2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
248
O‘ZBEKISTONDA SOLIQ INTIZOMINI BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Ismatov Ismatillo Inoyatovich
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti I bosqich magistranti.
E-pochta:
isma-784@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15635568
Annotatsiya.
Ushbu tezisda O‘zbekistonda soliq intizomini boshqarish masalasi va uning
huquqiy asoslari tahlil qilingan. Soliq intizomi tushunchasi, uning iqtisodiy va huquqiy mazmuni,
shuningdek, soliq to‘lovchilarning majburiyatlari va soliq organlarining vakolatlari O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi, Ma’muriy va Jinoyat kodekslari doirasida yoritilgan.
Shuningdek, soliq ma’murchiligida raqamlashtirish jarayonlari, risk tahliliga asoslangan
nazorat mexanizmlari va soliq madaniyatini oshirishga doir chora-
tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
Tezisda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq intizomini mustahkamlash iqtisodiy barqarorlik va qonuniy
tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim omil ekani ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
soliq intizomi, soliq boshqaruvi, huquqiy asoslar, Soliq kodeksi, soliq
to‘lovchi, soliq organlari, soliq siyosati, raqamlashtirish, fiskal nazorat, ma’muriy javobgarlik.
LEGAL BASIS OF TAX DISCIPLINE MANAGEMENT IN UZBEKISTAN
Abstract.
This thesis analyzes the issue of tax discipline management in Uzbekistan and
its legal basis. The concept of tax discipline, its economic and legal content, as well as the
obligations of taxpayers and the powers of tax authorities are covered within the framework of
the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the Tax Code, the Administrative and Criminal
Codes. Also, digitalization processes in tax administration, control mechanisms based on risk
analysis, and measures to increase tax culture are considered. The thesis also puts forward
existing problems and proposals for their elimination. According to the results of the study, it is
emphasized that strengthening tax discipline is an important factor in economic stability and the
development of legal entrepreneurship.
Keywords:
tax discipline, tax administration, legal framework, Tax Code, taxpayer, tax
authorities, tax policy, digitalization, fiscal control, administrative responsibility.
ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ УПРАВЛЕНИЯ НАЛОГОВОЙ ДИСЦИПЛИНОЙ В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной диссертации анализируется вопрос управления налоговой
дисциплиной в Узбекистане и его правовые основы. Понятие налоговой дисциплины, ее
экономико
-
правовое содержание, а также обязанности налогоплательщиков и
полномочия налоговых органов освещаются в рамках Конституции Республики
Узбекистан, Налогового кодекса, Административного и Уголовного кодексов. Также
рассматриваются процессы цифровизации в налоговом администрировании, механизмы
контроля на основе анализа рисков, меры по повышению налоговой культуры. В
диссертации также выдвигаются существующие проблемы и предложения по их
устранению. По результатам исследования подчеркивается, что укрепление налоговой
дисциплины является важным фактором экономической стабильности и развития
легального предпринимательства.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
249
Ключевые слова:
налоговая дисциплина, налоговое администрирование, правовое
регулирование, Налоговый кодекс, налогоплательщик, налоговые органы, налоговая
политика, цифровизация, фискальный контроль, административная ответственность.
Kirish.
Davlat moliyaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi bo
‘
lgan soliqqa tortish tizimi
har qanday mamlakat iqtisodiy barqarorligining asosiy tayanchi hisoblanadi. Ayniqsa, bozor
iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan O
‘
zbekiston Respublikasida soliqlar nafaqat
byudjetni shakllantirish manbai, balki ijtimoiy tenglikni ta
’
minlash, iqtisodiy faoliyatni tartibga
solish va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Shu sababli soliq
intizomini ta'minlash va uni samarali boshqarish masalasi dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb
etadi.Bu intizomning yuqori darajada bo
‘
lishi iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, norasmiy
iqtisodiyotning oldini olish va soliq siyosatini adolatli yuritishda muhim omil hisoblanadi.
O
‘
zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab soliq
tizimini tubdan isloh qilishga alohida e
’
tibor qaratildi. Soliq qonunchiligi bosqichma-bosqich
takomillashtirilib, 2020-yildan e
’
tiboran yangi tahrirdagi Soliq kodeksining amaliyotga joriy
etilishi ushbu sohada huquqiy asoslarning yanada kuchayishiga xizmat qildi. Yangi kodeks
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo
‘
lib, soliq to
‘
lovchilar bilan soliq organlari
o
‘
rtasidagi munosabatlarni shaffof, adolatli va samarali tarzda tartibga solishni ko
‘
zda tutadi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda so
‘
nggi yillarda amalga oshirilayotgan raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati ham soliq boshqaruvi va intizomiga o
‘
z ta
’
sirini
ko
‘
rsatmoqda. Elektron soliq tizimlari, avtomatlashtirilgan hisob-kitob mexanizmlari va onlayn
nazorat vositalarining keng joriy qilinishi, soliq to
‘
lovchilar faoliyatining ochiqligini oshirish
bilan birga, soliq intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Adabiyotlar tahlili va muhokama.
Soliq intizomi tushunchasi va uning boshqaruvdagi o
‘
rni
Soliq intizomi
—
bu soliq to
‘
lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga qat
’
iy rioya
qilinishi, soliqlarni o
‘
z vaqtida va to
‘
liq to
‘
lash, deklaratsiyalarni belgilangan muddatlarda
topshirish, shuningdek, soliq organlari bilan qonuniy asosda o
‘
zaro munosabatlarni yuritish
jarayonidir.
Soliq intizomining darajasi davlat byudjetining barqarorligini, fiskal siyosat
samaradorligini, tadbirkorlik muhitining qonuniy asosda shakllanishini bevosita belgilab beradi.
Soliq intizomini boshqarishning asosiy huquqiy manbalari
O
‘
zbekistonda soliq intizomini boshqarishga oid huquqiy asoslar bir necha darajadagi
normativ-huquqiy hujjatlar orqali mustahkamlangan:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Konstitutsiyaning 63-
moddasiga ko‘ra,
“Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Soliq
va yig
‘
imlar
adolatli bo
‘
lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to
‘
sqinlik
qilmasligi kerak
Bu norma soliqlarni to‘lash davlat oldidagi konstitutsiyaviy majburiyat
ekanini belgilaydi.
b) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahrir, 2020
-yil 1-yanvardan kuchga
kirgan) Soliq intizomini ta'minlashdagi asosiy huquqiy hujjat
—
bu Soliq kodeksidir.Soliq
1
Soliyev I.S., “Soliq huquqi: nazariy va amaliy masalalar” –
T.: Iqtisodiyot, 2021.
2
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (2023-yilgi tahrir)
–
T.: “Adolat”, 2023.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
250
kodeksi 26-moddasiga asasan, soliq organlari quyidagilarga haqli:
soliq
to‘lovchilardan
va
uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur
bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini
talab qilish; ushbu kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati
tadbirlarini o‘tkazish; hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa
binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish
obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish
va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish;
qonunchilikda
nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan
joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori
bo‘yicha muhrlash;
soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va
elektron axborot jismlarini olib qo‘yish;
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda
boshqa ma’lumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; soliq
to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi
o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
o‘zaro kelishuv
asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida
to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish;
soliq qarzini majburiy undirish choralarini
ko‘rish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy
sanksiyalar qo‘llash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha tovar
-moddiy
boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq
to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar
-moddiy boyliklarini davlat daromadiga
o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy
olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini
yozma bildirish asosida soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va
o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar
berishga chaqirish;
ushbu kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining yoki soliq
agentining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol
-
mulkini xatlab qo‘yish;
soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu
talablarning bajarilishini nazorat qilish; ushbu kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar
tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
c) O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
175
–
177-moddalar: Soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslik, hisob-
kitobni buzish, ma’lumotlarni
yashirish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jarima miqdori va qo‘shimcha soliq hisoblash
orqali intizomiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.
3
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahrir) –
Qabul qilingan sana: 2019-yil 30-dekabr, 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kirgan.
–
T.: “Huquqiy axborot”, 2020.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
251
d) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
184-
moddasi: Soliqlardan bo‘yin tovlash
jinoyat deb baholanadi. Katta miqdorda soliqlarni yashirish yoki soxtalashtirish hollari uchun
jarima, majburiy ishlar yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilanadi.
Soliq intizomini mustahkamlovchi institutsional chora-tadbirlar
a) Raqamlashtirish siyosati
Yagona soliq portali (my.soliq.uz) orqali soliq to‘lovchilarga
elektron xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
E-Soliq tizimi orqali avtomatik hisob-kitoblar, nazorat, deklaratsiyalarni topshirish
imkoniyati yaratilgan.
b) Soliq auditi va xavf tahlili Xavf asosida soliq tekshiruvlarini tanlash tizimi joriy
qilingan (risk profiling).
Shaffoflikni oshirish orqali sun’iy soliqlardan qochish holatlari aniqlanmoqda.
c) Soliq to‘lovchilarga yengilliklar va rag‘batlar
Kichik
biznes subyektlariga soddalashtirilgan soliq rejimi, startaplar uchun imtiyozlar mavjud.
O‘z vaqtida to‘lov qilgan tadbirkorlar uchun nazoratdan ozod qilish yoki moratoriylar
tatbiq etilgan.
Mavjud muammolar va yechimlar
Muammolar:
Ba’zi soliq to‘lovchilar hali ham “soya iqtisodiyoti”da faoliyat yuritmoqda;
Soliq
madaniyati pastligi, huquqiy bilim yetishmasligi;
Ba’zi hollarda soliq organlarining ortiqcha
nazorat harakatlari.
Yechimlar:
Soliq to‘lovchilarni muntazam huquqiy
-
ma’rifiy targ‘ibot bilan qamrab olish;
Soliq
organlari faoliyatida ochiqlik va adolat prinsiplarini kuchaytirish; Raqamli texnologiyalar orqali
inson omiliga bog‘liqlikni kamaytirish.
Xulosa.
O‘zbekistonda soliq intizomini boshqarish masalasi davlatning fiskal
siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Soliq intizomi nafaqat davlat
byudjeti barqarorligini ta’minlashda, balki iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, tadbirkorlik
faoliyatining qonuniy asosda rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi, Ma’muriy va
Jinoyat kodekslari soliq intizomini boshqarishning mustahkam huquqiy poydevorini yaratadi.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda olib borilgan raqamlashtirish siyosati, soliq ma’murchiligini
soddalashtirish, risk tahlil asosidagi yondashuvlar va elektron xizmatlarning joriy etilishi bu
borada sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Shunga qaramay, ayrim muammolar, xususan, norasmiy iqtisodiy faoliyat, huquqiy
bilimlarning yetishmasligi, soliq madaniyatining pastligi hali ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu
muammolarni bartaraf etish uchun soliq to‘lovchilar bilan tizimli muloqot o‘rnatish, huquqiy
savodxonlikni oshirish, ochiqlik va adolat prinsiplariga asoslangan boshqaruv tizimini yanada
kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Soliq intizomini mustahkamlash orqali O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik, investitsion
jozibadorlik va davlat boshqaruvining samaradorligi yanada oshadi.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
252
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023
-yilgi tahrir)
–
T.: “Adolat”, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahrir) –
Qabul qilingan sana:
2019-yil 30-dekabr, 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.
–
T.: “Huquqiy axborot”,
2020.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi –
T.:
“Adolat”, 2022.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi –
T.: “Adolat”, 2022.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari:
PF
–
6098-sonli Farmon
“Soliq siyosatini takomillashtirish strategiyasi to‘g‘risida”, 2020
-yil 29-iyun. PQ
–
4699-
sonli Qaror “Soliq ma’murchiligini raqamlashtirish va soddalashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”, 2020
-yil 30-aprel.
6.
Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy veb
-sayti: www.soliq.uz
–
Elektron soliq xizmatlari va
statistik ma’lumotlar.
7.
Soliyev I.S., “Soliq huquqi: nazariy va amaliy masalalar” –
T.: Iqtisodiyot, 2021
8.
To‘xtayev A.X., “Soliq siyosati va fiskal boshqaruv” –
T.: “Yangi asr avlodi”, 2020.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” portali: www.lex.uz –
qonunchilik bazasi.
10.
Raqamli iqtisodiyot va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha ilmiy maqolalar //
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” elektron jurnali, 2022–
2024-yillar sonlari.
