Authors

  • Nilufar Fatullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108730

Keywords:

real unsurlar noreal obraz Jajman ramz nafs timsollar tasavvuf Zardushtiylik falsafa hikoya.

Abstract

Ushbu maqolada Xurshid Do'stmuhammadning "Jajman" hikoyasida real va noreal unsurlar uyg‘unligi badiiy tahlil qilinadi. Asarda ramzli obrazlar orqali inson ruhiyatining chuqur qatlamlari ochib berilgan. Ayniqsa, Jajman obrazi orqali muallif insoniyatdagi salbiy holatlar, nafs va ojizlikni falsafiy-estetik yondashuv bilan aks ettiradi. Maqolada shuningdek, hikoyadagi obrazlar talqini, timsollar, diniy va mifologik kontekstda yoritiladi.

background image

793

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

“JAJMAN” HIKOYASI SUJETIDA REAL VA NOREAL UNSURLARNING BADIIY

MANTIG‘I

Fatullayeva Nilufar Oqiljon qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti,

magistratura bo‘limi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

1-kurs magistranti

Ilmiy rahbar:

Ilyos Jo‘rayev

https://doi.org/10.5281/zenodo.15669849

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Xurshid Do'stmuhammadning "Jajman" hikoyasida real

va noreal unsurlar uyg‘unligi badiiy tahlil qilinadi. Asarda ramzli obrazlar orqali inson
ruhiyatining chuqur qatlamlari ochib berilgan. Ayniqsa, Jajman obrazi orqali muallif
insoniyatdagi salbiy holatlar, nafs va ojizlikni falsafiy-estetik yondashuv bilan aks ettiradi.
Maqolada shuningdek, hikoyadagi obrazlar talqini, timsollar, diniy va mifologik kontekstda
yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

real unsurlar, noreal obraz, Jajman, ramz, nafs, timsollar, tasavvuf,

Zardushtiylik, falsafa, hikoya.


Insoniyatning qismati umrining mazmuni o‘rganishdir. O‘rganish yo‘lida hech qanday

sa’y-harakatni kamsitish mumkin emas, lekin bir haqiqat borki, uni inkor etish qiyin. U haqiqat
juda oddiy va juda boqiy: inson dunyoni va o‘zini o‘rganishi uchun eng katta, eng beqiyos, eng
behisob va eng beminnat boyligi va ming afsuski, eng qadrsizi ham INSON. Xurshid
Do‘stmuhammad o‘z asarlarida ana shu INSONning eng ichki intim qatlamlarini tasvirlashga
intiladi. asarlarining yana bir o‘ziga xos jihati, ularda yozuvchi nazari yaqqol sezilib turadi.
Asarlarning barida, nafaqat, bir davr muammolari va ruhi, balki yuqorida aytganimiz, insonning
ruhiy kechinmalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, yozuvchi jumboqli hikoyalar yozishni ma’qul
ko‘radi. Qaysi ma’nodaki, uning hikoyalarida ramz va qahramonlar ruhiyati bir-birini to‘ldirib,
o‘zaro mutanosiblikda keladi. Yozuvchi ijodida "badiiy obraz" ko‘p o‘rinda "ramzli obraz"
sifatida talqin qilinadi. Uning ruhiyat tasvirini ifodalashda ramzlardan mohirona foydalanishi
orqali yaratilgan asarlaridan biri -

"Jajman"

hikoyasidir. “Jajman” hikoyasini yozishda

yozuvchi falsafiy dunyoqarashga tayanganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jajman, u kim yoki
nima-? Bu savol nafaqat kitobxonlarni, balki butun adabiyot ixlosmandlarini qiziqtirib qo‘ydi.
X.Do‘stmuhammad hikoyasida roviy mistik kuch, qahramonlar ko‘ngliga qo‘rquv urugʻini
qadovchi pinxoniy jajman. Buning sababi, muallif hikoyalarida real va noreal hayot birga,
uygʻunlikda tasvirlashi bo‘lsa kerak.

Hikoyada keltirilgan timdagi odamlar bilan jajman o‘rtasidagi munosabat go‘yoki,

Axuramazda va Axriman o‘rtasidagi kurashga ishora sifatida keltirilgandek. Zardusht bobo
rastasi yoniga to‘shalgan ko‘rpachaga obdon joylashib cho‘k tushayotib, bir narsadan
xavotirlangandek: "O‘zing madadkorsan, Axuramazda..." dedi shivirlab

1

. Hikoyada birgina

Jajman obrazi orqali insonga xos bo‘lgan ayrim salbiy holatlar, ojizlik jihatlari ham real
tasvirlarda o‘z ifodasini topadi. Ojizlik jihatlari deganimizda insonlarning gohida sinovlar oldida
ilojsiz qolishlarini nazarda tutyapmiz. Sababi, hikoyada timdagi odamlar ham ilojsiz va ojiz
qoladilar.

Hikoyaning mohiyati inson bor ekan, albatta, oq va qora, yaxshilik va yomonlik kabi

1

X.Do'stmuhammad. Beozor qushning qarg'ishi. – Т.- Sharq 2006. 154-bet; Keyingi o`rinlarda shu nashrga havola

qilinganda qavsda BQQ qisqartmasi va sahifa ko

‘rsatiladi.


background image

794

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

qarama-qarshiliklar mavjud bo‘ladi degan tushunchani ochib berishda ko‘rinadi. Hikoya
sarlavhasining o‘ziyoq kitobxonni qiziqtirib qo‘yadi. Nima uchun hikoya bunday nom oldi?
Tadqiqotchi olimlar ham bu masala borasida ko‘p mulohazalar yuritishgan. N.Dovurboyeva
Jajman atamasini “jajji” hamda “ya’juj- majuj”dan yasalgan, qabilida taxmin qiladi

2

. Har holda

uning izlanishlari e’tiborga loyiq. Ana shu yo‘nalishdagi kuzatuv usullarini Ulugʻbek Hamdam,
Jabbor Eshonqul, O‘rol Sodiq kabi adabiyotshunoslar tadqiqotlarida ham uchratamiz.

Har kim bilganicha jajman so‘ziga ta’rif berib o‘tdi. Biz ham bu masala yuzasidan o‘z

fikrlarimizni bildirib o‘tamiz. Atrofimizdagi insonlar o‘rtasida jlovchi va ylovchi sheva vakillari
ham uchrab turadi. Issiq nonning orasini ajratib olib, unga saryogʻni aralashtirib iste’mol qilishni
“yajman” deb atashaganini ham eshitganmiz, albatta. O‘z-o‘zidan yajman va jajman o‘rtasida
qandaydir bogʻliqlik bordek tuyuladi. Shuningdek, “jajman” va “jajji man” so‘zlari orasida ham
o‘xshashlik borligi seziladi. Sababi, jajman haqiqatdan ham juda kichkina, atigi bir qarich. Lekin
hikoya so‘ngida ikki qarich jajmanning paydo bo‘lishi bu taxminimizning inkor tomoni. Biz
xohlaymizmi, yo‘qmi “Jajman” hikoyasi ham o‘xshashliklardan holi emas. Masalan, Alisher
Navoiyning “Xamsa”sidan joy olgan "Saddi Iskandariy" dostonining “Iskandar devorining
qurilishi” deb nom olgan qismida devsifat Ahraman va yebto‘ymas mahluq - ya’juj-majujlar
keltirilgan. A.Navoiy ularni “biri bir qarish bo‘lsa, yana biriniki o‘n quloch” - deya ta’riflaydi.
X.Do‘stmuhammad ham jajmanning bir qarich ekanligini qayd etadi. Bu o‘z-o‘zidan har ikkala
ijodkorning bir maxluq haqida fikr yuritayotganini belgilaydi.

Hikoyada ramzli obrazlar mahorat bilan tanlangan har bir obrazning ramzliligi uning

ruhiyatini ham ochib bergan. Ba’zi bir obrazlar asarda salbiy obraz sifatida tasvirlanishiga
qaramay, aslida u asar mohiyatini va gʻoyasini tashkil etishda asosiy yuk tashishi mumkinligini
muallif aynan, "Jajman" obrazi orqali ifodalashga harakat qilgan va bunga erishgan ham. Agar
jajman so‘ziga boshqacha yondashadigan bo‘lsak, “jajji man”, “jajji men”, ya’ni “kichkina men”,
“mening bir bo‘lagim” degan bir ma’no kelib chiqadi. Bu obrazni bir qarashdayoq nimaning
ramzi ekanligini bilgandek bo‘ladi kitobxon, chunonchi, u ochko‘zlik, tekinxo‘rlik nafs ramzi,
bir so‘z bilan norealistik obraz deyish mumkin. Haqiqatan ham, nafs insonning bir bo‘lagi.
Qarashlarimizning lekin tomoni ham borki, jajman o‘z ko‘rinishi orqali sotuvchi va xaridorlarni
ogohlantiryapti, yaxshilikka, halollikka chaqiryapti. Bu esa obrazning ijobiy tomoni va
yozuvchining ramzli obraz yaratishda alohida mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi.

Bu hikoya haqida matbuotda yaxshi fikrlar aytildi. Xususan, iste’dodli adabiyotshunos

G.Sattorova hikoyadagi yozuvchining voqelikni badiiy aks ettirishdagi obrazlar talqini uslubi
haqida to‘xtalar ekan, undagi badiiy obrazlar qanday holatda tasvir etilmasin ularda “milliy
xarakter yaratish yetakchilik” qilishni to‘gʻri qayd etadi.

3

Buni kitobxon asardagi asosiy realistik

obraz Jajman xarakteri talqinida ham va boshqa ramziy obrazlar chizgilarida ham ko‘radi. Shuni
ham qayd etish kerakki, adib hikoyalaridagi bir qator obrazlar ”Bozor”romanida ham
”faoliyat”olib borishiga zamin tayyorlaydi. Adabiyotshunos D. Quronov aynan “Jajman”dagi
maxluqning romandagi bozor ahli fikrini bayon etishda qo‘l kelganini alohida ta’kidlaydi

4

. Rus

adabiyotshunosi N. Dragomiretska: "Obraz voqelikni badiiy aka ettirish shakli, xarakter esa
obraz mazmuniga mansub kategoriyadir", -deb yozadi. Uning ta’kidlashicha, xarakter yaratishda
yozuvchilar turli usullardan foydalanadilar: a) bir toifa yozuvchilar badiiy xarakter
xususiyatlarini personaj nutqi orqali aks ettiradilar; b) boshqa yozuvchilarda badiiy obrazning

2

O'z AS. 2001 yil, 7 dekabr, № 51 (3636).

3

.Sattorova G. Milliy xarakter va badiiy talqin.-Toshkent.- Fan 2007.

4

Норматов. У, Қуронов Д. Романнинг янги умри.- Жаҳон адабиёти. - 2001, 3 сон


background image

795

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ma’lum predmetga munosabati xarakter yaratishda yetakchilik qiladi; v) uchinchi bir toifa
yozuvchilar badiiy obrazlarni tabiat qo‘ynida tasvirlash orqali xarakter yaratadilar

5

. Xurshid

Do‘stmuhammad "Jajman" hikoyasida yuqoridagi uch xususiyat birlashib yangi bir tamoyil -
badiiy obrazlarni gʻayrioddiy vaziyatlar qurshovida tasvir etish orqali milliy xarakter yaratish
tamoyilini yuzaga keltiradi.

Adib hikoyani aynan bozor tasviri bilan boshlaganida ham falsafiy obraz talqini guvohi

bo‘lamiz. "Jajman" hikoyasida bozor bu hayot ramzi sifatida tasvirlanadi. Jajman esa insonlar
vujudidan paydo bo‘lgan nafs timsolidir. Shu o‘rinda savol tugʻiladi. Nega yozuvchi nafsni
“Jajman” obrazi orqali tasvirlagan? Yozuvchi Jajmanni tasvirlayotganda uni sichqon, tulki
singari ochko‘z va ayyor hayvonlarga o‘xshatadi, biroq biror to‘xtamga kela olmaydi. Bu va
bundan keyin ro‘y beradigan barcha voqealar markazida Jajman turadi. Bu maxluq goh oshkora,
goh pinhon ravishda bozordagi savdogarlarning narsalarini o‘gʻirlaydi. Lahza o‘tmay birov
mayizidan, birov turshagidan, birov pulidan ayrilib qolaveradi. Bozor ahli faqat ko‘rgulik ro‘y
bergan daqiqalardagina, shunda ham bir lahza hushyor tortishadi. Jabrdiydani yupatgach,
o‘zlaricha yordam bergan bo‘lishadi. Zardusht bobo uchraganida ham ramziy ma’no bor.
Yozuvchi gʻoyasiga ko‘ra insoniyat hayotida yuz beradigan salbiy hodisalarni anglash uchun
avvalo pok qalb va iymon e’tiqod bo‘lishi kerak. Bozor ahli orasida esa bunday bahoga faqat
Zardusht bobo munosib ko‘ringan. Buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi
ichindadir” asarida bu haqda shunday yozilgan: “Inson gapiruvchi hayvondir”, deyishadi. Asl
ma’nosi shudir: “Insondagi hayvoniylikning ozuqasi shahvat qo‘zgʻotuvchi narsalar va
orzulardir, insoniylikning ozuqasi esa bilim, hikmat va Tangrining Jamolidir. Insonning insonligi
nafsdan, hayvonligi esa aqldan qochmogʻi ila belgilanadir.”

6

Bu aslida Rumiy o‘ylab topgan gap

ham emas, balki insoniyat hayotining mazmun va mohiyatidir. Bu hikmat mifologiyada ezgulik
va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, gʻarb falsafasida dialektik qonuniyat deb ataladi. Zarradek
yaxshilikdan eng ulugʻvor ezgulikkacha, misqoldek yomonlikdan eng tuban yovuzlikkacha mana
shu qonuniyatga bo‘ysunadi.

X.Do‘stmuhammad asarining yangiligi shundaki, u qadim Sharq-Zardushtiylik falsafasini

badiiy voqelikka singdirib yuborishga erishgan. Nafs ramzi orqali milliy xarakterning falsafiy
qiyofasini chizgan.Asarda Jajmandan boshqa biror obrazning portreti chizilmaydi. Yozuvchi
ularning barchasini o‘quvchining o‘z tasavvuriga havola qiladi. Jajmanning portretini esa
Zardusht bobo tilidan mukammal chizadi. Jajmanda yer yuzidagi barcha jonzodlar sifati
mujassam. Shu bois Zardusht bobo Jajmanni ko‘rgan ilk daqiqalarida uni nimaga o‘xshatishini
bilmay ikkilanib qoladi: "Bobo hiyla mahal maxluqni kuzatdi, uning qo‘li, ogʻzi tinmas, lekin
hali-beri to‘yadiganga ham o‘xshamasdi” Bobo shundagina bu gʻaroyib jonzotning basharasini
aniq-tiniq ko‘rdi “maxluqning ko‘zi, tumshugʻi, qulogʻi dam sichqonnikiga, dam tulkinikiga
o‘xshab tinimsiz tovlanar edi”. “Olmaxon-ku!” deb yubordi ichida bobo shu zahoti bosh chayqab
tulkiminan sichqondan tarqalgan ko‘rinadi”, “yo odamdan tarqalganmikan?!” deb o‘yladi va
beixtiyor shak keltirib qo‘ygandek yoqasini tupladi”.

7

Bizningcha, bu o‘rinda yozuvchi yana

ramzga murojaat qiladi. Jajmanning bir paytning o‘zida ham hech narsaga ham biror narsaga
o‘xshashi-nafsning jonli mavjudot uchun xarakterli ekaniga ishora. Chunki nafs berilmagan
maxluqning o‘zi yo‘q. Shu bilan birga nafs talab ehtiyoji chegarasiz. Unga qancha erk berilsa,

5

Драгомирецкая. Н Характер в художественной литературе. Проблемь теория литератури, Москва:Наука,

1958, С. 132 133.

6

Rumiy Jaloliddin.Ichindagi ichindadur (Turk tilidan U.Аbduvahob tarjimasi) Toshkent: Yozuvchi. 1997.57-bet.

7

(BQQ, 154)


background image

796

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

shuncha ehtiyoji ortaveradi. Jajman deb atalgan maxluq ham xuddi shunday xususiyatga ega.

Ramziylik nuqtayi nazaridan bozor bu insoniyatning hayot tarzi, hikoyada tasvirlangan

tim devori yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi chegara. Bu devor tinimsiz gursillab turadi. Uning
orqasida yashaydigan Ahriman devorni buzib insonlar dunyosining o‘zining qorongʻu dunyosiga
qo‘shishga intiladi. Asar voqealari rivojlangan sayin tim devorining gursillashi ham zo‘rayib
boradi. Hikoyaning boshlanishda: ”Bobo beixtiyor ustma-ust taxlangan qanor-qoplarning
cho‘gʻini chamaladi, yana picha yurdi, so‘ng sotuvchi ahli siyraklashgani bois tim adogʻiga-
devorga yetmay iziga qaytdi. qaytayotib orqa tomondan kimdir devorni mushlayotgandek
gursillagan tovushni eshitadi.”

8

Jajman haqidagi gap so‘zlar haqiqatga aylanadi. Odamlar goh

uni tushunmoqchi bo‘ladi, goh erkalatashadi, goh uning qiliqlaridan hayratga tushadi. Hatto
turshakfurushlardan biri; - Manashi sichqonbashara bilan kelishaylik. Yeganicha yesin,
angishvonadek qorniga dunyoni yutvormas!”, degan taklifni ham qiladi. Yongʻoqfurish Jajmanni
“Yo‘qol-e!” deb haydab soladi. (Bu nafsga malum muddat kishan solishni eslatdi) Timdoshlar
esa Bobo yongʻoqfurushni tana-malomatlarga ko‘mib yuborishadi; “Ermak edi, mana Tim
huvillab qoldi, to‘rtta yongʻoqni ko‘zingiz qiymasa o‘zimiz boqardik” deyishadi.

9

Hikoya syujetining shu joyida beriladigan Zardusht boboning tushi tasvirida ham ramziy

mano bor. Zardusht bobo tushida Otash momosini (Otash- olov –zardushtiylikda hayot ramzi)
moviy ko‘z dev hovuchida olib ketadi. Uygʻonganida momosining o‘lib qolganini ko‘radi. Bu
tushdan ajdodlar sabogʻini unutish, o‘zligini unutish nafsga qul bo‘lishdir, degan xulosa chiqadi.
Go‘yo pokdomon Zardusht boboni pokdomon Otash momo falokatlardan ogohlantiradi.
Zardusht bobo esa loqayd, bu holni ko‘ra-bila turib beparvo tomosha qiladi… Jajmanning
ochko‘zligiga mahliyo bo‘lib, unga qarshi kurashishni xayoliga ham keltirmaydi. Zardusht
boboda kurashchanlik yo‘q, faqat nima qilarini bilmay hayron bo‘lib turaveradi. Birovning
rizqiga qo‘l cho‘zgan kishiga bunday munosabat Zardusht bobo kabi loqayd odamlarning qon-
qoniga singib ketgan. To‘gʻri, bir qarashda juda loqayd va o‘zi bilan o‘zi ovora, beparvo
ko‘rinadi bu obraz.
Lekin har bir obrazning o‘z yuki va vazifasi bo‘ladi. Nazarimizda, muallifning Zardusht boboga
bergan ruhiyat tasvirini bunday sovuqqonlik bilan baholash kerak emas. Sababi, Zardusht bobo
ming yil yashagan odam. U razilliklarni ham, ezguliklarni ham ko‘rib, allaqachon qanday xulosa
chiqarish kerakligini anglab yetgan odam. U paydo bo‘lgan birinchi jajmanga hech qanday chora
ko‘rmaganligining sababi ham aynan shunda. U biladiki, agar birini o‘ldirsa, tabiiyki ikkinchisi,
albatta, paydo bo‘ladi. Bu esa Axuramazda va Axrimanning kurashini esga soladi.

Xurshid Do‘stmuhammad "Jajman" hikoyasidagi obrazlar talqini orqali ijtimoiy

hayotdagi asosiy illat bo‘lgan nafsi buzuqlikni va u orqali kelib chiqadigan boshqa illatrlarni
ko‘rsatib bera olgan. Biroq “Jajman"ning asl ma’nosi hali-hanuz yozuvchining sof jumbogʻi
bo‘lib kelmoqda” . Yozuvchi mana shu hikoyasi bilan odatdagi yo‘ldan yurmaslik kerakligini
eslatib o‘tganday bo‘ladi. Xurshid Do‘stmuhammad haqiqatdan ham, ijodi orqali obrazlarni
xarakterlash, ularning xatti-harakatlariga mos detallardan foydalanish, real hayotiy voqelikni
jonli qilib aks ettirish kabi usullarni qo‘llash orqali ancha muvaffaqiyatga erishgan. Bu jihatni
uning ijodiga bir nazar tashlagandayoq sezish mumkin. X.Do‘stmuhammad ijodida qisqa va
aniqlilik doimo ilgari suriladi.

8

(BQQ, 157)

9

(BQQ, 157)


background image

797

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

REFERENCES

1.

Драгомирецкая.Н. Характер в художественной литературе. Проблемь теория
литератури, Москва: Наука,1958, С. 132 133.

2.

Дўстмуҳаммад Х. “Ижод- кўнгил мунавварлиги”. Т., “Мумтоз сўз”, 2001

3.

Дониёрова Ш. // ”Бозор”романи ҳақида яна бир гап. // Шарқ юлдузи
журнали, 2001, 4сон;

4.

Ризаев Ш. // Яхши ”Ёмон” одам ёхуд янгиланаётган реализм. “Шарқ юлдузи”, 2011,
3-сон;

5.

Сатторова Г. //90-йиллар ўзбек ҳикоячилиги миллий характер муаммоси Т.: 2002, 3-
бет;

6.

Содиқ С. // Ижоднинг ўттиз лаҳзаси.Т.; Шарқ, 2005;

7.

Холмирзайев Ш. // Ҳикоя ҳақида . Шарқ юлдузи 1971-йил, 1-сон.

8.

Йўлдошбеков Ж. //Роман ва замон. («ўзAС», 2000 йил 20 октабр)

9.

Do‘stmuhammad X.Bozor roman -:T Sharq,2000,192 b.

10.

Do‘stmuhammad X Beozor qushning qargʻishi hikoyalar- T: Sharq 2006 – 512 bet

11.

Do‘stmuhammad X. Qissalar –T: Sharq 2011: - 512 b


References

Драгомирецкая.Н. Характер в художественной литературе. Проблемь теория литератури, Москва: Наука,1958, С. 132 133.

Дўстмуҳаммад Х. “Ижод- кўнгил мунавварлиги”. Т., “Мумтоз сўз”, 2001

Дониёрова Ш. // ”Бозор”романи ҳақида яна бир гап. // Шарқ юлдузи

журнали, 2001, 4сон;

Ризаев Ш. // Яхши ”Ёмон” одам ёхуд янгиланаётган реализм. “Шарқ юлдузи”, 2011, 3-сон;

Сатторова Г. //90-йиллар ўзбек ҳикоячилиги миллий характер муаммоси Т.: 2002, 3-бет;

Содиқ С. // Ижоднинг ўттиз лаҳзаси.Т.; Шарқ, 2005;

Холмирзайев Ш. // Ҳикоя ҳақида . Шарқ юлдузи 1971-йил, 1-сон.

Йўлдошбеков Ж. //Роман ва замон. («ўзAС», 2000 йил 20 октабр)

Do‘stmuhammad X.Bozor roman -:T Sharq,2000,192 b.

Do‘stmuhammad X Beozor qushning qargʻishi hikoyalar- T: Sharq 2006 – 512 bet

Do‘stmuhammad X. Qissalar –T: Sharq 2011: - 512 b