Authors

  • Shoxruh Xushboqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108064

Keywords:

ish staji pensiya tizimi huquqiy asoslar davlat pensiya ta'minoti mehnat qonunchiligi ijtimoiy himoya mehnat daftarchasi imtiyozli ish staji.

Abstract

Ushbu maqolada pensiya tayinlashda ish stajining ahamiyati va uning huquqiy asoslari batafsil tahlil qilinadi. Maqola O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, xususan, "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonun va mehnat kodeksi asosida ish stajining tushunchasi, turlari va pensiya huquqidagi o‘rnini ochib berilgan. Shuningdek, ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar, ish stajiga tenglashtirilgan davrlar hamda ish staji bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi tahlil qilingan. Maqolada pensiya tizimining muhim elementi hisoblangan ish stajining huquqiy kafolatlari va uning pensiya ta’minotidagi o‘rnini ilmiy asosda tahlil qilingan holda, amaliy takliflar berilgan.

background image

309

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

PENSIYA TAYINLASHDA ISH ATAJINING AHAMIYATI VA UNING HUQUQIY

ASOSLARI

Shoxruh Xushboqov

shoxruhxushboqov12@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15629049

Annotatsiya

. Ushbu maqolada pensiya tayinlashda ish stajining ahamiyati va uning

huquqiy asoslari batafsil tahlil qilinadi. Maqola O'zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunlari, xususan, "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonun va mehnat
kodeksi asosida ish stajining tushunchasi, turlari va pensiya huquqidagi o‘rnini ochib berilgan.
Shuningdek, ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar, ish stajiga tenglashtirilgan davrlar hamda ish staji
bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi tahlil qilingan. Maqolada pensiya tizimining muhim
elementi hisoblangan ish stajining huquqiy kafolatlari va uning pensiya ta’minotidagi o‘rnini
ilmiy asosda tahlil qilingan holda, amaliy takliflar berilgan.

Kalit so’zlar

: ish staji, pensiya tizimi, huquqiy asoslar, davlat pensiya ta'minoti, mehnat

qonunchiligi, ijtimoiy himoya, mehnat daftarchasi, imtiyozli ish staji.

THE IMPORTANCE OF SENIORITY IN PENSION ASSIGNMENT AND ITS LEGAL

BASIS

Abstract.

This article analyzes in detail the importance of seniority in pension assignment

and its legal basis. The article reveals the concept, types and place of seniority in pension law
based on the current laws of the Republic of Uzbekistan, in particular, the Law "On State
Pension Provision of Citizens" and the Labor Code. Also, documents confirming seniority,
periods equated to seniority, and the procedure for resolving disputes related to seniority are
analyzed. The article analyzes the legal guarantees of seniority, which is an important element of
the pension system, and its place in pension provision on a scientific basis, and gives practical
suggestions.

Keywords:

seniority, pension system, legal basis, state pension provision, labor

legislation, social protection, work book, preferential seniority.


Maqolada foydalanilgan metodologik yondashuvlar quyidagilardan iborat:
Normativ

tahlil:

O'zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasi,

Mehnat

kodeksi,

"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonun va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar asosida ish stajining huquqiy asoslari tahlil qilinadi.

Doktrinal tahlil: Mehnat huquqi va ijtimoiy ta’minot huquqi sohasidagi ilmiy adabiyotlar

va ilmiy qarashlar tahlil qilinadi.

Qiyosiy tahlil: Ish stajining turlari, hisoblash tartiblari va ularning pensiya ta'minotidagi

o'rni solishtirilib tahlil qilinadi.

Empirik: Ish staji tahlilni tasdiqlovchi hujjatlar, ularning yo'qolishi holatlarida nizolarni

hal qilish mexanizmlari va Pensiya jamg'armasi faoliyati, ish stajining ijtimoiy himoya
tizimidagi roli, fuqarolarning pensiya huquqini himoya qilishdagi huquqiy kafolatlar tahlil
qilingan.

Xalqaro huquqiy normalar bilan taqqoslash: O'zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari doirasida ish stajini hisobga olish va pensiya ta'minotidagi o'zaro aloqalarni ko'rib
chiqish orqali tahlil qilinadi.

Raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish: Ish stajini hisoblash va


background image

310

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

saqlashda elektron tizimlarning roli va istiqbollari tahlil qilingan.


O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi davlat siyosatining ustuvor

yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi asosi esa O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi 1-bandida “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini
yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan
boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega” deb ta’rif berilgan. Ijtimoiy ta’minot tizimining
asosini pensiya va nafaqa tashkil etadi. Bu ikkala tushunchaning bir-biridan farqi esa ish stajidir,
pensiya tayinlash uchun ish staji talab etilsa, nafaqa uchun ish staji ahamiyat kasb etmaydi.
Pensiya ta’minoti tizimida ish staji pensiya olish huquqini belgilovchi asosiy omil bo’lib,
fuqarolarning keksalik davrida farovon yashashini ta’minlashda fuqaroning pensiyasi hal
qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida pensiya
tayinlash, hisoblash va to’lash tartibi 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to’g’risida”gi qonuni, 2022-yil 13-oktabrdagi Vazirlar mahkamasining 592-sonli va
boshqa qarorlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari orqali tartibga solinadi. Ushbu ilmiy
maqolada fuqarolarga pensiya tayinlashda ish stajining ahamiyati, uning huquqiy asoslari,
tarkibiy qismlari va zamonaviy pensiya tizimidagi o’rni chuqur tahlil qilinadi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonun O’zbekiston Respublikasi

fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz
qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarish, davlat
pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash
tartibini belgilaydi. Pensiya ta’minoti huquqi qayta ishlangan va yangilangan qonunchilik
asosida muntazam ravishda takomillashib bormoqda. 2001-yildan 2025-yilgacha bo’lgan davrda
qonunga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan, jumladan xalqaro shartnomalar bilan bog’liq
qoidalar, fermer xo’jaligi hodimlari(O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004 yildagi
662-II-son), harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari, milliy gvardiya xodimlari, sudyalar va
prokuratura xodimlarining pensiya ta’minoti masalalari aniqlashtirilib, mukammallashtirilgan.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti” to’g’risidagi qonunning 2-moddasiga asosan

O’zbekiston Respublikasida davlat pensiyalarining uchta asosiy turi belgilangan:

1. Yoshga doir pensiya
2. Nogironlik pensiyasi
3. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi
Yuqorida keltirilgan pensiya turlarining har biri uchun ish stajiga bo’lgan talablar bir-

biridan farq qiladi, ammo ish staji barcha turdagi pensiyalar uchun asosiy talablardan biri
hisoblanadi. Ushbu qonunning 1-moddasidan ko’rinib turibdiki, “ish stajiga ega bo’lmagan
fuqarolar va ularning oila a’zolari ushbu Qonun normalariga asosan davlat pensiyalarini olish
huquqiga ega emaslar”. Bu esa ish stajining pensiya huquqini belgilashdagi muhim ahamiyatini
ko’rsatib beradi.

Ish staji deganda, shaxsning mehnat faoliyati davomida ishlagan va sug’urta badallari

to’langan davr tushuniladi. Ish staji pensiya huquqini belgilashda asosiy ko’rsatkich bo’lib, uning
yetarliligi pensiya ta’minotidan foydalanish huquqini ta’minlab beradi.

Ish staji bir necha turga bo’linadi:
1. Umumiy ish staji – shaxsning butun mehnat faoliyati davomida to’plagan staji.
2. Maxsus ish staji – alohida mehnat sharoitlarida yoki maxsus kasbiy faoliyat bilan

bog’liq staj.


background image

311

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Yuqorida keltirilgan ish stajining har bir turi pensiya ta’minoti tizimida o’z o’rniga ega

bo’lib, pensiya miqdorini aniqlashda turlicha ta’sir ko’rsatadi.

Pensiya ta’minoti huquqi quyidagi ikki asosiy talabning bajarilishi bilan yuzaga keladi:
1. Belgilangan yoshga etish (Fuqarolarning pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonuni 7-

moddaga asosan ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh).

2. Yetarlicha ish stajiga ega bo’lish (Fuqarolarning pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonuni

7-moddaga asosan ayollar uchun 20 yil, erkaklar uchun 25 yil).

Ish staji nafaqat pensiya huquqini belgilaydi, balki pensiya miqdorini hisoblashda ham

muhim ahamiyatga ega. Ish staji qanchalik uzoq bo’lsa, pensiya miqdori shunchalik yuqori
bo’ladi, chunki pensiya miqdori ish staji davomidagi o’rtacha oylik ish haqi asosida hisoblanadi.

Yoshga doir pensiya olish uchun qonun belgilagan minimal ish staji mavjud bo’lib, bu

muddatdan kam bo’lgan ish staji pensiya huquqini bermaydi. Bu muddat Fuqarolarning pensiya
ta’minoti to’g’risidagi qonunning 8- moddasiga asosan 7 yil etib belgilangan. Nogironlik
pensiyasi va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun ham alohida ish staji talablari
belgilangan va ushbu qonunda belgilab o’tilgan.

Ish stajini hisoblash tartibi va uning tarkibiy qismlari qonunchilik bilan belgilanadi. Ish

stajiga quyidagi davrlar kiritiladi:

1. Mehnat shartnomalari asosida ishlangan davrlar.
2. Davlat xizmatida bo’lgan davrlar.
3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullangan davrlar (agar tegishli sug’urta badallari

to’langan bo’lsa).

4. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish davri (agar bu davr qonunchilik bilan ish stajiga

kiritilishi belgilangan bo’lsa).

5. Harbiy xizmat davri.
6. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa davrlar.
Ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat, bu mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat

daftarchasi hisoblanadi. Bundan tashqari, arxiv ma’lumotlari, pensiya jamg’armasiga to’langan
badallari to’g’risidagi ma’lumotnomalar, sudning hal qiluv qarorlari va boshqa hujjatlar ish
stajini tasdiqlovchi hujjatlar sifatida qabul qilinishi mumkin.

O’zbekistonda qonunchilik ba’zi davrlari bevosita mehnat bilan bog’liq bo’lmasa ham,

ish stajiga tenglashtirilishini belgilaydi. Bularga quyidagilar kiradi:

1. Bolani parvarish qilish uchun berilgan ta’til davri (belgilangan muddatgacha)
2. Ishsizlik nafaqasi olish davri
3. Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish davri
Ushbu davrlar ish stajini hisoblashda inobatga olinishi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini

ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ba’zi toifadagi fuqarolar uchun erta pensiya

tayinlash imkoniyati ko’zda tutilgan. Erta pensiya - umumiy belgilangan pensiya yoshiga
etgunga qadar tayinlangan pensiyalar (ya’ni ayollar uchun 60 yoshdan oldin va erkaklar uchun
65 yoshdan oldin tayinlanadigan pensiyalar) hisoblanadi.

Erta pensiya tayinlash uchun, odatda, imtiyozli ish staji talab qilinadi. Imtiyozli ish staji –

og’ir va zararli mehnat sharoitlarida ishlash, alohida iqlim sharoitlarida ishlash yoki boshqa
maxsus holatlar bilan bog’liq ish staji hisoblanadi. Imtiyozli ish staji nafaqat erta pensiya
tayinlashda, balki pensiya miqdorini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega. Imtiyozli ish staji
pensiya miqdorini hisoblashda ko’pincha yuqori koeffitsientlar bilan hisobga olinadi, bu esa


background image

312

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

pensiya miqdorining oshishiga olib keladi.

Ish staji bilan bog’liq nizolar amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Bunday nizolar asosan ish

stajini hisoblash, uning davomiyligini belgilash yoki ma’lum bir davrni ish stajiga kiritish
masalalarida yuzaga keladi.

Amaliyotda ko’pincha ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog’liq muammolar

uchraydi. Bu muammolar quyidagilar bo’lishi mumkin:

1. Mehnat daftarchasidagi yozuvlarning to’liq emasligi
2. Korxona, tashkilot yoki muassasaning tugatilishi natijasida hujjatlarning yo’qolishi
3. Arxiv hujjatlarining saqlanmasligi
Bunday holatlarda, ish stajini tasdiqlovchi qo’shimcha hujjatlar, guvohlar ko’rsatmalari

yoki boshqa dalillar taqdim etilishi mumkin. Agar ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarni tiklash
imkoniyati bo’lmasa, nizoni hal qilish uchun sud tartibida ish ko’rilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan ijtimoiy ta’minot sohasida xalqaro

shartnomalar tuzgan. Bu shartnomalar MDH davlatlari bilan tuzilgan hisoblanib, fuqarolarning
boshqa davlatlarda to’plagan ish stajini hisobga olish imkoniyatini yaratadi.

2023-yilgi qonun tahrirlariga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan
teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar”. Bu esa O’zbekistonda yashayotgan chet el
fuqarolari ham mahalliy fuqarolar bilan teng darajada pensiya ta’minoti huquqidan
foydalanishlari uchun imkoniyatlarni ko’rsatadi. Xalqaro shartnomalar asosida, bir davlatda
to’plangan ish staji boshqa davlatda ham e’tirof etilishi va hisobga olinishi mumkin. Bu esa
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zamonaviy sharoitda pensiya tizimi doimo rivojlanib, takomillashib bormoqda. Bu

rivojlanish jarayonida ish stajining ahamiyati va roli ham o’zgarishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasida pensiya tizimidagi islohotlar davom etmoqda. Bu islohotlar natijasida ish stajini
hisoblash tartibi, pensiya miqdorini aniqlashda ish stajining roli o’zgarishi mumkin. Masalan,
xususiy pensiya jamg’armalarga ruhsat berilsa, sug’urta badallari to’langan davrlar va to’lov
miqdori ish stajidan ham muhimroq ahamiyat kasb etishi mumkin.

Zamonaviy sharoitda xorijiy rivojlangan davlarlarda nodavlat pensiya ta’minoti tizimlari

ham rivojlanmoqda. Bu tizimlarning rivojlanishi bilan davlat pensiya ta’minoti tizimida ish
stajining ahamiyati o’zgarishi mumkin.

Raqamlashtirish jarayonlari ish stajini hisoblash tartibiga ham ta’sir ko’rsatmoqda.

Zamonaviy axborot tizimlari ish staji to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, saqlash va qayta
ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ish stajini hisoblash jarayonini soddalashtiradi va aniqligini
oshiradi.

Yuqorilarni umumlashtiradigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasida pensiya huquqini

belgilashda ish staji hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi, ish stajiga ega bo’lmagan fuqarolar
davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish staji tushunchasi, uning turlari va
huquqiy asoslari o’rganildi.

Zamonaviy sharoitda pensiya tizimidagi islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va

nodavlat pensiya ta’minoti tizimlarining rivojlanishi natijasida ish stajining ahamiyati va roli
o’zgarishi mumkin. Biroq, ish staji pensiya huquqini belgilashda asosiy mezon bo’lib qolaveradi.

Pensiya tizimini yanada takomillashtirish, ish stajini hisoblash tartibini soddalashtirish va

aniqlashtirish, shuningdek, ish staji bilan bog’liq nizolarni hal qilish mexanizmlarini
takomillashtirish zarurati mavjud. Bu esa fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish


background image

313

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

va pensiya ta’minoti tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, 01.05.2023 yildagi O‘RQ-837-son.

2.

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi – LEX.UZ

3.

28.10.2022. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi – LEX.UZ

4.

Yu..Tursunov. O’zbekiston Respubliklasining ijtimoiy ta’minot huquqi: Toshkent-2012.

5.

Yoshga doir pensiya tayinlash

https://advice.uz/oz/documents/205.

6.

Pensiyaga chiqish shartlari

https://gov.uz/oz/pj/sections/view/2062.

7.

Yoshga doir pensiya – pfru.uz

https://pfru.uz/uz/pages/pensiya-po-vozrastu.

8.

Ish stajini aniqlash tartibi

https://pfru.uz/uz/pages/opredelenie-stazha-raboty.

9.

Yu..Tursunov. O’zbekiston Respubliklasining ijtimoiy ta’minot huquqi: Toshkent-VMQ

592-сон 13.10.2022. Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi.

https://lex.uz/docs/-

6236060?ONDATE=30.10.2024.

1.

Lex.uz

2.

Advice.uz

3.

Pfru.uz

4.

Gov.uz


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, 01.05.2023 yildagi O‘RQ-837-son.

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi – LEX.UZ

28.10.2022. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi – LEX.UZ

Yu..Tursunov. O’zbekiston Respubliklasining ijtimoiy ta’minot huquqi: Toshkent-2012.

Yoshga doir pensiya tayinlash https://advice.uz/oz/documents/205.

Pensiyaga chiqish shartlari https://gov.uz/oz/pj/sections/view/2062.

Yoshga doir pensiya – pfru.uz https://pfru.uz/uz/pages/pensiya-po-vozrastu.

Yu..Tursunov. O’zbekiston Respubliklasining ijtimoiy ta’minot huquqi: Toshkent-VMQ 592-сон 13.10.2022. Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi. https://lex.uz/docs/-6236060?ONDATE=30.10.2024.

Lex.uz

Advice.uz

Pfru.uz

Gov.uz