Authors

  • Jalalatdin Abdimuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.109050

Keywords:

axloq fazilat o‘quvchi boshlang‘ich ta’lim shakllantirish tizim bilim ko‘nikma illarlar tabiiy ahloqiy layoqatlar samaradorlik innnovasion yondashuvlar ahloqiy qoidalar hamkorlik.

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish mazmuni, uning nazariy xususiyatlari va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilingan. Ahloqiy fazilatlarni shakllantirishda Tarbiya o‘quv fanining imkoniyatlari keltirib o‘tilgan.

background image

179

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARIDA AXLOQIY FAZILATLARNI

SHAKILLANTIRISH

Abdimuratov Jalalatdin Paraxatovich

Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15634552

Annotatsiya.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni

shakllantirish mazmuni, uning nazariy xususiyatlari va axloqiy fazilatlarni shakllantirish

tizimlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilingan. Ahloqiy fazilatlarni shakllantirishda Tarbiya
o‘quv fanining imkoniyatlari keltirib o‘tilgan.

Kalit so

‘zlar:

axloq, fazilat, o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, shakllantirish, tizim, bilim,

ko‘nikma, illarlar, tabiiy ahloqiy layoqatlar, samaradorlik, innnovasion yondashuvlar, ahloqiy

qoidalar, hamkorlik.

ФОРМИРОВАНИЕ НРАВСТВЕННЫХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ МЛАДШЕГО

ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация.

В статье представлена информация о содержании формирования

нравственных качеств у учащихся начальных классов, его теоретических особенностях и
системах формирования нравственных качеств. Приведены возможности учебной
дисциплины "Воспитание" в формировании нравственных качеств.

Ключевые слова:

нравственность, добродетель, ученик, начальное образование,

формирование, система, знания, навыки, успехи, естественные нравственные
способности,

эффективность,

инновационные

подходы,

этические

правила,

сотрудничество.

FORMATION OF MORAL QUALITIES IN YOUNG SCHOOL CHILDREN

Abstract.

The article provides information on the content of forming moral qualities in

primary school students, its theoretical features, and the systems of forming moral qualities. The
possibilities of the educational discipline "Upbringing" in the formation of moral qualities are
presented.

Keywords:

morality, virtue, student, primary education, formation, system, knowledge,

skills, successes, natural moral abilities, effectiveness, innovative approaches, ethical rules,
cooperation.

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da 2022

-

2026 yillarda sifatli ta’lim

ko‘rsatkichlariga va ta’lim oluvchilarning hozirgi zamon talablari asosida tarbiyalanishiga

erishish vazifalari q

o‘yilgan. Mazkur vazifalar ijrosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

axloqiy fazilatlarini shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda ana shu masalaning tizimi
tahliliga e’tiboringizni tortamiz. Adabiyotlar tahlili. O‘quvchi

-

ѐ

shlarning axloqiy sifatlarini

rivojlantirishning ijtimoiypedagogik va falsafiy jihatlari A.Begmatov, M.Qaxxarova,

A.Magzumov, J.Yo‘ldoshev, F.Rahmatova, R.Djurayev, B.Djurayeva, N.Jumayeva,

Z.Izmailova, U.Mahkamov, M.Inomova, O.Musurmonova, B.Raximov, M.Haydarov,
M.Davletshin, O.Hasanboyev, K.Hoshimov, M.Quronov, R.Mahmudovlarning ilmiy
izlanishlarida tadqiq etilgan.


background image

180

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Muhokama va natijalar. Bolalarga axloq va ma’naviyat asoslarini o‘rgatish maktabgacha

ta’limdan boshlanadi. Lekin faqatgina maktabda, bolalarning axloqiy qoidalarga rioya qilishi
doimiy nazorat qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qituvchilar, kattalar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lganda, darsda va tanaffusda o‘rtoqlari bilan muloqot qilganda, ko‘chada,
jamoat joylarida bo‘lganlarida o‘zlarini qanday tutishlari, xulq

-

atvor qoidalari va me’ѐ

rlari bilan

tanishtiriladi. Yetti-sakkiz

ѐshli bolalar bu qoida va me’ѐ

rlarning mazmunini aniq tushunish va

ularni har kuni bajarishga psixologik tay

ѐrlangan bo‘ladilar.

1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy

xususiyatlari. Axloqiy fazilatlar

bu shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan xalq qadriyatlari va

umuminsoniy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlar, axloqiy ong va axloqiy ko‘nikmani
o‘zlashtirish majmuidir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni

shakllantirish mazmuni quyidagilar bilan belgilanadi:

a) vatanparvarlik, o‘zgalarni hurmat qilish, o‘z manfaatlarini umummanfaatlariga

uyg‘unlashtirish, xalqparvarlik, insonparvarlik kabi axloqiy sifatlarni boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida shakllantirish;

b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yaxshilik, ezgulik va ruhiy ko‘tarinkilik g‘oyalari

asosida axloqiy ongni tarkib toptirish;

v) faollik, jamoaparvarlik va tashabbuskorlik g‘oyalariga asosan boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarida amaliy axloqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

axloqiy fazilatlarni shakllantirishning bunday mazmunini belgilashda ularning oila va

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olgan ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslaniladi.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda

“Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitish omilidan foydalanish muhim masalalardan biridir. Buning uchun
mazkur o‘quv fanining quyidagi imkoniyatlariga tayanish kutilgan samarani beradi:

a) mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini ilmiy shakllantirish;

b) ushbu fan bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklar vositasida o‘quvchilarni axloqiy

fazilatlarga rioya qilishga o‘rgatish;

v) mazkur o‘quv fanining o‘quv materiallari asosida o‘quvchilarda axloqiylikni tarkib

toptirish. Mamlakatimizda yangi fan hisoblangan ushbu predmet vositasida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish ishi nazariy jihatdan amalga oshiriladi. Shu
sababli bu borada ushbu o‘quv fanining o‘qituvchilari va bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari ana shu masalalar bo‘yicha aniq malakaga ega bo‘lishi taqozo etiladi.

2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimlari.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishda aniq tizimlarga

asoslanish muhimdir. Shu sababli bu masalada bizning yondashuvimizga ko‘ra quyidagilar
muhim o‘rin tutadi:

a) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning amaliy tizimi;

b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning innovatsion

tizimi;

v) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarning shakllanganlik darajasini

baholash tizimi.

“Tarbiya” o‘quv fani vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarini

amaliy jihatdan shakllantirish tizimi muhim o‘rin tutadi.


background image

181

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Buning uchun o‘quvchilardagi mavjud tabiiy axloqiy layoqatlarni rivojlantirish, ularni

axloq qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish va o‘quvchilarni jamoaparvar shaxs sifatida voyaga
yetkazish asoslariga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi [5]. Bunday yondashuv o‘ziga xos
amaliy tizimni beradi va bunda asosiy e’tibor o‘quvchi hamda o‘qituvchi hamkorligiga
qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida

axloqiy fazilatlarni shakllantirishning innovatsion tizimiga ham tayanish muhim ahamiyatga ega.

Bunday innovasion tizim tarkibini o‘quvchilarni axloqiy tashabbuskorlikka o‘rgatish,

muhim yoki sharoit taqozosi bilan yo‘l qo‘ygan xatolarini tan olishga ko‘niktirish, illatlardan
xoli bo‘lish va jamoaparvarlik odoblariga rioya qilishga o‘rgatish tashkil qiladi [6]. Chunki

jamiyatimizning hozirgi innovasion rivojlanish sharoitida shaxsning jamiyat extiyojlariga mos

voyaga yetishi aynan boshlang‘ich ta’limdan boshlanishini eslatib o‘tish joiz.

Bu ish oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshlangan ishning ilmiy davomi

hisoblanadi.

3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimining

samaradorligi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy
omillari va tizimlariga asosan amalga oshirilgan ishlarning sinf rahbarlari va “Tarbiya” fani
o‘qituvchilari tomonidan samaradorligi o‘rganib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning

uchun quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:

a) o‘quvchilarda asosiy axloqiy fazilatlarning shakllanganlik darajasini o‘rganish;

b) o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarga rioya qilish jarayonini o‘rganish;

v) o‘quvchilarda axloqiy fazilatlar va illatlarning nisbatini aniqlash.

Bunday yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish

tizimining samaradorligi bo‘yicha aniq ma’lumotlarni beradi. Chunki boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida asosiy axloqiy fazilatlarni shakllantirish darajasini o‘rganish bilan ularning har
qanday muhit yoki sharoitda axloqiylikka rioya qilishi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘linib,
mazkur masala baholanadi. Agar baholash natijalari o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarning
shakllanganligi salbiy ko‘rsatkichlarni bersa, eng avvalo “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitish
jarayonini kuchaytirish amalga oshiriladi. Buning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

axloqiy fazilatlarni shakllantirish jarayoni kuchayadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarga rioya qilish jarayonini o‘rganish

ham bu boradagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashning muhim asoslaridan biridir. Buning
uchun o‘quvchilarning mashg‘ulotlar, tadbirlar va o‘zaro munosabatlarda axloqiy fazilatlariga
rioya qilish jarayoni kuzatiladi, olingan ma’lumotlar asosida tahlil amalga oshiriladi. Bordi

-yu

taxlillar natijasi o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarga rioya qilishi ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lsa,
“Tarbiya” o‘quv fani o‘qituvchisi va sinf rahbarlari o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarga rioya
qilishi bo‘yicha tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bizning yondashuvimizga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni

shakllantirish tizimining samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda ulardagi axloqiy fazilatlar va
illatlarning nisbatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki axloqiy fazilatlari shakllangan
o‘quvchilar foizi ko‘pchilikni tashkil etsa, boshlang‘ich ta’limning eng muhim vazifasi amalga
oshirilgan bo‘ladi. Ayni paytda, bu ko‘rsatkich salbiy foizni bersa “Tarbiya” o‘quv fanini
innovasion yondashuvlar asosida o‘qitish va tarbiyaviy tadbirlarni kuchaytirish taqozo etiladi.

Bunday yondashuv natijasida samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichi aniqlanadi.


background image

182

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

E’tibor berilsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning

nazariy xususiyatlari, tizimlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish muhim ahamiyatga
egadir. Buning uchun “Tarbiya” o‘quv fanini asos sifatida olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Chunki mazkur o‘quv fani axloqiy fazilatlar bo‘yicha nazariy, metodik va amaliy

masalalarni o‘zida uyg‘un mujassam etgan. Ayni paytda, mazkur fan o‘qituvchilarining
faolligiga tayanish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni

shakllantirishning tizimi muammosini maxsus tadqiq etish va bu borada nazariy-metodik

shakllarni ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki bozor iqtisodiyoti va innovatsion jamiyat
sharoitida o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirish ishi ilmiy va pedagogik jihatdan
aynan boshlang‘ich ta’lim jarayonida boshlanadi. O‘quvchilar boshlang‘ich ta’lim jarayonida
o‘zlashtirigan axloqiy fazilatlarini keyingi ta’lim turlarida ko‘nikmaga aylantirish jarayonida
bo‘ladi. Shu sababli biz mazkur masalani keng ko‘lamli tadqiq etishni boshlang‘ich ta’limni

rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida qabul qilamiz.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –

Toshkent, 2022

2.

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. –

Toshkent,

2009

3.

Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fani o‘qitish metodikasi. –

Toshkent, 2022

4.

Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi.

Toshkent, 2021

5.

Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. –

Toshkent. 2023

6.

Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari.

Toshkent, 2020

7.

Xodjayev B.X. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti.

Toshkent, 2017

References

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. – Toshkent, 2009

Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fani o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2022

Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2021

Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. – Toshkent. 2023

Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020

Xodjayev B.X. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2017