Authors

  • Nodiraxon Hamidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108678

Keywords:

chet elliklar yurisdiksiya xalqaro fuqarolik protsessi huquqiy maqom xorijiy tajriba xalqaro yurisdiksiya.

Abstract

Mazkur maqolada chet ellik fuqarolar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalalari tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro shartnomalar va ayrim xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, AQSh, Rossiya Federatsiyasi hamda Fransiya qonunchilik tajribalari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, yurisdiksiya muammolari yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

background image

391

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

CHET ELLIKLAR ISHTIROKIDAGI ISHLAR BO‘YICHA YURISDIKSIYA

MASALALARI: MILLIY VA XALQARO TAJRIBA

Hamidova Nodiraxon Hamidjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15637310

Annotatsiya.

Mazkur maqolada chet ellik fuqarolar ishtirokidagi fuqarolik ishlari

bo‘yicha yurisdiksiya masalalari tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi,
xalqaro shartnomalar va ayrim xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, AQSh, Rossiya
Federatsiyasi hamda Fransiya qonunchilik tajribalari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganiladi.
Shuningdek, yurisdiksiya muammolari yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar.

chet elliklar, yurisdiksiya, xalqaro fuqarolik protsessi, huquqiy maqom,

xorijiy tajriba, xalqaro yurisdiksiya.

Аннотация.

В данной статье анализируются вопросы юрисдикции по

гражданским делам с участием иностранных граждан. В частности, рассматривается
законодательство Республики Узбекистан, международные договоры, а также
сравнительно-правовой анализ правоприменительной практики некоторых зарубежных
стран, включая Германию, США, Российскую Федерацию и Францию. Кроме того, в
работе приведены научные выводы и практические предложения по решению проблем,
связанных с юрисдикцией.

Ключевые слова.

иностранцы, юрисдикция, международный гражданский процесс,

правовой статус, зарубежный опыт, международная юрисдикция.

Abstract.

This article analyzes jurisdictional issues in civil cases involving foreign

citizens. In particular, it examines the legislation of the Republic of Uzbekistan, international
treaties, and conducts a comparative legal analysis of the legal practices of several foreign
countries, including Germany, the United States, the Russian Federation, and France. The study
also presents scholarly conclusions and practical recommendations for addressing jurisdiction-
related challenges.

Keywords.

foreigners, jurisdiction, international civil procedure, legal status, foreign

experience, international jurisdiction.

Kirish.

Hozirgi globalizatsiya va xalqaro savdo munosabatlarining kengayishi natijasida,

turli davlat fuqarolari ishtirokidagi fuqarolik ishlari soni oshmoqda. Ushbu vaziyatda qaysi
davlat sudining mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligini belgilovchi yurisdiksiya
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual
qonunchiligida chet elliklar ishtirokidagi ishlar uchun maxsus yurisdiksiya normalari mavjud,
ammo ular xalqaro standartlarga to‘liq mos emas.

Xalqaro huquq va chet elliklar ishtirokidagi ishlar: nazariy asoslar

Chet ellik shaxslarning fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalasi xalqaro

xususiyatga ega bo‘lib, huquqiy tartibga solishning dolzarb jihatlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro
yurisdiksiya bu – bir davlat sudlarining boshqa davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari ustidan
ish yuritish vakolatini aniqlashga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Ushbu masala xalqaro
fuqarolik protsessual huquqining markaziy institutlaridan biri bo‘lib, u orqali suverenitet, tenglik,
adolat va fuqarolarning huquqiy kafolatlari ta’minlanadi. Xalqaro huquqiy amaliyotda


background image

392

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

yurisdiksiya quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:

Eksklyuziv yurisdiksiya (exclusive jurisdiction)

– faqat bitta davlat sudlarigagina

tegishli bo‘lgan yurisdiksiya (masalan, ko‘chmas mulk joylashgan davlat sudlari yurisdiksiyasi).

Umumiy yurisdiksiya (general jurisdiction)

– fuqaro yoki kompaniyaning yashash

yoki ro‘yxatdan o‘tgan joyiga asoslangan yurisdiksiya.

Maxsus yurisdiksiya (specific jurisdiction)

– javobgarning biror konkret faoliyati,

shartnoma tuzishi yoki huquqbuzarlik sodir etishi asosida aniqlanadigan yurisdiksiya.

Shartnomaviy yurisdiksiya (prorogation of jurisdiction)

– tomonlar o‘zaro kelishuv

asosida biror davlat sudini vakil qilib belgilashlari.

Bundan tashqari

,

xalqaro yurisdiksiya masalasi ko‘plab xalqaro shartnomalarda

mustahkamlangan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi.

Bryussel I reglamenti (Council Regulation (EC) No 44/2001)

– Yevropa Ittifoqi

davlatlari o‘rtasida sud yurisdiksiyasini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblaib, unga ko‘ra,
fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha yurisdiksiya javobgarning doimiy yashash joyiga asoslanadi.

Gaaga konvensiyalari

– 2005-yilda qabul qilingan "Choice of Court Agreements"

konvensiyasi orqali shartnomaviy yurisdiksiya bo‘yicha xalqaro mexanizmlar ishlab chiqilgan.

BMTning xalqaro xususiy huquq komissiyasi (UNCITRAL)

tomonidan ishlab

chiqilgan model qonunlar va tavsiyalar.

O‘zbekiston ushbu xalqaro hujjatlarga to‘liq qo‘shilmagan bo‘lsa-da, ayrim prinsiplar

milliy qonunchilikka qisman inkorporatsiya qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksining 359-moddasiga muvofiq, chet ellik fuqarolarning huquqlari va
majburiyatlari milliy fuqarolar bilan teng asosda himoya qilinadi

1

.

Xalqaro yurisdiksiya prinsiplari

Ilmiy adabiyotlarda xalqaro yurisdiksiyaning quyidagi asosiy prinsiplari qayd etiladi:

Lex fori (mahalliy huquq)

– yurisdiksiyaga ega bo‘lgan sud mahalliy qonunlarni

qo‘llaydi.

Lex loci delicti commissi

– huquqbuzarlik sodir etilgan joy qonuni bo‘yicha yurisdiksiya

belgilanadi.

Domicile and habitual residence

– doimiy yashash joyi yoki yashash odati asosida

yurisdiksiya belgilanadi.

Forum non conveniens

– ayrim davlatlarda (ayniqsa, AQSh va Buyuk Britaniya)

noqulay sud joyi (ya’ni boshqa qulayroq sud borligi) sababli yurisdiksiyani rad etish amaliyoti
mavjud.

Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik nizolarini hal etishda har bir davlat o‘zining

huquqiy tizimiga mos yurisdiksiya qoidalarini ishlab chiqqan. Quyida Germaniya, AQSh va
Rossiya Federatsiyasi misolida ushbu qoidalar qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi.

Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi

Germaniyada fuqarolik yurisdiksiyasi Federal Fuqarolik protsessual kodeksi –

Zivilprozessordnung (ZPO)

bilan tartibga solinadi. Chet elliklar ishtirokidagi da’volarda

yurisdiksiya quyidagi asosiy qoidalarga tayangan holda belgilanadi:

Umumiy yurisdiksiya

– ZPOning 12–17-moddalariga muvofiq, da’vo javobgarning

doimiy yashash joyi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Maxsus yurisdiksiya

– 32–35-moddalar asosida javobgarning ma’lum huquqiy harakati

1

Oʼzbekiston Respublikasining 2018 yil 23 yanvardagi «Fuqarolik prtosessual kodeksi» // Oʼzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2018


background image

393

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

yoki shartnomaviy munosabat asosida Germaniyada amalga oshirilgan ishlar asosida aniqlanadi.

Shartnomaviy yurisdiksiya

– tomonlar oldindan tuzgan bitim orqali Germaniya

sudlarini vakil qilib belgilashi mumkin (ZPO §38).

Germaniya Yevropa Ittifoqi doirasidagi

Bryussel I Reglamenti

(va keyinchalik Bryussel

I bis – Regulation (EU) No 1215/2012) asosida xalqaro yurisdiksiyaga oid umumiy normalarni
qo‘llaydi. Bu esa, Germaniya sudlarining ko‘plab xalqaro ishlarni ko‘rib chiqish tajribasini
orttirishiga xizmat qilgan.

AQSh yurisdiksiya tizimi: shtatlar va federal yurisdiksiya o‘rtasidagi farq

Amerika Qo‘shma Shtatlari yurisdiksiya tizimi murakkab bo‘lib,

federal

va

shtat

sudlari

vakolatlariga ajralgan. Chet elliklar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya quyidagi
asosiy tamoyillar bilan belgilanadi:

Minimum contact doctrine

– AQSh Oliy sudi qaroriga ko‘ra (International Shoe

Co. v. Washington, 326 U.S. 310 (1945)), agar javobgar shtatda "asosli aloqaga ega" bo‘lsa,
sudda yurisdiksiya mavjud bo‘ladi.

Diversity jurisdiction

– AQSh Federal protsessual kodeksining 28 U.S.C. §1332

moddasiga muvofiq, agar da’vogar va javobgar turli davlat fuqarolari bo‘lsa hamda da’vo
summasi 75 000 AQSh dollaridan oshsa, federal sud yurisdiksiyasi mavjud bo‘ladi.

Forum non conveniens

– agar boshqa sud yurisdiktsiyasi qulayroq bo‘lsa, sud

da’voni ko‘rishdan bosh tortishi mumkin (Piper Aircraft Co. v. Reyno, 454 U.S. 235 (1981)).

AQShda chet ellik yuridik shaxslar bilan bog‘liq ishlar ko‘pincha arbitraj orqali hal

qilinadi. Shuningdek, AQSh 1958-yilgi

Nyu-York Konvensiyasi

ishtirokchisi bo‘lib, xorijiy

arbitraj qarorlarini tan oladi.

Rossiya Federatsiyasining yurisdiksiya tajribasi

Rossiyada chet elliklar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya

Arbitraj

protsessual kodeksi (APK RF)

va

Fuqarolik protsessual kodeksi (GPK RF)

bilan tartibga

solinadi.

APK RFning 247-moddasi

ga asosan, – agar javobgar Rossiyada doimiy yashasa

yoki Rossiyada mulki bo‘lsa, Rossiya sudlari yurisdiksiyaga ega bo‘ladi.

248-modda

ga muvofiq, – Rossiyada joylashgan filial yoki vakolatxona orqali ish

yuritilayotgan bo‘lsa ham Rossiya yurisdiksiyasi qo‘llaniladi.

Shartnomaviy yurisdiksiya

– chet el tomonlar bilan shartnomada Rossiya sudlari

ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu yurisdiksiyani asoslaydi.

Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik protsessual kodeksi (GPK RF) 402–409-

moddalari

– chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarda

yurisdiksiya masalalarini belgilaydi.

Rossiya chet ellik investorlar bilan bog‘liq yurisdiksiyalarda odatda Moskva arbitraj

sudini, xalqaro arbitraj markazlarini va ba'zida ICDR (International Centre for Dispute
Resolution)ni tanlaydi.

Ilmiy va amaliy muammolar tahlili

O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi xorijiy element ishtirokidagi fuqarolik ishlari

yurisdiksiyasini alohida tartibda belgilagan bo‘lsa-da, amaliyotda bir qator murakkabliklar va
normativ bo‘shliqlar mavjud. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual
kodeksining 359–363-moddalari xorijiy shaxslar ishtirokidagi da’volarni ko‘rib chiqishda
qo‘llaniladi. Biroq:

Fuqarolik protsessual kodeksi 360-moddasida

chet el fuqarolari huquqiy tenglik


background image

394

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

asosida himoya qilinishini belgilasa-da, bu prinsipni amaliyotda ta’minlash bo‘yicha aniq
mexanizmlar mavjud emas.

Kodeks 363-364-moddalari

xalqaro shartnomalarning ustuvorligini tan olsa-da,

O‘zbekiston barcha dolzarb xalqaro konvensiyalarga a’zo emas (masalan, Gaaga konvensiyasi,
Bryussel Reglamenti).

Yurisdiksiya kolliziyasi

holatlarida qaysi davlat sudiga ustuvorlik berilishi noaniq. Bu

esa sudlarga noto‘g‘ri da’vo arizalarini yuborishga sabab bo‘lmoqda.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, O‘zbekiston qonunchiligida chet ellik shaxslarning

subyektiv huquqlarini himoya qilishda huquqiy aniqlik yetarli emasligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sudlar chet el taraflar ishtirokidagi fuqarolik

ishlarda bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yishmoqda, xususan,

Sudlar xalqaro yurisdiksiya prinsiplarini kam qo‘llaydi

, aksariyat hollarda “doimiy

yashash joyi” yoki “javobgarning joylashgan manzili” prinsipiga cheklanib qoladi.

Shartnomaviy yurisdiksiya to‘liq tan olinmaydi

yoki unga qarshi protsessual e’tirozlar

beriladi. Ayrim sudlar xalqaro arbitrajga yuborilgan masalalarda ham yurisdiksiyani ushlab
qoladi.

Chet elliklar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha

protsessual muvofiqlashtirish va tarjima

muammolari

mavjud. Xususan, xorijiy hujjatlarning notarial tasdiqlanishi, apostil masalalari,

xorijiy davlatda chiqarilgan qarorlarning tan olinishi murakkab jarayonlarga to‘qnash keladi.

Masalan, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2023-yilgi qarorida bir chet

el kompaniyasining da’vosi sud yurisdiksiyasidan chiqib ketgan, deb rad etilgan bo‘lsa-da,
shartnomada O‘zbekiston sudlarining yurisdiksiyasi ko‘rsatilgan bo‘lgan.

Taklif va tavsiyalar

Chet elliklar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha yurisdiksiya masalasini samarali tartibga solish

va xalqaro amaliyotga moslashtirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari suramiz:

Normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish

Fuqarolik protsessual kodeksining 359–372-moddalarini kengaytirish

va ularga

xalqaro shartnomalardagi yurisdiksiya prinsiplarini qo‘shish (masalan, “forum non conveniens”,
“minimum contact” kabi).

Shartnomaviy yurisdiksiya tamoyilining mustahkamlab qo‘yilishi

– tomonlar

ixtiyoriy ravishda chet el yoki arbitraj sudini tanlagan hollarda, milliy sudlar bu qarorni to‘liq tan
olishi va hurmat qilishi kerak.

Xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish
2005-yilgi Gaaga konvensiyasi (Choice of Court Agreements)

va boshqa yurisdiksiya

va sud qarorlarini tan olishga oid konvensiyalarga qo‘shilish;

Nyu-York Konvensiyasi (1958)

bo‘yicha milliy qonunchilikda aniq protsessual

mexanizmlar joriy qilish.

Sud amaliyotini yaxshilash
Chet elliklar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini

shakllantirish

, ularning xorijiy huquq va xalqaro arbitraj bo‘yicha bilimini oshirish;

Sud qarorlarining yagona reestri

da chet elliklar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha

qarorlarni alohida yuritish, bu orqali amaliyotda yagona yondashuv shakllantiriladi.

Huquqiy ishonch va investitsion muhitni mustahkamlash

Xorijiy sarmoyadorlarga yurisdiksiya kafolatlari beruvchi maxsus qonun

qabul

qilish (masalan, “Chet ellik investorlar huquqlarini sud tartibida himoya qilish to‘g‘risida”gi


background image

395

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

qonun);

Xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini soddalashtirish

arbitraj qarorlarini tan olishni rad etish asoslarini aniq va chegaralangan holatlarga qisqartirish.

Xulosa

Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalasi bugungi

kunda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy islohoti va xalqaro huquqiy integratsiyasi
jarayonida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Germaniya, AQSh, Rossiya va Fransiya tajribalari shuni
ko‘rsatmoqdaki, yurisdiksiya masalasida aniq normalar, shaffof protsessual qoidalar va xalqaro
hamkorlikka tayangan mexanizmlar samarali ishlaydi.

O‘zbekiston qonunchiligi va sud amaliyotida bu yo‘nalishdagi mavjud bo‘shliqlarni

bartaraf etish, xalqaro shartnomalarga qo‘shilish, shartnomaviy yurisdiksiyaga hurmat ko‘rsatish
va xorijiy sarmoyadorlar uchun huquqiy kafolatlar yaratish zarur.

REFERENCES

1.

Абдуллаев Н.С. Халқаро хусусий ҳуқуқ. – Т.: «Ҳуқуқ», 2023. – 520 б.

2.

Расулов М.А. Халқаро хусусий ҳуқуқ ва унинг амалиётда қўлланилиши. – Т.:
ТДЮУ, 2022.

3.

Dicey, A.V. Conflict of Laws. – London: Sweet & Maxwell, 2006. – Vol. 1. – 890 p.

4.

Basedow, J. The Law of Open Societies: Private Ordering and Public Regulation in the
Conflict of Laws. – Oxford: Oxford University Press, 2015. – 412 p.

5.

Bogdan, M. Private International Law as Component of the Law of the Forum. – The
Hague: Kluwer Law International, 2012. – 294 p.

6.

Zivilprozessordnung

(ZPO)

der

Bundesrepublik

Deutschland.

Berlin:

Bundesministerium der Justiz, 2024.

7.

United States Code, Title 28: Judiciary and Judicial Procedure. – U.S. Government
Publishing Office, 2024.

8.

Code de procédure civile (France). – Paris: Dalloz, 2023.

9.

Арбитражный процессуальный кодекс Российской Федерации. – М.: Проспект,
2024.


References

Абдуллаев Н.С. Халқаро хусусий ҳуқуқ. – Т.: «Ҳуқуқ», 2023. – 520 б.

Расулов М.А. Халқаро хусусий ҳуқуқ ва унинг амалиётда қўлланилиши. – Т.: ТДЮУ, 2022.

Dicey, A.V. Conflict of Laws. – London: Sweet & Maxwell, 2006. – Vol. 1. – 890 p.

Basedow, J. The Law of Open Societies: Private Ordering and Public Regulation in the Conflict of Laws. – Oxford: Oxford University Press, 2015. – 412 p.

Bogdan, M. Private International Law as Component of the Law of the Forum. – The Hague: Kluwer Law International, 2012. – 294 p.

Zivilprozessordnung (ZPO) der Bundesrepublik Deutschland. – Berlin: Bundesministerium der Justiz, 2024.

United States Code, Title 28: Judiciary and Judicial Procedure. – U.S. Government Publishing Office, 2024.

Code de procédure civile (France). – Paris: Dalloz, 2023.

Арбитражный процессуальный кодекс Российской Федерации. – М.: Проспект, 2024.