Authors

  • Azamat Sharipov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.111794

Keywords:

Xristianlik islom nurchilar Gulen shia Xizbolloh Said Nursiy kurdlar.

Abstract

Mazkur maqolada o’tgan asrning 80-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi. Hususan, islomiy tashkilotlar faoliyati muhtasar bayon qilingan. Bu tashkilotlarning davlat va jamiyatda tutgan o’rni va ta’siri o’rganilgan va tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1346

XX ASRNING 80-90-YILLARIDA TURKIYADA DINIY TARIQATLAR VA ISLOMIY

OQIMLAR FAOLIYATI

Azamat Sharipov

Oriental universiteti, katta o‘qituvchi

tarixiypochta@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15740551

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’tgan asrning 80

-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat

ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi. Hususan, islomiy tashkilotlar faoliyati
muhtasar bayon qilingan. Bu tashkilotlarning davlat va jamiyatda tutgan o’rni va ta’siri
o’rganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Xristianlik, islom, nurchilar, Gulen, shia, Xizbolloh, Said Nursiy, kurdlar.

Turkiya hududida turklar bilan bir qatorda boshqa dinga e’tiqod qiluvchi o`zga din

vakillari necha asrlarki, tinch va totuvlikda yashab kelishadi. Istambulda Butun dunyo provaslav
Konstantinopol patriarxiyasi joylashgan. Bundan tashqari Arman apostol cherkovini Istambul
katolikos arxiepiskopi patriarx Kilikiyskiy tomonidan boshqariladi. Shu qatorda Mardin shahrida
Oliy ruhoniy vikar boshchiligida siro

katolik va 60 ta assiriy

nestorian cherkovlari o`z

faoliyatlarini erkin olib borishgan. Lekin yevropalik tarixchilar Turkiya hududida mayda din
vakillariga nisbatan yaxshi munosabat ko`rsatilmagan deb asossiz dalillarni taqdim qilishadi. Bir
narsa aniqki, Usmoniy turk sultonlari nomusulmonlarni ibodatxonalariga daxl qilishmagan va
ularga soliq solish bilan cheklanishgan. Hatto Sulton Mehmet Fotih Konstantinopolni fath
qilganida shahardagi bironta bino va ibodatxonalarga hamda mahalliy aholiga ziyon
yetkazmagan, aksincha o`z fuqarosi safiga qo`shgan. Najd va Hijoz hududlari egallangach, diniy
mutaasiblik kuchaygan bo`lsada, o`zga din vakillariga tajovuz kuchaymagan, aksiga soliqlari
oshirilgan holos.

Turkiya hukumati 70

80

yillarda xristian cherkovlari va ibodatxonalarni restavratsiya

qilish to`g`risida qaror chiqarib, butun mamlakatdagi ta`mirga muhtoj imoratlarga katta
mablag`lar ajratilgan edi. O`sha payt qilingan ishlar hozir samarasini bermoqda desak
adashmaymiz. Chunki millonlab xorijiy sayyohlar Turkiya hududidagi qadimgi ibodatxona va
cherkovlarni ko`rish keladilar va Turkiyaning turizm salohiyatini naqadar katta ekanligini
namoyon etib katta daromadlarni olib kelmoqda. Bundan tashqari hukumatning xristian
dunyosiga katta e`tibor berishi Turkiyaning Yevropaga yaqinlashuvini yanada mustahkamlaydi.
1974

yilga kelib mamlakat hududida 913 ta provaslav cherkovi va monastirlari mavjudligini

olimlar qayd etishgan.

Turkiya hududida 36 ta yahudiy sinagoglari Adana, Anqara, Izmir, Chanakkale, Xatay,

Bursa va Kirklareli shaharlarida ro`yxatdan o`tgan.

XX asrning 60

yillarida Turkiyada 15 mingdan ortiq masjidlar bo`lganligi manbalarda

aytiladi. Lekin bu sonlar katta ham bo`lishi mumkin. Mahalliy sharoitda ibodat qilinadigan
masjidlar davlat nazoratidan tashqari faoliyat olib borishgan. Usmoniylar davrida ko`plab
xristian ibodatxonalari jome` masjidlariga aylantirilganligi hujjatlarda keltiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1347

Shu sabab yevropa tarixchi

madaniyatshunoslari Turkiya hududidagi ilk nasroniylik

me`moriy obidalari ahvolini salbiy baholashgan edi. Ko`p yillarki, bir imperiya boshqaruvi
ostida yashab kelgan xalqlar va mayda etnik guruhlar o`z madaniy va e`tiqodiy turmush tarzini
saqlab qolishgan.

XX asr 60

70

yillarda hukumat va harbiylar islomiy harakat vakillaridan mayda etnik

guruhlar, eski konservativ liderlar va isyonkor kurd yoshlariga qarshi kurashish maqsadida
foydalangan edi. O`sha vaqtlar islom omili katta xavf tug`dirmagan va asosiysi mamlakat
hududiy yaxlitligi muhim omil edi.

XX asrning 70

80

yillarda butun dunyoda kolonial siyosiy tuzumga qarshi keng

miqyosdagi qarshiliklar davri bo`ldi. Kolonial hududlarda milliy istiqlolchilik harakatlari jonlana
boshlandi. Ayniqsa, islom qaror topgan hududlarda milliy istiqlolchilik mafkurasi keng yoyildi.

Ana shu mafkuraviy jarayonlar ta`siri Turkiyaga ham sezildi. Bunday ruhiyat kayfiyati

Turkiyadagi islomiy oqimlarni jonlantirdi.

Turkiyada islomiy ta`limotlar nochor qishloq aholisini, yoshlarni jalb qilar edi. Diniy

ta`lim olayotganlarga katta miqdordagi moddiy yordamlar ajratilishiga ana shu qatlamni o`ziga
tortardi. Diniy ta`limni o`ziga ehtiyor qilganlarga moddiy yordam berila boshlandi. Diniy
maktablarning son dinamikasi o`sib bordi. Bu kabi jarayonlar sekulyarizmni qabul qilmagan va
mag`lub bo`lgan shaharlar va qishloqlarda qaror topdi. Ijtimoiy inqiroz aholini diniy
ta`limotlarga murojaat qilishiga sabab bo`ldi.

70

yillarning oxirida saylovlardan oldin bosh vazir Sulaymon Demirel saylovchilarning

ishonchiga kirish uchun namoyishkorona Qur`on kitobini o`padi. Bosh vazir albatta
mamlakatning diniy kayfiyatdagi aholini qo`llab

quvvatlashlariga muhtoj edi. Bosh vazirning bu

ishiga javob tariqasida turk g`arbparastlariga G`arb tomonidan moddiy yordam ajratildi. 70

yillarning oxirida harbiy to`ntarish amalga oshirildi va hukumatda turgan partiyalar faoliyati
ta`qiqlandi va uning a`zolariga siyosiy faoliyat bilan 10 yil shug`ullanish faoliyati cheklandi.
Hukumatni Milliy Xavfsizlik Kengashi o`z qo`liga oldi. Favqulodda holat e`lon qilindi va
matbuotda senzura kuchaytirildi.

Sharq mamlakatlari bilan aloqani qayta bog`lanishiga sabablardan biri bu iqtisodiy

muammolardan qutilish edi. Otaturk sharq musulmon mamlakatlari bilan aloqa o`rnatishga
qiziqmaganligini asosiy sababi bu davlatlarning ko`pchiligini g`arb kolonial davlatlariga to`liq
yoki, qisman qaram ekanligi va iqtisodiyotini kuchsiz ekanligi bilan izohlash mumkin edi. 70

80

yillarda musulmon davlatlarini ko`pchiligi iqtisodiy tomondan rivojlanish yo`liga kirganligi

va Sharq musulmon davlatlarida turk tovarlari uchun yangi bozor bo`lishi mumkinligi hisobga
olingan holda Turkiya bu davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga intildi. Shunday qilib, turk

iqtisodida yangi bir formula “turklarni

ishchi kuchi bilan arab kreditlarini g`arb texnologiyasi

bilan

bog`lash”

deb nomlangan rivojlanish prinsipi vujudga keldi. Bundan tashqari turk malakali

ishchi

kadrlarini arab davlatlarida mehnat qilishlari manfaat keltirar edi. Turkiya bir tarafdan

arab neftini importiga muhtojligi bor edi. 80

yillarda turk hukumatini faoliyati sust olib borilishi

tufayli ekstremistik tashkilotlar o`zlarning moliyaviy va insoniy manbalarini tayin qilib olgan
edilar. Bu kabi tashkilotlarni chetdan moliyaviy qo`llashga doimo tayyor homiylar topilar edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1348

Lekin o`sha paytlar turk hukumatini bor e`tibori mamlakat hududiy birligiga xavf

soluvchi kuch Kurdiston Ishchi partiyasiga qaratilgan edi. Chunki 80

yillarda separatchi kurdlar

harakati jonlanib qolgan va bu turk hukumatini amaliy choralar ko`rishga undar edi.

Turkiyadagi ijtimoiy

siyosiy tizimga ko`ra siyosiy islom harakat maqsadiga ko`ra, ikki

yo`nalishga bo`lish mumkin: "radikal islom" va "parlamentar siyosiy islom". Islom dinini turk
jamiyatida siyosuvlashuvi 70

yillarni oxirida boshlanganligini payqash mumkin. Ana shu

yillarda islomiy oqimlar rasmiy ravishda, qonunga muvofiq tarzda hokimiyatda paydo bo`lgan
edi. Misol qilib, "Milliy Nizom partiyasini" keltirish mumkin. Bundan oldin mamlakat hududida
faol harakatda bo`lgan "Hizbut tahrir" a`zolari respublika hududiga islomiy konstitutsiyani joriy
etishga urinishlari tufayli ular tazyiqqa olinib, qonun oldida javobgarlikka tortilgan edilar.

Xizbulloh (arabcha

Alloh firqasi) tashkiloti Turkiya hududida terrorizm urug`ini sochib

kelgan. Suriyadagi nomdoshi Xizbullohdan tubdan farq qiladi. Uning dastlabki mafkurasi Islom
harakati tashkiloti bilan bir edi. 1979

80

yillarda Diyorbakirda Huseyin Veliog`lu va Fidan

Gyunder tarafidan tuzilgan. 1987

yilda Xibullohdan Tevhid (Mehmet Shahin) va YerYuzu

(Burhan Kavunju) guruhlari ajrab chiqdi. Tashkilotning o`z oldiga qo`ygan maqsadlari asta

sekin o`zgarib, manfaatlar ustunligi oshib bordi. O`lim mashinasi nomini olgan Xizbulloh
tashkiloti Turkiyaning janubi

sharqiy hududlarida faoliyati qizg`in kechgan. Uning

boshqaruviga ko`p yillar Huseyn Velioglu qo`lida bo`lgan. Huseyin Veliog`lu o`ta shavqatsiz
shaxs sifatida ilk faoliyatini 1975

yilda Batman shahrida "Milliy turk talabalari" uyushmasida

boshlagan. Keyinchalik ayirmachi kurd guruhlariga qo`shiladi. Shimoliy Iroqda kurdlar
yetakchisi Shayx Usmon bilan yaqin munosabat o`rnatadi. 1984

yil Xizbulloh vakillari

matbuotda 1979

yil erondagi islom inqilobini qo`llab chiqdilar va bu inqilobni hech bir guruh

yoki, millat yo`lida emas, balki Alloh yo`lida amalga oshirilganini ta`kidlashdi. Turkiyadagi
radikal islomiy harakatlarning birlashuvi ortida Londondagi islomiy tadqiqot markazlariga
aloqasi bo`lgan Kadim Siddiqiy turganligini manbalarda keltiriladi. Hususan Xizbolloh tashkiloti
ilk faoliyatini "Siddiqiy izdoshlari" qanoti ostida boshlagan edi. 1984

yil bu tashkilot tomonidan

eroniy bir jurnalda nashr qilingan maqolada jamiyatda "shahodat" prinsiplarini tarqatish yo`lida
islom inqilobini g`oyalarini tarqatish, islom dinini davlatning asosiy dini darajasiga qanday olib
ulamolarini real liderligini ta`minlash bo`yicha islom harakati boshqaruv prinsiplari haqida
yozilgan edi. XX asrning so`nggi yilida turk maxsus xizmati bu tashkilotga qarshi keng
ko`lamdagi operatsiyalarni olib bordi. Istambuldagi Beykos hududida Xizbullohning qarorgohini
shturm qilingan vaqtda H. Velioglu yaralanib halok bo`ladi. Shundan so`ng mamlakatning
viloyatida olib borilgan tezkor operatsiyalar natijasida minglab jangarilar va ko`p miqdordagi
qurol

yarog`lar qo`lga kiritildi. Jangarilar tomonidan o`g`irlab ketilgan davlat va jamoat

arboblari jasadlari topildi. Shuningdek, mamlakat g`arbida faoliyat olib borgan "Islom harakati"
va "Islom Direnis" (Islom qarshiligi) kabi guruhlar eronparast Xizbulloh terrorchi tashkilotining
bir bo`g`ini ekanligi ma`lum bo`ldi. Keyinchalik bu guruhlar Xizbulloh nomi ostida 90

yillardan

boshlab umum tarzda faoliyat olib bora boshlaganlar. Xizbullohning eng mashhur qurboni
feminizm harakati faolchisi Koncha Kuris (1960

1998) hisoblanadi. Uni Xizbullohning

aqidasini tanqid qilgani uchun 1998

yil o`g`irlab ketishib, Konya shahrida qatl qilishgan.

Sobiq vazir Fikri Saglarning "Siyah

beyaz" gazetasiga bergan intervyusida hukumat

Xizbullohni 1985

yilda kurdlarga qarshi kurashda moliyalashtirgan va qurol bilan ta`minlab


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1349

kelgan. Maxsus xizmat va Xizbulloh o`rtasidagi aloqalarni fosh qilgan bir necha jurnalistlar ham
o`ldirilgan. 1993

yil Turkiya parlamenti maxsus komessiyasi hisobotida Batman viloyatida

Xizbulloh

tashkiloti

a`zolari

maxsus

xizmat

rahbariyati

tomonidan

lagerlarda

shug`ullantirilayotganligi haqidagi ma`lumotni yashirdi. 2011

yil istefodagi polkovnik Arif

Dog`an Xizbullohni KIP a`zolarini yo`q qilish uchun tuzilganligini tan oldi.

1980

yillarda Turkiya hududida bir necha Iroq, Saudiya va Iordaniyalik diplomatlarning

o`ldirilishini o`z bo`yniga olgan "Islom jihodi" nomli terrorchi tashkilot real xavfni keltirib
chiqardi. Ushbu guruh 1991

yil Madridda Yaqin Sharq masalasi yuzasidan bo`layotgan

sammitga qarshiligini bildirib qo`yish chiqish va islom uchun AQShlik serjantni va bir misrlik
diplomatni qatl qilishdi. Dastlab bu jinoyatlarda Livandagi shia terrorchi guruhlarni qo`li borligi
tahmin qilingan edi.

Ammo bu Turkiyadagi "Islom jihodi" tashkilotini ishtiroki borligi oydinlashdi. Bu

terrorchi ekstremist guruhlar Turkiya hududida siyosiy arboblar va taniqli kishilarni o`g`irlab,
tovon puli talab qilinar yoki, qatl jarayonini tasmaga muhrlab televideniyega jo`natishar edi. Bu
albatta qo`rqitish usullaridan edi. Turkiya hududidagi diniy radikal guruhlar va tashkilotlarning
faoliyati turlicha shaklda olib borilgan. Hususan, Xalqaro terrorizm va ekstremizm tashkilotlari
muammosi bo`yicha izlanishlar olib borgan isroillik olim E. Karmon o`zining "1968

1990

yillarda Turkiyadagi koalitsion terroristik tashkilotlar" deb nomlangan tadqiqot ishida
Turkiyadagi 90

yillargacha terrorchi estremistik tashkilotlar borasida tahliliy ma`lumotlarni

keltiradi. Uning fikricha, bu davrda yuqoridagi tashkilotlarni asosiy ko`makdoshi, islom
inqilobini boshidan o`tkazgan Eron turganligini ta`kidlaydi.

1980

yillarning boshlarida islom harakatining o`ng qanoti vakillari Eron shia rahnamosi

oyatullo Humayniy bilan aloqa bog`lashdi. Lekin ularning harakatlari 1980

yilgi harbiylarning

davlat to`ntarishi bilan o`ylangan rejalari amalga oshmay qoladi. Islomiy harakatlarning 80

yillarda ko`payib ketishiga sabab, hukumat jamiyatda marksizm va millatchilik urug`ini tarqab
ketishiga va ularning tarafdorlarini mavqeyini oshib ketishini oldini olish maqsadida qarshi
vosita sifatida islom tendensiyasini oldingi rolga chiqishiga yo`l qo`yib bergan edilar. Bunday
erkinlik va qulay muhitdan foydalanib qolgan islom oqimi vakillari o`z pozitsiyalarini
mustahkamlab olishga erishdilar.

1980

yillarni boshlarida islom harakati o`ng qanot vakillari sifatida millatchilarni o`z

saflariga qo`shib oldilar. Millatchilik islomiy aqidalarga zid bo`lishiga qaramay Turkiya islom
harakati istisno tarzida ularni o`z saflariga qo`shgan edilar. Ba`zi turk millatchilari Misrdagi

"Musulmon birodarlar" tashkiloti ta`siri ostida edi. Ammo Misrda "Musulmon birodarlar”

rahnamosi Sayid Kutba vafot etgach, uning izdoshlari o`z tarkibida millatchi turklarni bo`lishi
mantiqqa to`g`ri kelmasligini ta`kidlashib, saflaridan ularni chiqarib tashladilar.

Turkiya maxsus xizmatini 1997

yilgi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat hududidagi radikal

islomiy harakatlarning strategik maqsadlari uch bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Birinchi bosqichda, insonlarni islomiy chaqiriq bilan da`vat qilinadi va shariat tuzumini

joriy etishga g`ayrat qilishga chorlaydilar. Albatta bu targ`ibot

tashviqot ishlari harakatlaridan

iborat edi.

Ushbu bosqich "tablig`"(arabcha

yetkazish) deb nomlanar edi. Ikkinchi bosqich

"jamoat" nomi bilan mavjud islomiy jamiyatni tarkibiy jihatdan isloh qilish va shunga moslash,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1350

deyarli birinchi bosqichning uzviy davomi hamdir. Oxirgi uchinchi bosqichda "jihod" (arabcha

kurashish, jahd qilish, qattiq qasd qilish) islomiy kuch bilan hal qilinadigan element ishga
solinishi nazarda tutilgan. Islomiy aqidalarga murojaat qiladigan bo`lsak, jihod e`lon qilish
allaqachon shakli o`zgargan. Chunki jihod faqatgina musulmon ahliga tajovuz va qirg`in
uyushtirilgan vaqt dushmanga qarshi himoyalanish uchun jihodga ruxsat beriladi. Hozirgi vaqtda
musulmonlarga qarshi hech qanday xavf

xatar mavjud emas. Shu sabab Hazrat Payg`ambarimiz

e`tirofiga ko`ra inson endi jihodni o`z "nafsi"ga qaratishi kerakligi anglashiladi. Biz shunday bir
kishilik jamiyatda yashamoqdamizki, kuch ishhlatish va zo`ravonlik bilan odamlar qalbiga
g`ulg`ula solib ularni idora qilib bo`lmaydi. Shu sabab xalqning ishonchiga kirish uchun moddiy
va ma`naviy masalalarni hal etish yo`li bilan erishish mumkin.

1991

yil oktyabr oyiga qadar Turkiya hududida o`ndan ortiq islomiy oqimdagi harakatlar

ro`yhatga olingan. Bular Islom Ozodlik armiyasi, Islom Ozodlik fronti, Islom Inqilobi
kurashchilari, Islom Ozodlik ittifoqi, Shariat dunyosini ozod qilish armiyasi, Turk birlashgan
ozodlik kurashchilari armiyasi, Birlashgan qasoskor va birodarlik shariati fronti, Turkiya shariat
kurashchilari arlar" tashkiloti va boshqa mayda guruhlar. Turkiyada islomiy oqim yo`nalishidagi

yirik siyosiy kuchlaridan biri "Milli Gӧrüş" (Milliy Dunyoqarash) tashkilotidir. Ushbu

tashkilotning yetakchisi sifatida siyosat sahniga Najmiddin Erboqon o`zining islomiy g`oyalari
bilan chiqqan edi. Milliy dunyoqarash tashkiloti nafaqat Turkiya hududida balki, mamlakat
tashqarisida o`zining sho`balariga ham ega edi. Misol uchun Yevropani bir qator davlatlarida va
uzoq Avstraliyada ham harakat oyog`i yetgan edi. Bu tashkilot qudratli moliyaviy kuchga ega
holda katta holdinglar, 27 ta jamg`arma, 34 ta nashr, yuzlab ma`naviy markazlar vositasida
musulmon olamidagi millionlab odamlarni ongiga o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Bu tashkilotni
nomusulmon bo`lgan ba`zi xorijiy tashkilotlar ham qo`llayotganligi haqida manbalar bor.

Bundan tashqari 80

90

yillar mobaynida diniy fundamentalist harakatlarga moddiy va

ma`naviy yordamni 501 ta diniy fond, shuningdek, 7 mingdan ortiq mahalliy nashrlar, 110
nomdagi jurnal, 51 ta radiostansiya va 20 ta telekanal, mingga yaqin tijoriy firmalar ta`minlab
turgan. 2000

yillargacha Konstitutsion Sud tomonidan javobgarlikka tortilishigacha Turkiyada

ko`p tarmoqqa ega "IBDA

J" (Buyuk islomiy kurashchilar) islomiy oqimdagi tashkilot

mamlakatdagi barcha radikal islomiy guruhlarni har taraflama qo`llaganligi va kurd ayirmachi
guruhlarga homiylik qilganligi oshkor bo`ldi. "IBDA

J" faoliyatida kurash metodi bu kuch

ishlatish va terror hisoblanadi. Turkiyaning rivojlanishdan ortda qolgan va ijtimoiy muammolar
girdobida qolgan Konya, Kahraman Marash, Erzurum va Gaziantep viloyatlarida anchagina
mavqeyga ega bo`lgan "IBDA

J" ning lideri S.I. Erdish hisoblanadi. Tashkilotning asosiy

g`oyasi islom halifaligining zamonaviy ko`rnishidagi islom federatsiyasi ostidagi davlatlar
birligiga erishishdir. Turkiyaning sharqiy hududlari islom oqimlariga a`zo bo`luvchi yoshlar
soni ko`pchilikni tashkil etadi. Chunki bu hududlarda ishsizlik katta muammo sabab, shahar va
qishloqlardagi bekor yoshlar diniy sektalarning safiga moddiy manfaatni ko`zlab kirishmoqda.

Islomiy oqimlarni yoyilishida yana bir uyushma, "tariqat"lar ham katta rol o`ynagan.
Bunday tariqatlar safiga "Naqshbandiya", "Sulaymoniya" va Nurchilar"ni ham kiritish

mumkin. Ularning orasida ta`sir kuchi kattasi bu Naqshbandiya tariqati hisoblanadi. Uning
a`zolari hukumat boshqaruvida ham faol qatnashadilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1351

Lekin afsuslar bo`lsinkim, Hazrat Bahouddin Naqshbandning qarashlari turk tariqatchilari

tomonidan o`zgartirilib, siyosiy islomning mafkuraviy quroliga aylantirildi. Shayx Sayidning
shogirdi Shayx Mehmet Zohid Kutku "Iskandar Poshsho" jamoasiga asos soldi va islomiy
oqimlarni siyosat maydoniga kirib borishiga katta turtki berdi. Bu jamoa "Milliy Nizom"
Partiyasini hokimiyat boshqaruvida ishtirok etishini ta`minlab, kelajakda Najmiddin Erboqonni
siyosat sahnida faoliyat olib borishiga o`z hissasini qo`shgan.

Yevropada o`z shahobchalarini "Islom madaniy markazlari birligi" nomi bilan

rasmiylashtirgan Sulaymoniya tariqati Germaniyada ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bo`lgan.
Lekin uning mavqeyi Turkiyada unchalik yuqori emas. Uning aksar tarafdorlari xorijda
yashovchi muhojir turk fuqarolaridir. Sulaymoniya tariqati XX asrning 40

yillarida paydo

bo`lgan va keyinchalik Adolat va Demokratik partiyalarning qo`llab

quvvatlashi va homiyligi

ostida bo`lgan. Bu tariqatning asoschisi Sulaymon Hilmiy Tunahan bo`lgan. Radikal islomni
Turkiya hududida quloch yoyishida ushbu tariqatning xizmati kattadir.

Xozirda Turkiya hududida faoliyat doirasi miqyosi borasida Nurchilar tariqatiga

yetadigani yo`q. Bu diniy sektaning asosi o`tgan asrning 20

yillarida asli millati kurd bo`lgan

Badiuzzamon Said Nursiy (1872

1960) tomonidan qo`yilgan. Juda ham murosasiz odam

bo`lgani uchun Said Nursiy hamma bilan kelisha olmay ko`p madrasa almashtiradi. U doimo
kurash maydonida o`zini ko`rar edi. Bu ishlari uchun uni bir necha bor qamab qo`yishadi. Faqir
bo`lgani uchun Bitlis hokimining uyida ishlab yashab yuradi. U juda ko`p kitob mutolaa qilar
edi. Shu sabab boshqalardan keskin fikrlashi bilan ajralib turar edi. Bir kuni bir gazetada ingliz
parlamenti a`zosini aytgan so`zlarini o`qib qoladi va unda shu so`zlar bitilgan edi: "Biz toki
musulmonlar qo`lidan Qur`onni tortib olmagunimizcha, ularni madaniyatli xalqlar qatoriga
qo`sha olmaymiz". Ushbu ifodani ko`rib uning nafrati qo`zadi va bu so`zlar uning qalbida og`ir
botadi. U keyinggi hayotini Qur`onni mo`jizaviy taraflarini yoritishga bag`ishlashga ont ichadi.

Shunday qilib S. Nursiyning ilmiy

ijodiy hayoti boshlanadi. Qamoqda turib ko`plab

kitoblar yozadi. Uning muhlislari safi ko`payib boradi. U zamonaviy ilmlar bilan bir qatorda
diniy ilmlar bilan ta`lim beradigan oliygoh tuzishni orzu qiladi. Hukumat uning olib borayotgan
diniy targ`ibotidan xavfsirab uni 23 yil davomida qamoqda ushlaydilar. 1960

yil mart oyida Said

Nursiy qamoqda vafot etadi. uning ilmiy merosi, kitoblarini o`qish ta`qiqlanadi va prokuratura
tomonidan ta`qibga olinadi. Nursiydan qolgan ilmiy merosi shogirdlari tomonidan to`planib,
"Risolai nur" nomi bilan jamlanib kitob qilinadi va maxsus kurslar ochilib o`qitila boshlandi.

Uning shogirdlari Mustafo Sungur va Mehmet Kurdoglu Nurchilar harakatini

shakllantirdilar. 1970

yillarning boshlarida Said Nursiyning qarashlarini Izmir masjidi imomi

Fathulla Gyulen davom ettira boshladi. Gulenning faol targ`ibot ishlari tufayli uning atrofida
kuchli uyushgan va vertikal boshqaruvga ega tuzulmani vujudga keltirdi. Nurchilar sekta
bo`limlariga Mustafo Sungur bevosita Gulenning ko`rsatmalari bilan boshqaruvni amalga oshira
boshladi. Nurchilar sektasining tarkibi iyerarxik kuchli tartibga asoslangan bo`lib, bank

moliya

va OAV sohalariga e`tiborni qaratdilar. Chunki OAV Nurchilarning asosiy targ`ibot quroli edi.

Turk matbuotining fikr bildirishicha, Fathulla Gulenning "yulduzli onlari" prezident

Turg`ut O`zal davriga to`g`ri keladi. Hukumatning keng qo`llab

quvvatlashlariga erishgan

Nurchilar harakati mamlakatda maorif tizimi va biznes sohalarida katta ishlarni amalga
oshirdilar. Ko`plab sohalarga kapital kiritdilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1352

Lekin bu degani Gulenni bemalol faoliyat olib borganidan darak bermaydi. 1971

yili u 3

yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Asosiy sabab qilib, Nurchilarning madaniy markazlarida
Otaturkni dinning dushmani sifatida ko`rsatib, dinga tayaniv ish ko`ruvchi davlatni tashkil etish
g`oyalarini yoshlar ongiga singdirish bo`lgani ko`rsatiladi. 1980

yilda Gyulenni yana bir bor

qamoqqa olishga urinish bo`ladi, ammo u Istambuldan Erzurumga qochib yashirinishga ulguradi.

1985

yilda Gulen qidiruvdagi shaxslar ro`yhatida bor edi. 1986

yil Gyulenni xavfsizlik

xizmati qo`lga tushiradi, lekin hukumatning yuqori lavozimidagi ba`zi odamlarning hohishiga
ko`ra, (balki Turg`ut O`zalning shaxsan buyrug`i bilan) ozodlikka qo`yib yuboriladi.

Tahlilchilarning fikricha, Gulenning kapitali 80

yillarda katta o`sishlarga erishgan.

90

yillarga kelib, butun dunyoda Nurchilarning yillik pul aylanmasi 56 mlrd dollarni

tashkil etishi tahmin qilingan edi. Bunday katta mablag`larni o`zlashtirish manbasi sifatida sekta
a`zolarini qurol

yarog` va narkotrafik bilan shug`ullanishi tufayli deb ko`rsatilgan. Shuningdek,

Nurchilar sektasi 90

yillarda Checheniston va Saudiya Arabistonidagi jangarilar tayyorlash

lagerlariga moliyaviy yordam ko`rsatganligi haqida ma`lumotlar ham bor.

2000

yillarning boshlarida Gulen AQShga qochib ketdi va o`sha yerda yashirinib

yuribdi. Uni AQShda MRB (Markaziy Razvedka Boshqarmasi), FQB (Federal Qidiruv Byurosi)
va AQSh Departamenti bilan aloqa qilishi haqida ma`lumotlar keltiriladi.

Nurchilarning Turkiyada barcha moliyaviy daromadlari "Ihlas holding" kompaniyasi

orqali legallashtirilishi va moliyaviy oqim ta`minlanishi ma`lum bo`ldi. Ba`zi norasmiy
manbalarga ko`ra, Nuchilarning daromadi Turkiya yillik YMMning 30% ini tashkil etishi
keltiriladi. Bundan tashqari "Ihlas haber ajansi" axborot agentligi, "Turkiye" haftalik nashri,
"Saman yolu TV" telekanali, "Hakikat kitap EVI" bosmaxonalar kompleksi va "Zaman" media
holdinggi Nurchilar harakatini qo`l ostida ekanligi, ularning nechog`lik katta moliyaviy tizimni
tashkil etganliklarini ko`rish mumkin.

1999

yilda Turkiya Konstitutsiyaviy Sudi Nurchilar sektasini faoliyatini qonun

doirasidan chetda deb topdi. Mamlakat armiyasi tarkibida nurchilarga aloqador bo`lgan 170 ta
ofitser lavozimidan haydaldi. Nurchilarga asosiy ayb sifatida mamlakat konstitutsiyasiga
o`zgartirish kiritishga harakatlar va din omilini ko`tarib chiqish deb baholandi. Lekin turk
hukumati nurchilarning mamlakat tashqarisidagi faoliyatini strategik jihatdan foydali va
Turkiyaning chetda reklama bo`layotganligini, mamlakat maorif tizimi uchun katta ishlarni
amalga oshirganligini hisobga olib, Gulen sud tomonidan oqlandi.

Sovet Ittifoqi parchalangach, uning janubiy hududlarida mustaqil respublikalar ajralib

chiqdi. Mustaqil bo`lgan respublikalarda turkiy xalqlar yashashini hisobga olgan holda nurchilar
harakati bu o`lkalarda o`zining ta`lim va ma`orif markazlarini ochdi. Bu ta`lim maskanlarida
yashirin tarzda panturkistik va diniy g`oyalar talabalarga singdirilayotganligi ma`lum bo`lgach,
markaziy Osiyodagi, hususan bizning respublikamizadagi barcha turk ta`lim markazlari yopildi
va mulklari musodara qilindi. Nurchilar Markaziy Osiyodagi davlatlarning boshqaruv asoslariga
va hududiy yaxlitligiga taxdid solgan edilar. Said Nursiyning 14 diniy kitobi ekstremistik
adabiyot deb e`lon qilindi.

90

yillarda nurchilarning 7 mingdan ziyod odami missionerlik bilan shug`ullangan

ekan55. Nurchilar harakati boshqa davlatlar hududida tijoriy va maorif ishlarini bahona qilib,
kirib oladilar va o`zlarining targ`ibot ishlarini olib boradilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1353

90

yillarda dunyoning 56 davlatida nurchilarning 250 dan ortiq ta`lim markazlari faoliyat

olib borganligi ma`lum. Shulardan 5 tasi oliy o`quv yurti ekanligini hisobga olsak, ularda 3000
dan ortiq o`qituvchi ishlagan va 400 dan 1600 AQSh dollarigacha maosh olganlar. Ba`zi
ma`lumotlarga ko`ra, 90

yillarning oxirida nurchilar sektasi chet ellarda ta`lim maskanlari

ochish uchun 1 mlrd. 250 ming AQSh dollari hajmida mablag` sarflagan. Bunday katta
moliyaviy ta`minotni AQSh va arab davlatlaridagi biznesmen va tadbirkorlar yetkazib bergan.

Nurchilarning harakatlarini qo`llayotganlar ham va qoralayotganlar ham bor. Ba`zilar

nurchilarni turkiy xalqlarni birlashtirishda o`z hissasini qo`shmoqda desalar, ba`zilar esa, diniy
mutaasiblikni yoymoqdalar deb fikr bildirmoqda. Qisqacha qilib aytganda, nurchilar sektasi
maqsadi turli 32 davlatlarning boshqaruviga o`z odamlarini chiqishiga yordam berib, o`z
manfaatlari yo`lida foydalanish ekanligi sir emas.

1986

yilga kelib harbiy to`ntarishdan so`ng, ko`ppartiyaviylik tizimi yana qaror topdi.

1987

yil 6

sentyabr kuni referendum natijalariga ko`ra 1980

yilda faoliyati ta`qiqlangan

partiyalarga o`z faoliyatini davom ettirishi uchun ruhsat berildi. Bu o`z navbatida islomiy harakat
oqimlari uchun qo`l keldi.

Bu davrda Turkiya siyosiy tizimini uch yo`nalishda kuzatish mumkin edi: 1

Sotsial

demokratlar (Sotsial Demokratik partiya, Demokratik so`l partiya); 2

Konservativ (Vatan

partiyasi, To`g`ri Yo`l partiyasi); 3

Millatchi(Milliyatchi Harakat partiyasi); 4

Islomiy(Refah

partiyasi).

Mamlakatda 80

yillarda hukmron partiya VP va TYP o`rtasida kurashlar kechar edi.

Harbiylarning ko`proq etiborini tortgan partiya bu lideri A. Turkesh bo`lgan MHP edi. Bu

partiya lideri ko`p bora panturkizm va islomiylikni turk millatini kuch manbai deb ta`kidlagan.

Bu partiya sentyabr oyidagi davlat to`ntarishi arafasida mamlakatdagi ko`plab teraktlarni

amalga oshirgan edi. Uning qo`l ostida minglab jangarilar mavjud edi.

Mamlakatdan tashqarida ikki yirik islomiy terrorchi tashkilotlar qanoti yuzaga keladi.
Biri N. Erboqon boshchiligidagi Milliy Go`rush bo`lib, Yevropada ko`plab tayyorgarlik

lagerlari va diniy maktablari va moliyaviy tashkilotlariga ega edi; biri 1985

yil boshqaruvni

qo`lga olgan Jamoliddin Kaplan boshchiligidagi

“Islom

jamiyati va jamoalari

ittifoqi”

edi. 1992

yil aprelda J. Kaplan qo`l ostidagi tarafdorlari Anatoliya Federativ Islom davlatini tuzganligini
e`lon qilishdi.

J. Kaplan hokimiyat Allohga tegishli ekanligini va asosiy qomus bu Qur`on ekanligini,

bugungi Turkiya

Makkadir deb ta`kidlagan edi. J.Kaplanni vafotidan keyin tashkilot

boshqaruvini o`g`li Metin o`z qo`liga oldi.

Turkiya hududida 90

yillarda Xezbolloh va Al

Qoida tashkilotlarini ta`siri va faoliyati

aktivlashdi. Misol uchun Xezbollohning Adana, Saka Diyorbakir, Ankara, Konya, Izmir kabi
shaharlarda ta`siri bor edi. Bundan tashqari

“Xizb

ut

–savashjilar”

nomli turk terrorchi tashkiloti

ham mavjud edi.

Dunyoviylik tarafdorlarining tan olishicha, 80

90

yillarda siyosiy islom harakati oldida

harbiylar va dunyoviylik himoyachilari biror chora ko`ra olmaganliklarini ta`kidlashadilar.

Siyosiy islom xavf tug`diradigan jihatlarini hisobga oladigan bo`lsak, birinchi navbatda

mamlakatning taniqli biznesmenlar, katta holdinglar va shirkatlar rahbarlari, biznesning elita
qatlami turar edi. Bilamizki, ana shu elita qatlam vakillarini qonida grek qoni oqadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1354

Garchand otasi musulmon, onasi grek bo`lsada, reaksion islomni qabul qilishlari mumkin

emas edi. Agarda Turkiyada islom shariati qaror topadigan bo`lsa, birinchi navbatda
mamlakatning dunyoviy elita qatlamini chetlab o`tmas edi. Ular bunday tuzumda yashay
olmasliklari oydin edi. Huddi Eronda islom inqilobidan so`ng, mamlakatdan katta boy
zodagonlar tashlab chiqib ketgan edilar. Islom shariati o`rnatilgan taqdirda, uning qonun

qoidalariga itoat etishlik ular uchun oson ish emas.

Bu paytlar turk jamiyatida ijtimoiy guruhlar o`rtasida birlik yo`q edi. Hatto, harbiylar

orasida islomiychilikka xayrixoh harbiylar akademiyalarda, harbiy bo`linmalarda, harbiy
qismlarda uchrab turar va ular omma oldida namoyishkorona safdan haydalar edilar. Harbiylar
orasida siyosiy islomning ilk bor uchrashi bu Gulxona harbiy tibbiyot akademiyasi yetakchi
bo`lgan. Chunki birinchi bor shu akademiyada islomiy kayfiyatdagi harbiylar chiqqan edi.

Intelligensiya orasida ham ijobiy munosabatlar mavjud emas edi. Islomchilar asosan

diniy fakultet talabalariga e`tiborlarini qaratgan edilar. Ana shunday diniy fakultet faollaridan
Yashar Nuriy O`zturk (Istambul universitetining diniy fakulteti dekani) va Fahmiy Baykan
(Anqara shahridagi Xojatepa Universiteti Adabiyot falsafasi bo`limi islomshunos professori) edi.

O`zturk islom dinini isloh qilish yaxshi ish emasligini aytgan edi. Otaturk mafkurasi

asosida davlat rusumidagi dinni millat uchun taqdim etish va sindirish va radikal islomdan voz
kechish avvaldan mavjud reja edi. Professor Baykan rya, dinni davlatdan ajratishda g`arb
namunasidan o`rnak olmaslikka chaqirdi. Uning bu gaplarida adolat bor edi. Chunki Yevropada
cherkov davlatdan alohida bir jamiyat instituti sifatida ajratilgan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bayramoğlu

Ali.

Türkiye’de İslami

Hareket.

1. baskı.–

İstanbul:

Patika

yayıncılık,

2001.

S.45.

2.

Cumhuriyet // Report of a parliamentary commission /

№33.

2February.2000.

P.5.

3.

Ely Karmon. Radical islamic political groups in Turkey.

London: Published by

MERIA. Vol.7. Dec. 4. 1997.

P.142.

4.

Ely Karmon. The demise of radical islam in Turkey.

London: Dr.Middle East Review

of International Affairs(MERIA)journal, volume 1. 1990.

P.17.

5.

Gulalp Н. Political Islam in Turkey: The Rise and Fall of the Welfare Party // Muslim

World, Vol.89, No.l, January 1999.

P.22

41.

6.

Harry W. Kushner. Turkish Hezbollah, Encyclopedia of Terrorism,

Hague: Sage

Publications Inc, 1993,

P.368

369.

7.

Harry W. Kushner. Turkish Hezbollah. Encyclopedia of Terrorism,

London: Sage

Publications Inc,1993.

P.144.

8.

http://Radikal.com.tr. Radikal

–online/Türkiye/Türkiye’deki

islamci

kuruluşve örgütler.

Retrieved on 2011.

9.

http://www.kurdishcenter.ru/index.php?option=com_content&view=article&id=4616:

––

&catid=24

10.

http://www.terrorism.com / The Terrorism Research Center / Turkish Hezballah. 2003

11.

http://www.terrorism.com/The Terrorism Research Center/Turkish Hezballah(2003)


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1355

12.

Kalaycioğlu,

Ersin.ElectionsandPartyPrefencesinTurkey:ChangesandContinutiesinthe199

0’s.–

Preston: Comperative Political Studies, C:27, No:3, sep. 1994.

P.45.

13.

Karpat. K.H. Nursi. Encyclopedia of Islam.

Leiden: New Edition, volume.VIII, Brill:.

P.143

144.

14.

Mardin. S. Religion and social change in modern Turkey. The case of Bediuzzaman Said

Nursi,

New York: Univercity of New York. 1998.

P.15

18.

15.

Metin Heper and Ahmet Evin. The State, Politics and Religion in Turkey, in State,

Democracy and the Military. Turkey in the 1980s.

Berlin/New York: Walter de

Gruyter, 1988.

P.14.

16.

Toprak Binnaz. Islam and Democracy in Turkey.

Lebanon: Turkish Studies, Vol.6,

No.2, June 2005.

P.14.

17.

Turkish Weekly // Turkish Hezbollah (Hizbullah) / Kurdish Hezbollah,

№14.

2003.

P12

18.

Yavuz M.H. Political Islam and the Welfare (Refah) Party in Turkey // Comporative

Politics, Vol.30, No.l, October 1997.

P.54.

19.

АватковВ.А.Турецкая

демократизация

в

90

–е–

ключ

к

сегодняшней

исламизации

Турции

//

Ближний Восток

и современность. №

45. 2012.

С.22.

20.

АлекперовР.Роль

ислама во внутренней и

внешней

политике

Турции

после

второй

мировой войны

.

www.MoscowLomonosovUniversity.com

21.

Данилов,

В.И.Турция

80-:

отвоенного

режима до «ограниченной

демократии».–

Москва:

1991.

C.154.

22.

Дружиловский,С.Б.О

теории и практике исламского правленияв странах Среднего

Востока

(Иран,

Афганистан, Турция)

//

Ислам

и

политика

(взаимодействие ислама и

политики в

странах Ближнего и Среднего Востока, на Кавказе и в Центральной

Азии).–

Москва:

Институт

востоковедения РАН, Крафт+, 2001. –

C.233.

23.

Мусульманский

мир.

//

Радикалы

Турции.–

Москва:

В, №6.

1999.

References

Bayramoğlu‎ Ali. ‎Türkiye’de ‎İslami ‎Hareket. ‎1. baskı.‎– İstanbul:‎Patika ‎yayıncılık, ‎2001.‎–S.45.

Cumhuriyet // Report of a parliamentary commission /‎№33.‎2‎February.‎2000.‎–P.5.

Ely Karmon. Radical islamic political groups in Turkey. – London: Published by MERIA. Vol.7. Dec. 4. 1997. – P.142.

Ely Karmon. The demise of radical islam in Turkey. – London: Dr.Middle East Review of International Affairs(MERIA)journal, volume 1. 1990. – P.17.

Gulalp Н. Political Islam in Turkey: The Rise and Fall of the Welfare Party // Muslim World, Vol.89, No.l, January 1999. –P.22–41.

Harry W. Kushner. Turkish Hezbollah, Encyclopedia of Terrorism, – Hague: Sage Publications Inc, 1993, – P.368–369.

Harry W. Kushner. Turkish Hezbollah. Encyclopedia of Terrorism, – London: Sage Publications Inc,1993. –P.144.

http://Radikal.com.tr. Radikal–online/Türkiye/Türkiye’deki‎islamci‎kuruluş‎ve örgütler. Retrieved on 2011.

http://www.terrorism.com / The Terrorism Research Center / Turkish Hezballah. 2003

http://www.terrorism.com/The Terrorism Research Center/Turkish Hezballah(2003)

Kalaycioğlu,‎Ersin.‎Elections‎and‎Party‎Prefences‎in‎Turkey:‎Changes‎and‎Continuties‎in‎the‎1990’s.‎– Preston: Comperative Political Studies, C:27, No:3, sep. 1994. – P.45.

Karpat. K.H. Nursi. Encyclopedia of Islam. –Leiden: New Edition, volume.VIII, Brill:.– P.143–144.

Mardin. S. Religion and social change in modern Turkey. The case of Bediuzzaman Said Nursi, – New York: Univercity of New York. 1998. – P.15–18.

Metin Heper and Ahmet Evin. The State, Politics and Religion in Turkey, in State, Democracy and the Military. Turkey in the 1980s. – Berlin/New York: Walter de Gruyter, 1988. –P.14.

Toprak Binnaz. Islam and Democracy in Turkey. – Lebanon: Turkish Studies, Vol.6, No.2, June 2005. –P.14.

Turkish Weekly // Turkish Hezbollah (Hizbullah) / Kurdish Hezbollah,‎ №14.‎2003‎.–P12

Yavuz M.H. Political Islam and the Welfare (Refah) Party in Turkey // Comporative Politics, Vol.30, No.l, October 1997. –P.54.

Аватков‎В.А.‎Турецкая‎ демократизация‎ в‎ 90–е‎– ключ‎ к‎ сегодняшней‎ исламизации ‎Турции‎ //‎ Ближний Восток‎ и ‎современность. ‎№‎45. ‎2012. ‎– С.22.

Алекперов‎Р.‎Роль‎ ислама ‎во ‎внутренней ‎и‎ внешней‎ политике‎ Турции‎ после‎ второй‎ мировой ‎войны‎. www.MoscowLomonosovUniversity.com

Данилов,‎ В.‎И.‎Турция‎ 80-:‎от‎военного‎ режима ‎до ‎«ограниченной‎ демократии».‎– Москва:‎1991.‎– C.154.

Дружиловский,‎С.‎Б.‎О‎ теории ‎и ‎практике ‎исламского ‎правления‎в ‎странах ‎Среднего‎ Востока‎ (Иран,‎ Афганистан, ‎Турция)‎// ‎Ислам‎ и‎ политика‎ (взаимодействие ‎ислама ‎и ‎политики ‎в‎ странах ‎Ближнего ‎и Среднего ‎Востока, ‎на ‎Кавказе ‎и ‎в ‎Центральной ‎Азии).‎– Москва:‎ Институт‎ востоковедения ‎РАН, ‎Крафт+, 2001. –C.233.

Мусульманский‎ мир.‎//‎Радикалы‎ Турции.‎– Москва:‎ В, ‎№6. ‎1999.