ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
361
UMUMTA’LIM MAKTABLARI TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK
JIHATLARINI TADQIQ ETISH
Karimova Maxbuba Мukimjonovna
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15639866
Annotatsiya.
mazkur maqolada umumta’lim maktablari ta’lim sifatini oshirishda raqamli
texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodologik jihatlarini izohlangan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim sifati, xalqaro sifat standartlari, ta’lim sifati, yondashuvlar,
modellar, raqamli texnologiyalar, umumta’lim maktablari
Аннотация.
в данной статье раскрыты теоретические и методологические
аспекты использования цифровых технологий для повышения качества образования в
общеобразовательных школах.
Ключевые слова:
качество образования, международные стандарты качества,
качество образования, подходы, модели, цифровые технологии, общеобразовательные
школы
Abstract:
тhis article reveals the theoretical and methodological aspects of the use of
digital technologies to improve the quality of education in secondary schools.
Keywords:
quality of education, international quality standards, quality of education,
approaches, models, digital technologies, secondary schools.
Mamlakatimizning umumta’lim maktablarida axborotning an’anaviy va elektron
tashuvchilari, virtual kutubxonalar, elektron didaktik apparatlar bazasi yaratilmoqda. Ta’lim
ehtiyojlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini
yaratish va shu sohadagi texnologiyalarni joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.Axborot
texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston
— 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va
aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF- 5712-son farmonida «umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning
milliy tizimini yaratish, mavjud darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarni elektron ko‘rinishga
o‘tkazish, o‘qitish usullarini takomillashtirish, muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy
asoslashga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish» kabi ustuvor
vazifalar belgilangan.
Dunyo hamjamiyatida AK va raqamli texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishi ta’lim
sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy dasturiy vositalar ta’lim
axborot muhitining alohida infratuzilmasi hisoblanadi va ta’lim jarayonida keng qo‘llaniladi.
Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
362
texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda
katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida o‘quv yurtlarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, o‘quv
dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ayni paytda ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv
yurtlaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil
etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.
Uzluksiz ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta’lim jarayoni
sub’ektlari faoliyatini takomillashtirish, ularga zaruriy va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish
asosida ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari,
umumiy o‘rta ta’lim maktablari (UO‘TM)da mavjud muammolarining yechimini topish, ta’lim
sifatini oshirishni demokratik tamoyillar va innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirishni
taqozo etmoqda.
UO‘TMda pedagogik jarayonlarni tashkil etish, ta’lim sifatini nazorat qilish, o‘qituvchi
va o‘quvchilarga zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishda faoliyatni oldindan rejalashtirish,
amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, qaror qabul qilish; UO‘TM faoliyati va imkoniyatilari,
vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra vazifalarni taqsimlash; pedagog xodimlarning
uzluksiz malaka oshirishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish; moddiy-texnik va zamonaviy
ilmiy-metodik mahsulotlar bilan ta’minlash; ilg‘or pedagogik tajribalar va zamonaviy axborotlar
texnologiyalarni tatbiq etish; DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib
borishni tashkil etish; UO‘TM rivojlanish moyilligi va dinamikasi bo‘yicha axborotlar to‘plash
va tahlil qilish; pedagoglarning innovatsion faoliyat natijalariga qiziqishini shakllantirish va
rag‘batlantirish asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish; qabul qilingan qaror va
buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish UO‘TM rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
hisoblanadi.
UO‘TM rahbarlarining funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni ko‘zlangan
natijalarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish,
nazorat qilish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash, pedagog xodimlar faoliyatini tashkil etish va
muvofiqlashtirish hamda ta’lim sifatini axborot texnologiyalari vositasida rivojlantirishni
ta’minlash zaruratini ifodalaydi.
M.Mirqosimovning fikricha, ta’lim sifatini rivojlantirish birinchi galda kishilarning
iqtisodiy va moddiy holatini, ijtimoiy faoliyatini, ularni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashni
nazarda tutadi, jamoada uyushqoqlik, tartib, mehnat taqsimoti bo‘lmasa, kishining jamoadagi
o‘rni va vazifalari tayin bo‘lmasa, mehnat jamoasi bo‘lishi mumkin emas. Tabiiyki, UO‘TM da
ta’lim sifatini oshirish va boshqaruvsiz, muayyan tartibni o‘rnatmasdan va qo‘llab-
quvvatlamasdan turib, mehnat faoliyatini amalga oshirib bo‘lmaydi [4, 16- b.].
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ta’lim tizimini boshqarish o‘ziga xos san’at va
mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov yoki izlanish asosida qarorlar qabul qilish va uning
bajarilishini nazorat qilishdir [1, 6-b.]. Boshqaruv – bu maqsadga erishish uchun ob’ektga ta’sir
etish bo‘lib, ob’ekt faoliyatini muvofiqlashtirish, ya’ni maqsadga erishish yo‘nalishida tizimning
tashkil etuvchilariga ta’sir etishni vertikal muvofiqlashtirishdir [2, 133-b.].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
363
Ta’lim sohasini raqamlashtirish bugungi kunning dolzarb ishlaridan biridir.Bu borada
I.M.Siddiqov [3, 14-b.]. tadqiqot ishlarida shunday deb ta’kidlaydi: Ta’limni raqamlashtirish –
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
ta’lim
faoliyatining
barcha
jabhalariga
integratsiyalash jarayonidir. Bu jarayon ta’lim muassasalari va o‘qituvchilar uchun ta’lim
jarayonini “Kreativ talim: innovatsiya va samaradorlik” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro
miqyosidagi ilmiy- amaliy anjumanida raqamli texnologiyalar o‘quv tajribasini boyitish uchun
yangi imkoniyatlar eshigini ochadi degan fikrlar aytib o‘tilgan. Virtual sinflar, o‘quv
platformalari, onlayn kurslar va multimedia resurslari ta’lim muhitining ajralmas qismiga
aylanib, o‘quv tajribasini boyitib, bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirishga yordam bermoqda.
Demak, UO‘TM pedagogik jarayonlar sub’ektlarining ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil
etish va ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi faoliyatlari maktab faoliyatini
tashkil etishda, ko‘zlangan natijalarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni
rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, mazkur
jarayonishtirokchilariga ta’sir ko‘rsatish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni
ifodalaydi.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish
yo‘nalishidagi faoliyat jarayonida UO‘TM rahbarlari tomonidan ilg‘or pedagogik tajribalarni
ommalashtirish, zamonaviy axborotlar kommunikatsion texnologiyalarini amaliyotga tatbiq
etish; DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borishni tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish va
qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish; moddiy-texnik va zamonaviy ilmiy-metodik mahsulotlar
bilan ta’minlash; ta’lim muassasasi va sotsium munosabatlarida uzluksiz aloqani ta’minlash kabi
muhim vazifalarni amalga oshirilishi zarur.
Maktab faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha UO‘TM rahbarlari
belgilangan maqsadga erishish uchun vazifalar belgilash; faoliyatni oldindan rejalashtirish,
amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, qaror qabul qilish; vazifalarning mazmun va
mohiyatiga ko‘ra mutaxassislarni tanlash va bajariladigan
vazifalarni taqsimlash; UO‘TMning rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlash uchun
pedagog xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida anketa so‘rovlari va suhbat o‘tkazish asosida
ahborotlar to‘plash va tahlil qilish; UO‘TM faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish
yo‘nalishida belgilangan vazifalarni qayta ko‘rib chiqish, yangilash, lavozimlar bo‘yicha davlat
talablari asosida kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish; pedagog xodimlarning innovatsion
faoliyatini tashkil etish; qabul qilingan qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish kabi
funksional vazifalarni bajarishi lozim.
Shunday ekan, UO‘TM ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq faoliyati maktab faoliyatini
tashkil etish va pedagogik jarayonlar samaradorligini oshirish, pedagogik jarayon sub’ektlari
faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni tashkil etish va sifatli ta’limnita’minlash,
hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish va
rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni (1- rasm) qamrab oladi deb aytish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
364
1-rasm. UO‘TM ta’lim sifatini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish
yo‘nalishlari.
Davr o‘quvchilari, nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, raqamli texnologiyalarga
shunchalik bog‘landikki, bu jarayon jamiyatning har bir sohasida o‘z yutuqlari bilan kirib kelib
taraqqiyoit sari barcha jabhalarga o‘z ta’sirini ijobiy natijaviy ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek,
bugungi kunda ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalarining zamonaviy dasturiy vositalaridan
samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli
fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni zamonaviy dasturiy vositalalaridan foydalanishlari
uchun, eng avvalo bu sohadagi kompetentligini shakllantirish, ta’lim tizimini texnik va dasturiy
jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to‘la yaratib berish orqaligina
samarali natijaga erishish mumkin. Chunki ta’lim tizimi sifatini oshirish jarayonini zamonaviy
dasturiy vositalari asosida tashkil etish quyidagi talablarga javob bera olishi lozim fanning ilg‘or
yutuqlari va elektron axborot vositalaridan foydalanish, dars jarayonini zamonaviy
texnologiyalar asosida tashkil etish; ta’lim jarayonida dasturiy vositalari yordamida barcha
didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash, o‘quvchilarning qiziqishlari,
layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi
uchun zarur shart - sharoitlarni yaratish; dasturiy vositalari asosida o‘quvchilar anglab etadigan
fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish, ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek,
o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish.
Hozirgi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari kompaniyaning rivojlanish
bosqichining final bosqichida. Ular "Axborot" deb nomlangan keyingi bosqichga o‘tishni amalga
oshiradilar. Jamiyatning infratuzilmasi ma’lumot to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish
usullari shakllantiriladi. Ma’lumot strategik resursga aylanadi. Shuning uchun, XX asrning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
365
ikkinchi yarmidan tsivilizatsiya qilingan dunyoda "Bilimlar iqtisodiyoti" ga o‘tish jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy, aniqroq omilga aylandi, bu jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo‘ldi, sezilarli darajada o‘sish kuzatilmoqda. Jahon
hamjamiyatining deyarli barcha vazifalarini hal qilishda ma’lumotlarning ahamiyati. Bu ilmiy va
texnik inqilob asta-sekin intellektual ma’lumotlarga aylanishiga qat'iy dalillar, ma’lumotlar
ijtimoiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat, ta’limni tashkil etish va boshqarishning foydali va
samarali zamonaviy vositalarini misol keltirishimiz mumkin.
Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanish
kompetentligini shakllantirish maqsadida respublikamiz o‘quv yurtlarida ta’lim tizimini
kompyuter, multimediali elektron qo‘llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, masofadan
o‘qitish kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etishni yanada yuqori darajaga olib
chiqish hamda dars jarayonida o‘quv, o‘qitish, modellashtirish, amaliy, axborotli va boshqa
dasturlardan keng foydalanish oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, birgina shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va ulardan barcha sohalarda
keng foydalanish ta’lim tizimi imkoniyatlari tubdan o‘zgartirdi, shu bilan birga Internet tarmog‘i
ta’lim tizimiga yangi elektron axborot vositalarini tatbiq etish bo‘yicha yanada katta
imkoniyatlar yaratmoqda. Shuning uchun ham ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning
dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirish eng avvalo, ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya tizimiga tatbiq etish bilan bog‘liq bo‘lib kompyuterli
ta’limning shakllanishiga imkon beradi.
REFERENCES
1.
Ashurov J.Dj., Zamonaviy ta’lim muhitida raqamli pedagogikaning o‘rni va ahamiyati //
Eurasian journal of academic research, Innovative Academy Research Support Center /
Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181-2020.
2.
Kozlova N. Sh. Ta’limdagi raqamli texnologiyalar // Maykop davlat texnologiya
universitetining xabarnomasi. 2019. jild. 1/40. 83–90-betlar.
3.
Madiyeva G.A "Ta’limda yangi innovatsion modelni tatbiq qilishning ahamiyati."Science
and Education 3.2 (2022): 777-780.
4.
Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1995. – 159 b.
