Authors

  • N.A. Naimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113950

Abstract

Aholi mablag‘larining asosiy qismi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu investitsiya salohiyatidan past darajada foydalanilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarga soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonalarning o‘z ichki mablag‘larini ko‘payishiga imkoniyat yaratdi

background image


Iyun, 2025-Yil

497

INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI QIYMATINI

BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Naimova N.A.

Osiyo xalqaro universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15735353

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashda ularni mablag‘lar

bilan ta’minlanishi borasida davlat tomonidan choratadbirlarning ko‘rilishi, ularni amalga oshirish
uchun etarli shart-sharoit yaratishga yordam bermoqda. Davlat tomonidan investitsiya loyihalarini
amalga oshirish uchun berilgan imtiyozlar, iqtisodiy siyosat olib borishda soliqqa tortish
bazalarining bosqichma-bosqich kamaytirib borilishi korxonalarning shaxsiy aylanma
mablag‘larini oshirishga hamda ular orqali investitsiyalash jarayonlarini yanada jadallashtirishga
yordam bermoqda. Natijada, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar umumiy
tarkibida korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiyalarning
ulushining o‘sishi ta’minlandi. Korxona mablag‘lari hisobiga shakllangan investitsiyalar ulushining
keskin o‘sishi hisobiga kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidagi aholi mablag‘larining ulushi
pasaydi.

Aholi mablag‘larining asosiy qismi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan bo‘lib,

ushbu investitsiya salohiyatidan past darajada foydalanilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarga soliq-
byudjet siyosatini takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, xususiylashtirish
jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonalarning o‘z ichki mablag‘larini
ko‘payishiga imkoniyat yaratdi

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish shakllaridan biri kreditlardir, odatda, uch yildan

ko‘p vaqtga berilib, ular kapital qo‘yilmalar, qurilish, ta’mirlash, texnik qayta qurollantirish, yangi
texnologiyalarni sotib olish bilan bog‘lik xarajatlarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi. Mazkur
kreditlar yuridik shaxs maqomini olgan dehqon-fermer xo‘jaliklari kabi kichik biznes sub’ektlariga
muddatini uzaytirish huquqisiz besh yil muddatgacha ham berilishi mumkin. Kreditlar
ajratilayotganda ta’minlanganlik sifatida hukumat kafolatlari, mulk garovi, banklar kafolati,
uchinchi shaxsning qarzni qaytarish bo‘yicha kafilligi, kreditni qaytara olmaslik riskidan sug‘urta
polisi talab etiladi. Bunday kreditlarning ishonchli tarzda berilishi mumkin emas. Shuni ham
ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda imtiyozli davrlar ham belgilanadi. Bu
degani qarz oluvchi imtiyozli davrda faqat kredit uchun hisoblangan foizlarni to‘lab boradi,
imtiyozli davr tugagandan keyin esa asosiy qarzni ham to‘laydi.

Odatda, qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, korxonaning moliyaviy holatidagi

salbiy o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli kreditni qaytarish muddati yaqinlashgan vaqtda kuchayadi.
Shu bois bank xodimlari (kredit inspektorlari va analitiklari) qarz oluvchilarning kredit olish
arizalaridagi turli xil ma’lumotlarga ahamiyat beradilar: menejer malakasiga; mijoz tomonidan
ishlatilayotgan buxgalteriya hisobi va auditorlik tizimiga; mijozning o‘z vaqtida majburiyatlarining
bajarayotganligiga; kredit uchun takdim etiladigan sug‘urta badaliga; ishlab chiqariladigan
mahsulot uchun talab va uni prognozlashtirish va boshqalarga.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda uzoq muddatli kreditlar muddatli kreditlar ichida

risklilik darajasi eng yuqori bo‘lgan kreditdir, uning boshqacha nomi “loyihaviy kredit” deb ham
ataladi. Bu kreditlar korxonaga kelgusidagi naqd pul tushumini ta’minlovchi - asosiy kapitalni


background image


Iyun, 2025-Yil

498

moliyalashtirish uchun zarur. Bunga misol sifatida davlat ahamiyati uchun molik bo‘lgan neftni
qayta ishlash, shaxta, eletrostantsiyalar kabi yirik inshootlarning qurilishini kreditlashni keltirish
mumkin. Investitsiya loyihalari bo‘yicha kredit risklari qo‘yidagilardan iborat: korxona qurilishi
uchun talab etiladigan materiallar shartlarining nomutanosibligi, kamomadi; loyiha amalga
oshirilayotgan joydagi hukumat qarorlari, farmonlarining loyihani amalga oshirish jarayoniga
to‘sqinlik qilishi; kredit uchun belgilanadigan foiz stavkasiining keskin o‘zgarishi va h.k..

Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning ko‘p yillik amaliyoti mobaynida loyihalarni

hayotga tatbiq etish jarayonida texnik-iqtisodiy asosnomani kompleks ekspertiza qiluvchi banklar
to‘qnash kelayotgan qator muammolar mavjud. Ularni umumiy tarzda quyidagicha guruhlash
mumkin:

-

investitsiya loyihasini ekspertiza qilish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

-

investitsiya loyihasi bo‘yicha moliyalashtirishni ochish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

-

amalda ishlayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha muammolar.

Investitsiya loyihasini ekspertiza qilish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar

quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Loyiha ekspertiza bosqichida tadbirkorlar va investorlar haligacha
loyiha bo‘yicha sifatsiz va ishonchli bo‘lmagan axborotlarni taqdim etishmoqda. Ular bilan birga
TIAni ishlab chiquvchilar (loyihachi tashkilotlar, moliya institutlari) kuzatilishi mumkin bo‘lgan
risklar va ularni pasaytirish, mahsulot eksporti, ishlatilishi ko‘zda tutilgan xom ashyo bo‘yicha
ma’lumotlarni, marketing tadqiqotlarini puxta ishlab chiqmagan. Bu hol loyihani ko‘rib chiqish
muddatini uzayishiga olib keladi. Bu muammoni hal etishda aniq tadbirlarning amalga oshirilishi
muhim o‘rin tutadi, ya’ni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi bo‘linmalari, “O‘zinvestloyiha”, moliyalashtiruvchi banklar
yordami hamda Hokimiyat bilan birgalikda amaliyotga quyidagilarni o‘zida ifodalovchi hududlar
bo‘yicha aborot-tahliliy ma’lumotlar bazasi tizimini ishlab chiqqan holda tatbiq etish lozim deb
hisoblaymiz:

-

hududning (rayon, shahar) umumiqtisodiy ko‘rsatkichlari;

-

mehnat, moddiy xom ashyo, ishlab chiqarish resurslari mavjudligi;

-

hudud bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik rivojining salohiyati;

-

turli xildagi mahsulotlar va xizmatlarning ichki bozor marketingi; - hududning eksport
imkoniyatlari.

Yuqoridagi ma’lumotlarning to‘la hajmda bo‘lishi salohiyatli investorlar va banklarga

loyiha bo‘yicha qaror qabul qilishni tezlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, tashqi bozorni
o‘rganish maqsadida amaliy yordam sifatida maxsus ixtisoslashgan marketing kompaniyalarini
yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu kompaniyalar faqat maslahat-ko‘mak vazifasini bajarib,
tadbirkorlarga o‘z amaliy tavsiyalarini berishi lozim bo‘ladi. Investitsiya loyihalarida marketing
xarajatlarini hisobga olishning alohida ahamiyatli tomoni shundaki, unga qilingan xarajatlar tarkibi
va miqdorini tahlil etish xarajatlarning to‘g‘ri tashkil etilganligini va o‘tkazilgan tadqiqotlarning
samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Zero, ijobiy natijalarni aniqlash uchun keragicha qilingan
har qanday marketing xarajatlari kelgusida qo‘shimcha xarajatlarning amalga oshirilishining oldini
olish bilan birga qo‘shimcha foyda keltirishi bilan ham o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini

baholashning bozor mexanizmiga ustuvorlik berish, buning uchun qulay shart-sharoit yaratish


background image


Iyun, 2025-Yil

499

(imtiyozlar va boshqalar), moliyalashtirishning turli usullaridan (masalan, lizing) faol foydalanish,
aholi mablag‘larini faol jalb qilish, foiz stavkalarini diversifikatsiyalash, yangi texnika-
texnologiyalarni o‘zlashtirishda chet el kreditlari va investitsiyalarini faol jalb qilish maqsadga
muvofiqdir.

O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha

tavsiyalarni joriy etish istiqbollari kapital qiymatini pasaytirish, kichik va o‘rta biznes uchun
moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va investitsiya
oqimining o‘sishini o‘z ichiga oladi. Bosqichma-bosqich reja (2025-2030-yillar) qonunchilik
bazasini tayyorlash, tajriba loyihalari va islohotlarni kengaytirishni nazarda tutadi. Byurokratiya,
byudjet cheklovlari va valyuta tebranishlari bilan bog‘liq xatarlarga qaramay, institutsional qo‘llab-
quvvatlash va xalqaro hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Tavsiyalarning
joriy etilishi O‘zbekiston sanoat sektorini mustahkamlab, uning barqaror rivojlanishi va global
iqtisodiyotga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Naimova,

N.

A.,

&

Olimova,

D.

(2025).

IQTISODIYOTDA

RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

TASNIFI.

Modern

Science

and

Research

,

4

(3), 173-181.

2.

Naimova, N., & Bahronova, R. (2025). RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARI:
BREND QIYMATINI OSHIRISH VA MIJOZLAR SADOQATINI SHAKLLANTIRISH
VOSITASI SIFATIDA.

Modern Science and Research

,

4

(5), 875-878.

3.

Naimova, N. (2025). THE CONCEPT OF A MANAGER, THE ESSENCE OF PERSONAL
AND

PROFESSIONAL

CHARACTERISTICS,

AND

THEIR

CLASSIFICATION.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(4), 950-954.

4.

Naimova, N. A., & Muhiddinova, S. (2025). YASHIRIN POTENSIALGA EGA
IQTISODIY SEKTORLAR VA ULARNING KELAJAKDAGI ROLI.

Modern Science and

Research

,

4

(4), 358-361.

5.

Zaripova, G., & Naimova, N. (2025). INFLYATSIYA VA UNI BARTARAF ETISH
CHORA-TADBIRLARI.

Modern Science and Research

,

4

(2), 371-378.

6.

Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING
STRATEGIES

EXISTING

APPROACHES.

International

Journal

of

Artificial

Intelligence

,

1

(1), 683-688.

7.

Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN
ENTERPRISES.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(2), 302-304.

8.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC
PROFESSIONS.

Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 153-155.

9.

Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON
TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.

10.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARINI

RAQAMLASHTIRISH

STRATEGIYASI.


background image


Iyun, 2025-Yil

500

11.

Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 306-312.

12.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY.

Modern

Science and Research

,

2

(12), 889-893.

13.

Akbarovna, N. N. (2024). Servis Korxonalarida Xizmat Ko ‘Rsatish Sifatini Oshirish
Omillari.

Miasto Przyszłości

,

53

, 548-557.


References

Naimova, N. A., & Olimova, D. (2025). IQTISODIYOTDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TASNIFI. Modern Science and Research, 4(3), 173-181.

Naimova, N., & Bahronova, R. (2025). RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARI: BREND QIYMATINI OSHIRISH VA MIJOZLAR SADOQATINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(5), 875-878.

Naimova, N. (2025). THE CONCEPT OF A MANAGER, THE ESSENCE OF PERSONAL AND PROFESSIONAL CHARACTERISTICS, AND THEIR CLASSIFICATION. International Journal of Artificial Intelligence, 1(4), 950-954.

Naimova, N. A., & Muhiddinova, S. (2025). YASHIRIN POTENSIALGA EGA IQTISODIY SEKTORLAR VA ULARNING KELAJAKDAGI ROLI. Modern Science and Research, 4(4), 358-361.

Zaripova, G., & Naimova, N. (2025). INFLYATSIYA VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI. Modern Science and Research, 4(2), 371-378.

Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING STRATEGIES EXISTING APPROACHES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 683-688.

Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN ENTERPRISES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 302-304.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC PROFESSIONS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 153-155.

Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RAQAMLASHTIRISH STRATEGIYASI.

Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH. Modern Science and Research, 3(5), 306-312.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889-893.

Akbarovna, N. N. (2024). Servis Korxonalarida Xizmat Ko ‘Rsatish Sifatini Oshirish Omillari. Miasto Przyszłości, 53, 548-557.