ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1015
KLASSIK ADABIYOTIMIZDA AYOL OBRAZLARI VA SUYIMA G‘ANIYEVANING
ULARNI TALQIN ETISHDAGI YONDASHUVI
O‘ralova Marjona Murodilla qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti,
Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) yo‘nalishi 2
-kurs talabasi.
B.I. Zokirov
Ilmiy rahbar. “Markaziy Osiyo xalqalari tarixi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707624
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek klassik adabiyotidagi ayol obrazlari tahlil qilinib,
ularning badiiy-
estetik mazmuni, ma’naviy
-falsafiy mohiyati ochib berilgan. Ayniqsa, ayol
siymosining jamiyatdagi o‘rni, axloqiy fazilatlari va timsol sifatidagi yuksak maqomi Suyima
G‘aniyeva ilmiy izlanishlari asosida yoritilgan. Maqolada G‘aniyevaning Navoiy asarlarida
uchraydigan ayol obrazlarini talqin etishdagi o‘ziga xos yondashuvi tahlil qilinadi. Shuningdek,
bu obrazlarning zamonaviy tafakkur bilan bog‘liqligi va bugungi kun uchun dolzarbligi haqida
fikr yuritiladi. Tadqiqot klassik merosga yangicha nigoh bilan qarashga xizmat qiladi va ayol
obrazining adabiyotshunoslikdagi o‘rni haqida chuqur tahliliy mulohazalar beradi.
Kalit so‘zlar:
Suyima G‘aniyeva, mumtoz adabiyot, ayol obrazi, Alisher Navoiy, adabiy
tahlil, simvolizm, o‘zbek filologiyasi, adabiyotda gender.
Abstract.
This article analyzes the female images in classical Uzbek literature, focusing
on their artistic, ethical, and philosophical aspects. Special attention is given to the scholarly
approach of Suyima G‘aniyeva, who interpreted these female characters not only as symbolic
figures of love and beauty but also as representations of intellect, fidelity, and spiritual strength.
The study explores G‘aniyeva’s interpretation of women in the works of Alisher Navoi
and emphasizes the relevance of these images in contemporary literary and cultural discourse.
Through this lens, the article sheds light on the significant role of women in classical
literature and highlights the necessity of a modern perspective on traditional female characters.
Key words:
Suyima G‘aniye
va, classical literature, female image, Alisher Navoi, literary
analysis, symbolism, Uzbek philology, gender in literature.
Аннотация.
В статье анализируются женские образы в узбекской классической
литературе, раскрывается их художественно
-
эстетическое содержание, духовная и
философская сущность. В частности, на основе научных исследований Суйимы Ганиевой
освещается роль женского образа в обществе, его моральные качества и высокий
статус как символа. В статье анализируется уникальный подход Ганиевой к
интерпретации женских образов в произведениях Навои. Также обсуждается связь этих
образов с современным мышлением и их актуальность для сегодняшнего дня.
Исследование призвано по
-
новому взглянуть на классическое наследие и дает
глубокие аналитические соображения о роли женского образа в литературоведении.
Суйима Ганиева, классическая литература, женский образ, Алишер Навои,
литературный анализ, символизм, узбекская филология, гендер в литературе.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1016
Ключи слова:
Суйима Ганиева, классическая литература, женский образ, Алишер
Навои, литературный анализ, символизм, узбекская филология, гендер в литературе.
Kirish
O
‘
zbek klassik adabiyoti ko
‘
p asrlar davomida xalqimizning ma
’
naviy-ma
’
rifiy
taraqqiyotida muhim rol o
‘
ynagan. Bu adabiyotda ayol obrazlarining talqini, ularning
jamiyatdagi o
‘
rni, axloqiy-ma
’
naviy fazilatlari poetik obrazlar orqali yuksak darajada ifoda
etilgan. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi
mutafakkirlar asarlarida ayol siymosi nafaqat sevgi timsoli, balki aqlli, vafodor, mehribon va
muqaddas zot sifatida aks etadi.
Ushbu badiiy obrazlarni chuqur va tizimli tahlil
qilgan adabiyotshunos olima Suyima
G‘aniyeva bo‘lib, u o‘z ilmiy izlanishlarida ayol obrazining estetik va falsafiy mazmunini yoritib
bergan. Uning ilmiy qarashlari orqali biz klassik adabiyotdagi ayol timsollariga yangicha,
zamonaviy nuqtayi nazardan qarash imkoniyatiga ega bo
‘
ldik.
Klassik adabiyotimizda ayol obrazlarining badiiy talqini
Klassik adabiyotda ayol siymosi ko‘pincha go‘zallik, sadoqat, ma’naviy poklik, fidoyilik
kabi fazilatlar bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Alisher Navoiy g‘azallarida ayol obrazlari nafaqat
ilohiy muhabbat timsoli, balki komil inson g‘oyasining bir qismi sifatida ifodalanadi.
Ular shunchaki go‘zal ma’shuqalar emas, balki shoir qalbidagi ilohiy nurni aks ettiruvchi
ruhiy timsollardir. Masalan, Navoiy g‘azallarida ayol quyoshga, oyga, gulga, sharobga
o‘xshatiladi. Bu o‘xshatmalar orqali shoir nafaqat ayolning go‘zalligini, balki uning
ta’sirchanligini, ruhiy qudratini ko‘rsatadi. “Layli va Majnun” dostonida Layli obrazi go‘zallik
timsoli bo‘lishi bilan birga, aql va irodaning kuchini ham ifodalaydi. Suyima G‘aniyeva o‘z
tadqiqotlarida klassik adabiyotdagi ayol obrazlarini chuqur tahlil qilib, ularning tarixiy, ijtimoiy,
badiiy va falsafiy ahamiyatini ochib berdi.
Uning fikricha, ayol obrazlari orqali shoirlar jamiyatdagi axloqiy me’yorlarni belgilab,
ayol zotini muqaddaslik darajasiga ko‘targanlar. G‘aniyeva asarlarida ayol obrazlari ikki asosiy
yo‘nalishda tahlil qilinadi:1. Ideal ayol siymosi sifatida. 2. Ilm
-
ma’rifat va aql timsoli sifatida.
Bugungi kunda klassik adabiyotdagi ayol obrazlariga yangicha nazar bilan qarash ehtiyoji
kuchaymoqda. Gender tengligi, ayolning jamiyatdagi faolligi, ilm-
fan va ijtimoiy hayotdagi o‘rni
tobora oshib borayotgan hozirgi davrda, G‘aniyeva tahlil qilgan klassik ayol obrazlari dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Suyima G‘aniyevaning izlanishlari bu borada yosh tadqiqotchilar uchun puxta nazariy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, u “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardagi
ayol siymolarini qadimiy rivoyatlar, diniy-
falsafiy manbalar, tarixiy sharoitlar bilan bog‘lab
tahlil qiladi. Bu yondashuv klassik adabiyotdagi ayol obrazlarini oddiy estetik qobiq emas, balki
murakkab falsafiy va madaniy hodisa sifatida ko‘rishga yordam beradi.
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.,140
-b.
2
G‘aniyeva S. Sharq mumtoz adabiyotida komillik konsepsiyasi. –
T.: Mumtoz so‘z, 2012.,200
-216b.
3
Alimova K. Dostonlarda ayol obrazlari: matn va kontekst.
–
T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 2023.,100
-
105b.
4
Alisher Navoiy. Xamsa (Layli va Majnun, Farhod va Shirin).,78-83b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1017
Suyima G‘aniyeva ilmiy maktabi doirasida bugungi kunda ham bir qancha tadqiqotchilar
klassik adabiyotdagi ayol obrazlarini yangi metodologiyalar asosida o‘rganmoqda. Xususan:
Xolida Ziyoyeva
–
Navoiy g‘azallaridagi ruhiy holatlar va ayolning psixologik portretlari
bo‘yicha tadqiqotlar olib brogan. Zilola Xo‘janova –
Mashrab va Hofiz she’riyatida ayol
obrazlari orqali ijtimoiy g‘oyalar aksini o‘rganmoqda. Dilbar Mamatova –
o‘zbek dostonlarida
ayollar faoliyati va ijtimoiy pozitsiyasini gender yondashuv asosida tahlil qilgan. Bu izlanishlar
Suyima G‘aniyeva tomonidan belgilangan metodologik yo‘nalishlarning bugungi
adabiyshunoslikda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolayotganini ko‘rsatadi.
Xulosa
O‘zbek klassik adabiyotidagi ayol obrazlari nafaqat sevgi timsoli, balki sabr, fidoyilik,
aql-zakovat va axloqiy yetuklik ramzi sifatida tasvirlangan. Layli, Shirin, Zulayho kabi siymolar
orqali adiblar ayolning ruhiy dunyosi va jamiyatdagi o‘rnini yuksak badiiylik bilan ifoda etganlar.
Akademik Suyima G‘aniyeva bu obrazlarni matnshunoslik, tarixiylik va estetik
yondashuvlar asosida chuqur tahlil qilib, ularning badiiy va ijtimoiy ahamiyatini ochib berdi.
Uning ilmiy qarashlari klassik asarlarga zamonaviy nuqtai nazardan yondashishga asos
bo‘ldi va bugungi tadqiqotchilar uchun muhim zamin yaratdi.
Shu bois klassik adabiyotdagi ayol
siymolarini o‘rganish bugungi kun uchun ham dolzarb ilmiy va ma’naviy ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
G‘aniyeva S. Alisher Navoiy va ayol obrazlari. –
Toshkent: Fan, 1979.
2.
G‘aniyeva S. Navoiy va Sharq mumtoz adabiyoti. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1991.
3.
Alisher Navoiy. Xamsa (Layli va Majnun, Farhod va Shirin).
4.
Karimov I. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.
5.
Qurbonov Sh. O‘zbek adabiyoti tarixi. –
T.: TDPU, 2015.
6.
Alimova K. Dostonlarda ayol obrazlari: matn va kontekst.
–
T.: O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi, 2023.
7.
Muhammadieva M. O‘zbek romantik she’riyatida ayol obrazi. –
T.: Fan va taraqqiyot,
2021.
8.
Ayniy S. Sharq ayoli siymosi mumtoz asarlarda.
–
Dushanbe, 2018.
9.
G‘aniyeva S. Sharq mumtoz adabiyotida komillik konsepsiyasi. –
T.: Mumtoz so‘z, 2012.
