Authors

  • Dostonbek Mahammadxo‘jayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.112684

Keywords:

Toshkent XIX asr XX asr boshlar demografiya migratsiya rus bosqini sanoatlashuv shahar aholisi ijtimoiy tarkib milliy tarkib.

Abstract

Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri ham yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1376

XIX ASR OXIRI

XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENT SHAHRI AHOLISI

TARKIBIDAGI

OʻZGARISHLAR

Mahammadxo‘jayev Dostonbek G‘aybullo o‘g‘li

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tarix kafedrasi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15747442

Annotatsiya.

Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining

demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi.

Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan

siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib

kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining
vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar

ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy

-

iqtisodiy hayotiga ta’siri

ham yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Toshkent, XIX asr, XX asr boshlar, demografiya, migratsiya, rus bosqini,

sanoatlashuv, shahar aholisi, ijtimoiy tarkib, milliy tarkib.


XIX asrning 2-

yarmi va XX asr boshlarida Toshkent aholisi sezilarli oʻsish va

oʻzgarishlarni boshdan kechirdi, bu ham mahalliy, ham global tarixiy oʻzgarishlar, jumladan,
Rossiya imperiyasining kengayishi, yangi savdo yoʻllarining rivojlanishi, shaharning
modernizatsiya qilinishini aks ettirdi. Bu davrda Toshkent nisbatan kichik Oʻrta Osiyo vohasi
boʻlgan shahardan Rossiya imperiyasining muhim shahar markaziga aylandi. XIX asrning

ikkinchi yarmining boshlarida Toshkentda taxminan 150-200 ming kishi yashagan. Biroq, bu

raqam aniq emas va o‘sha paytda tizimli yozuvlar yo‘qligi sababli turli manbalarda farqlanadi

1

.

Shahar aholisi asosan oʻzbeklardan iborat boʻlgan, ammo bu yerda tojiklar, qozoqlar,

turkmanlar, ruslar va yahudiylar kabi boshqa turli etnik guruhlar ham yashagan. Bunday xilma-
xil etnik jamoalarning mavjudligi shaharning ijtimoiy va madaniy landshaftini shakllantirgan,

har bir guruh Toshkentning o‘ziga xos xususiyatiga hissa qo‘shgan.

Toshkent aholisi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni rus

sayyohlari va harbiylarining

asarlarida uchratish mumkin. Masalan, 1865-yilda shaharni bosib olgan general M.G. Chernyaev
Toshkent aholisini 100 ming kishi deb baholagan

2

. Biroq bu ma’lumotlar taxminiy xarakterga

ega edi. Toshkent aholisi haqidagi nisbatan aniq ma’lumotlar XIX asr oxiridan paydo bo‘la

boshladi. 1897-

yilgi Butun Rossiya aholisi ro‘yxati natijalariga ko‘ra, Toshkent aholisi 155,7

ming kishini tashkil etgan. Bu ma’lumot ko’plab tadqiqotchilar tomonidan ishonchli deb e’tirof
etiladi. XX asr boshlarida Toshkent aholisi haqida ma’lumotlar muntazam ravishda to’planib

borilgan. 1904-

yilda shahar dumasining ma’lumotiga ko’ra, Toshkent aholisi 170 ming kishini

tashkil etgan

3

. 1910-yilda esa 201 ming kishiga yetgan. Toshkent aholisining etnik tarkibi haqida

ham ma’lumotlar mavjud.

1

Shermatov X.

Toshkent tarixi va madaniyati

- T.: Sharq, 2002.

B. 45.

2

Черняев М.Г. Доклад о занятии города Ташкента // Туркестанский сборник. Т. 20.

-

СПб., 1869.

-

С. 97

-107.

3

Обзор Сырдарьинской области за 1904 год.

-

Ташкент, 1905. –

С.

126.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1377

1897-

yilgi aholi ro’yxatiga ko’ra, shahar aholisining 75,6 foizini o’zbeklar, 5,3 foizini

ruslar, 4,5 foizini tojiklar, 2,2 foizini qozoqlar va qirg‘izlar tashkil etgan. 1910

-yilga kelib ruslar

soni 9,6 foizga yetgan

4

.

XIX asr oxiri -

XX asr boshlarida Toshkent aholisi jadal sur’atlar bilan o‘sdi. 1865

-yilda

taxminan 100 ming kishi bo’lgan shahar aholisi 1897

-yilda 155,7 ming kishiga, 1910-yilda esa

201 ming kishiga yetdi. Demak, 45 yil ichida aholi 2 barobardan ko

proq o

sgan. 1865-1897-

yillar oralig

ida Toshkent aholisi eng yuqori sur

atda (55,7%) o

sgan. Bu asosan shaharning

Rossiya imperiyasi tarkibiga qo

shilishi va uning ma

muriy markazga aylanishi bilan bog

liq.

1897-1904 yillarda o

sish sur

ati biroz sekinlashgan bo

lsa, 1904-1910-yillarda yana

tezlashgan. Bu holat shaharning iqtisodiy rivojlanishi va migratsion jarayonlar bilan izohlanadi.

Toshkent shahar aholisining etnik tarkibi (1897-1910 yillar)

Millati

1897-yil

1910-yil

O‘zbeklar

75,6

70,8

ruslar

5,3

9,6

tojiklar

4,5

4,2

Qozoq va qirg‘izlar

2,2

2,0

boshqalar

12,4

13,4

Ko‘rinib turibdiki, 13 yil ichida shahar aholisining etnik tarkibida sezilarli o‘zgarishlar

yuz bergan. O‘zbeklar salmog‘i 4,8 foizga kamaygan bo‘lsa, ruslar ulushi 4,3 foizga oshgan. Bu
holat asosan rus aholisining ko‘chib kelishi bilan bog‘liq. Boshqa millatlar ulushi ham biroz
o‘zgargan. Aholining tez sur’atda o‘sishi shahar infratuzilmasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. 1910

-

yilga kelib shaharda 233 ta sanoat korxonasi, 53 ta o‘quv yurti, 4 ta shifoxona faoliyat yuritgan

5

[4]. 1909-

yilda shahar ko‘chalarida birinchi ko‘nka

-

tramvay paydo bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar

shaharning zamonaviy qiyofasini shakllantirdi. Shu bilan birga, aholining tez o‘sishi bir qator
muammolarni keltirib chiqardi. Shahar aholisining aksariyati an’anaviy turar

-joylarda yashashda

davom etdi. Suv ta'minoti, kanalizatsiya tizimi, ko‘chalarning obodonlashtirilishi kabi masalalar
dolzarb bo‘lib qoldi. Shahar ma’muriyati bu muammolarni hal etish uchun bir qator chora

-

tadbirlar ko‘rdi, ammo ularning to‘liq yechimi XX asrning keyingi davrlariga qoldi.

Umuman olganda, XIX asr oxiri -

XX asr boshlarida Toshkent aholisining tez sur’atlarda

o‘sishi shaharning Turkiston o‘lkasidagi yetakchi markazga aylanishini ta’minladi. Bu jarayon
shaharning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Temir yo‘l qurilishi ham shahar aholisining ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatdi. 1899

-yilda

Toshkent-

Krasnovodsk temir yo‘li, 1906

-yilda esa Toshkent-

Orenburg temir yo‘li qurib

bitkazildi. Bu esa shaharga yangi ishchi kuchi oqimini kuchaytirdi.

Shahar aholisining ko‘payishi ta’lim tizimining rivojlanishiga ham olib keldi. 1910

-yilga

kelib shaharda 53 ta o‘quv yurti faoliyat yuritgan

6

. Bular orasida an’anaviy maktab va

madrasalar bilan bir qatorda rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar ham bor edi.

4

Статистический обзор Ферганской области за 1910 год.

-

Скобелев, 1912. –

С.67.

5

Статистический обзор Ферганской области за 1910 год.

-

Скобелев, 1912. –

С.

163.

6

Статистический обзор Ферганской области за 1910 год.

-

Скобелев, 1912. –

С.

192.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1378

Natijada aholining savodxonlik darajasi oshdi. 1897-yilda savodxonlar 10,9 foizni tashkil

etgan bo‘lsa

7

, 1910-yilga kelib 15 foizga yetdi.

Shaharning “yangi” qismi aholisi tarkibiga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, Toshkent bosib

olinganining dastlabki yillarida uning “yangi” qismi aholisi harbiy amaldorlar va aksari
savdogarlardan iborat bo‘lgan. 1867

-

yilda №1 fortda joylashgan harbiy askarlar garnizonida

3000 ta kishini, ulardan askarlar 1525 va ayollari 356 kishini tashkil etgan. Chor hukumati

xizmati o‘tab bo‘lgan askarlarni Turkiston o‘lkasida qolishidan manfaatdor edi. Shuning uchun
ham o‘lkada qolgan harbiy oilalarga bir qancha imtiyozlar berilgan. O‘lkada qolgan har bir
harbiy oilasi 7 desyatinadan kam bo‘lmagan hosildor yerlar bilan ta’minlangan.

1866 yilda shaharga kelgan A.P.Xoroshxinning shohidlik berishicha, “xatto tikuvchi va

etikdo‘zlar ham faqat askarlardan iborat bo‘lgan”. Bosib olingan yerlarda chorizmning ahvoli
uncha mustahkam bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda bu tabiiy hol edi, albatta. Keyinchalik
Turkiston o‘lkasida chorizm ta’siri va hukmronligi kengayishi bilan Rossiyadan odamlar oqib
kela boshladi. Aholini ko‘chirib keltirish hisobiga ko‘payib borishi va Turkiston o‘lkasini

ruslashtirish ham mustamlakachilik siyosatining asosiy vazifalaridan biri edi.

Har yili Rossiyaning turli burchaklaridan kelgindilar ko‘plab ko‘chib kela boshlaydilar.

Natijada “yangi” shahar aholisi 4 yil ichida ikki baravardan ziyodga ortgan. 1875

-yilgi

shahar aholisi ro‘yxati ma’lumotlari bo‘yicha u 4859 kishini tashkil etgan, shulardan

-2982 nafari

erkaklar, 1877 nafari ayollar bo‘lgan. Bu vaqtga kelib tikuvchilar (55), duradgorlar (50),
etikdo‘zlar (36), g‘isht teruvchilar (18), bo‘yoqchilar (11) lar ortib borgan. Fotosuvratchilar,
soatsozlar, gugurt va qurol ustalari, sovun yasovchilar paydo bo‘lgan.

Rus ma’muriyati Toshkentga tobora ko‘proq oqib kelayotgan odamlarni ish bilan

ta’minlay olmagan. Barchani ish bilan ta’minlash uchun shahar sanoati u qadar rivojlanmagandi.

1875-

yil shahar aholisi ro‘yxati natijasida 1208 nafar odamni “tayinli ishi yo‘q” bo‘lgan. Bular

asosan iste’fodagi askarlar va din xizmatiga kirib ketganlar bo‘lgan. Shiblining narigi tomoniga
aholi ko‘chirib o‘tkaza boshlangach “tayinli ishi yo‘q odamlar” shahar “yangi” qismidagi
bog‘lardan boshpana topishgan va “Shiblining narigi yog‘idagilar” nomini olganlar. Shaharning
“yangi” qismiga 11 ta vrach, 9 ta felqdsher, 8 ta doya, 4 dorixonachi, 11 mashshoq va 8 ta
o‘qituvchi to‘g‘ri kelgan.

1890-

yildaToshkentning yangi shahar qismida aholi soni hiyla o‘sgan. Agar 1881

-yilda

8343 odam bo‘lsa, 1896

-

yilda esa 18221 nafarga yetgan. Quyidagi jadvaldan bu aniq ko‘rish

mumkin.

Nasabi va unvoni

Katta yoshdagi aholi

Bolalar

er

ayol

o‘g‘il

qiz

Dvoryan

300

311

131

132

Ruhoniy

16

17

14

14

1 gildiya nasliy faxriy fuqaro

1

gildiya

7

Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Сырдарьинская область.

-

СПб., 1905. –

С.

208.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1379

Savdogarlar: 1 gildiya

7

6

11

7

2 gildiya

204

227

75

83

Meshchanlar

1834

1458

522

759

Dehqonlar

705

603

522

591

Quyi amaldorlar:

iste’fodagilar

272

148

190

197

zahiradagilar

383

279

193

153

Kazaklar

77

95

82

96

Iste’fodagi

zobitlar va amaldorlar

461

323

307

340

Chet el fuqarolari:

yevropaliklar

18

13

8

11

osiyoliklar

18

17

12

11

Tub aholi:

Mullalar va boshqa ruhoniylar

20

15

36

22

Sultonlar naslidan

1

1

5

6

Hojilar

45

32

47

50

Savdogarlar

882

310

352

258

Sanoatchilar

178

115

108

121

Hunarmandlar

256

144

111

106

Dehqonlar

214

270

368

216

Qora ishchilar

1149

196

119

107

Jami:

18227

nafar

Ko‘rinib turganidek, bu davrda Toshkent yangi qismining ish bilan band aholisi o‘rtasida

tub milliy vakillari miqdori ancha o‘sgan. Keyinchalik bu miqdor yanada oshgan. 1897

-yillarda

ular 25000 nafar kishini tashkil etgan. 1898-yilda 26015, 1899-yilda 26864, 1900-yilda 31578

nafar. Keyinchalik Turkiston o‘lkasida temir yo‘l qurilishi munosabati bilan o‘lkaga ko‘chirib
keltirilganlar soni yanada ko‘payib ketdi. Temir yo‘llarni qurilishi nafaqat kelgindilar uchun
balki o‘lkadagi boyliklarni tashib ketish uchun juda qulay transport vositasi bo‘lib xizmat qildi.

Ularning tarkibi turlicha bo‘lib, 1890

-

yillargacha ko‘chib kelganlarning asosan o‘rta hol

dehqonlardan iborat bo‘lgan

8

.

8

Маев Н.А. Азиатский Ташкент // Материалы для статистики Туркестанского края. Вып.4.

-

СПб., 1876.

-

С. 260

-313.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1380

Lekin Rossiyadagi 1891-

1892 yillardagi ocharchilik oqibatida aholining eng kambag‘al

qismi ham Turkiston o‘lkasiga oqib kela boshladi. Ayniqsa, Shahar rivoji radiusli xalqa tizimida
olib borildi. Unda to‘g‘ri va boshi berk ko‘chalar, bog‘lar, xiyobonlar, maydonlar, ko‘rkam

davlat binolari, jamoat muassasalari, turar-joy uylari qurildi.

XIX asr oxiri -

XX asr boshlarida Toshkent shahar aholisi sezilarli darajada ko‘paydi va

tarkibiy o‘zgarishlarga uchradi. Aholi soni 45 yil ichida 2 barobardan ko‘proq o‘sdi. Bu
jarayonga tabiiy o‘sish, migratsiya, shahar hududining kengayishi va iqtisodiy rivojlanish kabi
omillar ta’sir ko‘rsatdi. Natijada shahar aholisining etnik, ijtimoiy va madaniy qiyofasi o‘zgardi.

Aholining tez sur’atlarda o‘sishi shaharsozlik muammolarini keltirib chiqardi. Umuman

olganda, ushbu davr Toshkentning yirik shaharga aylanish jarayonining boshlanishi edi.

XIX asrning 2-

yarmi va XX asr boshlarida Toshkentda sezilarli demografik oʻzgarishlar

yuz berdi. Shahar aholisi rus koʻchmanchilari va atrofdagi viloyatlardan kelgan muhojirlar oqimi
tufayli tez oʻsdi. Rossiyaning siyosiy nazorati, modernizatsiya harakatlari va iqtisodiy
imkoniyatlar bu o‘zgarishlarning asosiy omili bo‘ldi. Biroq, shaharda rus hukmronligining

kuchayishi mahalliy aholi bilan ham keskinlikni keltirib chiqardi va shahar kelajagini belgilovchi
ijtimoiy va siyosiy harakatlarga olib keldi. XX asr boshlariga kelib Toshkent rang-barang va

oʻsib borayotgan shahar markaziga aylanib, sovet davridagi demografik va siyosiy oʻzgarishlar

uchun zamin yaratdi.


REFERENCES

1.

Shermatov X. Toshkent tarixi va madaniyati - T.: Sharq, 2002.

B. 45.

2.

Юлдошев А. Аграрные отношения в Туркестане (конец XIX –

начало XX вв.). –

Ташкент: Узбекистан, 1969. –

С. 255.

3.

Юнусходжаева М. Из истории землевладения в Туркестане (на материалах

хозяйства князя Н.К.Романова). –

Ташкент: Фан, 1970. –

С.104.

4.

Черняев М.Г. Доклад о занятии города Ташкента // Туркестанский сборник. Т. 20.

-

СПб., 1869.

-

С. 97

-107.

5.

Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Сырдарьинская

область.

-

СПб., 1905. –

С. 208.

6.

Статистический обзор Ферганской области за 1910 год.

-

Скобелев, 1912. –

С. 83.

7.

Агзамова Г.А. Ташкент во второй половине

XIX -

начале

XX

века: социально

-

экономическое и культурное развитие.

-

Ташкент:

Yangi nashr, 2009.

С. 128.

References

Shermatov X. Toshkent tarixi va madaniyati - T.: Sharq, 2002. – B. 45.

Юлдошев А. Аграрные отношения в Туркестане (конец XIX – начало XX вв.). – Ташкент: Узбекистан, 1969. – С. 255.

Юнусходжаева М. Из истории землевладения в Туркестане (на материалах хозяйства князя Н.К.Романова). – Ташкент: Фан, 1970. – С.104.

Черняев М.Г. Доклад о занятии города Ташкента // Туркестанский сборник. Т. 20. -СПб., 1869. -С. 97-107.

Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Сырдарьинская область. -СПб., 1905. – С. 208.

Статистический обзор Ферганской области за 1910 год. -Скобелев, 1912. – С. 83.

Агзамова Г.А. Ташкент во второй половине XIX -начале XX века: социально-экономическое и культурное развитие. -Ташкент: Yangi nashr, 2009. – С. 128.