Authors

  • Nargiza Naimova
  • Jasmina Murodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114968

Abstract

davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika byudjetidan moliyalashtirish;

background image


Iyun, 2025-Yil

501

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI TARTIBGA

SOLISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Naimova Nargiza Akbarovna

Osiyo xalqaro universiteti o`qituvchisi

Murodova Jasmina To`lqin qizi

Osiyo xalqaro universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15735383

Davlat investitsiya faoliyatini tartibga solish bilan birga bevosita o‘zi ham unda ishtirok

etadi. Bunda u:

- davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika byudjetidan

moliyalashtirish;

- yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarib

berish asosida respublika byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarini taqdim etish;

- investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlar uchun davlat kafolatini

taqdim etish;

- investitsiya loyihalarining davlat kompleks ekspertizasini olib borish;
- mahalliy va xorijiy investorlar uchun kontsessiyalar taqdim etish kabilar bilan investitsiya

faoliyatida qatnashadi.

Odatda, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish uning muhim yo‘nalishlarida qulay

sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik
jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga
qaratiladi.

Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida

moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy
zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarni nazarda tutadi. Investitsiya
jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik investitsiyalardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy,
shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidenilar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning
ishtirokchilariga aylanadilar. Huquqiy nuqtai nazardan chet el investitsiyalari boshqa davlat
hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nutqtai
nazadan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakat shakllari foyda olish maqsadida
ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. Investitsiya
munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi.
Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida investitsiya
munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo‘lishini taqazo qiladi.
Huquqiy nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy
huquqiy tartibga solish me’yorlarini qamrab oladi. Bu me’yorlarning birligi ijtimoiy va alohida
investitsiya munosabatlarini xarakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga solish usuliga
aylanadi. Tartibga solish usullari huquq me’yorlarini ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya
munosabatlari xarakteriga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatish yo‘llaridan iborat.Investitsiya faoliyati
predmetining ko‘p ukladli iqtisodiyotini barpo etish davridagi ahamiyati bu faoliyatni huquqiy
jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishini talab qiladi.


background image


Iyun, 2025-Yil

502

Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, birinchi navbatda,

davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini
ko‘zlaydi.Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar
yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, u faoliyat sub’ektlarini sug‘urtalash va
boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi.

Respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida investitsiya faoliyatini

davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va xususiy
manfaatlarni; ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar
manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash; ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda
ro‘yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash.Ma’lumki, investitsiya
faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalarning
hamma turlari bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, soliqlarning fiskal (xazinani to‘ldirish) va tartibga solish
funktsiyalaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
- investorlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslarni yaratish,

mustahkamlash, takomillashtirib borish;

- pul-kredit siyosati orqali;
- vayulta siyosati orqali;
- amortizatsiya siyosati orqali;
- narx siyosati orqali;
- dotatsiyalar, subsidiyalar tizimi orqali;
- byudjet-soliq siyosati, jumladan, fiksal siyosat, turli soliqlardan imtiyozlar berish, soliq

kreditlari orqali;

- davlat kafolatlari tizimi orqali;
- chet ellik va mahalliy investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali;
- ayrim tarmoq, soha, hududlar va ulardagi ob’ektlarni davlat o‘z nazoratida saqlab qolish,

investitsiyalash orqali va shu kabilar.

Har bir davlat investitsiya faoliyatini quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi:
- bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga

oshirilishi;

- davlatning fan-texnika siyosatini o‘tkazish va buning asosida xo‘jalik tabaqalarini

mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish;

- mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo‘llash,

ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo‘yidagilar usullar orqali
amalga oshiriladi:

- soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq sub’ektlarini, ob’ektlari va stavkalarini

tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish;

- amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya

siyosatini qo‘llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish;

- ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, subsidiyalar,

subventsiyalar orqali yordam ko‘rsatish;


background image


Iyun, 2025-Yil

503

- kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab

chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o‘tkazish;

- yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash;
- investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va davlat dasturlariga kiritish.
- investitsiya loyihalarining monitoringini o‘tkazish va mexanizmini ishlab chiqish.
- zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to‘xtatib turish, cheklash yoki

tugatish.

Umuman, investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar

yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, u faoliyat sub’ektlarini sug‘urtalash va
boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi,
shuningdek, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, birinchi navbatda, davlatning
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.


REFERENCES

1.

Naimova,

N.

A.,

&

Olimova,

D.

(2025).

IQTISODIYOTDA

RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

TASNIFI.

Modern

Science

and

Research

,

4

(3), 173-181.

2.

Naimova, N., & Bahronova, R. (2025). RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARI:
BREND QIYMATINI OSHIRISH VA MIJOZLAR SADOQATINI SHAKLLANTIRISH
VOSITASI SIFATIDA.

Modern Science and Research

,

4

(5), 875-878.

3.

Naimova, N. (2025). THE CONCEPT OF A MANAGER, THE ESSENCE OF PERSONAL
AND

PROFESSIONAL

CHARACTERISTICS,

AND

THEIR

CLASSIFICATION.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(4), 950-954.

4.

Naimova, N. A., & Muhiddinova, S. (2025). YASHIRIN POTENSIALGA EGA
IQTISODIY SEKTORLAR VA ULARNING KELAJAKDAGI ROLI.

Modern Science and

Research

,

4

(4), 358-361.

5.

Zaripova, G., & Naimova, N. (2025). INFLYATSIYA VA UNI BARTARAF ETISH
CHORA-TADBIRLARI.

Modern Science and Research

,

4

(2), 371-378.

6.

Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING
STRATEGIES

EXISTING

APPROACHES.

International

Journal

of

Artificial

Intelligence

,

1

(1), 683-688.

7.

Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN
ENTERPRISES.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(2), 302-304.

8.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC
PROFESSIONS.

Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 153-155.

9.

Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON
TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.

10.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARINI

RAQAMLASHTIRISH

STRATEGIYASI.

11.

Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 306-312.


background image


Iyun, 2025-Yil

504

12.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY.

Modern

Science and Research

,

2

(12), 889-893.

13.

Akbarovna, N. N. (2024). Servis Korxonalarida Xizmat Ko ‘Rsatish Sifatini Oshirish
Omillari.

Miasto Przyszłości

,

53

, 548-557.


References

Naimova, N. A., & Olimova, D. (2025). IQTISODIYOTDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TASNIFI. Modern Science and Research, 4(3), 173-181.

Naimova, N., & Bahronova, R. (2025). RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARI: BREND QIYMATINI OSHIRISH VA MIJOZLAR SADOQATINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(5), 875-878.

Naimova, N. (2025). THE CONCEPT OF A MANAGER, THE ESSENCE OF PERSONAL AND PROFESSIONAL CHARACTERISTICS, AND THEIR CLASSIFICATION. International Journal of Artificial Intelligence, 1(4), 950-954.

Naimova, N. A., & Muhiddinova, S. (2025). YASHIRIN POTENSIALGA EGA IQTISODIY SEKTORLAR VA ULARNING KELAJAKDAGI ROLI. Modern Science and Research, 4(4), 358-361.

Zaripova, G., & Naimova, N. (2025). INFLYATSIYA VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI. Modern Science and Research, 4(2), 371-378.

Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING STRATEGIES EXISTING APPROACHES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 683-688.

Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN ENTERPRISES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 302-304.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC PROFESSIONS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 153-155.

Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RAQAMLASHTIRISH STRATEGIYASI.

Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH. Modern Science and Research, 3(5), 306-312.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889-893.

Akbarovna, N. N. (2024). Servis Korxonalarida Xizmat Ko ‘Rsatish Sifatini Oshirish Omillari. Miasto Przyszłości, 53, 548-557.