Authors

  • Gulsanam Narzullayeva
  • Charos Shomurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110064

Keywords:

Janubiy Koreya K-pop sanoati iqtisodiyot turizm K-pop guruhlari iqtisodiy foyda sayyohlar albomlar musiqiy chiqish HYBE BTS SWOT tahlil.

Abstract

Quyida keltirilgan maqolada hozirda rivojlanib ulgurgan K-pop sanoatining Janubiy Koreya iqtisodiyoti va turizmiga qay darajada ta’sir qilishi tahlil qilingan va bu ta’sirni o’rganish jarayonida uning kuchli va zaif tomonlari, shu bilan birga mavjud imkoniyatlari va bu soha yuzlashishi kutilayotgan tahdidlari asos qilib olingan. Maqolada K-popning iqtisodiyotga qoʻshgan hissasi albom savdolari, konsertlar va brend hamkorliklari orqali milliy daromadlarning oshishi, turizm sohasida esa Koreya madaniyatiga qiziqishning kuchayishi shaklida namoyon boʻladi. Shu bilan birga, sanoatning haddan tashqari rivojlanishi boshqa sohalarga investitsiyalarning kamayishiga olib kelishi, global qiziqishning pasayishi kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Maqolada K-pop sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ham keltirilgan boʻlib, ular orasida atrof-muhitni hisobga olgan ishlab chiqarish usullari, turizmni mamlakat boʻylab tarqatish kabi gʻoyalar muhim oʻrin tutadi.

background image

62

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

K-POP SANOATINING JANUBIY KOREYA IQTISODIYOTI VA TURIZMIDA

TUTGAN O’RNI

Narzullayeva Gulsanam O’tkir qizi

“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya” universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”

fakulteti 0-9a-24 guruhi talabasi

E-mail:

gulsanamnarzullayeva6@gmail.com

Shomurodova Charos Otabek qizi

“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya” universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”

fakulteti 0-9a-24 guruhi talabasi

E-mail:

charosshomurodova4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593016

Annotatsiya. Quyida keltirilgan maqolada hozirda rivojlanib ulgurgan K-pop

sanoatining Janubiy Koreya iqtisodiyoti va turizmiga qay darajada ta’sir qilishi tahlil qilingan
va bu ta’sirni o’rganish jarayonida uning kuchli va zaif tomonlari, shu bilan birga mavjud
imkoniyatlari va bu soha yuzlashishi kutilayotgan tahdidlari asos qilib olingan. Maqolada K-
popning iqtisodiyotga qoʻshgan hissasi albom savdolari, konsertlar va brend hamkorliklari
orqali milliy daromadlarning oshishi, turizm sohasida esa Koreya madaniyatiga qiziqishning
kuchayishi shaklida namoyon boʻladi. Shu bilan birga, sanoatning haddan tashqari rivojlanishi
boshqa sohalarga investitsiyalarning kamayishiga olib kelishi, global qiziqishning pasayishi
kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Maqolada K-pop sanoatini yanada rivojlantirish
boʻyicha takliflar ham keltirilgan boʻlib, ular orasida atrof-muhitni hisobga olgan ishlab
chiqarish usullari, turizmni mamlakat boʻylab tarqatish kabi gʻoyalar muhim oʻrin tutadi.

Kalit so’zlar: Janubiy Koreya, K-pop sanoati, iqtisodiyot, turizm, K-pop guruhlari,

iqtisodiy foyda, sayyohlar, albomlar, musiqiy chiqish, HYBE, BTS, SWOT tahlil.

Аннотация. В данной статье анализируется влияние стремительно

развивающейся индустрии K-pop на экономику и туризм Южной Кореи. В ходе
исследования рассматриваются сильные и слабые стороны этой отрасли, а также
существующие возможности и потенциальные угрозы. Отмечается, что K-pop вносит
вклад в экономику за счет продаж альбомов, концертов и партнерства с брендами, что
увеличивает национальный доход, одновременно усиливая интерес к корейской культуре
через туризм. Однако в статье также обсуждаются проблемы, такие как чрезмерное
развитие индустрии, ведущее к сокращению инвестиций в другие сектора, и возможное
снижение глобального интереса. Кроме того, предлагаются рекомендации по
дальнейшему развитию K-pop, включая экологически безопасные методы производства и
стратегии по равномерному распределению туристических потоков по всей стране.

Ключевые слова: Южная Корея, индустрия K-pop, экономика, туризм, K-pop

группы, экономическая выгода, туристы, альбомы, музыкальные релизы, HYBE, BTS,
SWOT-анализ.

Abstract. The article analyzes the significant impact of the rapidly developing K-pop

industry on South Korea's economy and tourism. It examines the industry's strengths and
weaknesses, as well as existing opportunities and potential threats it may face. The study
highlights how K-pop contributes to the economy through album sales, concerts, and brand
partnerships, which boost national income, while also increasing global interest in Korean
culture through tourism.However, the article also discusses challenges, such as the excessive
growth of the industry leading to reduced investments in other sectors and the potential decline


background image

63

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

of global interest. Additionally, it presents recommendations for further developing the K-pop
industry, including environmentally friendly production methods and strategies to distribute
tourism benefits across the country.

Keywords: South Korea, K-pop industry, economy, tourism, K-pop groups, economic

benefits, tourists, albums, music releases, HYBE, BTS, SWOT analysis.

KIRISH

Hozirgi kunda yoshlar orasida o’zining zamonaviy musiqiy ohanglari, jo’shqin

harakatlarga asoslangan raqslari va dunyo tan olgan san’atkorlari ( IDOL, pop yulduzlar) bilan
mashhur bo’lgan k-pop sanoati butun jahonda turli shov-shuvlarga sabab bo’lmoqda. Bu
tushunchaning asl ma’nosiga yuzlanadigan bo’lsak, K-pop (Korean pop) Janubiy Koreyaning
1990-yillarda shakllana boshlagan g’arb popi, hip-hop, elektronika va an’anaviy koreys
ohanglariga asoslangan musiqiy janri hisoblanadi.[1] Ushbu “kashfiyot” orqali Yaqin Sharq
mamlakatlarining ( Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya) musiqiy ma’daniyatlari jahonga yoyildi.
XXI asrning ilk yillarida k-pop sanoati o’zining ilk mashhur guruhlari , xususan Wonder Girls,
BIGBANG, Girls’ Generation mualliflik qiladigan “san’at asarlari” ni musiqa olamiga taqdim
eta boshlaydi. Bu muvaffaqiyatga erishishda ijtimoiy tarmoqlar ham katta ijobiy ta’sir
ko’rsatgan. Shu tariqa sanoat kengayib yangidan-yangi musiqiy qobiliyatga ega bo’lgan
yulduzlar jamoalari G’arb mamlakatlariga ham qadam qo’yishadi. Bugungi globallashuv davrida
BTS, Blackpink, Stray Kids kabi k-pop sanoatining “akulalari” dan xabardor bo’lmagan inson
bo’lmasa kerak , hech bo’lmaganda ular ijtimoiy tarmoqlar orqali bu kabi yulduzlarning musiqiy
faoliyati bilan yaqindan tanishishgan. Ayni paytda k-pop sanoatining faol muxlislari soni 150
mln nafardan 200mln nafargachani tashkil qiladi.[2] Bundan tashqari, har bir k-pop muxlislari
o’z sevimli yulduzlarining musiqiy chiqishlariga dunyoning har bir burchagidan Janubiy
Koreyaga tashrif buyurishadi. Shubhasiz, bu davlat iqtisodiyoti va turizmiga sezilarli darajada
foyda keltiradi. Koreya davlati byudjetining 11 trillion koreys von (won) ulushi k-pop sanoatiga
to’g’ri keladi.[3] Koreya turizmining 60 % esa aynan ushbu industriyaning hissasi sanaladi.[4]
Ushbu sanoat hozirga kelib global fenomenga aylanib ulgurdi va shu bilan birga koreys xalq
ma’daniyati , tili va milliy taomlarini ham omma orasida keng miqyosda tanitdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

K-pop industriyasining Janubiy Koreya iqtisodiyotiga va turizmiga qo’shayotgan hissasi

to’g’risida dunyo olimlari tomonidan turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday izlanishlar
natijasida butun musiqa hamjamiyatiga ushbu mavzu haqida yetarlicha ma’lumot olishga yo’l
ochilmoqda. Quyida ushbu mavzuga oid bir nechta maqolalarning tahlili keltirib o’tilgan:

Ko’plab K-pop to’g’risida ilmiy tadqiqotlar o’tkazgan olim Jinheon Park o’zining

maqolalarida K-pop eksporti, albom savdolari, konsertlar va brend hamkorliklari orqali milliy
daromadlarni oshirib, Koreya musiqa sanoatini dunyoda 7-o‘ringa ko‘targani va "Big 4"
kompaniyalari (HYBE, SM, YG, JYP) daromad va operatsion foydaning keskin o‘sishiga
erishganligi (masalan, YG Entertainment 2023-yilda operatsion foydasi 461.5% ga oshgan)
haqida ma’lumot berib o’tgan.[5]

Patrick A. Messerlin va Wonkyu Shin tomonidan yozilgan maqolada nafaqat k-

popning global muvaffaqiyati va iqtisodiy ko’rsatkichlari, balki k-popning muvaffaqiyatga
erishishining asosiy sabablarini ham keltirib o’tilgan.[6] Bu sabablar:

1.

Internet infratuzilmasi: Koreya hukumatining erta va kuchli internet infratuzilmasi

K-pop kompaniyalariga global auditoriyaga yetish imkoniyatini berdi.


background image

64

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

2.

Global bozorga chiqish: Koreyada onlayn narxlar boshqa mamlakatlarga

qaraganda ancha past, shu sababli K-pop kompaniyalari daromad oshirish uchun tezda global
bozorga chiqdi.

Yana bir maqola mualliflari Ingyu Oh va Hyo- Jung Lee o’z ilmiy ishlarida Koreya

hukumati Hallyu (Koreya to‘lqini) ni madaniy eksport sifatida rag‘batlantirish uchun byudjetni
keskin oshirganligi (2013-yilda 319 milliard von) biroq, byudjetning ko‘p qismi an’anaviy
madaniyat (masalan, gukak) va turizmga sarflanishi natijasida K-pop chetda qolayotganligi
to’g’risida ta’kidlab o’tishgan.[7]

METODOLOGIYA

Ushbu maqoladagi barcha statistik ma’lumotlar “Ministry of Culture, Sports and Tourism

Republic of Korea”, “ visitKorea”, KOCCA (Korean Creative Content Agency) va shu kabi web-
sahifalardan olingan. Bundan tashqari k-pop sanoatining Janubiy Koreya iqtisodiyoti va
turizmiga ta’siri SWOT analizi orqali tahlil qilindi. Shu bilan birga maqolada butunjahon
olimlari tadqiqotlarining natijasi ham inobatga olingan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

K-pop sanoatining Janubiy Koreya iqtisodiyoti va turizmiga ta’sirini SWOT analizi orqali

o’rganib chiqadigan bo’lsak:

Strengths ( Kuchli tomonlari):

Birinchi navbatda, K-pop yulduzlarining musiqiy albomlariga bo’lgan talab

nafaqat Janubiy Koreyada ,balki butun dunyo mamlakatlatlarida ham juda yuqori. Bu turdagi
albomlarning sotuvi Koreya iqtisodiyotiga milliardlab dollar foyda olib keladi.2022-yilda
Koreya musiqa sanoati eksporti $1.4 mlrdni tashkil etib, unda albomlarning ulushi $500mln dan
ortiq hisoblanadi. Shu bilan birga, 2023-yilda albom sotuvi tarixdagi eng yuqori ko’rsatkichga
erishib 120 mln nusxada sotilgan.[8]

Grafik [9]

Bundan tashqari, har yili K-pop ning mashhur guruhlari musiqiy chiqishlariga

tashrif buyuruvchi muxlislar Koreya turizmining asosi hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga
yuzlanadigan bo’lsak, 2023-yilda Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan sayyohlarning 12% qismi,
ya’ni taxminan 1,5 mln kishi K-pop tufayli kelgan.


background image

65

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Diagramma [10]

Birgina albomlar orqali davlat hududida har bir mamlakatning asosiy

muammolaridan biri bo’lgan ishsizlik darajasi anchayin pasaygan. Misol tariqasida, k-pop
sanoatining asosiy belgilari bo’lgan CD, fotokitoblar va albomlar ishlab chiqarish uchun 200
dan ortiq mahalliy kompaniyalar faoliyat yuritadi.[11] Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyotda
nafaqat bo’sh ish o’rni yaratiladi, balki davlatda tadbirkorlik ham rivojlanadi.

Yil

Albom sotuvi(mln)

Daromad

Turizmga ta’sir (mln sayyoh)

2020

45

$400 M

2.5 (pandemiya tufayli)

2021

60

$700 M

3.1

2022

80

$900 M

4.5

2023

120

$1.1 B+

5 +

Jadval [12]

Albomlarning butun dunyo davlatlariga sotilishi natijasida Koreyaning pochta va

yetkazib berish tizimi ham katta foyda oladi.

Janubiy Koreya hududidagi k-pop sanoatining kompaniyalari katta miqdorda soliq

to’lashadi va bu ham iqtisodiyotga sezilarli darajada foyda olib keladi. Bunga misol qilib HYBE
korporatsiyasi ( BTS kompaniyasi) ning 2022-yilda $1.2 mlrd daromad olib, davlatga $150 mln
dan ortiq qismini soliq uchun ajratgan.[13]

Weaknesses ( Zaif tomonlari) :

Yuqorida aytib o’tilganidek, K-pop davlat iqtisodiyotiga asosiy foyda olib

keluvchi soha hisoblanib, davlat bu sohani rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiyalar
kiritadi va bu qishloq xo’jaligi, an’anaviy sanoat kabi boshqa sohalarning chetda qolib ketishiga
olib keladi.

Davlatga tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi K-pop yo’nalishiga qiziqqanligi

sababli sayyohlar faqatgina K-popga bog’liq bo’lgan joylar ( HYBE Insight, SM Town) ga
borishni xohlashadi. Bu Janubiy Koreya xalqining ming yillik tarixi aks etgan me’moriy-tarixiy
yodgorliklari joylashgan qadamjolarga e’tibor kamayishiga olib kelmoqda.


background image

66

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Opportunities (Imkoniyatlar)

XXI asr texnika- texnologiyalar rivojlangan zamonda K-pop sanaoati o’z

infratuzilmasini raqamlashtirish orqali misli ko’rilmagan cho’qqiga chiqish imkoniyatiga ega va
bu xususida turli izlanishlar olib bormoqda. Yaqin yillarda K-pop guruhlari o’z konsertlarini
virtual tarzda o’tkazish orqali yangi daromad manbalarini yaratishi mumkin.

Hozirgi kunda k-pop sanoati vakillari o’z mashhurligidan oqilona foydalangan

holda Hollywood, moda (Louis Vuitton, Dior ) va turli o’yinlar (PUBG, League of Legends)
bilan hamkorlik qilish orqali yangi bozorlarga kirishi mumkin.

Threats (Xavf-xatar):

Bugungi kunda Janubiy Koreya iqtisodiyoti va turizmining asosiy manbasi K-pop

hisoblandi. Kelajakda K-pop ga bo’lgan global qiziqishning pasayishi Koreyaning ko’plab
iqtisodiy va turizmga oid sohalariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

“Big 4” (HYBE, SM, YG, JYP) kabi yirik kompaniyalar bozorning 80% dan

ortig‘ini nazorat qiladi, bu yangi ijodkorlar va kichik kompaniyalar uchun raqobatni
qiyinlashtiradi. Agar ushbu kompaniyalar biror inqirozga duch kelsa (masalan, BTSning harbiy
xizmatga ketishi HYBE aksiyalarini pasaytirgani kabi), bu Koreya iqtisodiyotiga zarba bo‘lishi
mumkin.

K-pop rivojlangani sari Janubiy Koreyaga tashrif buyurayotgan turistlar soni ham

ortib borar ekan, bu davlatga turli holatlarga sabab bo’luvchi turli xildagi viruslarning
tarqalishiga ham olib keladi. COVID-19 pandemiyasi davridagi kontsertlarning bekor qilinishi
turizm va albom savdolariga qattiq taʼsir ko‘rsatgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Yuqorida tahlil qilingan SWOT analizi shuni ko’rsatadiki, K-pop bir nechta xavf-

xatarlarga qaramasdan, Janubiy Koreya iqtisodiyotiga va turizmiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Quyida bu sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha takliflar keltirilgan:

K-pop sanoati musiqiy chiqishlarini kichik-kichik shaharlarda ham tashkil qilsa, bu

turizmning nafaqat katta shaharlarda balki shahar chekkalarida hamtarqalishini tas’minlaydi. Bu
esa barcha iqtisodiy foyda olish mumkin bo’lgan imkoniyatlardan foydalanishga olib keladi.

Ayni damda Yer sayyoramiz ifloslanib ketayotgan bir vaqtda k-pop sanoatining asosiy

daromad manbai bo’lgan albom ishlab chiqarish jarayonida atrof -muhitga zarar yetkazmaydigan
manbalardan foydalanish nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Bundan tashqari albom materiallarini
qayta tiklanadigan xom-ashyolardan yasalsa va aholi orasida chiqindilarni qayta topshirish
ko’nikmasini rivojlantirilsa eski albomlardan yangi albomlar yaratilar va qimmatli resurslar isrof
qilinmas edi. Ushbu oddiy jarayon ham iqtisodiyotga foyda olib keladi.

XULOSA

K-pop musiqiy oqim bo’libgina qolmasdan Janubiy Koreyaning global madaniy kuchi va

iqtisodiyotida ham muhim rol o’ynaydi. Ushbu soha mamlakat YaIM (Yalpi Ichki Mahsulot)
hajmini anchagina oshirish bilan cheklanib qolmasdan uning turizm sohasini ham rivojlantiradi.
Bundan tashqari, K-pop Koreya to’lqini (Hallyu) orqali “yumshoq kush” ta’sirini kuchaytiradi.
Yuqorida tahlil qilingan SWOT analizi shuni ko’rsatadiki, K-pop sanoatining Janubiy Koreya
iqtisodiyoti va turizmiga ta’siri o’zining bir nechta zaif tomonlariga ega bo’lishiga qaramasdan,
uning kuchli tomonlari davlat iqtisodiyoti va turizmining global ravishda tarqalishiga asos bo’la
oladi. Shuningdek, Koreya hukumati K-popni boshqa madaniy va iqtisodiy sohalar bilan
muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishi kerak. Xulosa qilib aytganda, K-
pop Janubiy Koreyaning "yumshoq kuchi" sifatida uning global ta'sirini kuchaytirishda davom
etadi, ammo bu muvaffaqiyatni uzoq muddatli saqlab qolish uchun sanoat barqarorlik va


background image

67

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

diversifikatsiya tamoyillariga amal qilishi shart.

REFERENCES

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/K-pop

2.

https://www.bloomberg.com/europe

3.

https://www.kocca.kr/en/main.do

4.

https://knto.or.kr/eng/index

5.

Park, J. (2023) 'From Cultural Export to Economic Engine: Examining the Role of K-Pop
in the Growth of the South Korean Economy', Open Journal of Business and
Management, 11, pp. 2198–2214. doi:

10.4236/ojbm.2023.115121

.

6.

Messerlin, P.A. and Shin, W. (2016) The K-pop Success: How Big and Why So Fast? .
Sciences Po Paris and Kyung-Hee University.

7.

Oh, I. and Lee, H.-J. (2014) 'K-pop in Korea: How the Pop Music Industry Is Changing a
Post-Developmental Society', Cross-Currents: East Asian History and Culture Review,
3(1), pp. 72–93. doi:

10.1353/ach.2014.0007

.

8.

https://www.kocca.kr/en/main.do

9.

https://www.customs.go.kr/english/cm/cntnts/cntntsView.do?mi=8042&cntntsId=2724

10.

https://knto.or.kr/eng/index

11.

https://www.mcst.go.kr/kor/main.jsp

12.

https://go.euromonitor.com/White-Paper-K-Pop-Strategies-For-Business.html

13.

https://hybecorp.com/eng/ir/ir_material.do


References

Park, J. (2023) 'From Cultural Export to Economic Engine: Examining the Role of K-Pop in the Growth of the South Korean Economy', Open Journal of Business and Management, 11, pp. 2198–2214. doi: 10.4236/ojbm.2023.115121.

Messerlin, P.A. and Shin, W. (2016) The K-pop Success: How Big and Why So Fast? . Sciences Po Paris and Kyung-Hee University.

Oh, I. and Lee, H.-J. (2014) 'K-pop in Korea: How the Pop Music Industry Is Changing a Post-Developmental Society', Cross-Currents: East Asian History and Culture Review, 3(1), pp. 72–93. doi: 10.1353/ach.2014.0007.