432
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
XALQARO HUQUQDA QOCHOQLAR TUSHUNCHASI VA ULARNING
MAQOMINI BELGILOVCHI ASOSIY PRINSIPLAR
Rayimjonov Ilhomjon Imomali o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti,
Xalqaro huquq va inson huquqlari mutaxassisligi magistranti.
rayimjonovilxomjon2001@gmail.com
Telefon raqami: +998 90 585 15 03
https://doi.org/10.5281/zenodo.15651971
Annotatsiya.
Mazkur maqolada xalqaro huquqda qochoqlik tushunchasining nazariy va
huquqiy asoslari, shuningdek, ushbu maqomni belgilovchi asosiy prinsiplar tahlil etiladi.
Qochoq tushunchasining tarixiy shakllanishi, xalqaro normalar, xususan, 1951-yilgi Qochoqlar
maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va 1967-yilgi Protokolning mazmuni hamda UNHCR
tomonidan berilgan ta’riflar asosida qochoqlik maqomining huquqiy elementlari aniqlanadi.
Mavzuga oid zamonaviy yondashuvlar, xalqaro olimlarning ilmiy mulohazalari va xalqaro
huquq doirasida qochoq tushunchasi hamda uning maqomini aniqlashda qo‘llanilayotgan
prinsiplarning amaliy va konseptual ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar.
Xalqaro huquq, qochoqlik maqomi, taʼqib, boshpana huquqi, 1951-yilgi
Konvensiya, UNHCR, inson huquqlari, migratsiya, huquqiy maqom, ijtimoiy xavfsizlik,
prinsiplar.
Annotation
. This article analyzes the theoretical and legal foundations of the concept of
refugee status in international law, as well as the key principles that define this status. It
examines the historical evolution of the notion of "refugee" and identifies the legal elements of
refugee status based on international norms, particularly the 1951 Convention Relating to the
Status of Refugees, the 1967 Protocol, and definitions provided by UNHCR. The article also
explores modern approaches to the subject, scholarly opinions of international legal experts,
and the practical and conceptual significance of the principles applied in defining refugee status
within the framework of international law.
Keywords
: international law, refugee status, persecution, right to asylum, 1951
Convention, UNHCR, human rights, migration, legal status, social security, principles.
Аннотация
. В данной статье рассматриваются теоретические и правовые
основы понятия беженства в международном праве, а также ключевые принципы,
определяющие этот статус. Анализируется историческое формирование понятия
«беженец», выявляются правовые элементы статуса беженца на основе
международных норм, в частности, Конвенции о статусе беженцев 1951 года,
Протокола 1967 года и определений, представленных УВКБ ООН. Также освещаются
современные подходы к теме, научные мнения международных правоведов и
практическое и концептуальное значение применяемых принципов при определении
статуса беженца в рамках международного права.
Ключевые слова
: международное право, статус беженца, преследование, право на
убежище, Конвенция 1951 года, УВКБ ООН, права человека, миграция, правовой статус,
социальная защита, принципы.
Kirish
Qochoqlik
— bugungi globallashgan dunyoda inson huquqlari, davlatlar suvereniteti va
xalqaro xavfsizlikning kesishgan nuqtasida turgan murakkab va dolzarb masalalardan biridir. XX
433
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
asr mobaynida yuz bergan urushlar, qurolli mojarolar, etnik va diniy taʼqiblar natijasida
millionlab insonlar o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan. Bunday holatlar xalqaro
hamjamiyatni qochoqlar maqomini aniqlash va ularni himoya qilishga qaratilgan xalqaro-
huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishga undadi.
Xalqaro huquqda “qochoq” tushunchasi huquqiy jihatdan aniqlangan bo‘lib, u 1951-yilgi
“Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi” Konvensiya va 1967-yildagi Protokolda batafsil bayon
etilgan. Mazkur hujjatlar asosida, irq, din, millat, siyosiy e’tiqod yoki muayyan ijtimoiy
qatlamga mansublik sababli taʼqibdan qo‘rqib o‘z davlatidan tashqarida bo‘lgan va u yerda
himoyadan mahrum bo‘lgan shaxslar qochoq sifatida tan olinadi.
Zamonaviy xalqaro huquqshunoslikda qochoq maqomini belgilashda bir necha muhim
tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi. Jumladan, taʼqib tahdidi, asosli qo‘rquv, Konvensiyada qayd
etilgan sabablar, o‘z mamlakati hududidan tashqarida bo‘lish va davlat himoyasidan foydalana
olmaslik shartlari asosiy elementlar sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, turli olimlarning ilmiy
qarashlari, UNHCRning tavsiyalari hamda xalqaro sud qarorlari mazkur prinsiplarning
mazmunini aniqlashtiradi va amaliyotga moslashtiradi.
Maqolada qochoqlik tushunchasi nafaqat xalqaro huquqiy hujjatlar asosida, balki
zamonaviy ijtimoiy-siyosiy holatlar kontekstida ham yoritiladi. Ukraina, Suriya, Falastin kabi
davlatlarda yuzaga kelgan mojarolar, iqlim o‘zgarishi sababli joyidan ko‘chishga majbur bo‘lgan
insonlar holati, shuningdek, iqtisodiy, ekologik yoki ichki ko‘chirilgan shaxslar bilan bog‘liq
migratsion holatlar qochoqlikdan huquqiy jihatdan farqlanishi lozim bo‘lgan tushunchalar
sifatida baholanadi.
Mazkur maqolaning maqsadi — xalqaro huquqda qochoqlar tushunchasi va maqomini
belgilovchi asosiy prinsiplarga ilmiy yondashuv asosida aniqlik kiritish, mavjud huquqiy
manbalar, akademik qarashlar va xalqaro amaliyotni umumlashtirgan holda tahliliy asosda
yoritishdan iboratdir.
Ilmiy-nazariy qism
Qochoqlik masalasi bugungi global dunyoda inson huquqlarining himoyasi, davlat
suvereniteti va xalqaro xavfsizlik bilan bevosita bog‘liq muhim ijtimoiy-huquqiy muammolardan
biridir. XX asrda yuz bergan ikki jahon urushi, mahalliy qurolli mojarolar, irqiy va diniy
ta‘qiblar natijasida millionlab odamlar o‘z vatanlarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ushbu
holatlar xalqaro hamjamiyatni qochoqlarning maqomi va ularning huquqlarini himoya qilishga
qaratilgan huquqiy asoslarni ishlab chiqishga undadi. Shu bois, “qochoq” tushunchasi xalqaro
huquqda alohida kategoriyaga ega bo‘lib, u xalqaro konvensiyalar, regional kelishuvlar va
davlatlarning milliy qonunchiliklarida o‘z aksini topgan.
Ukrainada, Falastindagi urushlar zaminida Britaniya va boshqa Yevropa davlatlariga
qochib borayotgan shaxslarni, Suriya va Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik sabab o‘z
mamalakatining huquqiy himoyasidan foydalana olmayotgan shaxslarni haqiqiy “qochoqlar” deb
atash mumkin.
Xalqaro huquqda qochoq maqomi, birinchi navbatda, 1951-yilgi "Qochoqlar maqomi
to‘g‘risida"gi Konvensiya va uning 1967-yildagi Protokoli asosida belgilanadi. Mazkur
Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra:
434
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Qochoq
— “irq, din, millat, muayyan ijtimoiy qatlamga mansublik yoki siyosiy e‘tiqodi
sababli ta‘qibdan qo‘rqib, o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan davlat hududidan tashqarida bo‘lgan va
o‘z davlatining himoyasidan foydalanolmaydigan yoki bu himoyani istamaydigan shaxs” sifatida
belgilanadi
1
.
Shu bilan birga, UNHCR tomonidan tayyorlangan qo‘llanmalarda xalqaro huquqda
qochoqlar tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Qochoq –
u kelib chiqqan mamlakatda siyosiy ta’qiblar, urush yoki qurolli mojarolar,
jamoat tartibsizliklari natijasida huquqlari va shaxsiy hayot daxlsizligi xavf ostida qolgan va o‘z
mamlakati tashqarisida bo‘lib turgan shaxslardir
2
”
Shuningdek, qochoq tushunchasiga ta’rif berishda xalqaro huquqdagi mashhur olimlar
ilmiy munozaralarini va konsrptual qarashlarini ham e’tiborga olish va tahlil qilish zarur.
Chunki, aynan ilmiy qarashlar huquq normalarining shakllanishida doimiy ahamiyat kasb etgan.
Xalqaro huquqda qochoqlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha minglab olimlar izlanish
olib bormoqda. Shulardan biri Katerina Jenson bo‘lib u o‘zining ilmiy asarlari qochoqlar sifatida
taqib yoki cheklovlar natijasida o‘z mamlakatining himoyasidan foydalana olmayotgan shaxslar
tushunilishini ta’kidlagan. U Brazilyada qochoq sifatida yashayotgan shaxslar bilan suhbatlar
o‘tkazib bu fikrni ilmiy va amaliy misollar bilan isbotlab bergan
3
.
Yana bir xalqaro huquq sohasidagi tadqiqotchi Sonia Lenegan tomonidan 2024-yilda
tahrirlangan maqolada qochoq ta’rifini quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkinligini keltirib
o‘tgan:
1) Xayoliy emas, balki asosli qo‘rquvga ega bo‘lish; 2) Yomon muomala ham quvg‘in
qilish bilan barobarligi; 3) Ta‘qib sabablari irq, din, millat, siyosiy fikr yoki muayyan ijtimoiy
qatlamga mansublik bilan bog‘liq bo‘lishi; 4) O‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lish; 5) O‘z
mamlakatida himoyaga ega bo‘lmaslik yoki ushbu himoyani xohlamaslik
4
.
Xalqaro huquq sohasidagi milliy olimalarimizdan G. Yuldasheva, N. Gafurova
tomonidan 2023-yilda chop etilgan “Inson huquqlari” nomli darslikda ular 1950-yillardagi
Afrikada yuz bergan qurolli mojarolar sonining oshishi va qurbonlar hajmining ko‘payishi
sababali qochoqlar masalasi yuzasidan mintaqaviy shartnoma ishlab chiqish va qabul qilishga
ehtiyoj tug‘ilganligini, natijada 1974-yilda ABTning Qochoqlar maqomining aniq jihatlari
bo‘yicha konvensiyasi kuchga kirganligini ta’kidlaydi. Ushbu konvensiyaning 1-modda 2-
bandiga ko‘ra, “Qochoq tushunchasi tashqi agressiya, okkupatsiya, xorijiy hukmronlik yoki
voqelik natijasida o‘zining odatiy yashash joyini o‘zgartirishga va o‘zining kelib chiqishi
mansublik yoki fuqaroviy bog‘liqlikda bo‘lgan mamlakatidan tashqarida boshpana izlashga
majbur bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi”
5
.
Shuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan olimalar va TDYUning boshqa mualliflar
jamoasi tomonidan chop etilgan 2018-yilgi Xalqaro huquq darsligida qochoqlar tushunchasi
xalqaro huquqda ilk bor Birinchi Jahon urushi davrida paydo bo‘lganligini ta’kidlanib, ushbu
atama faqatgina harbiy harakatlar sababli o‘z mamlakatlarini tark etgan jismoniy shaxslar
nisbatan qo‘llanilishi ta‘kidlab o‘tilgan. Xususan, 1926-yilda rus va arman millatiga mansub
1
https://www.unhcr.org/media/1951-refugee-convention-and-1967-protocol-relating-status-refugees
2
https://www.unhcr.org/sites/default/files/legacy-pdf/5aa290937.pdf
(The refugee concept under international law
Global compact for safe, orderly and regular migration (New York, 12-15 March 2018))
3
https://journals.sagepub.com/doi/full/10.1177/1536504221997861
4
https://freemovement.org.uk/what-is-the-legal-meaning-of-refugee/
5
https://drive.google.com/file/d/1Cy88THc6qq02JiK5yLgYKITHQr12fyPc/view
Yuldasheva, N. Gafurova:. Toshkent - 2023
435
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
qochoqlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish bo‘yicha Bitimda qochoqlar deb aniq kelib
chiqish ildiziga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarga aytilgan.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng 1948-yilning 20-avgustida Qochoqlar ishlari bo‘yicha xalqaro
tashkilot tuzildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi barcha qochoq maqomiga ega bo‘lgan
shaxslarga yordam ko‘rsatish hisoblangan. 1951-yilda ushbu tashkilot BMTning Qochoqlar
ishlari bo‘yicha Oliy Komissarining Boshqarmasi deb o‘zgartirildi.
Tasodifiy suhbatlarda yoki ommaviy axborot vositalarida "qochoq" so'zi ko‘pincha
fuqarolar urushi, ofat, ocharchilik yoki mojarolardan qochgan odamlarga nisbatan qo'llaniladi.
Ularni qochoqlar deb atashning hech qanday yomon joyi yo'q, lekin ular Qochoqlar to'g'risidagi
konventsiyadagi qochoqning qonuniy ta’rifiga mos kelishi shart emas. Hatto fuqarolar urushi
qurbonlari masalan, agar ular mojaroda hech bir tomon nishoniga aylanmagan, balki umumiy
xavfsizlik vaziyatidan qochib ketgan deb hisoblansa ham har doim ham qochoq maqomiga ega
bo‘lavermaydi.
Shuningdek, qochoqlikni boshqa migratsion holatlardan, jumladan, iqtisodiy migrantlar,
ichki ko‘chirilgan shaxslar yoki ekologik migratsiya bilan aralashtirmaslik lozim. Qochoqlik
xalqaro huquqiy maqomni anglatadi va shaxsga maxsus huquqiy himoya beradi. Masalan, ichki
ko‘chirilgan shaxslar (IDPs) — o‘z davlatining hududidan chiqmagan bo‘lib, xalqaro huquqda
qochoq maqomiga ega bo‘lmaydilar.
Shu sababli, bugungi kunda iqlim o‘zgarishi natijasida o‘z joyini tark etgan shaxslar
xalqaro huquqda
rasmiy "qochoq" maqomiga ega emas
, va bu ularning himoyasini
murakkablashtiradi. Bu muammo “huquqiy vakuum” deb nomlanadi va inson huquqlari nuqtai
nazaridan jiddiy tahdid tug‘diradi.
Boshpana huquqi — xalqaro huquqning eng qadimiy tamoyillaridan biri bo‘lib, u insonni
siyosiy, etnik, diniy, ijtimoiy sabablarga ko‘ra ta’qibdan himoya qilishni nazarda tutadi. Bu
prinsip 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
ning
14-moddasida quyidagicha aks etgan:
“Har bir inson ta’qibdan qochish va boshqa mamlakatlarda boshpana izlash hamda
undan foydalanish huquqiga ega.”
Bu tamoyil xalqaro-huquqiy jihatdan majburiy bo‘lmasada, u keyinchalik boshqa
majburiy hujjatlarda takrorlangan va rivojlantirilgan. 1951-yilgi
Qochoqlar maqomi
to‘g‘risidagi Konvensiya
da bu prinsip aniq aniqlik bilan qayd etilib, “qochoq” atamasiga
quyidagi asosiy elementlar kiritilgan:
Ob’ektiv xavf mavjudligi (ta’qib tahdidi);
Mamlakat hududidan chiqib ketish;
Himoya izlash niyati.
Huquqshunos
Guy S. Goodwin-Gill
ushbu prinsipga yondashib shunday ta’kidlaydi:
“Boshpana — bu faqat siyosiy iroda emas, balki xalqaro jamoatchilikning inson sha’ni
va xavfsizligiga hurmatini aks ettiruvchi konstitutsiyaviy ehtiyojdir
6
”
Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlarini tahlil qilish va xalqaro huquqda qochoqlarga
nisbatan berilgan qonuniy ta’riflardan kelib chiqqan holda qochoqlik maqomini belgilovchgi
quyidagi 5 asosiy prinsiplarni ajratib olamiz:
6
https://global.oup.com/booksites/content/9780199207633/resources/annexe2
G.S. Goodwin-Gill, The Refugee in
International Law, 3rd edition, 2007)
436
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
1. Taʼqib (Persecution)
Huquqiy doktrinada “taʼqib” qochoqlik maqomini asoslaydigan markaziy elementlardan
biri hisoblanadi. Ammo bu tushuncha xalqaro huquqda qat’iy ta’riflanmagan. Shu sababli, unga
turli huquqiy manbalar, xalqaro sud amaliyoti va BMT Qochoqlar Oliy Komissarligining
(UNHCR) talqinlari asosida mazmun beriladi. UNHCRning 2002-yilgi yo‘riqnomalarida taʼqib
quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
(1) inson huquqlari jiddiy buzilishi; (2) takroriy yoki
tizimli tus; (3) jismoniy, ruhiy, ijtimoiy zarar yetkazilishi.
Taʼqib faqat davlat tomonidan emas, balki davlat nazorati ostidagi guruhlar, qurolli
harakatlar, ijtimoiy guruhlar, hatto oilaviy bosim orqali ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan,
ayollarga nisbatan majburiy nikoh, genderga asoslangan zo‘ravonlik yoki ba’zi jamiyat
vakillariga nisbatan tahdidlar — bularning barchasi xalqaro miqyosda taʼqib sifatida tan
olinmoqda.
Yana bir muhim holat — ayrim holatlarda iqtisodiy bosim ham taʼqib shaklida ko‘rilishi
mumkin. Masalan, diniy e’tiqod sababli shaxsga taalluqli barcha ijtimoiy va iqtisodiy
imkoniyatlar cheklansa, bu ham taʼqib darajasiga yetishi mumkin. Bu holat Kanada Federal Sudi
(Singh v. Minister of Employment and Immigration) yoki Yevropa Ittifoqi Sudi (Y.A. and
Others v. Germany) qarorlarida keng talqin qilingan.
2. Konvensiyaviy sabablar (Convention Reasons)
Qochoqlik huquqining ajralmas sharti bu — taʼqibning sababi Konvensiyada belgilangan
5 asosdan biriga bog‘liq bo‘lishidir. Xalqaro huquqda bu sabablar
diskriminatsion asosli taʼqib
bo‘lishi zarur degan talqinda qabul qilingan.
Irq
Irqiy asosda taʼqib, asosan, etnik guruhga mansublik asosida sodir bo‘ladi. Bu holat
Janubiy Afrika Respublikasidagi aparteid rejimi yoki Myanmada rohinga musulmonlariga
nisbatan taʼqiblar misolida ko‘riladi.
Din
Diniy e’tiqod uchun jazolash, diniy libosni taqiqlash, ibodat qilish imkonini cheklash —
bularning barchasi din asosidagi taʼqib hisoblanadi. UNHCR diniy e’tiqod faqat ichki ishonch
emas, balki uni amalda bajarish huquqini ham qamrab olishini ta’kidlaydi.
Millat
Millat bu yerda “fuqarolik” emas, balki madaniy, etnik yoki tarixiy birlikni anglatadi.
Masalan, kurdlarga nisbatan ayrim mintaqalardagi siyosiy bosimlar milliy asosdagi taʼqib
sifatida ko‘rilgan.
Muayyan ijtimoiy guruhga mansublik
Bu sabab eng ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Ko‘plab davlatlar bu toifani ancha tor
talqin qilgan bo‘lsa, xalqaro huquqshunoslar va UNHCR uni kengroq talqin qilish tarafdori.
Gender, jinsiy orientatsiya, oilaviy nasab, nogironlik — bu guruhlar zamonaviy sud qarorlarida
ijtimoiy guruh deb tan olingan.
Siyosiy qarashlar
Bu nafaqat faol siyosiy ishtirokni, balki mavjud rejimga nisbatan tanqidiy fikr
bildirganlikni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mustaqil jurnalistlar, faollar yoki norozilik
namoyishlarida qatnashgan shaxslar ham bu toifaga kiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, taʼqibning sababi ushbu beshlikdan tashqarida bo‘lsa, hatto
jinoyat darajasidagi tahdid bo‘lsa ham, qochoq maqomi avtomatik tarzda taqdim etilmaydi. Bu
holat “subsidiar himoya” yo‘li bilan hal qilinadi (masalan, Yevropa Ittifoqi doirasida).
437
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
3. O‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lish (Outside Own Country)
Konvensiyaga ko‘ra, shaxs faqatgina o‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lgan holatda
qochoq sifatida tan olinadi. Bu prinsip xalqaro huquqning suverenitet tamoyiliga tayanadi —
ya’ni davlat o‘z ichki masalalarini o‘zi hal qiladi, xalqaro jamoatchilik esa faqat tashqariga
chiqqan shaxslar bilan shug‘ullanadi.
Shuning uchun, o‘z mamlakati ichida taʼqibdan qochgan shaxslar
ichki ko‘chirilganlar
(IDPs) deb ataladi va ular qochoq maqomini olmaydi. BMT bu guruhga boshqa mexanizmlar
orqali yordam beradi (masalan, OCHA yoki UNHCR tomonidan maxsus dasturlar orqali).
Shuningdek, agar bir shaxs bir nechta fuqarolikka ega bo‘lsa, u boshqa fuqaroligiga ega
davlatdan himoya qidirgan bo‘lishi zarur. Aks holda, “real alternativ himoya” mavjud bo‘lsa,
unga qochoq maqomi berilmaydi.
4. Davlat himoyasining mavjud emasligi (No Protection)
Bu prinsip qochoqlikning klassik huquqiy asosidir. Shaxs taʼqibdan qochib, o‘z davlati
yoki uning institutsiyalaridan yordam ololmasa yoki olishni istamasa, u xalqaro miqyosda
himoya so‘rashi mumkin.
Taʼqib faqat davlat tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin, lekin agar davlat ushbu
harakatlarga qarshi hech qanday chora ko‘rmasa, bu ham Konvensiya nuqtai nazaridan qabul
qilinadi. Masalan, biror shaxs irqiy zo‘ravonlikka uchrab, mahalliy huquq-tartibot organlari uni
himoya qilmasa yoki aksincha, taʼqibchilarning o‘ziga aylanib qolsa, bu holda u “davlat
himoyasidan mahrum” deb topiladi.
Bu yerda “himoyaning mavjud emasligi” degani faqat huquqiy himoya emas, balki
amaliy, real himoyaning yo‘qligidir. Shaxs o‘z davlatida qonuniy jihatdan himoyaga ega bo‘lishi
mumkin, lekin amalda huquqlari taʼminlanmasa, bu maqom unga tatbiq qilinmaydi.
5. Asosli qo‘rquv (Well-Founded Fear)
Qochoqlik maqomining eng nozik va subyektiv elementi bu — asosli qo‘rquvdir. Ushbu
prinsip bir vaqtning o‘zida
shaxsning subyektiv hissiyoti
va
mavjud obyektiv shart-
sharoitlar
ni birlashtiradi.
Qo‘rquv “asosli” deb tan olinishi uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
O‘tmishda taʼqibga uchrash holatlari;
Shunga o‘xshash holatlarga duch kelgan boshqalar misollari;
Inson huquqlari tashkilotlari, BMT hisobotlari orqali tasdiqlangan xavfli muhit;
Shaxsning irqiy, diniy, siyosiy yoki ijtimoiy toifaga mansubligi sababli xavfda bo‘lishi.
Qo‘rquvning isbotlanishi mutlaq dalillarni emas, balki
o‘rtacha oqilona kuzatuvchining
ishonchiga sazovor darajada
bo‘lishi kerak. Kanada Oliy Sudi (Pushpanathan v. Canada) bu
tamoyilni mustahkamlagan: “Shaxs qo‘rquvni his qilishi yetarli emas, u o‘z qo‘rquvini dalillarga
asoslash imkoniga ega bo‘lishi zarur.”
Asosli qo‘rquv gender, yosh yoki jinsiy orientatsiyaga ko‘ra turlicha talqin qilinishi
mumkin. Masalan, ayollar yoki bolalar o‘z ijtimoiy holatlari sababli alohida qo‘shimcha xavf
ostida bo‘lishlari mumkin va bu ularning asosli qo‘rquvini kuchaytiradi.
Qochoqlik maqomini belgilovchi beshta asosiy prinsip —
taʼqib, konvensiyaviy
sabablar, o‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lish, davlat himoyasining mavjud emasligi va
asosli qo‘rquv
— xalqaro boshpana huquqining negizini tashkil qiladi. Ushbu mezonlar 1951-
yilgi BMT Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi Konvensiyasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular
xalqaro huquqning muhim elementlari hisoblanadi.
Birinchidan,
taʼqib
— bu shaxsning inson sifatida yashash, erkinlik va xavfsizlik
438
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
huquqlarining jiddiy buzilishi shaklidir. U keng doirada talqin qilinib, nafaqat davlat, balki
nodavlat subyektlar tomonidan sodir etilgan holatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu tahlil amaliyotda
gender asosida, diniy e’tiqod, irqiy ajratish, siyosiy qarashlar asosida taʼqiblar kabi holatlarda
keng qo‘llanilmoqda.
Ikkinchidan,
konvensiyaviy sabablar
— taʼqibning o‘zi yetarli emas, u BMT
Konvensiyasida ko‘rsatilgan sabablardan biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi shart. Bu sabablar
qochoq maqomini inson huquqlari va diskriminatsiyaga qarshi kurash tamoyillari bilan
bog‘laydi. Ayniqsa, “muayyan ijtimoiy guruh” tushunchasining zamonaviy talqinlari ushbu
prinsipni doimo kengaytirib bormoqda.
Uchinchidan,
shaxsning o‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lishi
— qochoqlik
maqomining huquqiy chegarasini belgilaydi. Bu prinsip davlat suvereniteti tamoyiliga mos holda
xalqaro jamoatchilik aralashuvi chegarasini aniqlaydi. Boshpana instituti ichki ko‘chirish va
xalqaro qochoqlik o‘rtasidagi farqni aniq ajratib turadi.
To‘rtinchidan,
davlat himoyasining yo‘qligi
— qochoqlik institutining asosiy maqsadi
— himoya funktsiyasini belgilaydi. Shaxs faqat taʼqibga uchragani uchun emas, balki uni
himoya qilishga qodir bo‘lgan davlatning yo‘qligi sababli ham xalqaro himoyani talab qiladi. Bu
tamoyil xalqaro mas’uliyatni asoslaydi.
Nihoyat,
asosli qo‘rquv
— bu subyektiv va obyektiv mezonlarni birlashtirgan kompleks
tamoyildir. U shaxsiy hissiyot bilan real vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilishga
asoslanadi. Bu qo‘rquv shunchaki xavotir emas, balki faktlar, tajriba va ishonchli manbalarga
asoslangan bo‘lishi lozim. Qo‘rquvning asosli ekanligini baholashda insonparvarlik yondashuvi
yetakchi rol o‘ynaydi.
Umuman olganda, ushbu beshta prinsip xalqaro qochoqlik tizimini tartibga solishda ham
nazariy, ham amaliy jihatdan hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularning to‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat inson
huquqlarini himoya qiladi, balki davlatlararo solidaritet, xalqaro mas’uliyat va insonparvarlik
tamoyillarining amalda ifodasi sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, bu prinsiplarga tayangan holda xalqaro va milliy boshpana siyosatining
rivojlanishi, sud-huquq amaliyoti va qonunchilik asoslarining mustahkamlanishi ta’minlanadi.
Shu bois, har bir prinsip nafaqat huquqiy vosita, balki insoniy qadr-qimmatni saqlab qolish
yo‘lidagi universal mexanizm sifatida qaralishi lozim.
REFERENCES
1.
1951 Convention Relating to the Status of Refugees.
2.
1967 Protocol Relating to the Status of Refugees.
3.
https://www.unhcr.org/sites/default/files/legacy-pdf/5aa290937.pdf
under international law Global compact for safe, orderly and regular migration (New
York, 12-15 March 2018))
4.
https://journals.sagepub.com/doi/full/10.1177/1536504221997861
https://freemovement.org.uk/what-is-the-legal-meaning-of
refugee/https://drive.google.com/file/d/1Cy88THc6qq02JiK5yLgYKITHQr12fyPc/view
Inson huquqlari – DARSLIK. G. Yuldasheva, N. Gafurova:. Toshkent – 2023
7.
https://global.oup.com/booksites/content/9780199207633/resources/annexe2
G.S.
Goodwin-Gill, The Refugee in International Law, 3rd edition, 2007)
8.
O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi.
9.
