Authors

  • Ra'no Madiyarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107204

Keywords:

kreativ fikrlash xalqaro tadqiqotlar talim kreativ fikrlash.

Abstract

Bu maqolda boshlang'ich ta'limda erkin va kreativ fikrlashni rivojlantirish yo'llari haqida sóz etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

325

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA ERKIN VA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

YO'LLARI

Madiyarova Ra'no Batirbayevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.15628622

Anotatsiya.

Bu maqolda boshlang'ich ta'limda erkin va kreativ fikrlashni rivojlantirish

yo'llari haqida sóz etilgan.

Kalit so‘zlar:

kreativ fikrlash, xalqaro tadqiqotlar, talim, kreativ fikrlash.


O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri –

bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama
rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, pedagogik mahorat, ko`nikma,
malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va tarbiya
ishlarining qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib
kirdi. Ayniqsa, umum ta`lim maktablarida o`qituvchi kadrlarning kreativligini rivojlantirishga
bo`lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib
borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning
mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi maqolamiz mavzusi dolzarbligining yana bir
ko`rinishi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko`plab G`arb
mamlakatlarida turlicha tahlil etilgan va o`rganilgan. Masalan, N.N. Nechaev, Y.A. Ponomarev,
D.V. Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda o`rgangan bo`lsalar, N.A.
Berdyaev, V.S. Bibler, V.N. Drujinin, P.A. Florenskiylar kreativlikning ma`naviy, psixologik
jihatlarirni tahlil etgan.

XXI asrga kelib O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila

boshladi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllanib boshlagan
Innovatsion pedagogikada Ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. R.A.Mavlanova
o`zining «Boshlang`ich ta`limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o`quv
qo`llanmasida kreativlikning o`zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to’xtalib o`tgan.
Qo`llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo
kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob`ekti
sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ yondoshuvni
talab etadi. Ayniqsa, boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi
ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida pedagog o`qituvchilarga katta mas`uliyat
yuklatiladi. Ya`ni boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus
o`rganishni talab etmoqda. Ko’plab ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kreativlik
tushunachiga nisbatan bir-biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud.

Bular:
1. Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2. Kreativlik – bu insonning o`ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish

usulidir.

3. Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
4. Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.
5. Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

326

6.

Kreativlik

– bu ijodkor insonlarning ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy

adaptatsiyalanishidir.

7. Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir.
Pedagog olima R.A.Mavlanova an`anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka

shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilganligi
haqida quyidagicha fikr bildirganlar:

- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida

(D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),

- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Kreativlikni

o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo`llashning umumiy
qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov).

Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-

evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz.

Kreativlik- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas

qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega
bo`lgan bilimlarning ko`p qirrali ekanligida emas, balki yangi g`oyalarga intilishda va
o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o`zgartirishda, hayotiy
muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi.
Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog`liq jarayondir. Negaki o`qituvchining kreativlik
faoliyat yuritishi uchun, u albatta o`zining sohasidagi eng so`nggi yangiliklardan, shu bilan bir
qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo`lishi, innovatsion yangiliklarni o`z
faoliyatida o`rinli foydalana olishi lozim. Demak, boshlang’ich sinf o’qituvchisi har qanday
vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo’lni izlab topishi va uni
amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang’ich sinf
o’quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham
kreativlikning bir ko’rinishi deyish mumkin. O`qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning
mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning maqolamiz ob`ekti
bo`lgan o`qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi.

Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlanova tomonidan olib borilgan

tatqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda biz quyidagi
fikrlarni e`tirof etmoqchimiz:

1. Kreativlik o`qituvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi.
2. Kreativlik o`qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir. Chunki

tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, o`qituvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon
eta olmaydi.

3. Kreativlik o`qituvchilarda o`z-o`zidan paydo bo`ladigan sifat emas, u o`qituvchining

yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o`zlashtirish va o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olish
jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o`z
faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o`z mualliflik g`oyalariga, echimlarni (evristik)
topa olishi bilan bog`liqdir.

4. O`qituvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo`nalishlar va «Men»

kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. O`qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

327

barcha turlarida namoyon bo`lishi davr talabidir. O’qituvchining kreativlik faoliyati, avvalo,
pedagogik mahorat bilan bog`liq degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Dunyoning turli mintaqalarida kreativ tushinchalar insoniyat madaniyatining ravnaq

topishiga, tabiiy, falsafa san’at va gumanitar fanlarning rivojlanishiga asos bo‘ldi. Kreativ
fikrlash shunchaki tasodifiy fikrlashdan farq qiladi. Kreativ fikrlash bilim va tajribaga
asoslangan haqiqiy kompitensiya bo‘lib, insonlarning keskin va murakkab vaziyatlarda kutilgan
natijalarga erishishga sharoit yaratadi. Ta’limning vazifasi o‘quvchilarni kelajakda
muvaffaqiyatga erishishlari uchun zaruriy kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat.Bular
sababli ular globallashuv jarayonida tez o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari
surilgan va hozirgi zamon talablariga ega moslashuvchan ishchilarni dunyoga moslashishiga
yordam beradi. Kreativ fikrlashni o‘quvchi yoshlar egallashi natijasida ularda dolzarb
muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalanib, hali yaratilmagan sektorlarda
ishlash, shu qatorda mashina bajara olmaydigan ishlarni bajarish va global muammolarni yechish
qobiliyatlari rivojlanadi.Maktablarda ham o‘quvchilarni kreativ fikrlashga bo‘lgan ehtiyoji
maktab bozori talabidan kelib chiqqan holda ortmoqda.Maktablarning jamiyat hayotidagi
ahamiyati shundan iboratki:o‘quvchilarni jamiyatning bir qismi ekanligini his qilgan
holda,jamiyat ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shish va uning oldidagiburchlarini bajarish kabi
tuyg‘ularni ularda oshirishdir.

Xalqaro tadqiqotlar esa o‘quvchilarda kreativ fikrlashini oshirish orqali ularning,

tajribalar, hodisalar va shu qatorda vaziyatlarni yangicha uslubda yondashishini ta’minlaydi,
bilim olishiga yordam beradi.O‘quvchining fikrlashi, qiziquvchanligini tezlashtirish va rag‘batni
oshirish uchun uning ijodkorlik imkoniyatlari shuningdek yangicha qirralarini ochib beradigan
yangi uslubdagi texnologiya va o‘rganish shakllari shakllantirilishi kerak. Bu kabi rivojlanish
uslublari ta’lim olishi sust o‘quvchilarni o‘z fikrini ifodalash hamda qiziqishlarini ortishiga
yordam beradi. Kreativ fikrlash ham boshqa qobiliyatlardek maqsadli va amaliy mumkin.Bazi
o‘qituvchilar nazarida o‘quvchinikreativ fikrlashini oshirish o‘quv dasturidan tashqari boshqa
faoliyat turiga jalb qilishdek ko‘rinadi. Aslini olganda esa, o‘quvchilar mavjud hamma fanlar
kesimida kreativ fikrlay olish qobiliyatlari hisobga olinadi. Kreativ fikrlashning afvzal
tomonlaridan yana biri o‘quvchiga yotlatish usuli bilan emas, izlanish va kashfiyotchilik
qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali asosiy bilimni egallashga erishiladi. PISA 2022
tadqiqotlari faqatgina 15 yoshli o‘quvchilarning kreativ fikrlash jarayoniga ko‘proq e’tibor
qaratadi. Bu xalqaro tadqiqot faqatgina ijodkor o‘quvchilarni ajratmasdan, balki o‘quvchilarning
fikrlashini orttirish hamda fikrini ifodalashda va bu kabi qobiliyatlarini o‘qitish jarayoni maktab
faoliyati yoki ta’limning boshqa xususiyatlari bilan qanchalik uzviyligini baholaydi.

PISA tadqiqotlarining oldidagi asosiy ishi ta’lim sohasi va pedagogikada katta natijalarga

erisha oladigan kreativ fikrlash ko‘nikmasiga tegishli xalqaro darajadagi ma’lumotlar berishdan
iborat. Shuni takidlash kerakki kreativ fikrlash ko‘nikmasi ta’lim olish jarayonida shakllanishi,
uning o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida kreativ fikrlashining imkoniyatlari
aniq natijalarga olib keladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda,
beriladigan topshiriqlar maktabda o‘qitiladigan fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi,amaliy
hamda test topshiriqlari sinfda yoki sinfdan tashqari bajariladigan topshiriqlarga yaqin oddiy va
sodda bo‘lishi kerak. PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlashning turli jihatlari haqida ma’lumot


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

328

yig‘ish biroz qiyin. Ammo bu asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. PISA dasturida o‘quvchilarni
kreativ fikrlashini baholash test va umumiy ma’lumot qismlaridan tashkil topgan. Testlarda
mulohaza qilish, baholash uchun zarur topshiriqlar bilan ishlash jarayonida beriladigan
ma’lumotlar o‘quvchini kreativ fikrlashinirivojlantirish darajasida bo‘ladi. To‘plangan umumiy
ma’lumotlar o‘quvchilarningkreativ fikrlashini o‘stirishga qaratilgan boshqa kreativ
yondashuvlar (ochiqlik, maqsadga yo‘naltiriganlik, ishonchlilik) sinf va sinfdan tashqari
mashg‘ulotlardagi aktiv ishtiroki orqali to‘ldiriladi.

REFERENCES

1.

Vygotskiy L. S. Tanlangan psixologik tadqiqotlar. M., 1996 yil.

2.

David Watson. The Question of Conscience Higher edication and personal responsibility.
Oxford, Institute of Edication Press. 2014.

3.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking
and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.

4.

Ermolaeva-Tomina L. B. Ijodiy faoliyatning namoyon bo'lishidagi individual farqlarni
belgilovchi omillarni o'rganish / Ijod psixologiyasi. M., 1999.

5.

Ernazarova G.O. Kasbiy yunaltirish ishlari (kasb-hunar kollejlari misolida) uslubiy
qo'llanma. - Navoiy, 2017 y, -132 b.

6.

Ernazarova G.O. Yosh avlodni hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlar ahamiyati //
O'zbekiston ayollarining fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari mavzuidagi
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –Jizzax. 2017, - B. 404-405.

7.

Zinovkina M. M. NFTM-TRIZ: XXI asrning ijodiy ta'limi (Nazariya va amaliyot):
Monografiya. M., 2007 yil

.



References

Vygotskiy L. S. Tanlangan psixologik tadqiqotlar. M., 1996 yil.

David Watson. The Question of Conscience Higher edication and personal responsibility. Oxford, Institute of Edication Press. 2014.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.

Ermolaeva-Tomina L. B. Ijodiy faoliyatning namoyon bo'lishidagi individual farqlarni belgilovchi omillarni o'rganish / Ijod psixologiyasi. M., 1999.

Ernazarova G.O. Kasbiy yunaltirish ishlari (kasb-hunar kollejlari misolida) uslubiy qo'llanma. - Navoiy, 2017 y, -132 b.

Ernazarova G.O. Yosh avlodni hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlar ahamiyati // O'zbekiston ayollarining fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –Jizzax. 2017, - B. 404-405.

Zinovkina M. M. NFTM-TRIZ: XXI asrning ijodiy ta'limi (Nazariya va amaliyot): Monografiya. M., 2007 yil.