Authors

  • Saodat Qahorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.109984

Keywords:

moliyaviy kiberjinoyatlar onlayn kredit shaxsiy ma’lumotlar firibgarlik raqamli moliyaviy xizmatlar kiberxavfsizlik O‘zbekiston bank tizimi antifraud tizimlar.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli moliyaviy xizmatlarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan moliyaviy kiberjinoyatlar, xususan, onlayn kredit olish va uni rasmiylashtirish jarayonlaridagi xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda firibgarlik sxemalari, shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy qo‘lga kiritilishi, yolg‘on arizalar orqali kredit olish kabi holatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy, texnologik va tashkilotlararo choralariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston tajribasi asosida amaliy misollar va takliflar keltiriladi. Maqola moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish va kreditlash jarayonida kiberxavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalarni beradi.

background image

275

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

MOLIYAVIY KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH: ONLAYN

KREDITLARNI OLISH VA RASMIYLASHTIRISH MISOLIDA

Qahorova Saodat

qahhorovasaodat027@gmail.com

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Kiber huquq yo`nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15635195

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli moliyaviy xizmatlarning jadal

rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan moliyaviy kiberjinoyatlar, xususan, onlayn kredit olish va
uni rasmiylashtirish jarayonlaridagi xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda firibgarlik

sxemalari, shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy qo‘lga kiritilishi, yolg‘on arizalar orqali kredit
olish kabi holatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning
huquqiy, texnologik va tashkilotlararo choralariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston tajribasi
asosida amaliy misollar va takliflar keltiriladi. Maqola moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash,

aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish va kreditlash jarayonida kiberxavfsizlikni

kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalarni beradi.

Kalit so’zlar:

moliyaviy kiberjinoyatlar, onlayn kredit, shaxsiy ma’lumotlar, firibgarlik,

raqamli moliyaviy xizmatlar, kiberxavfsizlik, O‘zbekiston bank tizimi, antifraud tizimlar.

Abstract.

This article analyzes financial cybercrimes arising with the rapid development

of modern digital financial services, in particular, the risks in the processes of obtaining and
processing online loans. The study examined such cases as fraudulent schemes, illegal
acquisition of personal data, and obtaining loans through false applications. Attention will also
be paid to legal, technological, and inter-organizational measures to combat this type of crime.
Practical examples and proposals based on the experience of Uzbekistan are presented. The
article provides useful recommendations for ensuring financial security, increasing the digital
financial literacy of the population, and strengthening cybersecurity in the lending process.

Keywords:

financial cybercrime, online credit, personal data, fraud, digital financial

services, cybersecurity, banking system of Uzbekistan, anti-fraud systems.

Аннотация.

В этой статье будут проанализированы риски финансовых

киберпреступлений, возникающих в связи с быстрым развитием современных цифровых
финансовых услуг, в частности, в процессах получения и оформления онлайн

-

кредита. В

исследовании рассматривались такие случаи, как мошеннические схемы, незаконный
захват персональных данных, получение кредита посредством ложных заявлений. Также
уделяется внимание правовым, технологическим и межорганизационным мерам борьбы с
этим видом преступлений. На основе опыта Узбекистана будут представлены
практические примеры и предложения. В статье содержатся полезные советы по
обеспечению финансовой безопасности, повышению цифровой финансовой грамотности
населения и повышению кибербезопасности в процессе кредитования.

Ключевые слова:

финансовые киберпреступления, онлайн

-

кредит, персональные

данные, мошенничество, цифровые финансовые услуги, кибербезопасность, банковская
система Узбекистана, антимошеннические.


KIRISH

Bugun axborot texnologiyalari rivojlangani sari undan nopok maqsadlarda foydalanib,

kiberjinoyatlarni sodir etish holatlari ham ortib bormoqda.


background image

276

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat

manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan ishonchli himoya qilinishini ta

minlash bo

yicha

muayyan ishlar amalga oshirilmoqda

.

Jumladan, mobil bank tizimlari fuqarolar va tashkilotlar

hayotining turli sohalariga kirib, moliyaviy va boshqa xizmatlarni taqdim etishning yanada ilg

or

shakllari va usullariga aylantirildi. Lekin shunga qaramay, raqamlashtirishning global kengayishi
fonida kiberjinoyatlar dinamikasida sezilarli o`sish kuzatilib, ayniqsa, kredit, moliyaviy va bank
sektorlarida potensial xavf kuchaymoqda.

Barchamizga ma

lumki bugungi texnika va texnologiya rivojlanib borayotgan asrda

deyarli barcha davlat organlari va boshqa turli sohalarda raqamlashtirish ishlari jadal amalga
oshirib kelinmoqda. Shuningdek fuqarolarga qulay, oson, tez va aniq raqamlashtirilgan onlayn
xizmatlar taqdim etilmoqda. Raqamlashtirish jarayonidan bank va moliya tizimi ham mustasno
bo

lmagan holda qator onlayn xizmatlar raqamlashtirilgan tizimlarga o

tmoqda. Buning

natijasida doimiy faoliyat davomidagi jinoyatlar raqamli makon ya

ni kiber makonda sodir

etilish vaziyatlari juda keng tarqalmoqda. Ya

nikim huquq sohasida kiberjinoyatlar tushunchasi

alohida tarmoq sifatida ajralib, uning bugungi kunagi dolzarbligi yanada oshib bormoqda. Bu
jinoyatlarning bugungi kundagi aksariyati moliyaviy kiberjinoyatlar bo

lib, bular ayniqsa

yurtimizda avj olishga va bir necha minglab insonlarga moddiy zarar yetkazishga ulgurdi. Ushbu
maqolada avvalo moliyaviy kiberjinoyatga tarif berib va uning nima ekanligini bilib olamiz.

METODLAR

Ushbu tadqiqotda ilmiy izlanishning bir qator metodlaridan foydalanildi:
Tahliliy metod

onlayn kredit operatsiyalarini amalga oshirishni huquqiy jihatdan

tartibga solishda qonunchilik hujjatlari, xalqaro konvensiyalar, ilmiy adabiyotlar va amaliyotni
tahlil qilishda qo`llanildi. Bu metod yordamida xalqaro va mahalliy qonunchilik hujjatlaridagi
normalar va qoidalar o`rganildi.

Qiyosiy-huquqiy metod

turli mamlakatlarning onlayn kredit berish jarayonini huquqiy

tartibga solishga oid tajribasini o`rganish va qiyoslash maqsadida foydalanildi.

Tizimli tahlil

onlayn kredit berish faoliyatini huquqiy tartibga solishning nazariy va

huquqiy asoslari hamda tamoyillarini o`rganish uchun qo`llanildi.

Tadqiqot doirasida quyidagi manbalarga tayanildi:
1. O`zbekiston Respublikasining bank faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasidagi

qonunchilik, Jinoyat kodeksi, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari farmoyishlari hamda
Markaziy bank tomonidan chiqarilgan buyruqlar va boshqa qonunchilik hujjatlari;

2. Xalqaro-huquqiy hujjatlar;

3. Ilmiy nazariy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari, statistic ma’lumotlar va

boshqa manbalar.

NATIJALAR

Moliyadagi kiberjinoyat nima? Moliya sohasidagi kiberjinoyat - bu daromadga

asoslangan jinoiy faoliyat, jumladan, shaxsiy ma'lumotlar, to'lov dasturlari hujumlari, elektron
pochta va internet firibgarliklari hamda moliyaviy hisob, kredit karta yoki boshqa to'lov kartasi
ma'lumotlarini o'g'irlashga urinishlar orqali moliyaviy daromad olish harakati. Boshqacha qilib

aytganda: Moliyaviy kiberjinoyatlarga toʻlov kartalari maʼlumotlarini oʻgʻirlash, ruxsat

etilmagan tranzaktsiyalarni boshlash uchun moliyaviy hisoblarga kirish, tovlamachilik,

moliyaviy mahsulotlarga ariza berish uchun shaxsni maʼlum qilish uchun

firibgarlik va

hokazolar kiradi.


background image

277

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Boshqacha qilib aytganda: Moliyaviy kiberjinoyatlarga toʻlov kartalari maʼlumotlarini

oʻgʻirlash, ruxsat etilmagan tranzaktsiyalarni boshlash uchun moliyaviy hisoblarga kirish,

tovlamachilik, moliyaviy mahsulotlarga ariza

berish uchun shaxsni maʼlum qilish uchun

firibgarlik va hokazolar kiradi.

Moliyaviy xizmatlar sanoati juda daromadli maqsad bo'lib, shuning uchun kiber

jinoyatchilikning o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Biroq, kibermoliyaviy jinoyatlar har xil
kompaniyalarga, siz va biz kabi shubhasiz shaxslarga ham ta'sir qiladi. Shuningdek, Yevropol

tomonidan Moliyaviy jinoyat yoki iqtisodiy jinoyat “bir shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan

moliyaviy yoki kasbiy ustunlikka erishish maqsadida sodir etilgan noqonuniy xatti-

harakatlar”

deb ta

ʼriflanadi. Bunday jinoyatlarning asosiy maqsadi iqtisodiy manfaatdir”.

1

Moliyaviy

jinoyatlar moliyaviy va korporativ institutlar xavfsizligini chetlab o'tuvchi xakerlik vositalari va
ijtimoiy aloqa vositalaridan foydalangan holda kibermakonda amalga oshirilmoqda. Moliyaviy
va kiber jinoyatlarning oldini olish (FCCP) ADGMning moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurshish
bo'yicha sog'lom amaliyotlarni targ'ib qilish bo'yicha sa'y-harakatlariga rahbarlik qilish uchun
tashkil etilgan, jumladan, pul yuvishga qarshi kurash (AML), maqsadli moliyaviy sanksiyalar
(TFS), kiber jinoyatlarning oldini olish va xalqaro soliq hisobotlari majburiyatlariga (ya'ni

FATCA, CRS) rioya qilish kabi harakatlar jahonda yo’lga qo’yilgan.

Kiberjinoyatlar moliyaviy xizmatlar sohasida ayniqsa keng tarqalmoqda. Ayniqsa, kredit-

moliya sohasidagi tashkilotlar kiberjinoyatchilar uchun asosiy nishonlardan biridir. Jinoyatchilar

fishing hujumlari, elektron raqamli imzoni buzish va boshqa usullarni qo‘llashadi.

Ularning maqsadi

mijozlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib,

ularni ruxsatsiz ishlatishdir. Zamonaviy dunyoda kredit-moliya sohasidagi kiberjinoyatlar

jinoyatlarning boshqa turlariga nisbatan yetakchi o‘rinni egallamoqda. Har kuni banklar va
moliyaviy muassasalar xakerlar va kiberjinoyatchilar tahdidlari bilan to‘qnash kelishmoqda. Bu
tahdidlar, asosan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish va xavfsizlik tizimlariga
kirish bilan bog‘liq.

Shuning uchun kompaniyalar va ularning mijozlarini himoya qilish uchun

kiberhujumlarga qarshi zarur choralarni ko‘rish nihoyatda muhim.

Kredit-moliya sohasida eng keng tarqalgan hujum turlaridan biri bu fishing (soxta

xabarlar yuborish) hisoblanadi. Fishing hujumlari odatda elektron pochta orqali amalga

oshiriladi. Jinoyatchi o‘zini mashhur kompaniya vakili sifatida ko‘rsatib, foydalanuvchidan
maxfiy ma’lumotlarni (masalan, karta raqami yoki parol) so‘raydi. Bunday xabarlar ko‘pincha
juda ishonchli ko‘rinishda bo‘ladi, bu esa foydalanuvchini chalg‘itadi. Yana bir keng tarqalgan

usul

elektron raqamli imzo va autentifikatsiya tizimlarining buzilishi. Jinoyatchilar buzilgan

qurilmalar yoki maxsus dasturlar yordamida mijozning bank akkauntiga ruxsatsiz kirishlari
mumkin. Bu orqali ular mijoz ruxsatisiz moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishadi. Shulardan
biriga yaqqol misol qilib esa shaxs nomiga onlayn kredit rasmiylashtirishni ayta olamiz. Onlayn
kredit berishning bir qator ijobiy tomonlari va qulayliklari mavjud. Birinchidan, ushbu jarayon
fuqarolarning kredit olish jarayonlari vaqtini bir necha barobar qisqartirishi mumkin.

Hujjatlarning barchasi electron tarzda tegishli bank platformasiga yuklanishi bu ortiqcha

byurokratiyani oldini oladi. Kredit summasi esa avtomatik tarzda foydalanuvchi belgilagan
kartaga tushishi. Bularning barchasi maksimal darajada foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi
deb ayta olamiz.

1

Economic crime.” [Online]. Available: https://www.europol.europa.eu/ crime

-areas-and-trends/crime-

areas/economic-crime


background image

278

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

O’rganib chiqilgan malumotlarga qaragana markaziy osiya va Rossiya davlatida banklar

birinchi marta 2013-2014 yillarda onlayn kredit berishni boshladilar. Ko'pincha ushbu xizmat
noutbuklar, gadjetlar va maishiy texnika sotib olish uchun taqdim etilgan. Bugungi kunda ham
kichik, ham yirik kompaniyalar onlayn tarzda kredit olish xizmatini taqdim etadilar.

2

Oxirgi yillarda kredit va moliya institutlari kiberjinoyatchilar tomonidan eng ko'p

hujumga uchragan. Yil davomida hujumlarning umumiy soni ko'paydi, muvaffaqiyatlilar soni
esa kamaydi (ulardan moliyaviy zarar kamaydi).

Moliyaviy institutlarga qilingan hujumlarning aksariyati fishing kabi ijtimoiy

muhandislik texnikasi orqali yetkaziladigan zararli dasturlardan iborat. Moliyaviy
tashkilotlarning (shuningdek, boshqa tarmoqlar kompaniyalari) ichki tarmoqlarining xavfsizlik
darajasi ancha past. Bu tajovuzkorlarga tarmoq bo'ylab erkin harakat qilish, muhim tizimlarga
kirish, bankomatlarni buzish va kartani qayta ishlashni boshqarish imkonini beradi.

3

Moliyaviy

ilovalar xavfsizligining asosiy ijobiy tendentsiyasi onlayn banklardagi yuqori xavfli zaifliklar
ulushining kamayishi hisoblanadi. Biroq, umuman olganda, ularning xavfsizligi pastligicha
qolmoqda: onlayn-banklarning 54 foizida mablag'larni o'g'irlash mumkin bo'lgan (bu 2017
yildagi 50 foiz ko'rsatkichdan bir oz yuqoriroq) va ba'zi hollarda zaifliklar korporativ
infratuzilmaga kirib borish uchun hujumni ishlab chiqishga imkon berdi.

Aynan onlayn faoliyat yuritadigan va onlayn kredit rasmiylashtirish bilan mashhur

bo’lgan Equfax nomli AQSh kompaniyasiga ham 2017

-yilda mana shunday katta kiberhujum

uyushtirilgan va bir qator mijozlarning bank karta m’lumotlari va shaxsiga oid ma’lumotlari
o’g’irlangan. Buning asosiy sabablaridan biri ham bankning texnik xodimlari zararli dasturlar

yoki viruslarning borligini vaqtida aniqlamagnliklaridadir.

Shuningdek, bugungi kunda zamon talablariga binoan bizning yurtimizda ham qator

onlayn faoliyat olib borayotgan milliy, chet el va biz hamkorlikdagi banklar talaygina. Buday

faoliyat olib borayotgan banklarga TBC bank, Anorbank, Tengebank, Uzumbank, Ipank yo’li
banki va shu kabi bir qator banklar jadal faoliyat olib bormoqda. Yuqorida aytib o’tganimdek

onlayn kredit olish ananaviy tarzda kredit olishdan bir muncha osonlashdi va fuqarolarning
vaqtlarini sezilari darajada tejadi. Dastlab, bugungi kunda asosan bizda mikroqarzlarni onlayn

berish faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib uning miqdori ham 100mln so’mgacha etib belgilab
qo’yilgan. Bu jarayonning rivojlanishi davlat tomonidan qabul qilingan tegishli qonunlar,

Markaziy bank reglamentlari hamda moliyaviy texnologiyalar (fintech)ning integratsiyasi bilan

bevosita bog‘liqdir. Yana bir qulay tomoni shuki foydalanuvchining bank kartasi o’zining
telefon raqamiga ulangan va ular har oylik belgilangan to’lovlarini bemalol

Click va Uzcard

ilovalari

orqali onlayn to‘lov tizimdan foydalanib to’lab olishlari mumkin. Chunki ushbu

ilovalar bilan integratsiyalashgan kredit xizmatlari mavjud. Shuningdek,

mobil identifikatsiya

va skoring tizimlari

(yashirin algoritmik baholash) ham joriy etilgan bo‘lib,

foydalanuvchilarning xavf darajasi avtomatik aniqlanadi. Aynan mana shunday

elektronlashtirilgan tizimdan to’gri va ehtiyotkor foydalana olmaganlar esa bugungi kunda juda
ko’plab uchramoqda va ularga nisbatan kiber firibgarlar tomonidan moliyaviy kiber hujumlar

uyushtirilmoqda.

So'nggi paytlarda "fishing" turi tobora ommalashib bormoqda, bunda firibgarlar bank

mijozlariga to'lovlar va pul o'tkazmalarini amalga oshirish uchun maxsus afzalliklarga ega

2

Герасимова Е. А., Чупина И. П. ОНЛАЙН

-

КРЕДИТОВАНИЕ КАК ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В

БАНКОВСКОЙ СФЕРЕ УСЛУГ //предпринимательство. –

2017.

№. 5. –

С. 869

-886.

3

https://www.ptsecurity.com/ru-ru/research/analytics/credit-and-financial-security-2019/#id5


background image

279

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

bo'lgan yangi mobil ilovani o'rnatishni taklif qilishadi, bu aslida firibgarga bank kartasi
ma'lumotlariga, bankning istalgan turi uchun avtorizatsiya ma'lumotlariga kirishga imkon
beradigan zararli dasturdir.

Shuningdek, bankdan kiruvchi SMS-xabarlarni jinoyatchining raqamiga masofadan

yo'naltirish. Shunday qilib, barcha ma'lumotlarga ega bo'lgan kiberfiribgarlar mustaqil ravishda
onlayn kredit olish uchun ariza topshiradilar, ushbu operatsiyani xavfsizlik kodi-parol bilan
tasdiqlaydilar va pul mablag'larini o'z hisoblariga o'tkazadilar.

Kiberfiribgarlikning yana ikkita bir xil darajada keng tarqalgan turi - bu fishing va

pharming bank saytlarini yaratish va ulardan foydalanish. Fishing va pharming saytlari tashqi
ko'rinishi bilan bir xil bo'lgan veb-sahifalardir.

Original bank resurslari, bu yerda foydalanuvchidan shaxsiy hisobiga kirish uchun login

va parolni kiritish so'raladi. Fishing saytlaridan farqli o'laroq, pharming saytlari nafaqat veb-
sahifa dizaynini nusxalash, balki asl IP manzilni jinoiy saytga olib keladigan soxta manzil bilan
almashtiradi. Bunday resurslar spam elektron pochta xabarlari, qalqib chiquvchi reklamalar,
SMS xabarlar, shuningdek, foydalanuvchilarni soxta saytlarga yo'naltiruvchi zararli dasturlarni
yuklab olish orqali tarqatiladi.

4

XULOSA

So'nggi yillar ichida kiberjinoyatchilikning tez o'sishi tufayli kiberjinoyatchilikning

axborot tendentsiyalarini bashorat qilishning tadqiqot mavzusi dolzarb bo'lib qolmoqda.
Kiberjinoyatchilikning oqibatlari butun dunyo bo'ylab tadbirkorlik sub'ektlari, davlat tashkilotlari
va boshqalarning shaxsiy ma'lumotlari va ma'lumotlarini o'g'irlash, yo'qotish va tiklash natijasida
moliyaviy yo'qotishlarning ko'payishi bilan seziladi. Bu masala, ayniqsa, urush va global
pandemiya sharoitida sezilarli, chunki ular kiberjinoyatchilar va kiberfraudsterlar uchun qulay
muhit yaratadi. Shuning uchun uning oldini olish va erta aniqlash ushbu hodisaga qarshi
kurashda strategik maqsadlardir. Ijtimoiy tarmoqlar, mobil va Internet ilovalari orqali yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan axborot tizimlari va kompyuter texnologiyalari foydalanuvchilariga
qarshi kiberjinoyatchilik masalalari bilan bog'liq ilmiy yo'nalish ham dolzarbdir. Ushbu
muammolarga yuqorida yoritib berganimiz onlayn kredit rasmiylashtirish olish jarayonlari ham

kirib ushbu jarayon amalga oshirilishida iste’molchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi,
ularning hisob raqamlari va bank karta ma’lumotlari himoyasi yuqori darajada himoya qilinishi

zarur. Shuningdek ushbu vaziyatda amaliyotni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslardan ham

o’z malumotlarini turli ilova va shu kabi onlayn xizmatdan foydalanayotganlarida yuqori
darajada xavfsiz bo`lishini ta’minlashi yuzasidan mukammal kalit so`zlardan foydalanishlari
yoxud turli sms kod va xabarlar haqida begona shaxslarga ma’lumot bermasliklari ham talab

etiladi. Shunda ushbu noqonuniy harakatlar, va onlayn kredit operatsiyalarini amalga oshirishda
huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelishi nisbatan sezilarli darajada oldi olinishi mumkin.

REFERENCES

1.

O`zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to`g`risida”gi qonun

2.

O`zbekiston Respublikasi “Bank faoliyati to`g`risida”gi qonun 05.11.2019.y., O`RQ 580

-

son

3.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank Boshqaruvining qarori “

Bank xizmatlari

iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining
faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida” nizom 02.07.2018.y, 3030

-sonli

4

https://rep.bstu.by/bitstream/handle/data/21449/175-177.pdf?sequence=1


background image

280

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

4.

Герасимова

Е.

А.,

Чупина

И.

П.

ОНЛАЙН

-

КРЕДИТОВАНИЕ

КАК

ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В БАНКОВСКОЙ СФЕРЕ УСЛУГ
//предпринимательство. –

2017.

№.

5.

С

. 869-886.

5.

Economic crime.” [Online]. Available: https://www.europol.europa.eu/ crime

-areas-and-

trends/crime-areas/economic-crime.

6.

https://www.ptsecurity.com/ru-ru/research/analytics/credit-and-financial-security-
2019/#id5

7.

https://www.xn--80abntbpiaiicwf.xn--p1ai/blog/kredity-onlayn-vsye-chto-nuzhno-znat/

8.

https://cbu.uz/uz/press_center/releases/2441747/

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.

O‘zbekiston Respublikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida.

10.

Kamolov Azim ―Tijorat banklari barqarorligini boshqarish bo‘yichaxorij tajribasi‖, 2015

Internet saytlari

11.

www.lex.uz

Milliy qonunchilik bazasi

12.

https://scholar.google.com-

Google Scholar

13.

www.uza.uz

–O‘zbekiston axborot agentligi sayti

14.

www.cbu.uz

–O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki rasmiy sayti

15.

http://www.worldbank.org

Jahon banki rasmiy sayti

References

O`zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to`g`risida”gi qonun

O`zbekiston Respublikasi “Bank faoliyati to`g`risida”gi qonun 05.11.2019.y., O`RQ 580-son

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank Boshqaruvining qarori “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida” nizom 02.07.2018.y, 3030-sonli

Герасимова Е. А., Чупина И. П. ОНЛАЙН-КРЕДИТОВАНИЕ КАК ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В БАНКОВСКОЙ СФЕРЕ УСЛУГ //предпринимательство. – 2017. – №. 5. – С. 869-886.

Economic crime.” [Online]. Available: https://www.europol.europa.eu/ crime-areas-and-trends/crime-areas/economic-crime.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida.

Kamolov Azim ―Tijorat banklari barqarorligini boshqarish bo‘yichaxorij tajribasi‖, 2015

Internet saytlari

www.lex.uz – Milliy qonunchilik bazasi

www.uza.uz –O‘zbekiston axborot agentligi sayti

www.cbu.uz –O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki rasmiy sayti

http://www.worldbank.org –Jahon banki rasmiy sayti