152
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
SHE’RIY MATNDA OLMOSH VA SONNING DEYKTIKLIK XUSUSIYATLARI
Dilnoza Sarbarova Nosirjon qizi
O‘zMU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
+998972311225.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15630459
Abstract.
The article reflected on the role of deiksis in the poetic text as well as on the
deictic properties of words in the pronoun, Number Word category. Theoretical views of
scientists are presented and given an attitude towards them. In the framework of this series of
words, the peculiarities of signification are highlighted on the example of the poems of Usman
Azim.
Keywords:
Deixis, deictic unit, pointing, pronoun, number, natural deictic unit,
functional deictic unit.
Аннотация.
В статье рассматривается роль дейксиса в поэтическом тексте, а
также дейктические свойства слов, относящихся к категории местоимений и
числительных. Представлены теоретические взгляды ученых и Дана их реакция.
Специфика жестов в рамках этих категорий слов была освещена на примере стихов
Усмана Азима.
Ключевые слова:
дейксис, дейктическая единица, указывать, местоимение, число,
естественная дейктическая единица, функциональная дейктическая единица.
Annotatsiya.
Maqolada deyksisning she’riy matndagi o‘rni hamda olmosh, son so‘z
turkumiga oid so‘zlarning deyktiklik xususiyatlari borasida fikr yuritilgan. Olimlarning nazariy
qarashlari keltirilgan va ularga munosabat berilgan. Mazkur so‘z turkumlari doirasida
ishoraviylikning o‘ziga xosliklari Usmon Azim she’rlari misolida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
deyksis, deyktik birlik, ishoraviylik, olmosh, son, tabiiy deyktik birlik,
funksional deyktik birlik.
Adabiyotlar tahlili.
Ko‘plab ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, deyktik birlik sifatida
qaraluvchi mustaqil so‘zlardan biri olmosh hisoblanib, nutqiy muloqot jarayonida uning shaxsga
va predmetga ishora qilishi ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda, tadqiqot ishlarida o‘z isbotini topgan.
Sh. Safarov, M.Hakimov, N.Mahmudov kabi bir qancha tishunos olimlarning
tadqiqotlarida deyksis hamda uning ahamiyati, vazifalari, ifodalanish usullari haqida nazariy
qarashlari keltirilgan. Mustaqil so‘z turkumlari ichida olmosh boshqa so‘z turkumlaridan farqli
tarzda denotativ ma’noni bevosita ifoda etmaydi. Boshqacha aytganda, olmoshlar atash
ma’nosiga ega emas. Olmoshlar deyktik xususiyatli morfologik so‘z shakllaridir. Ular ot, sifat,
son kabi mustaqil so‘z turkumlari va sintaktik qurilmalar o‘rnida qo‘llanilib, ularga ishora qiladi.
M.Hakimov ta’kidlaganidek, olmosh turkumiga xos so‘zlarning eng xarakterli tomoni
shundaki, garchi uning ma’no ifodalash qobigʻi puch bo‘lsa-da, biroq bu turkumdagi so‘zlar
mustaqil so‘z sifatida boshqa mustaqil so‘zlar qatoriga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi
va mustaqil so‘z tabiatiga tushadi
1
. Olmoshlar ichi bo‘sh so‘zlardir, sababi, uning qaysi so‘z
turkumi o‘rnida ishlatilishi faqat nutq vaziyatidan, kontekstdan ma’lum bo‘ladi. Masalan:
Erksizlikdan kichkinadir erk –
Bu haq kalom …O‘rtanar dilim…
Erksizlikdan erk kuchsizdir deb
1
Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан. д-ри ... дисс. – Тошкент, 2001. – Б.
283.
153
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Rost aytmoqqa aylanmas tilim.
(Yurak, 262-b)
Ushbu matnda qo‘llangan
bu
so‘zi birinchi misradagi jumlaga ishora qilgan. Bundan
ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar tabiatan deyktik (ishoraviylik) xususiyatiga ega, ular matnda
ishtirok etib, oldingi va keyingi qismlarga ishora qiladi va deyktik vazifa bajaradi. Masalan:
Ketdim… Yomg‘irdayin o‘tdim-u ketdim,
Ming asr tanholik kechdi boshimdan.
Ming asr oralab qaytadan yetdim,
O‘sha yolg‘iz qolgan ayol qoshiga.
(Sog‘inch, 9-b)
Mazkur she’riy matn parchasida qo‘llangan
o‘sha
olmoshi matnda oldingi qismga ishora
qilib, deyktik xususiyat kasb etgan.
O‘sha
olmoshi shaxsga ishora qilgan bo‘lib, bunday deyktik
belgining matnda qo‘llanishi matnda takror orqali yuzaga keladigan gʻalizlikning oldini olish
bilan birga matnning ta’sirchanligini oshirishga ham xizmat qilgan. Ushbu matn parchasini
birinchi gapdan uzib olib, alohida keltirsak, olmoshning aynan kimga yoki nimaga ishora
qilayotganini bilib bo‘lmaydi, natijada, jumla mavhum bo‘lib qoladi.
U anglamas borligin zavol,
Go‘yo mangu fursatlar yetgan…
Shunday yozni tashlab bemalol,
O‘sha bola qayerga ketgan?
(Saylanma, 376-b)
Keltirilgan misoldagi
o‘sha, shunday
deyksislari shaxsga va belgiga ishora qilgan bo‘lib,
kimga va qanday belgiga ishora qilayotganligini anglash uchun oldingi misralarga e’tibor
qaratish kerak. She’rning birinchi misrasi
og‘ir fe’lli mehnatkash bola
jumlasi bilan boshlangan
bo‘lib, she’r qahramonining ko‘p mehnat qilib charchamasligi tasvirlanadi. Deyktik birliklarning
bu tarzda qo‘llanishi orqali muayyan axborotga tinglovchining e’tiborini jalb qilish, uning
ahamiyatliligini namoyon qilish maqsadi ham amalga oshiriladi, shu bilan birga, muloqot matni
samarali kechishini ta’minlaydi.
She’rni esa yozdim. Vasiyat
Har bir so‘zga joylandi o‘qday.
Yuragimda shunday vaziyat –
Bu dunyoga keragim yo‘qday
(Yurak, 263-b)
Tadqiqot metodologiyasi.
She’riy matn tahlilida tavsiflash, tasniflash, qiyoslash hamda
kontekstual metodlardan foydalaniladi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, son so‘z turkumida ham
deyktiklik xususiyati mavjud. Demak, tilda nominativ birliklar ham deyktik vazifa bajara oladi.
Shu jihatdan, olima I.V.Korovina barcha deyktik birliklarni ikki turga: tabiiy va funksional
birliklarga ajratadi. Tabiiy deyktik birliklarga faqat ishora qilish vazifasini bajaruvchi birliklarni
kiritsa, funksional deyktik birliklarga esa deyktiklar bilan teng vazifa bajara oladigan mustaqil
yoki yordamchi so‘zlarni kiritadi
2
.
Bir so‘zim bor edi – u so‘z to‘zidi,
Bir o‘yim bor edi – quridi u o‘y.
Sen kelding quritib yillar muzini,
Qarshimda bir olam turar bahorro‘y.
(Saylanma, 89-b)
She’riy matnlarda deyksisning kimga yoki nimaga ishora qilayotganligini bir qarashda
anglab olish har doim oson emas.
Suv bilan xushlikda muloqot etdi,
2
Коровина И.В. Параметры дейктической процедуры в англоязычной научной коммуникации. Автореф.
дисс. канд. филол. наук. ‒ Иванова, 2011. – С. 10.
154
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Uning yo‘rig‘ida ish ko‘rdi o‘g‘it.
Uning sabri aro qanchalar o‘git:
Shu zayl hosilning mag‘ziga yetdi
. (Jimlik, 17-b)
Bu o‘rinda
u
olmoshi she’rning sarlavhasida tilga olingan, ammo she’rning biror o‘rnida
qo‘llanmagan so‘z –
shudgor
ga ishora qilgan. Bunday qo‘llash ixcham shakl orqali yanada
kengroq ma’no ifodalashda muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi she’rda
bu odam
deyksisi 10 marta takror kelib ta’kid ma’nosini kuchaytirishga
xizmat qilgan. 16 misrali she’rda bir birikmaning takror qo‘llash orqali shaxsni alohida
ta’kidlashni ko‘zda tutilgan, shu bilan birga, ruhiy holat ham ifoda qilingan.
Bu odam o‘zi bilan yashaydi.
Faqat o‘zi bilan yashaydi.
Dunyo o‘zliksiz qolmasin deb,
Faqat o‘zi bilan yashaydi bu odam
(Jimlik, 25-b).
She’rning bu tarzda shakllanishi ma’nonini kuchaytirishga xizmat qilgan. She’riy
bandning juft misralaridagi sintaktik takrorni yuzaga keltirayotgan gaplar ham ta’kid ma’nosini
kuchaytirishga xizmat qilgan.
Olmoshning funksional xususiyatlari nutq jarayonida va kontekstda namoyon bo‘ladi.
Men
deyksisi so‘zlovchi shaxsiga ishora qilib, nutq jarayonida adresantning ruhiy holati,
ijtimoiy mavqeyi, maqsadi, orzu-o‘ylarini namoyon qiladi
3
. Quyidagi misralarda so‘zlovchining
Ollohni topishga bo‘lgan kuchli xohish-istagi ifodalangan:
Chorbog‘lardan bir “oh”
So‘rab keldim men.
Xazonrezdan Olloh
So‘rab keldim men.
(Yurak, 315-b)
Tahlil va natijalar.
Ma’lumki, o‘zbek tilida gaplarda har doim ham ega
qo‘llanavermaydi. Kesimning ko‘rsatkichidan gapning egasi aniqlanadi. Ega odatda kesim ismlar
bilan ifodalangan holatlarda tushirib qoldirilmaydi. Yuqorida keltirilgan she’rda misralar oxirida
men
olmoshi takrorlanib kelib, ta’kid ma’nosini kuchaytirishga xizmat qilgan. Eganing
inversiyaga uchragani ham ushbu ta’kidni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan. Quyidagi
misralarda esa
men
kishilik olmoshi so‘zlovchi shaxsiga ishora qilgan. Uning so‘z boshida
anaforani yuzaga keltirishi esa ta’kid ma’nosini kuchaytirish bilan birga ohangdorlikni
ta’minlashga, she’rning tarkiblanishiga ham xizmat qilgan.
Menga nima kerak zaminda? Axir,
Menga nima kerak tashvishli olam!
Meni sudrab borar musiqa – g‘ovur,
Meni quchog‘iga olar restoran.
(Saylanma, 113-b)
Pragmatikaga oid ilmiy adabiyotlarda olmoshlarning boshqa so‘z turkumlaridan o‘ziga
xos xususiyatlari bilan ajralib turishiga alohida urg‘u beriladi. Olmosh tilshunoslikda ichi bo‘sh
so‘zlar sifatida beriladi. “Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh so‘zlarga olmoshlar va atoqli
so‘zlar kiritiladi. Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga ega bo‘lib, matn ichida ma’lum
nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan to‘ldiriladi”
4
. Bu holatni biz she’riy
matnlarni tahlil qilish jarayonida ham kuzatdik. Usmon Azim she’rlarida qo‘llanilgan olmoshlar
3
Умурзоқова М. Ўзбек тилида сегмент қурилмаларнинг лингвопрагматик тадқиқи. Филол. фан.бўйияа
фалсафа док (PhD) дисс. ... автореф. –Тошкент, 2019. – Б. 22.
4
Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан. док. ... дисс. – Тошкент. 2001.
–
Б. 53.
155
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
ham, atoqli otlar ham turli vazifalarni bajaradi. Ayniqsa, shoir she’rlarida qo‘llanilgan doston
qahramonlari, xalq og‘zaki ijodi namunalariga ishora qiluvchi atoqli otlar, ya’ni pretsedent
birliklar ma’noni to‘ldirishga xizmat qilgan. Olmoshlarning ishora qilish xususiyatiga egaligi
uning deyktik birlik sifatida faol qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
Tilshunoslikda olmoshlarning hamda boshqa turdagi deyktik belgilarning signifikativ
mazmundan xoli ekanligini, ularning referenti turg‘un bo‘lmasdan, balki nutq vaziyatiga
nisbatan o‘zgarib turishini Emil Benvenist
5
alohida qayd etganligini ta’kidlar ekan, Sh.Safarov
uning “men” olmoshi haqidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: “Men” olmoshi ma’nosini faqatgina
ma’lum bir nutqiy harakat ijrosiga (locution) nisbatan aniqlash mumkin va bu nutqiy harakat
doimo yagona, alohida bo‘lib qoladi, takrorlanmaydi. Har bir nutqiy harakat alohida obyekt
(voqelikdagi hodisa, predmet) bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, “men” olmoshining referenti
ham o‘zgarib turadi. Qisqasi, “men” shakli lisoniy nuqtayi nazardan faqatgina bajarilayotgan,
ijro etilayotgan nutqiy harakatda mavjuddir”
6
.
Taqdiqotchi G.Boltaqulova deyksis hodisasining lingvistik xususiyatlari haqida so‘z
yuritar ekan, “Til tizimida deyksisni ifodalovchi birliklar majmuasi mavjud bo‘lib, bu
majmuadan shaxs, zamon, makonga ishora ma’nosiga ega bo‘lgan lug‘aviy birliklar bilan bir
qatorda, morfologik vositalar, jumladan, shaxs, zamon, daraja kabi grammatik ko‘lamdagi
qo‘shimchalar, “funksional” so‘zlar ham o‘rin egallaydi”
7
deya ta’kidlaydi. Bu fikrlarning
amaliy isbotini Usmon Azimning quyidagi misralari orqali ko‘rishimiz mumkin:
Po‘latdan zirh kiyar Yevropa,
Qamoq qurar, tanklar quyadi.
Dohiylarni suyadi ko‘plar –
Qatiqqo‘llikni suyadi.
Keltirilgan parchada Yevropa so‘zi aynan qaysi davlatga ishora qilinayotganini aniq
ifodalamaydi. She’riy misralarda voqelik XX asrda kechayotganligiga umumiy ishora bor. Uning
qaysi zamonda yoki makonda kechayotganini keyingi misralarda keltirilgan Gitler va Stalin
nomlaridan bilib olish mumkin.
U tomonda tillarda Gitler,
Biz tomonda – o‘rtoq Stalin
Va qiyshaya boshlar Ona yer –
Buziladi muvozanati
( Saylanma, 224-b)
Bu o‘rinda
u tomonda
deyksisi Germaniyaga,
biz tomon
deyksisi esa Sovet mamlakatiga
ishora qilgan. Ushbu o‘rinda zamonga ishora qiluvchi leksik birlik ishtirok etmagan bo‘lsa-da,
hukmronlik qilgan shaxslarning yashab o‘tgan zamonini bilgan, tarixni o‘qigan kitobxon buni
teran anglaydi. “Har qanday nutq jarayoni o‘zaro muloqot egalarisiz, shuningdek, muloqot o‘rni
va u olib borilayotgan vaqtsiz amalga oshmaydi. Shuningdek, har qanday voqelik haqidagi
axborot, albatta, u amalga oshgan makon va zamon, voqelik ishtirokchilari haqidagi ma’lumotni
o‘zida jamlaydi, hech bo‘lmaganda, ularga ishora qiladi”
8
.
5
Бенвенист Э. Общая лингвистика. М.: Прогресс, 1974. – С. 447.
6
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. ‒ Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. ‒ Б. 172.
7
Boltaqulova G. Deyksis hodisasining lingvistik talqini.
Academic research in educational sciences 2021. 5-son.
65-b.
8
Лутфуллаева Д., Давлатова Р. А.Навоийнинг дейктик бирликлардан фойдаланиш маҳорати. 269-271.
А.Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни. Халқаро илмий
анжуман материаллари. –Тошкент, 2017 11-феврал
156
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Xulosa.
Umuman olganda, she’riy matnlarda deyktik birliklarning qo‘llanilishi nasriy
matnlarnikidan farq qiladi. Bunda she’rlardagi qofiya, vaznga e’tibor qaratilishini ham sabab
sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Deyktik birliklar nasriy matnda nutqdagi takrorning oldini
olishga, bir so‘zni qayta qo‘llash orqali uslubiy g‘alizlikni yuzaga chiqishini bartaraf qilishga
xizmat qiladi. She’riy matnlarda esa bir so‘z yoki jumlaning takror qo‘llanilishi orqali kuchli
ta’kid ma’nosi ham ifodalanishi mumkin.
Yetti kecha-kunduz cho‘kib boryapman,
Yetti kecha-kunduz cho‘kib boryapman,
Amuning tubiga yetolmayman hech.
Yetti kecha-kunduz cho‘kib boryapman,
Dahshatli bir she’rni o‘qib boryapman –
Orol sari oqib ketolmayman hech…
(Bahodir va Malika)
Ushbu misralarda kelgan
Yetti kecha-kunduz cho‘kib boryapman
gapining uch marta
takrorlanayotgani,
borayapman
fe’lining misralar oxirida to‘rt marta qaytarilib, epiforaga
aylanganligi,
yetolmayman hech,
ketolmayman hech
jumlalarining nafaqat qofiya, balki ichki
parallelizm ҳosil qilganligi nimadan dalolat beradi? She’r texnikasining mukammalligidan,
albatta. She’riy matnnning bu qadar mukammalligi, pragmatik mohiyat kasb etishi uning estetik
ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ham ta’sir qiladi.
REFERENCES
1.
Boltaqulova G. Deyksis hodisasining lingvistik talqini. Academic research in educational
sciences 2021. 5-son. 65-b.
2.
Бенвенист Э. Общая лингвистика. М.: Прогресс, 1974. – С. 447.
3.
Лутфуллаева Д., Давлатова Р. А.Навоийнинг дейктик бирликлардан фойдаланиш
маҳорати. 269-271. А.Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий-
маърифий тараққиётидаги ўрни. Халқаро илмий анжуман материаллари. –Тошкент,
2017 11-феврал.
4.
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. ‒ Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси,
2008. ‒ Б. 172.
5.
Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан. док. ... дисс. –
Тошкент. 2001. – Б. 53.
6.
Умурзоқова М. Ўзбек тилида сегмент қурилмаларнинг лингвопрагматик тадқиқи.
Филол. фан.бўйияа фалсафа док (PhD) дисс. ... автореф. –Тошкент, 2019. – Б. 22.
7.
Коровина И.В. Параметры дейктической процедуры в англоязычной научной
коммуникации. Автореф. дисс. канд. филол. наук. ‒ Иванова, 2011. – С. 10.
8.
Рахимов С. Речевая коммуникация и проблема дейксиса в разносистемных языках.
– Ташкент: Фан, 1989. – С. 12.
9.
Sarbarova D.N. Matn va diskurs tushunchalari. Sciense and innovation international
journal. June2,2022.
https://zenodo.org/records/7998832
10.
Sarbarova D.N. Usmon Azim she’rlarida deyksisning noodatiy turlari tahlili. Sciense and
innovation
international
journal.
Volume
ISSUE
8.
UIF-2022:8.2.
https://scientists.uz/uploads/202208/B-419.pdf
11.
Азим Усмон. Сайланма. – Тошкент, 1995.
12.
Азим Усмон. Юрак. –Тошкент, 2009.
13.
Азим Усмон. Соғинч. –Тошкент, 2007.
14.
Азим Усмон. Жимлик. – Тошкент, 2012.
