ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1005
“TANQID, MUNAQQID VA HOZIRGI ADABIY JARAYON”
(UMARALI NORMATOV) NOMLI SUHBAT HAQIDA
Sevara Bekchanova
UrDU o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707188
Annotatsiya.
Ushbu maqolada adabiyotimiz rivojiga o‘zining kata hissasini qo‘shgan
adabiyotshunos olim, munaqqid, professor Umarali Normatovning “Tafakkur yog‘dusi”
asaridagi suhbatlaridan biri haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Modern adabiyot, hozirgi adabiy jarayon, ko‘ngil she’riyati, davr
poeziyasi.
Abstract.
This article discusses one of the conversations in the work “Tafakkur yog‘dusi”
by Umarali Normatova literary sholar, critic, and professor who made a significant contribution
to the devolopement of our literature.
Keywords:
Modern literature, current literary process, poetry of the heart, poetry of the
period.
Adabiyotshunoslikda ilmiy-nazariy muammolarni yoritishda, ijodkorlarning ijod
laboratoriyasiga kirib, badiiy ijod jarayoni va
sirlaridan voqif boʻlish, uni kitobxonga
koʻrsatishda adabiy suhbatning imkoniyati katta.
Bunday suhbatlar adabiyotning, adabiy
tanqidning oʻsishiga, taraqqiyotiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Shu bilan olib borilgan bahslar
muammolarning qaysidir jihatini yoritishga yordam beradi. Adabiyotshunos olim Umarali
Normatov yangi asr oʻzbek ijodkorlarini fundamental tadqiq qilgan zabardast olimlar qatorida
turadi. Aynan O‘zbek adabiyotida kam uchraydigan munaqqid sifatida kitobxonga maktub
yozgan zabardast olimlardan biri hamdir. Har bir ijodkorning asari, tadqiqotida uning
dunyoqarashi, maʼnaviyati ko‘rinadi. Bu dunyoqarash ijodkorning maʼnaviyati, hayot tarzi,
kishilar bilan muomala va munosabatida ham namoyon bo‘ladi.
Aslini olganda ulkan sanʼatokor
adiblarning bebaho asarlari taʼsiridan kitobxon ahlining qalbi larzaga keladi, sehrlanadi, zavq
-
shavqqa to‘ladi. Haqiqiy badiiy asarlarning kuchi ko‘ngilga beso‘roq kirib borib, o‘zgacha bir
harorat va yorug‘lik paydo qiladi.
Natijada kitobxonning ichida obrazlar yoki voqelik mohiyati
bilan g‘oyibona muloqotlar, bahs
-
tortishuvlar boshlanadi. Аdib va uni anglash, asarlari ortidan
kelgan bir olam go‘zal taassurotlarni bayon etish, tushuntirish baxti hammaga ham emas va bu
ishni hamma ham eplay olmaydi. Professor Umarali Normatov butun ilmiy-ijodiy faoliyati
davomida ana shunday saodatga erishgan insonlardan edi. Haqiqiy umrboqiy, yaxshi asarlar
olimning ko‘ngil sirdoshiga va hayot yo‘lida yo‘ldoshiga aylandi. Bunday asarlarni tahlil va
tadqiq qilishni maqsad deb bildi va maqsadi yo‘lida zahmat chekib bebaho asarlarni yosh avlod
uchun meros qilib qoldirdi.
Shunday asasrlardan biri munaqqidning “Tafakkur yog‘dusi” asari
hisoblanadi. Asar adabiy-
tanqidiy esselardan tashkil topgan. Bu maqolamizda shu asardan o‘rin
olgan munaqqidning adabiyotshunos olim Ergash Ochilov bilan olib borgan suhbati haqida so‘z
yuritishni maqsad qildik. Suhbat “Tanqid,
munaqqid va hozirgi adabiy jarayon” deb nomlanadi.
Suhbat adabiy tanqid, adabiyot olamidagi tanqidchilar fikrlari, zamonaviy adabiyot olami
va undagi ijodkorlar ijodi haqida olib boriladi. Suhbatni adabiyotshunos olim Ergash Ochilov
suhbatdoshi teran fikrlashi, haqiqatni ochiq gapirishi bilan kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan va
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1006
adabiyotimizda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan munaqqid olim Umarali Normatovni savollar o‘qiga
tutish bilan boshlaydi. Suhbatdosh munaqqidni zamonaviy adabiyot haqidagi fikriga qiziqadi va
bugungi kunda XIX asr rus tanqidchilari Belinskiy va Dobrolyubovdek keng bilimli, xassos va
jasoratli tanqidchilar yo‘qligiga kuyinadi. Adabiyot tarixidan ma’lumki, istiqlol yillarida milliy
adabiyot tarixi tadqiqi oldingi o‘ringa o‘tdi. O‘tgan asrning 90
-yillari davomida faol fidoyi
munaqqidlarimiz uchun joriy adabiy jarayondan ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotining mustabid
adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini tiklash, qayta baholash, qatag‘on qilingan adiblar
merosini xalqqa qaytarish muhimroq va zaruriyroq bo‘lib qoldi. Tanqidchilar bor e’tiborini va
kuchini aynan tarixni tiklashga qaratdilar va bu borada yaratilgan tadqiqotlar tahsinga va
etirofga loyiq bo‘ldi. Aytish joizki, Abdulla Qodiriy romanchiligi, Abdurauf Fitrat
dramaturgiyasi, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyati, Hamza Hakimzoda Niyoziy
hayoti va ijodi, G‘afur G‘ulom ijodi kabi bir qator adiblarimiz to‘g‘risida nodir tadqiqotlar
maydonga keldi. Bu tadqiqotlar orqali yosh avlod milliy adabiyotimiz haqida qimmatli
ma’lumotlardan boxabar bo‘ladi. Shu sababli hozirgi adabiy jarayonga e’tibor qaratish nisbatan
sustlashib qolgan edi nazarimizda. Munaqqid aynan shunday deb hozirgi adabiy jarayonda ham
tadqiqotlar olib borilayotgani, ammo,
jarayon to‘liq jihatdan ochib berilganicha yo‘qligini
ta’kidlab o‘tadi. Ergash Ochilov hozirgi adabiy jarayon olamida saviyasi past, sayoz,
o‘quvchilarni ishi kabi sodda asarlar yaratilayotgani va buni bemalol nashrdan chiqib ommaga
tortiq etilayotgani haqida fikr bildirib bu haqida munaqqidning o‘ylari bilan qiziqadi. Har qanday
asar yaratishning o‘ziga xos talablari bor va asar albatta taqrizdan o‘tkazilishi lozimligi
barchamizga ayon. Saviyasiz va sayoz asarlarning umri yashamasidanoq tugaydi. Asarlarni
ayamasdan saralab, tahlil qilib, tanqid qilib unga haqqoniy baho berish va yondashish
munaqqidning vazifasiga kiradi. Bu haqida munaqqid yuqoridagi kabi asarlar barcha zamonlarda
yaratilganini va shu bilan bir qatorda hozirgi adabiy jarayonda dunyo yuzini ko‘rgan nodir
asarlar N. Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, X.Do‘stmuhammadning “Bozor”, Erkin
A’zamning “Shoirning to‘yi”, U.Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va Itoat”, Salomat Vafoning
“Tilsim saltanati” kabilarni faxr bilan tilga oladi. Shuni qo‘shimcha sifatida aytishimiz
mumkinki biz o‘rganmoqchi bo‘lgan hozirgi adabiy jarayon to‘la ma’noda mustaqillik
mevasidir.
G‘arb adabiyotining ilg‘or oqimlari bizning o‘zbek adabiyotimizga jadal ravishda kirib
keldi. Xususan, Modernizm oqimida ijod qilishda ko‘pchilik ijodkorlar o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Suhbatdosh bu yo‘nalishdan ko‘ngli to‘lmaganligini Navoiy, Bobur, Cho‘lpon, Ogahiy, Abdulla
Oripovlarning izidan ketayotgan, ularning ijoldiga munosib so‘z aytayotgan qalamkashlar
kamligini bildirib o‘tadi. Bu yangi yo‘nalishda ijod qilayotgan ijodkorlardan birdanbiga ko‘p
narsa kutish mantiqan to‘g‘ri bo‘l,masligini va bu oqimning kelajagi borligini,
Xurshid
Doʻstmuhammad, Bahrom Roʻzimuhammad, Ulugʻbek Hamdam, Shermurod Subhon singari bu
sohaning yetuk bilimdonlari, nazariyachilari, himoyachilari bor. Modernistik yo‘nalishda asar
yaratish ijodkordan nozik did, sinchkovlik, yangicha yondashuv, keng dunyoqarash va fikrlash
va yana bir qancha mezonlarni talab etadi. Ana shunday bir qator mezonlar asosida yaratilgan
modernistic asarlar fikri ojizimizcha o‘z o‘quvchisini topadi. Suhbat ancha qizib keyingi masala
davr sheriyati xususida ketadi. Sheriyat masalasi qadim davrlardanoq dolzarb va tanqidchilar
muhokama markazida turuvchi nozik yo‘nalishlardan biri sanalib kelinmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1007
Darhaqiqat sheriyat adabiyotning eng nafis, eng jozibali, kitobxon ahlini osmondagi
porloq oy kabi o‘ziga maftun etib kelayotgan turidir. Davr sheriyati ko‘ngil sheriyati bahonasida
o‘ta intimlashib ketganini va sheriyatda mayda
-
chuyda mavzularga keng e’tibor berilayotganini
va bu qanchalik to‘g‘riligini munaqqid nazdida qandayligiga qiziqqan suhbatdosh yana sherigini
so‘roqqa tutadi. Munaqqid esa davr she’riyati nihoyatda ko‘pqirrali, xilma
-xilligi va jadal
suratlarda oldinlab borayotgani hech kimga sir emasligini va bu borada ham sezilarli ishlar
amalga oshirilayotganini ta’kidlaydi. She’rga, shoirlarga ehtiyoj hamisha mavjud bo‘lib kelgan.
Davr poeziyasida hech narsa chetda qolmadi. Hayotdagi eng ko‘rimsiz, eng tuban,xatto,
eng jirkanch bo‘lgan narsa va tushunchalarga ham shoirlar murojat qila boshladilar. Amerikalik
shoirlar Allen Ginzberg, Charlz Bukovskiy singari XX asr dongdor shoirlari ijodida boshlangan
yuqoridagi masala keyinchalik butun dunyo poeziyasida ham ko‘rina boshladi. Suhbat oxirlab
borayotganida yanada suhbatga jon kiritgan savol o‘rtaga tashlanadi. Bu savol ko‘p davrlardan
beri olimlar bahs-munozaralarining diqqat
markazida bo‘lib kelayotgan masalalardan biridir.
Adabiyot va siyosat masalasi hamisha bahs-
munozaralarga sabab boʻlib keladi –
bir
guruh adabiyot siyosatga xizmat qilishi kerak, degan nuqtai nazarni himoya qilsa, ikkinchisi,
aksincha, siyosatning adabiyotga aralashmasligi tarafdori. Haqiqiy san’at asarini yombiga
o‘xshatgan munaqqid bu yombi yorug‘ dunyoning barcha tovlanishlarini o‘zida aks ettirmog‘i
lozimligini ta’kidlaydi. Gapining isboti sifatida “O‘tkan kunlar”ni misol qilib, asarda yozuvchi
ishqiy
munosabatlar, qahramonlarning ichki dunyosi, oila masalasi, to‘y, a’za, dalalardagi kichik
suhbatlardan tortib, davr ijtimoiy-
siyosiy ahvolini ham yoritib ketadi. Cho‘lpon ijodi aynan shu
ikkala narsani o‘zida jam etgan san’at darajasiga ko‘tarilgan ijod ekanligidan barchamiz
xabardormiz. Bu ishni munosib davom ettirayotgan ijodkorlar va eplolmayotgan ijodkarlar ham
yetarli. Barchasi iste’dod va mahoratga bog‘liq. Suhbatda yana bir savol o‘rtaga tashlanadi.
Ko‘ngil sher’riyati qalb kechinmalarini tadqiq etishga yoʼnaltirilgan asarlar kishilarni
buyuk ishlar sari ruhlantirish oʼrniga, o‘z ichki olamiga chekinib yashashaga daʼvat
qilmayaptimikan, deya xavotirlana so‘roqqa tutadi suhbatdoshini. Munaqqid suhbatdoshining bu
fikriga qo‘shilmasligini hozirgi adabiy jarayonda ham xalq dardini yelkasiga ortgan, boshqalarga
namuna bo‘la oladigan qahramonlar yaratilayotganinini bir qancha dalillar bilan keltirib o‘tadi.
Xususan, “Xotiram siniqlari” dostoni qahramoni –
o‘zining uzoq yillik murakkab hayot
yo‘lini shafqatsizlarcha taftish etib, Аlloh oldida asl dil rozlarini to‘kib solgan, istiqlol
g‘oyalariga sodiq, o‘zi pok
-u dili pok fidoyi mardona shaxs zamondoshlarimiz uchun ibrat
emasmi?! «Bozor» romanidagi Fozilbek, Qadriya, «Muvozanat»dagi Yusuf, “Isyon va
itoat”dagi Tabib qismati va ruhiyatidagi jamiki ojiz, ziddiyatli jihatlarga qaramay, ayni el
-yurt
manfaati uchun jonini tikkan, xalqning og‘irini yelkasiga oladigan fidoyilar
-ku axir!.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida yaratilayotgan asarlarda ham Navoiy, Bobur, Cho‘lpon,
Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy singari el-yurt dardini asarlarida jonlantirgan
buyuk qalam ahliga munosib izdoshlar yetishib chiqdi va bu ishlar, albatta, davomli yo‘ldan
ketyapti. Shu bilan bu suhbatga yakun yasaladi. Suhbat adabiyotning barcha jabhalariga
adabiyotshunos olim nazariy jihatdan, tanqidchi olim esa tanqidiy jihatdan o‘z bahosini
berganligi bilan qimmatli sanaladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1008
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Normatov U. Tafakkur yog‘dusi
- T:Yangi asr avlodi,2005.
2.
B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh Ahmedova. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi
-
T:Cho‘lpon nomidagi nashriyot
-matbaa ijodiy uyi,2012.-420 b.
3.
Y.Solijonov.Hozirgi adabiy jarayon-T:Innovatsiya-Ziyo,2020.-3 b.
