narsani amalga oshirishdir”.
1
https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Ahli sunna val jamo kimlar?” maqola, 27.12.2022
2
https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Aqidada adashmaylik” maqola,23.01.2018
3
https://islom.uz,“Islom” nima?” maqola, 11.09.2023
4
https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “”Salafiylar” kimlar?”, maqola, 25.05.2023
5
“Mujtaihid nima?”, maqola, Bobobek Abduraximov “Koraboy oksakol” jome masjidi imom
-xatibi, 04.02.2023
6
https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Mutaassiblikning mohiyati va ofatlari”, maqola,18.09.2022
7
https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi,”Bid’at tushunchaasi”, maqola, 21.05.2022
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
753
Xurofot
–diniy e’tiqod, urf
-odatlar, irimlarni soxtalashtiruvchi ijtimoiy- pssixologik
hodisa.
Yuqorida izohi keltirilgan so’zlarni yapon tiliga bir so’z bilan tarjima qilish albatta
mushkul. Uni yapon tilida tushinish uchun albatta izoh talab qilinadi. Biroq, matn ichida ushbu
so’zlardan foydalanganimizda iloji boricha bir so’zdan iborat eng maqbul so’zdan
foydalanishimiz kerak bo’ladi. Yapon tilidagi diniy matnlarda arabcha diniy atamalar asosan asl
talaffuzi bilan ya’ni katakana yozuvida yoziladi. Quyida yapon tilida ishlatishimiz mumkin
bo’lgan eng maqbul so’zlarni ko’rib chiqamiz.
Ahli sunna val jamoa
–
「スンナ派とジャマーア」
(sunna ha to jamia). Bu yerda “ahli
sunna” katakana va kanji bilan yozilmoqda.
「スンナ派」
(sunna ha)
–
「スンナ」
(sunna)
“sunniylar’,
「派」
(ha)
–“oqim” , “yo’nalish”. Jamoa so’zi katakanada
「ジャマーア」
yoki
yaponlarga yana ham tushunarli bo’lish uchun
「共同体」(
kyoudoutai
)
-jamoa, hamjamiyat
so’zi bilan ham berishimiz mumkin.
Sunnat - katakanada
「スンナ
deb yozilib,
「預言者ムハンマド様の言行
(yogensha
Muhammadosama no genkou)
-
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning
aytganlari
va odatlari, qilgan ishlari deb izohlab ketsak
bo’ladi.
Mazhab
–
katakana shaklda
「マズハブ」
shaklda yozilgani eng maqbuli bo’lib, izoh
talab qilinganda
「宗派」(
shuha
)
-
bir din ichidagi oqim, yo’nalishlar so’zidan foydalansa
bo’ladi.
Aqida
–
「アキーダ」
(akida). Aqida so’zi aynan islomiy konteksda
「アキーダ」
(akida) shak
lida ishlatiladi va shunda diniy matnlarda tanish va aniqroq bo’ladi. Yapon tilida
kengroq ifodalamoqchi bo’lganimizda esa
「信仰体系」
(shinkotaikei)
–e’tiqod yo’li,
「信条」
(shinjo)
–ishonadigan narsa, ishonch so’zlaridan foydalansak bo’ladi.
Islom
–
katakanada
「イスラム」、
aniqroq din tushunchasini berish uchun
「イスラム
教」
(isramu kyou),
「教」-
(kyou) “diniy ta’limot” shaklida bo’ladi.
Salafi solih -
「サラフ・サーリフ」
shaklida, ya’ni so’zning asliyatini berish uchun
katakana shakli afzal. Bu so’zni yapon tilida izohlash uchun esa quyidag
i iborani ishlatish
mumkin:
「 初 期 の 敬 虔 な ム ス リ ム 」
(shokino keikenna musurimu)
–“Dastlabki dindor
musulmonlar”.
Mujtahid
–
ム ジ ュ タ ヒ ド
(mujutahido) shaklda, diniy matnlarda aynan shu shaklda
ishlatiladi. Yapon tilida izohlash uchun esa
「イスラム法における独自の解釈を行う学者」
(isuramu ho ni ok
eru dokuji no kaishaku o okonau gakusha), ya’ni islom huquqi bo’yicha
mustaqil talqin qiladigan olim” jumlasini qo’llasak bo’ladi.
Mutaassiblik -
「過激主義」
(kagekishugi), ya’ni ekstrimizm, radikal oqim so’zi bilan
tarjima qilishimiz mumkin.
Bid’at –
katakanada
ビダア
(bidaa). Yoki kanji shaklida
「異端」
(itan)
–
mavjud din yoki
jamiyatning qonun va an’analaridan farq qiladigan fikr va hatti
-
harakatlarni anglatadigan so’z.
Qo’shimcha izoh uchun
「イスラム教にない宗教的な新しい行い」
(isuramukyou ni nai
, “O’zbek tilining izohli lug’ati”
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
754
shuukyoutekina atarashii okonai) jumlas
ini, ya’ni, islom dinida mavjud bo’lmagan yangi diniy
odatlar desak bo’ladi.
Xurofot -
「 迷 信 」
(meishin) shaklida tarjima qilinib, “asossiz e’tiqod” ma’nosida
qo’llamiladi. Bu so’z eng mos va keng tarqalgan so’z bo’lib, har qanday diniy yoki madaniy
notog’ri e’tiqodlarga, irim, yolg’on e’tiqodlarga ishlatiladi.
Endi yuqoridagi matnni yapon tiliga to’liq tarjima qilib ko’ramiz.
スローガン:
スンナ派とジャマーア学派に基づいて純粋なアキーダと清らかなイスラムを志向
し、クルアーンとスンナを学び実践し、イスラムの知識を広め、サラフ・サーリフと
言う正しい導きの偉大なムジュタヒド達に従い、寛容さと兄弟愛の精神を普及し、宗
教的な無知をなくし、対立と分派主義を終わらせ、過激主義や異端・迷信を排除する。
Xulosa qiladigan bo’lsak,
外来語
(gairaigo)
–chetdan o’zlashgan so’zlar yapon tilida
katakana shaklida yoziladi. Yuqorida keltirilgan so’z va iboralar ham islom diniga oid bo’lib,
asosan arab tilidan o’zlashgan so’zlar bo’lganligi uchun bu so’zlarni ham katakana shaklida
yozgan ma’qul. Biroq, yapon tilida ham ayrim diniy terminlardagi ayni o’sha ma’noni beradigan
kanji ko’rinishidagi so’z va iboralar bo’lib, matn tarjimasida ana o’shalardan foydalansak yapon
tili o’quvchilari uchun ham yanada tushunarli bo’ladi.
REFERENCES
1.
Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf “Iymon”. –T.:”Hilol Nashr”, 2025.
2.
, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Ahli sunna val jamo kimlar?”
maqola, 27.12.2022
3.
, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Aqidada adashmaylik”
maqola,23.01.2018
4.
1
, “Islom” nima?” maqola, 11.09.2023
5.
, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “”Salafiylar” kimlar?”, maqola,
25.05.2023
6.
“Mujtaihid nima?”, maqola, Bobobek Abduraximov “Koraboy oksakol” jome masjidi
imom-xatibi, 04.02.2023
7.
, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Mutaassiblikning mohiyati va
ofatlari”, maqola,18.09.2022
8.
, O’zbekiston musulmonlar idorasi,”Bid’at tushunchaasi”, maqola,
21.05.2022
9.
, “O’zbek tilining izohli lug’ati”
