ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1311
BOLALIKNI O‘G‘IRLAB KETGAN GADJETLAR
Yo‘
ldoshev Axrorjon
Qo‘qon universiteti
Raqamli texnologiyalar va matematika kafederasi o‘qtuvchisi.
Halimova Muharramxon
Abdurashidova Bahoroy
Qo‘qon universiteti
“Maktabgacha ta‘lim ” yo‘nalishi MT 2/24 guruh talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15739142
Annotatsiya.
Ushbu maqola zamonaviy texnologiyalar va gadjetlarning jamiyatga salbiy
ta'sirini, nomofobiya va gadjetomaniya kabi muammolarni tahlil qiladi. Mobil aloqa
telefonlaridan chiqayotgan elektromagnit nurlar inson organizmiga turli xil salbiy ta'sirlar
ko‘rsatmoqda. Bolalar va o‘smirlar orasida raqamli qurilmalarga haddan tashqari bog'lanish
holati keng tarqalgan bo‘lib, bu psixologik, jismoniy va ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib
kelmoqda. Maqolada gadjetlarga qaramlikning oqibatlari, shu jumladan virtual hayot tarzining
haqiqiy bolalikni qanday siqib chiqarayotgani ilmiy asoslangan dalillar bilan ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va psixologlarning bu boradagi vazifalari,
profilaktik chora-
tadbirlar va sog'lom raqamli odatlarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan.
Tadqiqot davomida dunyo miqyosida olib borilgan izlanishlar, statistik ma'lumotlar va
amaliy tavsiyalar asosida muammo ko‘lamining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Maqola
jamiyatda tobora kuchayib borayotgan bu muammoni ijtimoiy, madaniy va pedagogik kontekstda
tahlil etishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Gadjetomaniya; raqamli qurilmalar; internetga qaramlik; virtual bolalik;
telefonga qaramlik; ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazish; bolalar va texnologiya; ota
-ona nazorati;
psixologik salomatlik; real va virtual hayot; raqamli tarbiya; ijtimoiy chekinish; zamonaviy
bolalik; kompyuter o‘yinlari; smartfon va bola, gadjet, mobil telefon, nomofobiya, qaramlik,
eletromagnit maydon.
Gadjetomaniya bu
–
gadjetlarga qaramlilik.Gadjet (igilischa-qurilma)-bu inson hayotini
yengillashtirish va yaxshilash uchun mo`ljallangan kichik qurilma hisoblanadi.Gadjedlar turli
sohalarda keng tarqalgan: Sport, tibbiyot va albatta ko‘ngil ochar sektorda. Yoshlar
foydalanadigan asosiy gadjed, smartfon va planshetlardir. Bunday qurilmadan ortiqcha
foydalanish nomofobiyaga olib kelishi mumkin. Nomofobiya (mobil fobiya )
–
mobil
telefonlarsiz yoki undan uzoqda qolishdan qo`rqish,.statistik ma`lumotlarga ko`ra 80% odamlar
uyg`onishdan keyin daslabki 15 daqiqasini gadjetlarga sarf qilishadi .2022 yilning yanvar
xolatida Respublikamizdagi har 100 ta uy xojaligiga 208 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi
aniqlangan. Demak O`zbekistonda xam nomofobiyaga uchrash xafi ortib kelmoqda. Zamonaviy
texnologiyalar, xususan internet, hozirgi kunda bolalar va o‘smirlar hayotining ajralmas qismiga
aylangan.
Internetda bolalar turli xil axborotlarni o‘rganadi, yangi do‘stlar topadi, o‘zini ifoda etadi
va turli o‘yinlar o‘ynaydi. Ammo internetning bolalar psixologiyasiga ta’siri to‘liq
o‘rganilmagan va bu masala jiddiy izlanishlarni talab qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1312
Internetning bolalarga qanday psixologik ta’sir ko‘rsatishi, uning salbiy va ijobiy
tomonlari, shuningdek, bolalarni zararli ta’sirlardan himoya qilishning samarali usullari hamda
internetga bog‘liqlikning oldini olish choralariga doir masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Internetning bolalarning psixologik rivojlanishiga ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi
mumkin. Maqolada internetning ta’sirini tahlil qilish orqali, uning psixologik aspektlari va
bolalar hayotida olib keladigan o‘zgarishlar haqida umumiy tasavvur yaratishga harakat qilinadi.
Virtual muhit
–
bu hodisa yoki hodisalar jarayonlarni taqlid qiluvchi real dunyo
boʻlagining kompyuter modeli hisoblanadi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari
asosida axborot muhitini yaratish va rivojlantirish gʻoyasi muhim va dolzarbdir .“Axborot
muhiti” atamasini tushunish nafaqat ma‟lumotning odatiy manbalarini, balki virtual
komponentni ham oʻz ichiga oladi .Bugungi kunda virtual muhitda, juda ham koʻplab
imkoniyatlar mavjud boʻlib, koʻplab ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, tibbiy, hissiy nominal va boshqa
jarayonlar, kommunikatsiyalar, uning fazoviy va vaqtinchalik xususiyatlarining oʻzgarishi, bu
albatta faoliyatni kengaytirish, ularning tabiatini oʻzgartirish virtual muhitda nihoyatda oson
kechadi. Bu sohalarning barchasi bir-
biri bilan chambarchas bogʻliq. Ammo bu faoliyatning
ijobiy tomoni boʻlsada uning salbiy tomoni ham mavjud: Masalan:Virtual makonda hayot
kechirish siz bilan biz oʻylagandan ham koʻra xavfliroqdir. Masala shu qadar dolzarb va
murakkabki, uni soʻzsiz muammo darajasiga koʻtarsa boʻladi. Nima uchun? Chunki avvalo,
bizda bor boʻlgan faktlarga yuzlansak.Bugungi dunyoda har bir xodim shaxs kuniga oʻrtacha
hisobda 5-
6 soat vaqtini kompyuter yoki virtual muhitda oʻtkazadi. Telefon soʻzlashuvlari,
televizor, internetva kompyuter oʻyinlarini qoʻshib hisoblaganda, bu raqam ikki baravarga ortadi.
Jahon matbuot ma‟lumotlariga ko„ra, internet kommunikatsiya texnologiyalari tarixida
misli ko
’
rilmagan o
’
sish ro
’
y berdi. Agar 1990 yilda 1,5 million foydalanuvchi internet tizimiga
ulangan bo
’
lsa, 1996 yilda - dunyoning 160 mamlakatida 60 million, keyin 2000 yilda - ularning
soni 1 mlrd. Qayd etilishicha, internet foydalanuvchilari soni har yuz kunda ikki baravarga
ko‘paymoqda.
Gadjetomaniya tushuncha va rivojlanish tarixi
Gadjetomaniya (inglizcha “device addiction”) so‘zi psixologiyada “raqamli qaramlik”
yoki “elektron qurilmalarga qaramlik” tushunchasini ifodalaydi. Birinchi marta bu atama 2000
-
yillarning boshida Internet va mobil qurilmalarning keng tarqalishi bilan qo‘llana boshlandi.
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir davrda
yashayapmiz. Gadjetlar
–
bu zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, foydalanuvchilarga
turli funksiyalarni bajarishda yordam beruvchi elektron qrilmalardir.
Ular kommunikatsiya, o‘yin –
kulgi, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
Gadjetlar
–
smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar va boshqa raqamli qurilmalar
–
nafaqat kattalar, balki bolalar hayotida ham keng tarqalgan.Maqolada gadjetlarning bolalar
psixologiyasiga ta’siri, ularning sal
biy va ijobiy jihatlari hamda ota
–
onalar va pedagoglar uchun
tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Virtual muhit
- haqiqiy faoliyat sohasiga, shaxs hayotining muhim
qismiga aylanadi, insonning oʻzida koʻp narsalarni oʻzgartiradi –
uslub, turmush tarzi, odatlar,
qiziqishlar doirasi va muloqotni ham. Internetning asosiy vazifasi kundalik hayot makonini
ifodalashdir, chunki Internet nafaqat ijtimoiylashuv vazifasini amalga oshirishga qodir, balki
jamiyat hayotidagi hodisa va hodisalarga ma‟lum maqom, ahamiyat, obroʻ
-
e‘tibor berish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1313
sanaladi. Bugungi dunyo yoshlari son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir,
chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat,
axborot madaniyati,ma‘lumotlardan to‘g‘ri foydalanis
h madaniyati kabi tushunchalar
hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘tib tbelgilash va foydalanuvchilar
bilan toʻgʻri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini
shakllantirish davr talabidir. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni
boʻlgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me‘yorga amal qilmogʻimiz
zarur. Internetdan kamroq va foydali yo‘llarda foydalanishni o‘rganishimiz va kelajak avlodga
o‘rgatib borishimiz
kerak. Bu bizning kelajagimiz uchun asosiy vazifamizdir. Albatta, hozirgi
kunda hech kim yo‘qki biror bir mobil aloqasi va internetdan xabarsiz bo‘lsa, ayniqsa yoshlarda
kattalarga nisbatan tez o‘rganuvchan bo‘lganligi uchun bu narsa ular orasida juda tez va keng
yoyilib kelyapti. Shuning uchun, bizning kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodlarga ijtimoiy
tarmoqlarda muloqot qilish jarayonida umuman o‘z shaxsiy ma‟lumotlari, uy telefoni raqami,
manzili, shuningdek, ota-
ona va yaqinlarining shaxsiy ma‘lumotlarini berish mumkin emasligini
tushuntirish kerak. «Virtual do‘stlar»i orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular
bilan haqiqiy hayot
da uchrashishlari, ishonuvchan odatlariga ko‘ra begonalar bilan dildan
suhbatlashishlari xavfini alohida ta‘kidlash zarur. Bunday muloqotlar ko‘pincha kiber
jinoyatchilar ya’ni internet orqali jinoyat qiluvchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har bir
o‘smir bilmog‘i lozim va yoshlarning internetdan foydalanishini qattiq nazorat qilish kerak.
Internetga haddan ziyod bog’lanib qolish insonlarning ham tana sog’ligida, ham ruh sog’ligida
bir qancha nuqsonlarning paydo bo‘lishini inonatga olib, internetdan me’yorida foydalanishga
amal qilish lozim
. “So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman”
degan gap ham bejizga
aytilmagan. Salbiy oqibatlar bilan kurashgandan ko‘ra uni oldini olgan afzal.Bugungi kunda
mobil telefonlar kundalik hayotimizga shu qadar mustahkam ornashib oldiki, biz ularsiz nafaqat
maktabda yoki ishta,balki ta`tilda ham qanday ish tutishimizni tasavvur qila olmaymiz.Mobil
telefonlardan ortiqcha foydalanish inson organizmi salomatligiga salbiy ta`sir korsatishi va
telefon modeli qanchalik kuchli bo`lsa, shunchalik zararli bo`lishi mumkun..Uyali
qurilmalarning biologik ta`siri bo`ycha mingdan ortiq ilmiy nashirlar mavjud. Shu bilan birga,
texnalogiya to`xtamaydi va xar yili eng zamonaviy va kuchli mobil qurilmalar tobora kopayib
bormoqda. Gadjetlarning inson tanasiga ta`siri mavzusi hozirgi kunda dolzarbdir.Mobil telefon
elektromagnit to`lqinlarni chiqarishga qodir, ular elektr va magnit maydonning tebranishlaridir.
Ushbu tolqinlar ham organik, ham noorganik moddalarga ta`sir qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, bola haqiqiy hayotdagi faoliyatdan uzoqlashib, virtual dunyo
bilan yashay boshlaydi. Bu esa uning rivojlanishiga zarar yetkazadi.Virtual bolalik
—
bu
bolalarning ko‘p vaqtini telefonda o‘yin o‘ynash, multfilm ko‘rish, internetda yurish bilan
o‘tkazishidir. Bunday bolalar ko‘proq ekran ortida vaqt o‘tkazadi, haqiqiy hayotdagi o‘yinlar,
muloqot, tabiat bilan aloqa qilish kabi faoliyatlardan uzoqlashadi.
Quyida shu tavsiyalarning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
•
Uch yoshga qadar planshet va boshqa turdagi gadjetlarni bola qo‘liga tutqazmang;
•
Agar bolangizga gadjet bersangiz, foydalanish vaqtini chegaralang;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1314
•
7 yoshgacha bolaning kompyuter o‘yinlarini o‘ynashiga qat‘iy “nuqta” o‘rnating. 7
yoshdan keyin bola bilan kelishing, o‘yin uchun aniq chegaralangan vaqtni belgilab oling. Dam
olish kunlari esa bu vaqtni biroz uzaytirsangiz bo‘ladi;
•
Bo‘sh vaqtdan unumli foydalaning: bolangiz bilan birga sayr qiling, sport
mashg‘ulotlariga qatnashing;
•
Kafe, park kabi ko‘ngilochar joylarga borganda, bolaga gadjet bermang. Unutmang,
bolangiz boshqacha
–
tabiiy ko‘rinishda ham dam olishi kerak. Boladagi obrazli tafakkur atrof
-
olamni kuzatish natijasida yanada boyib boradi. Uning atrof manzaralarini kuzatishiga diqqat
qarating;
•
Bolani “kompyuter metodlari” yordamida rag‘batlantirmang. Bola “besh” oldi degani,
bor kompyuter o‘yna degani emas. Bolaga rahmat va ijobiy munosabatni texnika emas, odamlar
ko‘rsatmogi lozim.
•
Texnika ta‘siridan qo‘rqasizmi, demak, undan qoching!
Gadjetomaniyaning sabab va omillari:
1.Ota-
onaning e’tiborsizligi –
bola zerikkanida yoki bezorilik qilmasligi uchun unga
gadjet beriladi.
2.Zamonaviy turmush tarzi
–
texnologik vositalarning hayotga chuqur kirib kelganligi.
3.Bo‘sh vaqtni to‘ldirish usuli sifatida –
ko‘plab bolalar tashqarida o‘ynash o‘rniga
telefonda o‘ynaydi.
4.Reklama va internetning jozibasi
–
ijtimoiy tarmoqlar, YouTube kabi saytlar bolani
o‘ziga tortadi.
Gadjetomaniyaning salbiy oqibatlari
✓
Ko‘zning tez charchashi va buzilishi
✓
Uyqu buzilishi
✓
Psixologik muammolar (asabiylik, g‘azablanish, yolg‘izlanish)
✓
Ijtimoiy muloqotdan uzoqlashish
✓
Jismoniy harakatning kamayishi, semirish
✓
Yodinga saqlash va fikrlash qobiliyatining pasayishi
✓
O‘qishga bo‘lgan qiziqishning kamayishi
Virtual bolalik
—
bu bolalarning ko‘p vaqtini telefonda o‘yin o‘ynash,multfilm ko‘rish,
internetda yurish bilan o‘tkazishidir. Bunday bolalar ko‘proq ekran ortida vaqt o‘tkazadi, haqiqiy
hayotdagi o‘yinlar, muloqot, tabiat bilan aloqa qilish kabi faoliyatlardan uzoqlashadi.
Gadjetlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:
1. Gadjetlardan foydalanish vaqtini cheklash
–
3 yoshgacha bo‘lgan bolaga umuman
bermaslik, 3
–6 yosh oralig‘ida esa 30 daqiqadan oshirmaslik kerak.
2. Bolaga alternativa faoliyatlar taklif qilish
–
rasm chizish, konstruktorlar bilan o‘ynash,
kitob o‘qish.
3. Ota-
onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi –
bola ota-onani kuzatadi. Agar ota-ona doim
telefonga bog‘langan bo‘lsa, bola ham shunday qiladi.
4. Ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish –
yurish, sport, do‘stlar bilan o‘yinlar.
5. Gadjetlar mazmunini nazorat qilish
–
bola nima ko‘rayotgani, qanday o‘yin
o‘ynayotganini ota
-ona bilib borishi kerak
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1315
Gadjet
–
smartfon yoki planshet bo
’
sh vaqtni maroqli 5tkazish vositasi sifatida
qo‘llanganda, bolaning rivojlanishi faqat mayda motorika va ko‘rish taassurotlari bilan
cheklanadi.
Eng muhimi hissiy qabul qilish bilan bog‘liq boshqa sohalarga qiziqish
yo„qoladi.Shuning uchun ham psixologlar va pediatrlar ota
-onalarga bolalarni harakat faolligi va
jonli muloqot bilan ta‘minlashni tavsiya etadi. Bola faqat telefon yoki kompyuter bilan
o‘ynamasligi zarur. U an‘anaviy o‘yinlarni ham bilishi kerak, chunki kishining to‘laqonli
rivojlanishi odamlar va narsalar bilan aloqa o‘rnatish orqali va faqat real hayotda yuz beradi.
Shuni yodda tutingki, agar ota yoki onaning o‘zi butun bo‘sh vaqtini gadjet bilan yoki
ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazsa, bola bu kabi xulq
-atvorni normal hisoblay boshlaydi.
Bolani gadjetlardan qanday chalg„itish mumkin?Eng samarali usullardan biri bu barcha
oila a‘zolari bilan o‘ynaladigan o‘yinlaridir. Vaqtni bunday o‘tkazish usullari eramizdan avvalgi
asrlardayoq yuzaga kelgan va hozirga qadar ommabop hisoblanadi.Bundan tashqari stol
o‘yinlarini sotib olishingiz mumkin.Stol o‘yinlarini hamma joyga olib borish mumkin, har
qanday sharoitda va deyarli cheklanmagan o‘yinchilar soni bilan o‘ynash mumkin. Bunday
o‘yinlar uchun qo’shimcha mablag‘ ham talab etilmaydi, barcha zarur narsalar o‘yin qutisining
ichida mavjud bo‘ladi. Aynan shuning uchun ular ko’plab mamlakatlarda bo‘sh vaqtni oila
davrasida o
’tkazishninga sosiy ko‘rinishi hisoblanadi. O‘yin jarayonida avlodlar o‘rtasidagi
chegara yo‘qoladi, qarindoshlik aloqalari va oiladagi o‘zaro munosabatlar mustahkamlanadi.
Bolalar ota-
onalari bilan birga O‘ynay turib, o‘zlarini ular bilan bir xil maqomda his
qiladi, ota-
onalar uchun esa bu ishdan keyin dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir.Stol o‘yinlari
bolalarni o‘z harakatlari va qarorlari uchun mas‘uliyatni his qilish, mag‘lubiyatlarni ham tan
olish va boshqalarning muvaffaqiyati uchun ham xursand bo‘lishga o„rgatadi. Shuningdek, ular
yordamida bolalar o‘zini va tengdoshlarini yaxshi tushunishni o‘rganadi, aqliy va ruhiy
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir qiladi.
Deyarli barcha o‘yinlar hissiy va ijtimoiy intellektni rivojlantirish mexanizmiga ega
bo‘lib, bolan
ing xayolot olami, tasavvurlari, ziyrakligi, mustaqilligi va fikr yuritish jarayonini
rivojlantirishga yordam beradi. Amaliy o’yinlari yordamida bolalarning xotirasi
mustahkamlanadi, ular o‘z harakatlarini tahlil qilishni o’rganadi. O‘yin tufayli bolalar real
hayotda asqotadigan turli hissiyotlarni boshdan kechirish bo‘yicha bebaho tajribaga ega bo‘ladi.
Bolalar tez ulg‘ayadi va barcha ma‘lumotlarni o„ziga qabul qilib oladi. Shuning uchun
ularning kelajagi bugun biz ular uchun qanday o‘yin va 5yinchoqlarni tanlashimizga
chambarchas bog‘liq.
Farzandingiz sog‘ligi va kelajagi uchun qay biri foydaliroq –
smartfonlarmi, gadjetlarmi yoki siz bilan birga o‘ynash!?
Gadjetlardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy tomonlari
1. Ma’lumot olish qulayligi Internet orqali istalgan mavzuda tez va oson axborot topish
mumkin. Bolalar bilim olishda interaktiv usullardan foydalanadilar (masalan: videodarslar,
o‘yinlar orqali o‘rganish).
2. Raqamli savodxonlik shakllanishi Zamonaviy texnologiyalarni yoshligidan o‘rganish
bolani kelajakdagi raqamli dunyoga tayyorlaydi. Dasturlash, grafik dizayn, video tahrir kabi
ko‘nikmalarni erta o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1316
3. Ijodkorlikni rivojlantiradi Mobil ilovalar orqali rasm chizish, musiqa yaratish, hikoya
yozish mumkin. Bolalar o‘z g‘oyalarini digital tarzda ifoda qilishni o‘rganadilar.
4. Til o‘rganishga yordam beradi Ko‘plab o‘yinlar va ilovalar xorijiy tillarni qiziqarli
tarzda o‘rgatadi. Multfilmlar va interaktiv dasturlar orqali talaffuz va eshitish qobiliyati
rivojlanadi.
5. Kommunikatsiya imkoniyati Uzoqda bo‘lgan qarindoshlar va do‘stlar bilan muloqot
qilish imkoniyati yaratadi. Onlayn darslar, suhbatlar orqali ijtimoiy faollikni saqlab qoladi.
6. Ko‘nikma va mustaqillikni oshiradi Gadjetlar orqali bolaning mustaqil o‘rganish,
izlanish qilish odati shakllanadi. Masalan: qaysidir muammoni qanday hal qilishni o‘rganadi,
video qo‘llanmalarni izlab topadi.
7. E’tiborni jalb qilish osonligi Ko‘pgina bolalar ekranli vositalar orqali o‘rganishga
nisbatan ko‘proq qiziqish bildiradi. Animatsiyalar, ovoz va effektlar o‘quv jarayonini
jonlantiradi.
Salbiy tomonlari
1. Sog‘liqqa zarar Ko‘zning charchashi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi. Bo‘yin va orqa
sohalarida og‘riq, bo‘yin muskullarining zo‘riqishi. Harakatsiz turmush tarzidan kelib chiqadigan
semizlik va mushak zaifligi
2. Psixologik muammolar Tez asabiylashish, jizzakilik, jahldorlik. Ekran oldida ko‘p vaqt
o‘tkazish natijasida yolg‘izlik, muloqotdan chekinish. Haqiqiy hayot bilan aloqa uzilishi va
ijtimoiy faollikning kamayishi.
3. Uyqu rejimining buzilishi Gadjetlardan kechqurun foydalanish uyqu sifatini
yomonlashtiradi. Melatonin gormoni ishlab chiqilmay qoladi, bu esa bolaning tinch uxlashiga
to‘sqinlik qiladi.
4. E’tibor va xotira zaiflashuvi Doimiy ekran almashinuvi natijasida bola bir joyda uzoq
diqqat qila olmaydi. Tezda zerikish, diqqatning tarqoqligi yuzaga keladi.
5. Darslarga qiziqishning kamayishi O‘yinlar va videolar darsdan ko‘ra qiziqroq
ko‘ringani sababli o‘quv faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv mashg‘ulotlarida sustkashlik,
topshiriqlardan qochish holatlari ko‘payadi.
6. Zararli kontentga duch kelish xavfi Internetda bolalar uchun mos bo‘lmagan kontent
(zo‘ravonlik, yolg‘on ma’lumotlar) mavjud. Bular bolaning psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
7. Virtual dunyoga haddan tashqari qiziqish Haqiqiy o‘yinlar o‘rnini faqat virtual o‘yinlar
egallaydi. Bola tabiat, do‘stlar va haqiqiy faoliyatdan uzoqlashadi.
8. Texnologiyalarga qaramlik (gadjetomaniya) Bola telefon yoki planshetsiz yashay
olmaydigan darajaga yetadi. Bu esa o‘ziga ishonchsizlik, mustaqil fikrlash qobiliyatining
susayishiga olib keladi.
Gadjetomaniyaga qarshi samarali yechimlar
Gadjetomaniya muammosi tobora kengayib borayotgani sababli unga qarshi kurashish
uchun kompleks (ya’ni har tomonlama) yondashuv zarur.
Quyidagi yechimlar yordamida bolalarni texnologiyalarga haddan tashqari
bog‘lanib qolishidan himoya qilish mumkin:
1.
Ota-
onalarning faol ishtiroki Bolaga vaqt ajratish: Bolani yolg‘iz qoldirmaslik, u bilan
o‘yinlar o‘ynash, suhbatlashish, vaqt o‘tkazish gadjetga bo‘lgan qiziqishni kamaytiradi. Shaxsiy
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1317
namuna: Agar ota-
ona o‘zi doim telefon ushlab o‘tirsa, bola ham shunday qiladi. Ota
-
ona o‘zi
gadjetdan me’yorida foydalansa, bola ham shunday qiladi. Qoidalar belgilash: Uyda gadjetlardan
foydalanish bo‘yicha qat’iy vaqt va holatlar belgilanishi kerak (masalan: faqat darsdan keyin,
faqat 30 daqiqa).
2.
Gadjetdan foydalanishni cheklash va nazorat qilish Maxsus vaqt chegaralari o‘rnatish:
3
–
6 yoshli bolalar uchun kuniga 30 daqiqagacha, 6
–
12 yosh uchun esa 1 soatgacha ekran oldida
bo‘lish tavsiya etiladi. Ekran orqasida emas, hayotda o‘rganish: O‘yinlar va multfilmlar o‘rniga
haqiqiy kitoblar, qurish konstruktori, stol o‘yinlari kabi faol mashg‘ulotlarni taklif qilish. Zararli
kontentni bloklash: Gadjetlarga bolalar uchun xavfsiz ilovalar, maxsus nazorat dasturlarini
o‘rnatish (masalan: “Google Family Link”).
3.
Faol hayot tarzini rivojlantirish Sport va jismoniy harakat: To‘p o‘ynash, yugurish,
raqs, suzish kabi faoliyatlar bola e’tiborini texnologiyalardan chalg‘itadi. Ochiq havoda ko‘proq
vaqt o‘tkazish: Sayrlar, tabiat qo‘ynida o‘yinlar, dala
-dam olish tadbirlari tashkil qilish. Ijodiy
mashg‘ulotlar: Rasm chizish, qo‘l mehnati, musiqa asboblarida chalish –
bular bolaning
ijodkorligini oshiradi va ekran o‘rnini bosadi.
4.
Maktab va bog‘cha tizimida ish olib borish Texnologiyadan to‘g‘ri foydalanishni
o‘rgatish: Bolalarga texnologiya —
faqat o‘yin emas, balki o‘rganish, ixtiro, yangilik uchun
kerakli vosita ekanini tushuntirish. Tarbiya darslari: Bolalarga ekran oldida ko‘p o‘tirishning
zararlarini o‘rgatish uchun maxsus darslar yoki suhbatlar tashkil qilish. Gadjetsiz kunlar
o‘tkazish:
Haftaning ma’lum kunida maktabda yoki uyda gadjetlarsiz Gadjetsiz kunlar o‘tkazish:
Haftaning ma’lum kunida maktabda yoki uyda gadjetlarsiz o‘yinlar o‘tkazish (masalan: “Tech
-
free Thursday”).
5.
Bolaning ichki dunyosiga e’tibor berish Bolani eshitish va tushunish:
Bola nima sababdan gadjetga qiziqayotganini aniqlash (zerikishmi, e’tibor yetishmasligi
yoki do‘stlari bilan aloqami?). Emotsional yaqinlik yaratish: Bolaning his
-
tuyg‘ulariga mehr
bilan javob berish, unga ishonchli muhit yaratish
–
bu virtual dunyoga qochish ehtiyojini
kamaytiradi Gadjetlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish bu zamonaviy tarbiyaning muhim
qismidir. Gadjetni umuman taqiqlab qo‘yish emas, balki unga bo‘lgan munosabatni
sog‘lomlashtirish kerak.
Farzandlarga: Muvozanatli foydalanish odatini o‘rgatish, Haqiqiy hayotda zavqli
mashg‘ulotlar ko‘rsatish, Texnologiyadan foydali maqsadlarda foydalanishni tanitish Bilan biz
ularni virtual qaramlikdan asrab, baxtli, sog‘lom va ijtimoiy faol qilib voyaga yetkazamiz.
XULOSA
Gadjetlar
–
zamonaviy hayotning ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali bolalar ko‘plab
foydali bilim va ko‘nikmalarni egallashlari mumkin. Biroq ularning nazoratsiz va me’yorsiz
ishlatilishi bolaning sog‘lig‘i, psixikasi va ijtimoiy rivojlanishiga katta zarar yetkazadi.
Gadjetomaniya bolani real hayotdan, do‘
stlar, tabiat, oila va harakatdan uzoqlashtiradi.
Natijada bola virtual dunyoda yashay boshlaydi va bu uning tabiiy rivojlanishini
susaytiradi. Muammoni bartaraf etish uchun eng muhim narsa
—
ota-onalar, tarbiyachilar va
o‘qituvchilarning hamkorligi va e’tiboridir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1318
Farzandlarimizni gadjetlarga to‘liq taqiqlash emas, balki ulardan foydali, me’yorda va
maqsadli foydalanishni o‘rgatish —
bizning asosiy vazifamizdir. Shundagina bolalar texnologiya
quli emas, balki undan ongli foydalanadigan sog‘lom va baxtli avlod bo‘lib voyaga yetadi.
Zamonaviy texnologiyalar va gadjetlarning jadal rivojlanishi inson hayotini
yengillashtirish bilan birga, jamiyatda yangi muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa,
nomofobiya (telefon yo‘qligidan qo‘rquv) va gadjetomaniya (gadjetlarga haddan ortiq
bog‘lanish) kabi salbiy holatlar bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalmoqda. Bu esa ularning
psixologik holati, jismoniy sog‘ligi va ijtimoiy munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Virtual hayot tarzining ustunligi esa bolalikning tabiiy, jonli va ijtimoiy jihatdan boy
kechishini cheklab qo‘ymoqda.
Ilmiy tadqiqotlar va statistik ma’lumotlar asosida, maqola bu muammoning dolzarbligini
chuqur tahlil qiladi va uni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ota
-onalar, pedagoglar va
psixologlarga katta mas’uliyat yuklatiladi: ular farzandlar va o‘quvchilar orasida sog‘lom
raqamli odatlarni shakllantirish, profilaktik chora-
tadbirlar ko‘rish hamda real hayot bilan virtual
hayot o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda faol bo‘lishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, texnologiyalardan foydalanishda muvozanatli yondashuv va ongli
nazorat orqali gadjetlarga qaramlikning salbiy oqibatlarining oldini olish mumkin. Bu esa
sog‘lom, ijtimoiy faol va baxtli avlodni tarbiyalashning muhim omilidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva N.A. (2020). Raqamli texnologiyalarning bolalar psixikasiga ta’siri.
Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.
2.
Karimova M.X. (2019). Zamonaviy oilada bolalar tarbiyasi va texnologiya vositalari.
–
Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti.
3.
Hasanov U. (2021). Axborot texnologiyalari va yosh avlod tarbiyasi.
–
Samarqand:
“Ma’rifat”.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi. (2022). Maktabgacha ta’limda axborot
texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
5.
World Health Organization (WHO). (2019). Guidelines on physical activity, sedentary
behaviour and sleep for children under 5 years of age.
6.
American Academy of Pediatrics (AAP). (2016). Media and Young Minds. Pediatrics
Journal.
https://pediatrics.aappublications.org
7.
UNICEF (2020). Growing Up Online: Addressing the effects of digital technology on
children.
8.
Тулегенов Р.Ж. (2020). Влияние гаджетов на развитие детей дошкольного возраста.
–
Журнал “Педагогика и психология”.
9.
OpenAI. (2024). Gadjet va bolalik masalalarida sun’iy intellekt tahlillari. –
AI yordamida
ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar.
10.
Nish
anova Z, Alimova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi” 2006 2.
“Pedagogik mahorat” ilmiy –
nazariy va metodik jurnal, 2022
