ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
955
KALAMUSHLAR ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI TAJRIBAVIY
GIPOTIREOZ FONIDA
Norbek Q. Niyozov
Katta o‘qituvchi, Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Toshkent, Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15706291
Annotatsiya.
Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan
tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da
osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish
kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli
o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha
tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni
ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari
va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Kalit so‘zlar:
me’da osti bezi, atsinus, merkazolil, bo‘lakcha
.
Аннотация.
В нашем исследовании мы изучали белых лабораторных крыс,
рожденных от контрольных и экспериментальных матерей с гипотиреозом. В
результате морфологического анализа поджелудочной железы в разные периоды
постнатального онтогенеза выявлены существенные изменения задержки развития и
формирования отдельных компонентов сосудистой стенки по сравнению с контрольной
группой. С первых дней после начала эксперимента у всех подопытных животных
отмечали изменения артериальной стенки. Полученные результаты показывают, что у
потомства, рожденного от матерей с гипотиреозом, происходят морфологические
изменения в клетках поджелудочной железы и ее кровеносных сосудах.
Ключевые слова:
поджелудочная железа, ацинус, мерказолил, доля
.
Abstract.
In our study, we examined white laboratory rats born from control and
experimental mothers with hypothyroidism. As a result of morphological analysis of the
pancreas in different periods of postnatal ontogenesis, significant changes in the delay in the
development and formation of individual components of the vascular wall were revealed
compared to the control group. From the first days after the start of the experiment, changes in
the arterial wall were noted in all experimental animals. The results show that morphological
changes in the cells of the pancreas and its blood vessels occur in the offspring born from
mothers with hypothyroidism.
Keywords:
pancreas, acinus, mercazolil, share.
Dolzarbligi.
Qalqonsimon bez endokrin sistemasining periferik a’zosi bo‘lib modda
almashinuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Qalqonsimon bezning gormonlari hujayra va
to‘qimalarda metabolik jarayonlarni mustahkamlab, yurak va qon tomir, nafas, ovqat hazm
qilish, asab va reproduktiv a’zolarning ishini boshqaradi. Qalqonsimon bez gormonlari
yetishmovichligida barcha a’zolarning vazifasini izdan chiqishi kuzatiladi. Qalqonsimon bez
gormoninining yetishmovchiligi tufayli gipotireoz kasalligi rivojlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
956
Dunyoda endokrin kasalliklar orasida qalqonsimon bez kasalliklari uchrash darajasi
bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallaydi. Manifest gipotireozning uchrash darajasi 0,2
-1%, yashirin
birlamchi gipotireoz esa 7-10 % tashkil qiladi. Tireoid gormonlarining organizmda yetishmasligi
yoki miqdorining oshib ketishi natijasida kuzatiladigan metabolik o‘zgarishlar me’da ichak
traktida ham morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib keladi [1, 5, 8, 12, 14, 17].
Jahon
s
og‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Avstraliya, Yevropa,
Markaziy Osiyo, Yaqin
Sharq,
va Shimoliy Amerikada olib borilgan tadqiqotlar natijasida me’da
-ichak kasalliklari aholi
orasida tarqalganligi 7-
41% va o‘rtacha 25% ni ko‘rsatadi
[3, 6, 10, 16, 18, 21,]. Bunday holatda
odamlarning umr ko‘rishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun kasallikni aniqlashda
zamonaviy tashxisot imkoniyatlarini kengaytirish, kasallikning ko‘payishiga olib kelayotgan turli
holatlarning paydo bo‘lishi me’da
-ichak
tizimida morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib
keladi [2, 4, 7, 13, 15, 19, 22]. Shu munosabat bilan qalqonsimon bez kasalliklarni va uning
asosratlarini oldini olish, samarali diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy
tibbiyotning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Jahonda so‘ngi o‘n yillikda qalqonsimon bez
kasalliklari va uning me’da
-
ichak traktiga nojo‘ya ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy
-
tadqiqotlar olib borilmoqda [9, 11, 20, 23, 24]. Bu borada qalqonsimon bez patologiyasini
organizmdagi barcha organ va tizimlarining o‘zgarishlariga olib kelishini va gipotireoz bilan
kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezining morfologik
xususiyatlarini ilmiy asoslash, gipotireoz kasalligida me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar
asosan klinik kechishini aniqlash, biroq me’da osti bezida kechadigan morfologik o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamligini inobatga olganda, me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar
dinamikasini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb
etmoqda. Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyot manbaalarida gipotireoz bilan og‘rigan
ayollardan tug‘ilgan avlod me’da osti bezining ekzokrin va endokrin qismlarini postnatal davrda
rivojlanishining morfofunksional o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks baholashga qaratilgan
ma’lumotlar mavjud emas. Qandli diabetning ko‘payishi, homilador ayollarda gipotireoz
muammosining o‘ta muhim ekanligi, uning avlod me’da ichak tizimini postnatal rivojlanishiga
salbiy ta’sirining struktur va funksional mexanizmlarini noaniqligi va yetarli darajada
o‘rganilmaganligi ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligi yuqori darajada ekanligini
taqozo etadi.
Tadqiqotning maqsadi:
me’da osti bezidagi morfologik o‘zgarishlarning xarakterini
tajribaviy gipotireozda aniqlash.
Material va tadqiqot usullari.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 80 nafar jinsiy yetuk
oq laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta
guruhga ajratildi. 1-
guruh 30 ta sog‘lom kalamushlar nazorat guruhini tashkil qildi. 2
-guruh
tajriba guruhida urg‘ochi jinsga mansub 50 nafar oq laborator kalamushlarda tajribaviy
gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda
merkazolil berildi. Keyinchalik 1 oy davomida kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan
merkazolil berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilganidan keyin ham
emizikli davrida ona kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berishni davom
ettirildi. Ona va bola kalamushlarning dum venasidan qon olindi, hamda qalqonsimon bez
gormonlari miqdori o‘rganildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
957
Bola kalamushlar tug‘ilganidan so‘ng 3
-, 7-, 14-, 21- va 30-kunlarda dekapitatsiya
usulida jonsizlantirildi. Gistologik tekshiruvlar uchun me’da osti bezining bosh, tana va dum
qismidan to‘qimalar olindi. Me’da osti bezi to‘qimasi 10% li formalin eritmasida fiksatsiya
qilinib, spirtda suvsizlantirildi va parafinli bloklar tayyorlandi. Tayyorlangan parafinli bloklardan
8-12 mkmlik gistologik preparatlar tayyorlanib, gematoksilin-
eozin usulida bo‘yaldi. Tajribalar
va hayvonlarni dekapitatsiya usulida jonsizlantirish “Eksperimentlar va boshqa ilmiy
maqsadlarda ishlatiladigan umurtqali hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha Evropa konventsiyasi”
ga muvofiq amalga oshirildi (Strasburg, 1985). Qalinligi 8-
10 mikron bo‘lgan rotorli
mikrotomda tayyorlangan gistologik kesmalar gematoksilin-eozin bilan standart usulda
bo‘yalgan [Volkova O. V. V., Yeletskiy yu.K., 1982].
Tadqiqot natijalari.
Kalamushlarda eksperimental gipotireoz rivojlanishini asoslash
uchun tajribaning turli kunlarida kalamushlarning qonida triiodotironin (T3), bog‘lanmagan
tiroksin (T4) va tirotropin gormoni (TTG) miqdori aniqlandi. Olingan ma’lumotlar shuni
ko‘rsatdiki, tajribaning 7 kunligida tajribaviy gipotirioz chaqirilgan va nazorat guruhidagi
kalamushlarning T3 va T4 gormonlari deyarli bir-biridan farq qilmaydi. Tajribaning 14-kuni T4
ning pasayish va T3da kamroq pasayish kuzatildi. Tajribaning 21-kunida T4 gormoni indikatori
2 marta, T3 esa 1 marta kamayganligi aniqlandi. 30 kunlik kalamushlarning qonida qalqonsimon
bez gormonlari T4 indeksiga ko'ra 4 marta o‘zgargan, T3 esa bir yarim marta kamaydi. Shunday
qilib, gormon indikatorining tahlili eksperimental gipotireoz holatida kalamushlarning qonida
tiroksin (T4) gormoni indikatorining ishonchli pasayishini ko‘rsatdi
(1-jadvalga qarang).
1-jadval
Nazorat va tajriba guruhidagi kalamush bolalarining qonidagi gormon ko‘rsatkichlari
Kunlar
Qondagi gormonlar darajasi (M ± m)
Nazorat guruhi
Tajriba guruhi
TTG
(mkME/
ml)
Triyodtironi
n (T3)
Tiroksin
(
bog‘lanma
gan T4)
(pmol /l)
TTG
(mkME/
ml)
Triyodtironi
n (T3)
Tiroksin
(
bog‘lanma
gan T4)
(pmol/l)
3 kun
0,13±
0,02
8,1±
0,09
13,00±0
,3
0,11±
0,7
7,1±
0,05
9,2±
0,02
7 kun
0,15±
0,2
8,4±
0,07
13,00±
1,3
0,17±
0,7
7,8±
0,2
10,2±
0,1
14 kun
0,2±
0,01
9,5±
1,1
12,00±
1,1
0,3±
0,02
5,00±
0,8
6,00±
0,7
21 kun
0,21±
0,03
9,9±±
0,2
12,00±
0,9
0,41±
0,03*
4,9±
0,4
4,2±
0,3
30 kun
0,2±
0,18
10,3±
0,2
13,00±
1,0
0,43±
0,01
4,3±
0,3*
3,2±
0,4*
Izoh:* - p<0,05 nazorat guruhiga nisbatan ishonchli
T4 gormonining kamayishi 14-kundan boshlab aniq aks etdi va tajribaning oxirgi 30
kunida ishonchlilik 4 martagacha kamaydi. Qondagi qalqonsimon gormonlar miqdori tireotropin
tomonidan nazorat qilinadi. Qonda T3 va T4 gormonlari miqdorining kamayishi TTG
gormonining ko‘payishiga olib keldi. 3 va 7 kunlarda TTG miqdori nazorat guruhidan deyarli
farq qilmadi. Tajribaning 14-kuniga kelib, TTGning bosqichma-
bosqich o‘sishi qayd etildi va
21-
kunga kelib, u nazorat guruhidagiga qaraganda ikki baravar yuqori bo‘ldi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
958
Kalamush bolalarining tana va me’da osti bezining vazni, me’da osti bezin
ing tana
vazniga nisbatan nisbiy og‘irligi, uzunligi, kengligi va qalinligi yoshga qarab o‘zgarib boradi
(2-jadvalga qarang).
2-jadval
Tajriba guruhidagi kalamush bolalarining me’da osti bezining anatomik
ko‘rsatkichlarining yoshga qarab o‘zgarishi
Ка
lamush
bolalarining
yoshi (kunlar
hisobida)
Kalamush
bolalari
ning tana
og‘irligi,
gr
Me’da osti
bezining
og‘irligi, mg
Me’da osti
bezining
uzunligi, mm
Me’da osti
bezining
kengligi, mm
Me’da osti
bezining
qalinligi, mm
3
9,5±1,1
16
0±0,5
0,85±0,016
0,28±0,011
0,028±0,005
7
14±1,3
180±0,6
0,9
±0,03
0,32
±0,013*
0,039
±0,006
14
19±0,3
220±0,9
*
1,0±0,04*
0,37±0,014
0,049±0,008
21
26±0,32
275±0,
7
2,0±0,065*
0,62±0,021
0,068±0,018
30
32±0,9
310±0,5
2,7±0,08
1,0±0,04*
0,085±0,02
Izoh:* - p<0,05 nazorat guruhiga nisbatan ishonchli
Oq naslli laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi, o‘rtacha tana vazni 195,5±6,1 gr
pushti yoki pushti sariq rangga ega. Me’daning kichik egriligi ustida va o‘n ikki barmoqli
ichakning proksimal qismi bo‘ylab joylashgan. Organning shakli uch bo‘lakli bo‘lib, uning chap
bo‘lagi –
lobus sinister yoki oshqozon-
taloq bo‘lagi, yoki dum qismi –
cauda pancreatis, o‘rta
bo‘lagi –
lobus medius, boshi
–
caput pancreatis va o‘ng bo‘lagi –
lobus dexter (rasm 1).
Kalamushning me’da osti bezi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimizga ko‘ra, uchta
qismga ajratish mumkin: O‘n ikki barmoqli ichak
-
o‘n ikki barmoqli ichakning tutqichida
joylashgan. Billiar umumiy o‘t yo‘li bo‘ylab joylashgan, me’da taloq
-
taloqning o‘ng tomonida
joylashgan.
Nazorat guruhidagi oq laborator kalamushlarda me’da osti bezi tashqi tomondan kapsula
bilan qoplangan. Kapsula biriktiruvchi to‘qimalarning zich tolalaridan iborat bo‘lib, biriktiruvchi
to‘qima tolalari kapsuladan parenximaga o‘tadi va ular yordamida parenxima turli o‘lchamdagi
bo‘laklarga bo‘linadi. Me’da osti bezini bo’laklarga ajratadigan biriktiruvchi to‘qima tolalari
ingichka tolali tarkibiy qismga ega, me’da osti bezi bo‘lakchalari ba’zi joylarda ingichka va
shishgan, natijada bunday joylarda bo‘laklarga bo‘linish jarayoni yomon ifodalangan. Ushbu
biriktiruvchi to‘qima qatlamlarida qon tomirlari, nerv tolalari va chiqaruvchi kanallarni ko‘rish
mumkin. Qon tomir devorlari plazma suyuqligi bilan to‘yingan holda ajralib turadi, venoz
tomirlarining bo‘shlig‘i esa qonning bir xil elementlari bilan to‘ldirilganga o‘xshash, alohida
tomirlarda esa to‘la qonligi aniq ifodalangan va pankreatik kanallarning kengayishini ham
ko‘rishimiz mumkin (1
-
rasmga qarang). Ba’zi kalamushlarda bo‘lakchalararo biriktiruvchi
to‘qimaga o‘tadigan arteriya va tomirlar me’da osti bezi bo‘laklarida qonning bir xil elementlari
aniqlanmagan yoki oz miqdorda kuzatilgan. Bo‘lakchalararo chiqish nayi bir qavatli prizmatik
epiteliy va biriktiruvchi to‘qimaning plastinkasidan hosil bo‘lgan. Chiqarish nayining
bo‘shlig‘ida oz miqdorda ajratilgan modda mavjud.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
959
Nazorat kalamushlarda, asosan, o‘rtacha kattalikdagi bo‘lakchalar mavjudligi va ularda
ekzokrin qismidagi atsinuslar va turli diametrli naylar sezilarli darajada ustunlik qildi. Atsinuslar
56,2±1,9 mikrondan farq qiladi, atsinusning eng kichik o‘lchami 37,3±1,4 mikron. Apikal
qismdagi pankreatsitlar toraygan va asosi ancha kengaygan. Sekretor naychalarning apikal qismi
va terminal qismida sekretsiya granulalarini ko‘rish mumkin.
1-rasm. 14-
kunlik tajriba guruhidagi bola kalamush me’da osti bezining gistologik
ko‘rinishi. Qon quyilish o‘choqlari. Bo‘yalishi: gematoksilin
-eozin. X: 10x20.
Ushbu hujayralarda yadroning yumaloq yoki oval shaklidaligini ko‘rish mumkin. Ushbu
pankreatsit yadrolari hujayra asosiga yaqinroq. Pankreasit yadrosi xromatinining asosiy qismi
butun yadro bo‘ylab joylashgan, xromatinning kichik qismi kariolemmaga tutashgan.
Atsinuslarning devorlarida joylashgan pankreatsitlar o‘rtacha 9,17±0,52 o‘lchamga ega.
Ko‘pgina atsinuslarning markazida bir tekisda joylashgan hujayralarni ko‘rish mumkin
emas, ular asosan hujayraning markaziga yaqinroq bo‘lgan, ammo kamdan
-kam hollarda ular
sekretor bo‘limida aniqlangan.
Ba’zida me’da osti bezi hujayralari va atsinuslar o‘rtasida chegaralarni aniqlash qiyin,
ba’zi joylarda sekretsiya bo‘limining terminal qismida tuzilishining buzilishini aniqlash mumkin.
Ushbu me’da osti bezi hujayralari o‘rtacha 12,9±1,1 mikron balandlikka ega. Me’da osti
bezi parenximasi va me’da osti bezi langergans orolchalari hujayralari ichida mayda qon
quyilishi aniqlandi. Bo‘lakchalarning ekzokrin terminal sekretor granulalari qismlarida, devori
yassi epiteliy bilan qoplangan kichikroq chiqish naylari bilan bir qatorda, devorlari kubik
epiteliya bilan qoplangan, kattaroq
–
atsinuslararo bo‘lakchalarda chiqish naylari kuzatildi.
Eksperimental kalamush guruhlarini me’da osti bezi to‘qimalarining namunalarini
o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, bo‘laklararo biriktiruvchi to‘qima aniq tolali ko‘rinishga ega,
bo‘laklar biroz kattalashgan va yog‘ hujayralari to‘plangan, bu me’da osti bezi hujayralari
tuzilishining o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
Xulosa.
Tadqiqot
natijalari
shuni
ko‘rsatdiki,
merkazolilni
eksperimental
kalamushlarning me’da osti bezi bo‘laklariga kiritish me’da osti bezi kraniumining tarkibiy
tuzilishini o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishlarga olib keldi, tolali to‘qima tarkibiy qismlarini
hosil qilish uchun bo‘laklararo biriktiruvchi to‘qima, shuningdek bo‘laklararo biriktiruvchi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
960
to‘qimalarda kuzatilgan xoroid shishilarning paydo bo‘lishi. Bundan tashqari, bo‘laklarning
terminal sekretor qismini yo‘q qilish belgilarining intensivligi pasaygan va shu bilan birga
bo‘laklarda me’da osti bezi soni va balandligi kamaygan. Bu me’da osti bezi bo‘linish
jarayonining kechikishi va sekretor jarayonining susayishi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Bez
bo‘laklarining endokrin qismining orolchalarida insulotsitlar joylashishining qalinlashishi va
bo‘shashgan biriktiruvchi to‘qima qatlami bilan to‘ldirilgan joylarning kamayishi kuzatildi,
bundan tashqari, orollarning kattaligi nazorat hayvonlariga qaraganda kamayishi va
kichiklashishi. Bu bezdagi endokrin hujayralar sonining umumiy kamayishini va shuning uchun
gormonlar ishlab chiqarishning kamayishini ko‘rsatishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Akhmedova S. M. et al. Pancreatic morphology in hypothyroidism //International journal
of artificial intelligence.
–
2024.
–
T. 4.
–
№. 09. –
S. 475-479.
2.
Ergashev S., Usmanov R., Niyozov N. Morpho-functional changes in the endocrine
pancreas of white rats under metabolic syndrome conditions //Central Asian Journal of
Medicine.
–
2025.
–
№. 4. –
S. 75-80.
3.
Kurbanovich N. N., Abdurasulovich G. D. Features of morphological changes in the
pancreas //Texas Journal of Medical Science.
–
2023.
–
T. 16.
–
S. 79-83.
4.
Kurbanovich N. N. et al. Reactive changes in the pancreas in hypothyroidism //American
Journal of Interdisciplinary Research and Development.
–
2024.
–
T. 25.
–
S. 343-347.
5.
Mukhamadovna A. S. et al. Indicators of Fetometry of the Fetus in Pregnant Women in a
State of Hypothyroidism //Texas Journal of Medical Science.
–
2023.
–
T. 16.
–
S. 75-78.
6.
Mukhamadovna A. S. et al. Morphological Characteristics of Myocardial Changes When
Exposed to Pesticides //Onomazein.
–
2023.
–
№. 62. –
S. 1226-1237.
7.
Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Criteria for assessing structural changes in the
myocardium in experimental hypodynamic and diabetes //Central Asian Journal of
Medicine.
–
2025.
–
№. 3. –
S. 273-283.
8.
Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Tajribaviy gipodinamiya holatida miokardning
morfologiyasi //Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№. 5. –
S. 338-343.
9.
Niyozov N. et al. Medical sciences //Art studies.
–
S. 36.
10.
Niyozov N., Ergashev S. Pancreatic morphology in thyroid diseases in white mice
//Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№. 4.
11.
Niyozov N. K. et al. Morphological Aspects of Pancreas Changes in Experimental
Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine.
–
2023.
–
T. 8.
–
№. 2. –
S.
27-31.
12.
Niyozov N. K. et al. Morphology of the Pancreas Against the Background of
Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine.
–
2024.
–
T. 18.
–
№. 5. –
S. 47-52.
13.
Niyozov N., Qo‘qonboyev M. Me’da osti bezi morfologiyasi tajribaviy gipotireozda
//Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№. 3. –
S. 798-806.
14.
Niyozov N. K., Kukonboyev M. I. Pancreatic gland morphology in experimental
hypothyroidism //Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№. 4. –
S. 1169-1176.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
961
15.
Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic pathologies: understanding the interplay between
chronic diseases and metabolic dysfunction //Conference on the role and importance of
science in the modern world.
–
2025.
–
T. 2.
–
№. 1. –
S. 104-107.
16.
Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic morphology in experimental stress
//Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
–
2025.
–
T. 5.
–
№. 1. –
S. 223-
227.
17.
Umerov A., Niyozov N. Pancreatic morphometry under stress //International journal of
medical sciences.
–
2025.
–
T. 1.
–
№. 1. –
S. 362-368.
18.
Matkarimov O., Axmedova S., Ni
ё
zov N. Morfologiya miokarda u
э
ksperimentaln
ы
x kr
ы
s
v usloviyax gipodinamiki //Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№. 5. –
S. 507-
511.
19.
Muminov O. B., Ni
ё
zov N. K., Nisanbaeva A. U. Nauchn
ы
y medi
ц
inskiy vestnik yugr
ы
//nauchn
ы
y
medi
ц
inskiy
vestnik
yugr
ы
Uchrediteli:
Xant
ы
-Mansiyskaya
gosudarstvennaya medi
ц
inskaya akademiya.
–
2021.
–
T. 1.
–
S. 141-143.
20.
Ni
ё
zov N. K., Axmedova S. M., Nisanbaeva A. U. Strukturnoe izmenenie podjeludochnoy
jelez
ы
pri gipotireoze //Sovremenn
ы
e nauchn
ы
e issledovaniya: aktualn
ы
e vopros
ы
,
dostijeniya i innova
ц
ii.
–
2023.
–
S. 156-158.
21.
Ni
ё
zov N. Xarakteristika morfologicheskix izmeneniy podjeludochnoy jelez
ы
pri
э
ksperimentalnom saxarnom diabete //Modern Science and Research.
–
2025.
–
T. 4.
–
№.
3.
–
S. 1083-1093.
22.
Raximova M. O. i dr. Fetometricheskie pokazateli plodov u beremenn
ы
x v sostoyanii
gipotireoza //Orgkomitet konferen
ц
ii.
–
2021.
–
S. 143.
23.
Sagatov T. A. i dr. Morfologicheskoe sostoyanie mikro
ц
irkulyatornogo rusla i tkanev
ы
x
struktur matki pri xronicheskoy intoksika
ц
ii pesti
ц
idom" Vigor" //Problem
ы
nauki.
–
2019.
–
№. 2 (38). –
S. 56-60.
24.
Sad
ы
kova Z. Sh. i dr. Sostoyanie jenskix polov
ы
x organov pri postnatalnom razvitii
potomstva v usloviyax vnutriutrobnogo vozdeystviya pesti
ц
idov //Morfologiya.
–
2020.
–
T. 157.
–
№.
2-3.
–
S. 183-183.
