Authors

  • Рахмонқул Рузиев
  • Гузал Эрданова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.109980

Keywords:

асалари чанглатиш ўсимлик гул чанги нектар ҳашаротлар экотизим.

Abstract

Мақолада чанглатиш ва унинг аҳамияти, чанглатиш жараёнлари ва хусусиятлари ҳақида маълумотлар келтирилган.

background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

257

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA ADVOKATURA

O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Abdijemilova Sholpanay Abdikalikovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va

sirtqi ta’lim fakulteti

Advokatura faoliyati yo‘nalishi

talabasi.

tel: +99891-388-99-55

e-mail:

solpanajabdyzemilova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15635659

Kalit so’zlar

: Adliya vazirligi, advokatura, lisenziya berish, malaka oshirish.

Davlat boshqaruvi tizimida Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi aloqalar aynan

huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi.

Huquqiy munosabatlar bu huquq normalariga asoslangan, ijtimoiy munosabatlarning

maxsus turi bo‘lib, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari bilan belgilangan tartibda
rivojlanadi. Bunday munosabatlar davlat tomonidan belgilangan va himoyalangan bo‘ladi.

Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama xarakterga ega

bo‘lib, bular bir tomondan –

Adliya vazirligining advokatura faoliyatini muvofiqlashtirish,

litsenziya berish va monitoring qilish vazifalari bo‘lsa, boshqa tomondan –

advokatura

institutining mustaqilligi, o‘zini

-

o‘zi boshqarish asosida faoliyat yuritishi tushuniladi.

Mazkur huquqiy munosabatlarda ikki asosiy subyekt ishtirok etadi: birinchisi, davlat

organi sifatida Adliya vazirligi-normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, yuridik xizmatlar

ko‘rsatish sohasini tartibga solish kabi funksiyalarni bajarsa, ikkinchi tomon sifatida f

uqarolik

jamiyati institutlaridan biri bo‘lgan advokatura

mustaqil tarzda yuridik yordam ko‘rsatadi,

advokatlar palatalari orqali o‘zini

-

o‘zi boshqaradi.

Bu ikki subyekt o‘rtasidagi munosabatlar davlat boshqaruvi bilan fuqarolik jamiyati

institutlari o‘rtasidagi huquqiy mexanizmlarni namoyon qiladi.

Nazariy jihatdan olib qaraganimizda huquqiy munosabatlar: fuqarolik-huquqiy,

m

a’muriy

-huquqiy, mehnat, jinoyat-protsessual

kabi turlarga bo‘linadi.

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonunining

4

1

-4

4

moddalariga

ko'ra, advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat
tomonidan ta'sis etilgan, notijorat tashkiloti bo'lgan advokatlik tuzilmasidir. Advokatlik
byurosining ta'sis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir

1

.

Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi munosabatlar asosan ma’muriy

-huquqiy

xususiyatga ega, chunki bu yerda bir tomon (Adliya vazirligi) davlat organi sifatida ma’lum
vakolatlarni amalga oshiradi, ikkinchi tomon esa (advokatura) mustaqil tashkilot bo‘lsa

-da,

ayrim holatlarda davlat bilan muvofiqlashgan holda ishlaydi.

Ushbu huquqiy munosabatlarning xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, vertikal va

gorizontal o‘zaro ta’sirlar mavjud bo‘lib, ya’ni, davlat va nodavlat institut o‘rtasida bo‘ladi.

Normativ-huquqiy asoslanganlik ularning munosabatlari maxsus qonunlar bilan belgilanadi.
Munosabatlarning dinamik xarakteri

huquqiy islohotlar jarayonida o‘zgarib, rivojlanib boradi.

1

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi

qonuni. 27.12.1996 y// https://lex.uz/acts/-54503


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

258

Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning markaziy nuqtasi

-

bu

fuqarolarga sifatli va tezkor yuridik yordam ko‘rsatishni ta’minlash

hisoblanadi. Bu sohada

ularning o‘zaro munosabatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

-

Aholining ijtimoiy kam ta’minlangan qatlamlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, bu

albatta davlat tomonidan moliyalashtirilgan holda;

-

Advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va ularni malaka imtixonidan o‘tkazishda Adliya

vazirligining ishtiroki;

-

Advokatlar faoliyatini yuritishda zarur axborot resurslariga kirishni ta’minlash;

-

Advokatlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda Adliya vazirligining funksiya va

vazifalari.

Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar nazariy jihatdan chuqur

asoslangan bo‘lib, ular davlat va jamiyat o‘rtasidagi uzviy aloqani ifodalaydi. Ushbu
munosabatlarning aniq belgilanmasi, ularning o‘zaro muvozanatini ta’minlash, advokatlik

faoliyatining mustaqilligini kafolatlash orqali huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri

odamlarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.

Advokatura inson huquqlarini himoya qilish va sud adolati tamoyillarini amalga

oshirishda asosiy institut sifatida shakllangan. Shu o‘rinda advokatlarning huquqiy maqomi va
mustaqilligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, advokatlar

-fuqarolarning,tashkilotlarning yuridik

manfaatlarini himoya qiluvchi, yuridik masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qiluvchi
huquqiy mutaxassislar hisoblanadi. Ularning faoliyati qonunchilikda belgilangan huquqiy
asoslar, axloqiy va etik normalarga asoslanadi. Advokatlar maqomi mustaqil tarzda yuridik

xizmatlar ko‘rsatishga, sud jarayonlarida vakillik qilishga va maslahat berishga qaratilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, advokatlarning mustaqilligini kafolatlash sud jarayonlarining

shaffofligi hamda adolatli kechishi uchun zarur shartdir

2

.

Shuningdek, mustaqillikni yanada mustahkamlash orqali advokatlar ishonchli va samarali

yuridik xizmatlarni taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz joizki, advokatura institutining faoliyati birqator asosiy

tamoyillarga tayanadi, ya’ni qonuniylik va shaffoflik. Advokatlarning harakatlari qat’iy ravishda
davlat qonunchiligi va xalqaro huquqiy me’yorlarga mos ravishda olib boriladi. Advokatlarning

mustaqilligi, bu advokatlar davlat organlari yoki boshqa siyosiy shaxslarning aralashuvisiz
mustaqil faoliyat yuritishi nazarda tutiladi. Axloqiylik va mijoz manfaatlarining ustunligi, bu

yetuk me’yorlarga rioya qilish, mijoz manfaatlarini yuqori darajada qo‘llab

-quvvatlash va sir

saqlash tamoyillari asosiy ustuvorlik sanaladi.

Advokatlarning malakasini oshirish tizimi to‘liq shakllanmagan bo‘lib, bu advokatlarning

professionallik darajasini oshirishga to‘sqinlik qiladi

3

.

Ushbu tamoyillar advokatura institutining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashda

muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sud jarayonlari va yuridik yordam tizimining sifatini oshirishga

xizmat qiladi.

2

Saidjabbarova D. YURIDIK YORDAM OLISH

HAR BIR SHAXSNING KONSTITUTSION HUQUQI

//

Журнал

академических

исследований

нового

Узбекистана

.

2024.

Т

. 1.

№. 15. –

С

. 160-163.

3

Jabborova S. S., Fozilovna O. Z. MAMLAKAT RIVOJLANISHIDA YUKSAK HUQUQIY MADANIYATNING

O ‘RNI VA AHAMIYATI //ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION. –

2025.

Т

. 1.

№. 5. –

С

. 243-248.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

259

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi advokatura sohasida quyidagi asosiy

vakolatlarga ega. Adliya vazirligi advokatlik faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi. Bu

jarayon Advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari

asosida amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonunining

3

1

-moddasiga ko'ra,

litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya
boshqarmalari (bundan buyon matnda Adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka
komissiyalarining qarorlari asosida beriladi

4

.

Advokatlik guvohnomasini berish. Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish

tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Advokatlik tuzilmalarini davlat

ro‘yxatidan o‘tkazish: Advokatlik tuzilmalarini d avlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan
o‘tkazish Adliya vazirligining vakolatiga kiradi.

Advokatlarning malakasini oshirish: Adliya

vazirligi advokatlarning malakasini oshirishni tashkil etadi va bu borada tegishli normativ-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi. Advokatlik faoliyatini nazorat qilish: Adliya vazirligi
advokatlik faoliyatini nazorat qiladi, shu jumladan advokatlarning litsenziya talablari va kasb
etikasi qoidalariga rioya qilishini tekshiradi.

Advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlash

:

Adliya vazirligi advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan chora

-tadbirlarni

amalga oshirad.

Advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi statistic ma’lumotlarni yig‘ish

: Adliya

vazirligi advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘adi va tahlil qiladi.

Adliya vazirligining advokatura sohasidagi vakolatlarini amalga oshirishda quyidagi

muammolar mavjud. Ya’ni, n

ormativ-huquqiy hujjatlarning eskirganligi

: Ba’zi normativ

-

huquqiy hujjatlar zamonaviy talablar va sharoitlarga mos kelmaydi, bu esa advokatura
faoliyatining samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, malaka oshirish tizimining
takomillashmaganligi. Adliya vazirligining advokatura sohasidagi vakolatlarini amalga
oshirishni takomillashtirish uchun quyidagi takliflar kiritiladi:

1.

Litsenziya berish jarayonini soddalashtirish: Advokatlik faoliyatini litsenziya berish

jarayonini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish lozim.

2.

Normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash: Advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy talablar va bilimlar asosida yangilash.

4

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonuni

. 27.12.1996 y // https://lex.uz/acts/-54503

References

Каҳраманов Б.А., Сафарова Ф.Е., Исамухамедов С.Ш., Донаев Х.А., эргашев Х.Б. Асаларичилик асослари. Тошкент, 2021.-Б 78-97.

Каҳраманов Б.А., Исамуҳамедов С.Ш, Кулдашева Ф.Ҳ, Дониёров С.Т, Ракҳимжанова Н.З. Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees// e3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) ТПАCЕЕ-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

Каҳраманов Б.А., Исамуҳамедов С.Ш, Сафарова Ф.Е., Донаев Ҳ.А., Мамадов Ф.Қ. Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees// e3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - Р. 1-7.

Каҳраманов Б.А., Исамуҳамедов С.Ш., Орифжонов.Ж.Р., Раимджанова Н.З. Continuous and terms of work performed in artifikal mother bees// Prospects for the introduction of innovative tehnologies in the development of agriculture.2021.05.07.https://jornals.escience.uz/index.php/conferences/issue/view/31.

Каҳраманов Б.А., Эрданова Г.М., Босимова М.И. Асалари сути ва унинг хусусиятлари. International scientific journal science and innovation special issue: “Transformation of education: the role of women in the development of science”, february 16, 2024.

Каҳраманов Б.А., Эрданова Г.М., Босимова М.И., Мамашарипова М.А. Прополис ва унинг хусусиятлари. International scientific journal science and innovation special issue: “Transformation of education: the role of women in the development of science”, february 16, 2024.