Authors

  • Sarvinoz Tursunboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108200

Keywords:

barqaror rivojlanish iqlim o‘zgarishi ekologik xavfsizlik huquqiy mexanizmlar ekologik huquq iqlim xavfli Global Climate Risk Index.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar tahlil qilingan. Xususan, milliy qonunchilikdagi ekologik normalar, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uni yumshatish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan milliy strategiyalar, «yashil iqtisodiyot» konsepsiyasi, uglerod chiqindilarini kamaytirish choralari hamda energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Maqolada mavjud huquqiy asoslar bilan bir qatorda, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan.

background image

332

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI YO‘LIDA O‘ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA IQLIM O‘ZGARISHIGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY

MEXANIZMLARI

Tursunboyeva Sarvinoz Akramjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15629129

Annotatsiya

.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish

maqsadlari doirasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
huquqiy islohotlar tahlil qilingan. Xususan, milliy qonunchilikdagi ekologik normalar, iqlim
o‘zgarishiga moslashish va uni yumshatish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
yoritiladi. Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan milliy strategiyalar,
«yashil iqtisodiyot» konsepsiyasi, uglerod chiqindilarini kamaytirish choralari hamda
energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi.
Maqolada mavjud huquqiy asoslar bilan bir qatorda, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
ham ilgari surilgan.

Kalit so’zlar:

barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik, huquqiy

mexanizmlar, ekologik huquq, iqlim xavfli, Global Climate Risk Index.

KIRISH.

“Iqlim muammolari barqaror rivojlanish
yo‘lida eng asosiy tahdidga aylanib
ulgurdi.

1

Sh.Mirziyoyev

So‘nggi o‘n yilliklarda iqlim o‘zgarishi jahon hamjamiyatining eng muhim ekologik,

iqtisodiy va huquqiy muammolaridan biriga aylandi. Atmosferaga chiqayotgan issiqxona gazlari
miqdorining ortishi, global haroratning ko‘tarilishi, tabiiy ofatlarning ko‘payishi insoniyat
hayotiga va tabiiy tizimlarga bevosita tahdid solmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-
yilda qabul qilgan

Barqaror rivojlanish maqsadlari

tizimida bu muammo alohida e’tiborga

olinib,

13-maqsad –

“Iqlim o‘zgarishiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” sifatida

belgilangan

2

.

Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri O‘zbekiston Respublikasida ham tobora kuchayib

bormoqda. So‘nggi yillarda o‘rtacha yillik haroratning ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik miqdorining
o‘zgaruvchanligi, qurg‘oqchilik va yerlarning degradatsiyasi kuzatilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 60 yilda mamlakatda harorat o‘rtacha

1,5°C ga oshgan.

Bunday

harorat o‘zgarishlari qishloq xo‘jaligiga, suv resurslariga, odamlar salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston mintaqaviy darajada eng iqlim xavfli davlatlardan biri
hisoblanadi. Global Climate Risk Index 2021 ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqlim xavflari
bo‘yicha

o‘rta xavf

toifasiga kiradi. Shu sababli, iqlim o‘zgarishiga moslashish va unga qarshi

kurashish strategiyasi milliy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan

3

.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi

bo‘yicha konferensiyasidagi (COP28) nutqi

https://president.uz/oz/lists/view/6897

2

(BMT, Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2015, varaq 7,

https://sdgs.un.org/goals/goal13

3

Germanwatch, 2021, Global Climate Risk Index, 23-b,

https://germanwatch.org/en/cri


background image

333

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

O‘zbekiston Respublikasi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha qator

tashabbuslarni ilgari surmoqda. 2018-yilda mamlakatimiz

Parij kelishuviga

qo‘shildi va 2030-

yilgacha bo‘lgan milliy hissasini e’lon qildi. Bu hujjatda issiqxona gazlari chiqindilarini
kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy
etish kabi chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, 2022-yilda qabul qilingan “Yashil
O‘zbekiston” strategiyasi asosida,

atmosfera havosining sifati

ni yaxshilash, daraxt ekish,

ekologik nazorat mexanizmlarini kuchaytirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
tashabbuslar iqlim o‘zgarishining oldini olish bilan bir qatorda, barqaror rivojlanishning muhim
tayanchi sifatida baholanmoqda

4

.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash nafaqat texnik va iqtisodiy choralarni, balki kuchli

huquqiy mexanizmlarni

ham talab qiladi. Davlatning iqlim siyosati, milliy qonunchilik, xalqaro

huquqiy majburiyatlar va ekologik boshqaruv instituti – bularning barchasi kompleks
yondashuvni taqozo etadi.

TADQIQOT METODLARI.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish

bo‘yicha mavjud huquqiy mexanizmlarni chuqur tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash
va xalqaro huquqiy talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsad qilingan. Shu orqali
mamlakatimizda ekologik barqarorlik va yashil iqtisodiyot sari yo‘nalgan harakatlar yanada
huquqiy asosda mustahkamlanishi zarurligi yoritiladi.

Ushbu maqolani yozishda bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi. Asosiy

maqsad – O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud huquqiy asoslarni
chuqur o‘rganish, ularni xalqaro tajriba bilan solishtirish va real ahvol bilan bog‘liq holda tahlil
qilishdan iborat bo‘ldi.

Birinchidan,

normativ-huquqiy tahlil

usuliga murojaat qilindi. Bunda O‘zbekiston

Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, “Atmosfera havosini muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi qonuni, “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori, shuningdek Prezidentning “O‘zbekiston
— 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga
oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonlari asosiy manba sifatida o‘rganildi. Har bir hujjat
alohida ko‘rib chiqilib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishdagi o‘rni va ahamiyati aniqlashtirildi.
Shuningdek, xalqaro darajadagi asosiy hujjat bo‘lgan Parij kelishuvi ham ko‘rib chiqildi. Bu
yondashuv iqlim siyosatining qaysi qonunlar orqali tartibga solinayotganini tushunishga yordam
berdi

5

.

Ikkinchidan,

solishtirma-huquqiy usul

qo‘llandi. Ya’ni, boshqa mamlakatlar – masalan,

Germaniya va Shvetsiya kabi davlatlarda iqlim o‘zgarishiga qanday yondashilayotgani, ular
qanday qonunlar qabul qilgani tahlil qilindi. Bu tajribalarni O‘zbekiston qonunchiligi bilan
taqqoslab ko‘rish orqali, bizda qanday jihatlar yetishmayotgani yoki kuchli tomonlar nimaligini
aniqlash imkonini berdi.

Uchinchidan,

statistik tahlil

orqali O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi qanday kechayotgani,

ya’ni o‘rtacha haroratning yillik o‘zgarishi, yog‘ingarchilik miqdori, qurg‘oqchiliklar soni kabi
ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Bu ma’lumotlar Gidrometeorologiya xizmati va Ekologiya

4

Prezident Farmoni PF–16-son, 2022, ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil

iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”, https://www.lex.uz/docs/-7243847

5

UNFCCC, O‘zbekiston Respublikasi Milliy hissasi, 2021,

https://unfccc.int/NDCs


background image

334

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

vazirligining rasmiy hisobotlaridan olindi. Raqamlar asosida baho berish, qonunlar va amaliyot
natijalarini solishtirish imkonini yaratdi.

To‘rtinchidan,

tarixiy yondashuv

yordamida O‘zbekistonda ekologik siyosatning qanday

shakllanib borganiga e’tibor qaratildi. 1999-yilda ilk bor BMTga iqlim bo‘yicha axborot
topshirilishi, 2015-yilda Parij kelishuviga qo‘shilish, so‘nggi yillarda esa “Yashil O‘zbekiston”
kabi tashabbuslarning paydo bo‘lishi, aslida bu masalaga tobora jiddiy yondashilayotganini
ko‘rsatadi.

Nihoyat, barcha metodlar natijalarini bir-biri bilan

taqqoslash va umumlashtirish

(triangulyatsiya)

orqali tahlil qilindi. Bu yondashuv tadqiqotda xatoliklar ehtimolini

kamaytiradi, natijalarni yanada aniqlashtiradi. Turli manbalar o‘rtasida tafovutlar yoki mosliklar
borligi aniqlanib, umumiy xulosalar chiqarishga zamin yaratildi. Yuqoridagi metodlarning
barchasi bir-birini to‘ldirib borishi natijasida normativ bazani tahlil qilish, xalqaro tajribani
solishtirish, statistik ma’lumotlarga tayanish va tarixiy kontekstda ko‘rib chiqish orqali mavzuga
chuqurroq kirib borildi. Bu esa keyingi bo‘limlarda aniq xulosalar va amaliy takliflar berish
uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tadi.

NATIJALAR.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan davrda

barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va “yashil iqtisodiyot”
yilida davlat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha farmoni mamlakatning iqlim o‘zgarishiga qarshi
kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida olib borayotgan siyosatini huquqiy jihatdan
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining qarorida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha

milliy maqsad va vazifalar tizimli ravishda belgilanib, ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan
aniq chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, iqlim o‘zgarishining oqibatlariga qarshi tezkor
choralarni qabul qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi ta’sir choralarini davlat siyosati va
strategiyasiga kiritish hamda aholining va korxonalarning iqlim o‘zgarishiga tayyorligini
oshirish, xavfli iqlim hodisalaridan erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish masalalari yuqori
darajada nazoratga olinmoqda. Bu holat iqlim o‘zgarishiga qarshi milliy siyosatning ilg‘or
xalqaro tajriba va standartlarga muvofiq shakllantirilishini ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, atmosfera havosini muhofaza qilishga oid yuridik normalar O‘zbekiston

Respublikasining iqlim xavfsizligini ta’minlash va issiqxona gazlari hamda boshqa zararli
chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarini aniq belgilaydi. Xususan, 23-modda
atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi kashfiyotlar, sanoat namunalarini, texnika va
texnologiyalarni joriy etishda iqlim o‘zgarishining oldini olishga qaratilgan ekologik talablar
qat’iy rioya qilinishini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu mexanizm mamlakatda yangi
texnologiyalarni kiritishda iqlimga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi va davlatning
iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi qonunchilik bazasini mustahkamlaydi.

Shuningdek, 24-modda korxona va tashkilotlarning issiqxona gazlari, atmosfera havosini

ifloslantiruvchi moddalar va boshqa zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarini
batafsil tartibga soladi. Unda chiqindilarni tozalash, issiqxona gazlarining hisobini yuritish,
ularning chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindilarni qayta ishlash, sanitariya-muhofaza
zonalarini barpo etish va atmosfera havosining sifatiga oid iqlim xavfsizligi normativlariga rioya
qilish majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan. Ushbu qonuniy mexanizmlar korxona va tashkilotlarni


background image

335

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

iqlim o‘zgarishini kamaytirishga yo‘naltirilgan ekologik standartlarga qat’iy amal qilishga
majbur qiladi hamda davlatning iqlim nazorati va boshqaruvini samarali amalga oshirishiga
xizmat qiladi.

Uchinchi jihatdan, Prezident farmoni “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga

oshirishga qaratilgan bo‘lib, bunda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida iqtisodiyotni iqlim
o‘zgarishiga moslashtirish, dekarbonizatsiya qilish, issiqxona gazlarini kamaytirish bo‘yicha
loyihalarni barqaror moliyalashtirish masalalari muhim o‘rin tutadi. Farmon doirasida Parij
bitimining talablariga muvofiq uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha uzoq muddatli
strategiyaning ishlab chiqilishi va mamlakatning milliy belgilangan hissasi (NDC)ni e’lon qilishi
rejalashtirilgan. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajarishda
va global iqlim o‘zgarishi muammosiga qarshi kurashishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, farmon “yashil texnologiyalar”ning mamlakatga joriy etilishi va iqlim

o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ham e’tibor qaratadi. Bu
esa milliy iqtisodiyotning barqaror va raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali
foydalanishni ta’minlash uchun zamin yaratadi.

Tahlil qilingan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining iqlim o‘zgarishi

va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi siyosatini aniq, tizimli va samarali tashkil etishga
yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi. Ular mamlakatda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni
muhofaza qilish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha milliy mexanizmlarni
shakllantirishda mustahkam huquqiy asos yaratadi. Shu bilan birga, bu hujjatlar iqtisodiyotni
ekologik barqarorlik va raqobatbardoshlik tamoyillari asosida rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi hamda xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarning bajarilishini
kafolatlaydi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid

qonunchilik tizimi O‘zbekistonning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasiga muvofiq
ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashish va ekologik xavfsizlikni
ta’minlashda samarali vosita hisoblanadi. Shu bois, mamlakatda iqlim o‘zgarishi va atrof-
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat siyosati hamda normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy
ravishda takomillashtirish va amaliyotga joriy etish muhimdir.

MUNOZARA.

O‘zbekiston Respublikasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy

mexanizmlar yaratilgan bo‘lsa-da, ularning samaradorligi va xalqaro standartlarga qanchalik mos
kelishi hozirgi davrda muhim baholash nuqtasidir. Ushbu bo‘limda amaldagi huquqiy
mexanizmlarning kuchli va zaif tomonlari, xalqaro talablar bilan uyg‘unligi hamda mavjud
jarayonlarning yetarliligi haqida fikr yuritiladi. Shu bilan birga, kelajakda qonunchilikni
takomillashtirish va jamoatchilik faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Amaldagi huquqiy mexanizmlarning afzallik va zaif tomonlari
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bilan kurashish sohasida ko‘plab qonun va farmonlarni

qabul qilib, milliy huquqiy bazani shakllantirdi. Bu esa ekologik barqarorlikni ta’minlashga asos
yaratdi. Masalan, “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va “Atmosfera havosini
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar sanoat chiqindilarini nazorat qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, hukumat tomonidan ishlab chiqilgan “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi va
“Yashil makon” loyihasi kabi tashabbuslar ekologik holatni yaxshilashda amaliy ko‘mak beradi.
Ammo amaldagi qonunchilikda ayrim zaifliklar ham mavjud. Masalan, ba’zi qonunlar ijrosi
yetarlicha nazorat qilinmaydi yoki jarimalar iqtisodiy jazo sifatida kam ta’sir ko‘rsatadi.


background image

336

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shuningdek, ayrim hujjatlarda iqlimga moslashuv bo‘yicha aniq mexanizmlar yetarlicha bayon
qilinmagan, bu esa tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.

O‘zbekiston Parij bitimini imzolab, o‘zining NDCs (milliy belgilangan hissalar) doirasida

iqlim gazlarini kamaytirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun majburiyatlar
oldi. Milliy qonunchilik shu xalqaro hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan, ammo ularning to‘liq
bajarilishi hali ham to‘liq ta’minlanmagan. Misol uchun, Parij kelishuvining talablariga ko‘ra,
barcha ishtirokchi davlatlar o‘z strategiyalarini doimiy ravishda yangilab borishi kerak, biroq
O‘zbekiston qonunlari va amaliyotlari ba’zida zamonaviy global talablar bilan moslashishda
kechikmoqda.

Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishiga qarshi xalqaro moliyaviy yordamlar va grantlardan

foydalanishda ham qiyinchiliklar bor. Ko‘pgina tashqi dasturlar bilan hamkorlik mavjud bo‘lsa-
da, moliyalashtirish hajmi va uni boshqarish tizimi aniq va shaffof emasligi sababli loyihalar
samaradorligi pasayishi mumkin. O‘zbekiston qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va issiqxona gazlari
miqdorining oshishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Shu bois iqlimga moslashuv bo‘yicha
amaliy ishlar muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda suv resurslarini tejash, qishloq xo‘jaligida
samarador texnologiyalarni joriy etish va daraxt ekish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Biroq, bu chora-tadbirlar hali keng ko‘lamda emas va ularning barqaror ta’siri uchun yanada
ko‘proq ish qilinishi zarur. Xususan, qishloq joylarda aholining iqlim o‘zgarishi haqida
xabardorligini oshirish, mahalliy darajada ijtimoiy ishtirokni kuchaytirish bo‘yicha kompleks
yondashuv yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, barqaror rivojlanish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin.

TAKLIFLAR.

Shu nuqtai nazardan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda qonunchilikni yanada

mustahkamlash zarur. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlarida iqlimga moslashuv
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va monitoring mexanizmlari kengaytirilishi mumkin. Jarimalar
tizimi kuchaytirilishi, ekologik standartlar yanada qat’iylashtirilishi lozim. Jamoatchilik
ishtirokini oshirish ham muhimdir. Buning uchun aholining iqlim masalalari bo‘yicha bilim
darajasini oshirish, ekologik savodxonlikni kengaytirish uchun davlat va nodavlat tashkilotlar
hamkorligi kuchaytirilishi kerak. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot
vositalarida ekologik mavzular ko‘proq yoritilishi zarur. Moliyaviy mexanizmlarni yanada
rivojlantirish ham dolzarb vazifa hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, barqaror
energiya manbalarini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari joriy etish, iqlimga mos loyihalarga
davlat grantlarini ko‘paytirish lozim. Undan tashqari, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi
kurashishda yaxshi asoslar yaratgan bo‘lsa-da, ularni to‘liq va samarali amalga oshirish uchun
qonunchilikni takomillashtirish, jamoatchilik faoliyatini kuchaytirish va moliyaviy resurslarni
kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar zarur.

XULOSA.

O‘zbekiston Respublikasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishning huquqiy

mexanizmlari barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va unga moslashish uchun
xalqaro va milliy darajada ko‘plab qadamlar qo‘ymoqda. Xususan, 2030-yilgacha issiqxona
gazlari tashlamalarini 2010-yilga nisbatan 35 foizga kamaytirish bo‘yicha maqsadlar aniq
belgilangan va ular amalga oshirilmoqda. Bu – nafaqat xalqaro majburiyatlarimizga rioya qilish,
balki atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan
asosiy vazifa hisoblanadi.


background image

337

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Xalqaro hamkorlik ham O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi

strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakat 27 ta ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi xalqaro ko‘p tomonlama shartnomalar a’zo bo‘lib, Parij
kelishuvi doirasida o‘z majburiyatlarini yangilab, iqlim dasturlarini moliyalashtirish va ekologik
toza texnologiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. Bu esa O‘zbekistonning global
ekologik jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mamlakatdagi iqlim
o‘zgarishi oqibatlariga moslashish uchun fan va texnologiyalarga asoslangan tizimli
yondashuvlarni kuchaytirish zarur. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va
sanoat sohalarida samarali boshqaruv mexanizmlari yetarlicha rivojlanmaganligi, shaffoflik va
tarmoqlararo muvofiqlashtirishda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Shu sababli,
kelajakda ushbu sohalarda yanada chuqurroq islohotlar va integratsiyalashgan yondashuvlar
talab etiladi. Umuman olganda, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda keng
qamrovli huquqiy asoslarni yaratib, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim
qadamlarni qo‘ymoqda. Biroq, mavjud iqlim xavflarini samarali bartaraf etish uchun davlat
siyosatini takomillashtirish, ilm-fan va amaliyotning uyg‘unligini oshirish, hamda aholining
ongini yanada kuchaytirish zarur. Bu borada amalga oshirilayotgan milliy va xalqaro dasturlar
mamlakatimizning ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu tariqa, iqlim
o‘zgarishining oldini olish va unga moslashish choralari nafaqat tabiatni asrash, balki iqtisodiyot
va jamiyatning barqarorligini saqlashga ham xizmat qiladi. O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-
harakatlari barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lib,
kelajak avlodlarga sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini taqdim etishga qaratilgan.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “

Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi

353-I-

sonli

Qonuni,

https://www.lex.uz/docs/-55561?otherlang=1

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-

muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risidagi 16-sonli

Farmoni

https://lex.uz/uz/docs/-7369703

3.

O‘zbekiston Respublikasi

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi

milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar

to‘g‘risida”

gi

83-sonli

Vazirlar

Mahkamasining

qarori

https://lex.uz/docs/-5870397

4.

X.Asilbekova, Z.Yarullina, M.Plotsen, X.Sherimbetov, “Atrof-muhit holati to‘g‘risida

milliy ma’ruza: O‘zbekiston” Dekabr 2023

5.

United Nations, Paris Agreement, 2015, https://unfccc.int/process-and-meetings/the-

paris-agreement.

6.

German Climate Protection Act, 2019,

https://www.bmu.de/en/laws-regulations

.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hisobotlari, 2023-yil,

https://uzhydromet.uz

.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 353-I-sonli Qonuni, https://www.lex.uz/docs/-55561?otherlang=1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi 16-sonli Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-7369703

O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 83-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori https://lex.uz/docs/-5870397

X.Asilbekova, Z.Yarullina, M.Plotsen, X.Sherimbetov, “Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston” Dekabr 2023

United Nations, Paris Agreement, 2015, https://unfccc.int/process-and-meetings/the-paris-agreement.

German Climate Protection Act, 2019, https://www.bmu.de/en/laws-regulations.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hisobotlari, 2023-yil, https://uzhydromet.uz.