ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
839
OZIQ-OVQAT CHIQINDILARI VA ULARNING QAYTA ISHLANISH
IMKONIYATLARI
Xurramov Nodir Norboy o‘g‘li
Oʻzbekiston Milliy universiteti Ekologiya kafedrasi
Murodov Diyorxon Ivadulla o’g’li
Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi
Hayot faoliyat xavfsiligi yo’nalishi 2-kurs talabasi
Gmail:
murodovdiyorxon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15687498
Annotatsiya
. Oziq-ovqat chiqindilari bugungi kunda dunyo miqyosida ekologik va
iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada oziq-ovqat chiqindilarining
turlari, ularning atrof-muhitga ta'siri, hamda chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash usullari
haqida batafsil ma'lumot berilgan. Asosiy e'tibor chiqindilarni qayta ishlashning innovatsion
texnologiyalari va ularni samarali boshqarish tizimlariga qaratilgan. Shuningdek, oziq-ovqat
chiqindilarini kamaytirish bo'yicha ta'lim, rag'batlantirish va iqtisodiy rag'batlar haqidagi
takliflar ham muhokama qilingan.
Kalit so'zlar
: oziq-ovqat chiqindilari, qayta ishlash, kompostlash, biogaz, atrof-muhit,
isroflarni kamaytirish, innovatsion texnologiyalar, ekologik ta'sir, chiqindilarni boshqarish,
yashil iqtisodiyot.
Аннотация
. Пищевые отходы являются одной из главных экологических и
экономических проблем современности. В данной статье рассматриваются виды
пищевых отходов, их влияние на окружающую среду, а также методы уменьшения и
переработки отходов. Особое внимание уделяется инновационным технологиям
переработки отходов и эффективным системам управления ими. В статье также
предложены рекомендации по образованию, стимулированию и экономическим мерам для
сокращения пищевых отходов.
Ключевые слова
: пищевые отходы, переработка, компостирование, биогаз,
окружающая среда, сокращение отходов, инновационные технологии, экологическое
воздействие, управление отходами, зеленая экономика.
Abstract
. Food waste has become a major environmental and economic issue globally.
This paper discusses the types of food waste, their impact on the environment, and the methods
for reducing and recycling waste. Special attention is given to innovative recycling technologies
and efficient waste management systems. The paper also presents proposals for education,
incentives, and economic measures to reduce food waste.
Keywords
: food waste, recycling, composting, biogas, environment, waste reduction,
innovative technologies, ecological impact, waste management, green economy.
Dunyo miqyosida oziq-ovqat chiqindilari muammosi har yili tobora jiddiylashib
bormoqda. Boshqa barcha chiqindilar kabi oziq-ovqat chiqindilari ham ekologik, ijtimoiy va
iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda. Biroq, oziq-ovqat isrofi, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi va
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
840
resurslarning kamayishi davrida, tobora muhim masalaga aylanib bormoqda. Jahon iqtisodiyoti
va ekologik tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inobatga olgan holda, oziq-ovqat
chiqindilarining qanday boshqarilishi va qayta ishlanishi global darajada barqaror rivojlanishga,
ijtimoiy tenglikka va ekologik xavfsizlikka xizmat qilishi zarur.Oziq-ovqat chiqindilari – bu
ishlab chiqarilgan va iste’mol qilinmagan, odatda iste’molga
yaroqsiz deb hisoblangan oziq-
ovqat mahsulotlari. Ushbu chiqindilar turli sabablarga ko‘ra
yuzaga keladi: texnologik
nosozliklar, noto‘g‘ri saqlash, iste’moldagi isrofgarchilik, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va
sanoat tizimlaridagi samaradorlikni yo‘qotishlar. FAO (BMTning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti)ning 2021-yilgi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 1.3 milliard tonna
oziq-ovqat chiqindilari yuzaga keladi. Bu, umuman olganda, ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning
uchdan bir qismini tashkil etadi.Bunday ulkan miqdordagi oziq-ovqat chiqindilari o‘z navbatida
iqlim o‘zgarishini tezlashtiradi. Chiqindilarni boshqarishning noto‘g‘ri usullari – ya'ni ularning
to‘g‘ri qayta ishlanmasligi yoki kompostlanmasligi – atmosferaga metan gazlarini chiqarishga
olib keladi. Metan, o‘z navbatida, karbon dioksidga qaraganda 28-36 marta kuchliroq issiqxona
gazi hisoblanadi. Oziq-ovqat chiqindilarining parchalanishi natijasida havoga chiqariladigan
metan gazining ko‘pligi iqlim o‘zgarishini kuchaytiradi va ekologik muvozanatni buzadi.Bundan
tashqari, oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan tabiiy resurslar, shu jumladan, suv
va yer kabi qiymatli resurslar isrof bo‘ladi. Misol uchun, bitta kilogramm go‘sht ishlab chiqarish
uchun taxminan 15 000 litr suv sarflanadi. Shunday qilib, oziq-ovqat isrofi nafaqat iqlim
o‘zgarishiga, balki global suv tanqisligi va erlarni eskirishi kabi muammolarga ham olib
keladi.O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilari global miqyosdagi muammo bilan o‘xshash holatda
kuzatilmoqda. O‘zbekistonning aholisi yildan-yilga o‘sib borayotgan bir paytda, oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish ham kengaymoqda. Ammo, shu bilan birga, oziq-ovqat isrofi va
chiqindilar ham oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining 2020-yilgi
hisobotiga ko‘ra, mamlakatda yillik oziq-ovqat isrofi miqdori bir necha million tonnaga
yetmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida hosilning katta qismining chiqindiga aylanib ketishi
ekologik barqarorlikni ta'minlashda jiddiy to‘siqlar yaratmoqda.O‘zbekistonda oziq-ovqat isrofi
va chiqindilarni qayta ishlash tizimi hali ham nisbatan yangi va rivojlanayotgan bosqichda.
Mahalliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat chiqindilari bilan bog‘liq muammolarni
hal qilish uchun bir qator tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo bu sohada ko‘plab
qiyinchiliklar mavjud. Xususan, oziq-ovqat chiqindilarini ajratish va qayta ishlash tizimi
yetarlicha rivojlanmagan va ko‘plab joylarda bu jarayon to‘liq amalga oshirilmayapti.Oziq-ovqat
chiqindilarining ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri ham jiddiy ahamiyatga ega. Birinchidan, oziq-ovqat
isrofi iqtisodiy yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi, chunki ishlab chiqarish uchun sarflangan
resurslar (ishlab chiqarish, transport, marketing, va h.k.) zarar ketgan mahsulotlar uchun isrof
bo‘ladi. Oziq-ovqat chiqindilari ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta muammo
bo‘lib, ular o‘z aholisi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlarni yetkazib berishda qiyinchiliklar
yuzaga keladi.Ikkinchidan, oziq-ovqat chiqindilari global ocharchilik muammosining salbiy
ta'sirini kuchaytiradi. Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng kambag‘al hududlarida oziq-ovqat
etishmasligi va ocharchilikning yuqori darajasi hali ham mavjud. Oziq-ovqat isrofi va ularning
isrof bo‘lishi – bu resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishining ko‘rsatkichidir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
841
Oziq-ovqat chiqindilari — bu insonlarning iste’moliga yaroqsiz bo‘lgan yoki ishlab
chiqarish jarayonida zarar ko‘rgan oziq-ovqat mahsulotlari. Bu chiqindilar o‘z ichiga
qadoqlanmagan, uzilishlar yoki saqlashdagi xatoliklar
tufayli sifatini yo‘qotgan
mahsulotlarni ham oladi. Oziq-ovqat chiqindilari nafaqat iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan
mahsulotlar, balki to‘g‘ri saqlanmagan yoki uzilayotgan mahsulotlarning bir qismini ham tashkil
etadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 2019-yilgi hisobotiga
ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi chiqindiga
aylanadi. Bu o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat isrofi butun dunyo miqyosida ijtimoiy,
iqtisodiy va ekologik muammolarga olib kelmoqda.Chiqindilarning miqdori ularning turiga,
ishlab chiqarilish jarayonlariga, iste’mol qilishning turli shakllariga bog‘liq. Oziq-ovqat
chiqindilarini tizimli ravishda boshqarish uchun, avvalo, ularning
tushunchasini va turlarini
aniqlash zarur.
Oziq-ovqat chiqindilari turlari
Oziq-ovqat chiqindilari turli
foydalanish bosqichlariga
qarab, bir nechta asosiy guruhga bo‘linadi. Har bir guruhning o‘ziga xos sabablari va ekologik
oqibatlari mavjud. Oziq-ovqat chiqindilari asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
Uy xo‘jaliklaridagi oziq-ovqat chiqindilari ko‘pincha isrofchilik va noto‘g‘ri saqlash
natijasida yuzaga keladi. Odamlar ortiqcha mahsulotlarni sotib olishadi, bu esa oziq-ovqatning
yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Uy xo‘jaliklarida oziq-ovqat chiqindilari ko‘pincha
sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari va non kabi tez yaroqsiz bo‘ladigan mahsulotlardan iborat
bo‘ladi. FAOning 2021-yilgi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, har yili dunyo bo‘ylab uy
xo‘jaliklaridan 931 million tonna oziq-ovqat chiqindilari chiqariladi.
Uyda oziq-ovqat isrofi bir necha sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:
-Meva va sabzavotlarning saqlanish muddati qisqa
va ular tezda yaroqsiz holga
keladi.
-Iste’mol qilinmaydigan qismlar
(masalan, po‘stloq, poyalar) ko‘pincha isrof bo‘ladi.
-Noto‘g‘ri saqlash va isitish
oziq-ovqatning tez buzilishiga sabab bo‘ladi.
Sanoat va tijoratdagi chiqindilar katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarishda yuzaga keladi. Bunda asosiy sabablar, odatda, ishlab chiqarishdagi texnologik
nosozliklar, mahsulotning yaroqsiz holga kelishi va mahsulotlarning sotilmasligi bo‘ladi. Bunda
yirik ishlab chiqarish kompaniyalari va supermarketlar bosh rolni o‘ynaydi.
Bu turdagi chiqindilar quyidagicha bo‘linadi:
-Oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan chiqindilar
: mahsulotlar
ishlab chiqarilish jarayonida isrof bo‘lgan resurslar, qadoqlash materiallari va boshqa chiqindilar.
-Tijoratdagi ortiqcha mahsulotlar
: ko‘plab do‘konlar va restoranlarda mahsulotlar
yaroqsiz bo‘lib qolganidan keyin, ular chiqindilarga aylanishi mumkin. Odatda, kundalik yoki
haftalik sotuvlarga ko‘ra, mahsulotlar o‘z muddatini o‘tkazib yuboradi.
Qishloq xo‘jaligida hosilning ortiqcha qismi yoki yaroqsiz mahsulotlar ham chiqindiga
aylanadi. Bu turdagi chiqindilar ko‘pincha shundan iboratki, hosil yig‘ish jarayonida
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
842
qo‘llaniladigan mexanik vositalar, sifatni yo‘qotgan mahsulotlar yoki noxush sharoitlarda
yetishtirilgan mahsulotlar qoldiq sifatida chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligi chiqindilari quyidagi holatlarda yuzaga keladi:
-Yaroqsiz mahsulotlar
: hosilning ba'zi qismlari (masalan, past sifatli mevalar yoki
donlar) bozorlarda sotilmaydi va chiqarib yuboriladi.
-Qishloq xo‘jaligi jarayonidagi chiqindilar
: suv va pestitsidlarni noto‘g‘ri qo‘llash
tufayli yer va suv manbalarining ifloslanishi va erlarning kamayishi.
Oziq-ovqat chiqindilari sabablari juda turli. Ularning asosiy sabablari quyidagilardan
iborat:
Iste’molchilar darajasidagi isrofgarchilik
-Odamlar oziq-ovqatni ortiqcha sotib olishadi va ularni ishlatishdan keyin isrof qilishadi.
Ko‘plab meva-sabzavotlar, non va sut mahsulotlari tezda buziladi va ishlatishga yaroqsiz holga
keladi.
Texnologik nosozliklar va ishlab chiqarish jarayonlaridagi xatoliklar
-Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnologik nosozliklar va saqlashdagi
xatoliklar tufayli ko‘plab mahsulotlar yaroqsiz holga keladi.
Qadoqlash va transportdagi xatoliklar
-Qadoqlashning noto‘g‘ri amalga oshirilishi va transportdagi xatoliklar oziq-ovqat
mahsulotlarining sifatsizligiga olib keladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar
-Insonlarning ma'lum bir turdagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga moyilligi yoki ularni
arzon narxlarda sotib olishga intilishi oziq-ovqat isrofiga olib kelishi mumkin.
"Smart" oziq-ovqat saqlash tizimlarini joriy etish
: Innovatsion texnologiyalar,
masalan, IoT (Internet of Things) yordamida, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash jarayonini
optimallashtirish. Sensorlar va aqlli tizimlar yordamida mahsulotlarning holatini va saqlash
muddatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Bu saqlash muammolarini oldini olishga va
isroflarni kamaytirishga yordam beradi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini shaffoflik asosida sotish
: Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri
saqlash va iste'mol qilishni targ'ib qilish uchun yangi "shaffof sotuv
va universitetlarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatilishi mumkin.
"Green kitchen"
(Yashil oshxona) dasturini yaratish
: Oshxonalarda oziq-ovqat chiqindilarini
kamaytirish uchun maxsus dasturlar yaratish. Bu dasturlar orqali oshpazlar va iste'molchilarni
oziq-ovqatni to'g'ri rejalashtirish, ortiqcha mahsulotlarni kamaytirish va chiqindilarni qayta
ishlash haqida o'qitish mumkin.
5.
Oziq-ovqat chiqindilarini
tizimlari"ni joriy etish. Bu, masalan, supermarketlarda
oziq-ovqatlarning saqlash muddatlari va saqlash sharoitlari haqida to'liq ma'lumot beruvchi
elektron jadvallar bo'lishi mumkin. Bunday tizim orqali iste'molchilar yaxshiroq qarorlar qabul
qilishadi va ortiqcha mahsulotlarni sotib olishni kamaytiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
843
2.
Qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish
Oziq-ovqat chiqindilarini yangi materiallarga aylantirish
: Oziq-ovqat chiqindilarini
faqat kompostlash yoki biogaz ishlab chiqarish bilan cheklanmasdan, ularni yangi materiallar,
masalan, ekologik toza plastiklar yoki bio-degradatsiya qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish
uchun ishlatish. Bu, masalan, oziq-ovqat chiqindilaridan ishlab chiqilgan bio-plastiklar yoki
to'qimachilik materiallari bo'lishi mumkin.
Biokatalizatorlardan foydalanish
: Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlashda yangi
biokatalizatorlar (enzimlar yoki mikroorganizmlar) ishlatish. Bu usul orqali chiqindilarni tez va
samarali tarzda qayta ishlash mumkin. Yangi biokatalizatorlar yordamida organik chiqindilarni
toza energiya va ozuqaviy moddalarga aylantirish mumkin.
3.
Ekologik ta'sirni kamaytirish bo'yicha iqtisodiy rag'batlantirish
Chiqindilardan foydalangan holda yangi biznes modellari
: Oziq-ovqat chiqindilarini
qayta ishlash orqali yangi biznes imkoniyatlarini yaratish. Masalan, chiqindilardan biogaz,
organik o'g'it yoki oziq-ovqat qo'shimchalarini ishlab chiqaradigan startaplar tashkil qilish. Bu
biznes modellarini rivojlantirish uchun davlat tomonidan mablag' ajratish va soliq imtiyozlari
berilishi kerak.
Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo'yicha korporativ imtiyozlar
: Yirik
kompaniyalar va brendlar uchun oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga asoslangan
rag'batlantirish dasturlari. Misol uchun, kompaniyalar chiqindilarni qayta ishlash yoki isrofni
kamaytirish bo'yicha muvaffaqiyatli tashabbuslarni amalga oshirganliklari uchun ekologik
sertifikatlar yoki soliq imtiyozlarini olishlari mumkin.
4.
Jamiyatni ongini oshirish va ta'lim orqali faoliyatni kengaytirish
Oziq-ovqatni isrof qilmaslikni yoshlar o'rtasida targ'ib qilish
: Yoshlarni oziq-ovqatni
isrof qilmaslikka undash va ularni qayta ishlash jarayonlariga jalb qilish uchun interaktiv
o'quv dasturlarini yaratish. Bu ta'lim dasturlari maktablarda
qayta ishlashda maxsus
tizimlarni yaratish
Modulli qayta ishlash tizimlari
: Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash uchun ko'p
funksiyali tizimlar yaratish. Masalan, kichik hududlarda yoki qishloq joylarida qayta ishlash
markazlarini yaratish, ularni modulli va o'zgaruvchan tizimlarda ishlatish. Bu tizimlar orqali turli
xil chiqindilarni samarali tarzda qayta ishlash va ularni iqtisodiy foydaga aylantirish mumkin
Oziq-ovqat chiqindilarini mobil ilovalar orqali boshqarish
: Mobil ilovalar yordamida
iste'molchilarga oziq-ovqat chiqindilari haqida ma'lumot berish. Ilova foydalanuvchilariga oziq-
ovqat mahsulotlarini qancha va qanday saqlash, ularni qachon iste'mol qilish kerakligini eslatib
turishi, shuningdek, ortiqcha mahsulotlarni qayta ishlash uchun maslahatlarga ega bo'lish
imkonini beradi.
Davlat subsidiyalari orqali chiqindilarni qayta ishlashni rag'batlantirish
: Oziq-ovqat
chiqindilarini qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar yoki uy xo'jaliklariga maxsus
subsidiyalar berish. Bu kompaniyalar qayta ishlash jarayonlarini rivojlantirish uchun zarur
bo'lgan jihozlar va texnologiyalarni sotib olishda yordam beradi.
Chiqindilarni kamaytirishga
qaratilgan qattiq qonunlar
: Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va qayta ishlash bo'yicha
majburiy qonunlar ishlab chiqish. Bunday qonunlar, ayniqsa, yirik ishlab chiqaruvchilar uchun
chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlashda qat'iy talablar qo'yishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
844
REFERENCES
1.
Rasulov, U., & Shukurov, B. (2018). Atrof-muhitni muhofaza qilish va oziq-ovqat
chiqindilari // Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jurnali, 12(3), 72-78
.
2.
Xodjaev, B., & Mukhamedov, M.
(2018).
Oziq-ovqat chiqindilari va qayta ishlashda
barqaror rivojlanish yondashuvlari
.
O‘zbekiston ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
jurnali, 16(2), 101-107.
3.
Dube, S. L., & Nandi, R.
(2018).
Food waste management: Sustainability issues,
challenges and innovations
.
Sustainable Food Production and Waste Management
,
31(5), 78-83.
4.
Kumar, S., & Singh, S.
(2013).
Reduction of food waste through innovative waste
management technologies
.
Waste Management & Research
, 31(4), 356-365.
5.
FAO (Food and Agriculture Organization of the United Nations)
. (2011).
Global food
losses and food waste – Extent, causes and prevention
. Rome: FAO.
