Authors

  • Nafisa Raxmonqulova
  • Charos Qobilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114974

Keywords:

hudud ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilma reyting.

Abstract

Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning iqtisodiyot va moliyaviy sektor uchun xavfliligi darajasi ortib bormoqda. 2024-yil yakuniga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 387 ta yirik tabiiy ofat ro‘y bergan bo‘lib, bu holatlarning iqtisodiy zarari 360 milliard AQSh dollariga teng bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin Bu borada iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari iqlim o‘zgarishi risklarining ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lib, ularga qishloq xo‘jaligi sektori, qurilish, energetika, savdo, transport, turizm hamda moliya sektori kabilarni kiritishimiz mumkin. Atrof-muhitni muhofaza qilish va global isishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun katta hajmdagi mablag‘ talab etilishi bois, iqlim o‘zgarishi risklarining oqibatlarini bartaraf etish jarayonida moliya bozorining ishtiroki eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

background image


Iyun, 2025-Yil

509

ZAMONAVIY IQTISODIY DAVRDA JAHONDA “YASHIL IQTISODIYOT” HAMDA

“YASHIL MOLIYA” TIZIMINING O’RNI

Raxmonqulova Nafisa Olimjon qizi

Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi

Qobilova Charos Azizbek Qizi

Osiyo xalqaro universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15735509

Annotatsiya.

Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldidagi eng dolzarb

muammolardan biri bo‘lib, uning iqtisodiyot va moliyaviy sektor uchun xavfliligi darajasi ortib
bormoqda. 2024-yil yakuniga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 387 ta yirik tabiiy ofat ro‘y bergan bo‘lib, bu
holatlarning iqtisodiy zarari 360 milliard AQSh dollariga teng bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin

Bu borada iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari iqlim o‘zgarishi risklarining

ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lib, ularga qishloq xo‘jaligi sektori, qurilish, energetika, savdo,
transport, turizm hamda moliya sektori kabilarni kiritishimiz mumkin. Atrof-muhitni muhofaza
qilish va global isishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun katta
hajmdagi mablag‘ talab etilishi bois, iqlim o‘zgarishi risklarining oqibatlarini bartaraf etish
jarayonida moliya bozorining ishtiroki eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

hudud, ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilma, reyting.


Hududlarni rivоjlantirish davlat bоshqaruvining asоsiy maqsadi iqtisоdiy va ijtimоiy

barqarоrlikni ta’minlash, jahоn bоzоrlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himоya qilish,
fuqarоlar darоmadlarini huquqiy jihatdan qayta taqsimlash, mulkiy munоsabatlarni
uyg‘unlashtirish, mavjud tartibni mustahkamlash, bоshqaruvni demоkratlashtirish, davlat
bоshqaruvi оrganlarining tranzitini ta’minlashdan ibоrat. Hududiy rivоjlanish davlat bоshqaruvi
оbyekti sifatida о‘ziga хоs tuzilmasi, madaniyati va rivоjlanish darajasiga ega bо‘lgan о‘zarо
bоg‘liq elementlarning murakkab tizimi bо‘lib, u davlatdagi ijtimоiy-iqtisоdiy vaziyatga sezilarli
ta’sir kо‘rsatadi va uning samarali meхanizmlarini amalga оshirishga bevоsita bоg‘liqdir. Hududiy
iqtisоdiyоtda bоzоr о‘zgarishlarini faоllashtirish, hududiy rivоjlanishni davlat tоmоnidan
bоshqarish meхanizmlari va vоsitalarini о‘zgartirish, mahalliy hоkimiyat оrganlarining о‘zarо
hamkоrligi tizimini samarali tashkil etish davlat hamda uning hududlari о‘rtasidagi sheriklik
tamоyiliga asоslangan оptimal bоshqaruv mоdellarini izlashni taqоzо etadi. Bundan kо‘rinadiki,
hududlarni yanada rivоjlantirish yо‘nalishlaridan biri hududlarni rivоjlantirishni strategik
rejalashtirishning asоsiy ustuvоr yо‘nalishlarini innоvatsiyalar asоsida belgalashdir, jumladan

1

:

Jahon iqtisodiyoti va ayrim davlatlar iqtisodiyoti samaradorligini oshirish muammosi yashil

iqtisodiyot tamoyillaridan keng foydalanish asosida barqaror rivojlanish muammosini hal qilish
bilan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy rivojlanishning ekologiyasi oxir-oqibat yangi fanni (ilmiy
bilimlarning bir tarmog‘i) – iqtisodiyot va ekologiya muammolarining yaqin munosabatlariga
asoslangan yashil iqtisodiyotni yaratdi. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot va ekologiya, ushbu
sohadagi muammolar nisbati to‘g‘risida qaror qabul qilish va ekologik iqtisodiyotning mohiyatini
va uning iqtisodiy o‘sish sharoitida barqaror rivojlanish bilan bog‘liqligini shakllantirishga

1

Prezidentimizning 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy

etish to‘g‘risida”gi PQ4702-son qarori. https://lex.uz/docs/4803531


background image


Iyun, 2025-Yil

510

urinishlar hali ham bir xil fikrga olib kelmadi. Yashil (ekologik yo‘naltirilgan) iqtisodiyotning
kelishilgan ta’rifi hali ham mavjud emas, ekologik barqaror rivojlanish uchun ham xuddi shunday
ta’riflarning yo‘qligi yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish manfaatdor tomonlarning rivojlanish
potensialini cheklab, ularning barcha afzalliklaridan foydalanishga imkon bermaydi. Umuman
olganda, yashil iqtisodiyot tabiiy muvozanatni saqlash bilan bevosita bog‘liqligi tan olingan, bu esa
uni “inson – tabiiy muhit”munosabatlari jamlanmasida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Yashil
iqtisodiyot paydo bo‘lishidan oldin va keyin u bilan ko‘p o‘xshashliklarga ega bo‘lgan ba’zi
tushunchalar mavjud: ekologik yo‘naltirilgan o‘sish, yashil o‘sish, kam uglerodli rivojlanish,
oqilona o‘sish, ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyot, bio-iqtisodiyot, barqaror iqtisodiyot va
boshqalar.Iqtisodiyot va tabiiy muhit bilan bog‘liq tushunchalarni birlashtirishning mumkin
emasligi yashil iqtisodiyotning mohiyatini tushunishga to‘sqinlik qiladi.

Respublikamizda va butun dunyoda hozirgi davrda yashil iqtisodiyotning asosiy

muammolari o‘rganilib borilmoqda. Ushbu muammoning rivojlanish darajasi, yashil iqtisodiyot va
barqaror rivojlanish o‘rtasidagi munosabatlar va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri masalasi jahon
ilmiy adabiyotlarida to‘liq ko‘rib chiqilmoqda. Ilmiy asarlari ekologik iqtisodiyot muammolariga
bag‘ishlangan olimlar orasida Annon (1996, 2001), Asafu-Adaye J. (2005), Biely K. (2014)
Boulding K.E. (1966), Brown L. (2001), Cai W. Wang C., Chen J. &Wang S. (2011), Cato Molly
(2009), Cook S., Smith K. & Utting P. (2012), Costanza R. (1991, 1997), Friedman T.L. (2009),
Georgescu-Roegen N. (1978), (1993), Goodstein E. (1999), Hamilton K.&G. Ruta (2006), Heal G.
(2012), Hey C. (2005), Hobson K. (2013), Howarth R.B. (1997), Jacobs M. (1991), Jänicke M.
(2011), Khor M. (2011), Martínez-Alier J. & Muradian R. (2015), Milani B. (2000), Newton A.C.
& Cantarello E. (2014), Rehbinder E., Stewart R.B. & Del Duca P.L. (1985), Smulders S., Toman
M. & Withagen C. (2015), Van den Bergh J. (2001, 2010),Barqaror rivojlanish muammosi, xususan,
kam uglerodli rivojlanish masalalari, yashil mehnat va boshqalar.Ayres R. (2007), Balkytè A. &
TvaronaviCienè M. (2010) asarlari bag‘ishlangan. Barbier E.B. (2012), Barrett C.B. (1996),
Baumgärtner S. & Quaas M. (2009), Binswanger M. (2001), Pearce D. (1993, 2002), Rogers P.,
Jalal K. & Boyd J. (2008), Runciman B. (2012), Schneider F., Kallis G., Martinez Allier, J. Scrase
I. & Smith A. (2009), Skea J. & Nishioka S. (2008), van der Ploeg R. & Withagen C. (2013)
asarlarida o‘rganilgan. Respublikamizda ham bir qancha olimlar ushbu sohada o‘rganish ishlarini
olib borishmoqda. Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Toshmatov Sh.A. Xadjayev X. S., Asqarova
M.T, Jamolov J.J.lar o‘z asarlarida yashil iqtisodiyotning respublikamizdagi hozirgi holati,
yechimini kutayotgan muammolar, ularni bartaraf qilish usullari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon
qilishgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘zining hozirgi rivojlanish modeli bo‘yicha o‘sish

chegaralarini yengib o‘tish hamda iqlim va ekologiyadan xabardor bo‘lib borayotgan jahon bozorida
iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘lidagi noyob imkoniyatni yaxshi tushunadi.
O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlashda “yashil iqtisodiyot”ning rolini kuchaytirish
borasida quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur: Birinchidan, aholini atrof-muhitning
yomonlashuvi sabablari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarga ustuvor
ahamiyat berish lozim. Ikkinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
sifatini oshirish darkor. Uchinchidan, “yashil” davlat xaridlari siyosatini olib borish orqali ekologik
toza mahsulotlar ishlab chiqarish va ishlab chiqarishda “yashil” texnologiyalardan foydalanishni


background image


Iyun, 2025-Yil

511

rag‘batlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rtinchidan, milliy iqtisodiyotning energiya
salohiyatini oshirishda “yashil” texnologiyalardan samarali foydalanish kerak. Beshinchidan,
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida “yashil” infratuzilmaga sarflanadigan davlat
investitsiyalari hajmini oshirish lozim. Mamlakat tarkibiy islohotlarning jadallashuviga tayangan
holda, o‘z iqtisodiyoti, odamlar va sayyoramiz uchun, rivojlanayotgan sohalarda yangi ish
o‘rinlarini yaratish bilan birga tabiiy resurslardan Moslashuvchan, Inklyuziv, Barqaror va
Samarador (MIBS) foydalanishga asoslangan past uglerodli va iqlimga chidamli “yashil” o‘sish
modeli sari yo‘lni belgilash bo‘yicha qadamlar tashlamoqda. Lekin, yanada barqaror va “yashil”
iqtisodiyotga aylanish uchun mamlakat mavjud ekologik muammolar va iqtisodiy o‘sishni
sekinlashtiradigan boshqa xavf omillari ustida ishlashi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish orqali biz kelajak avlodlar uchun yanada taraqqiy etgan barqaror
rivojlanish asosidagi iqtisodiyotni ta’minlashga erishamiz desak shubha qilmagan bo‘lamiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2030-yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil
4-oktabrdagi pq-4477-son qarori.

2.

“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, 2022-yil. O‘zbekistonda
“Yashil” o‘sish va Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To‘plami.
Jahon banki: Washington D.C.”

3.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil iqtisodiyot.
Darslik. –T.: Universitet, 2020, 156-bet

4.

Порфирьв Б.П., "Зеленая" экономика: реалии, перспективы и пределы роста. – M.
Карнеги, 2013. 4. “The World Bank and the Ministry of Economic Development and
Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan. 2022. Towards a Greener Economy in
Uzbekistan. ©World Bank.”

5.

www.unep.org – Birlashgan Millatlar Atrof-muhit dasturining rasmiy sayti.

6.

www.worldbank.org – Jahon bankining rasmiy ma’lumotlari.

7.

http://worldgreeneconomy.org

8.

http://stat.uz

.

9.

http://uza.uz

10.

https://mineconomy.uz

10.

https://cityeconomy.uz/uz/news/iqtsod-yangiliklari/yashil-

iqtisodiyotgaotish-strategiyasi-maqsad-va-vazifalar

.

11.

https://yuz.uz/uz/news/yashil-iqtisodiyotni-rivojlantirish-chora-tadbirlari

.

12.

Raxmonqulova, N., & Qobilova, C. (2025). IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNING
MUAMMOLARI.

Modern Science and Research

,

4

(5), 659-663.

13.

Raxmonqulova, N. O., & Muxammedov, T. (2025). TA'LIM XIZMATLARI BOZORI
MINTAQA EKSPORT SALOHIYATINI YAXSHILASH OMILI SIFATIDA.

Modern

Science and Research

,

4

(5), 664-667.


background image


Iyun, 2025-Yil

512

14.

Hakimovich, T. M. (2025). HUDUDLARNI STRATEGIK REJALASHTIRISH VA
BОSHQARISHNING ASОSIY BОSQICHLARI.

ANALYSIS OF MODERN SCIENCE

AND INNOVATION

,

1

(4), 225-232.

15.

Raxmonqulova, N. O. (2025). TASHKILOTNING TURLI TUZILMALARI VA ULARNI
BOSHQARISH USULLARINING AFZALLIKLARI.

Science, education, innovation:

modern tasks and prospects

,

2

(1), 15-21.

16.

Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON
KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA
DOLZARBLIGI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 207-212.

17.

Raxmonqulova, N. O. (2025). TASHKILOTNING TURLI TUZILMALARI VA ULARNI
BOSHQARISH USULLARINING AFZALLIKLARI.

Science, education, innovation:

modern tasks and prospects

,

2

(1), 15-21.

18.

Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON
KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA
DOLZARBLIGI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 207-212.

19.

Nafisa, R. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS OF MODERN MANAGEMENT
TRAINING.

Gospodarka i Innowacje.

,

46

, 265-269.

20.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF
THE REGIONAL ECONOMY.

Modern Science and Research

,

2

(12), 301-305.









References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 4-oktabrdagi pq-4477-son qarori.

“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, 2022-yil. O‘zbekistonda “Yashil” o‘sish va Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To‘plami. Jahon banki: Washington D.C.”

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil iqtisodiyot. Darslik. –T.: Universitet, 2020, 156-bet

Порфирьв Б.П., "Зеленая" экономика: реалии, перспективы и пределы роста. – M. Карнеги, 2013. 4. “The World Bank and the Ministry of Economic Development and Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan. 2022. Towards a Greener Economy in Uzbekistan. ©World Bank.”

www.unep.org – Birlashgan Millatlar Atrof-muhit dasturining rasmiy sayti.

www.worldbank.org – Jahon bankining rasmiy ma’lumotlari.

Raxmonqulova, N., & Qobilova, C. (2025). IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNING MUAMMOLARI. Modern Science and Research, 4(5), 659-663.

Raxmonqulova, N. O., & Muxammedov, T. (2025). TA'LIM XIZMATLARI BOZORI MINTAQA EKSPORT SALOHIYATINI YAXSHILASH OMILI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(5), 664-667.

Hakimovich, T. M. (2025). HUDUDLARNI STRATEGIK REJALASHTIRISH VA BОSHQARISHNING ASОSIY BОSQICHLARI. ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION, 1(4), 225-232.

Raxmonqulova, N. O. (2025). TASHKILOTNING TURLI TUZILMALARI VA ULARNI BOSHQARISH USULLARINING AFZALLIKLARI. Science, education, innovation: modern tasks and prospects, 2(1), 15-21.

Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI. Modern Science and Research, 4(3), 207-212.

Raxmonqulova, N. O. (2025). TASHKILOTNING TURLI TUZILMALARI VA ULARNI BOSHQARISH USULLARINING AFZALLIKLARI. Science, education, innovation: modern tasks and prospects, 2(1), 15-21.

Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI. Modern Science and Research, 4(3), 207-212.

Nafisa, R. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS OF MODERN MANAGEMENT TRAINING. Gospodarka i Innowacje., 46, 265-269.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF THE REGIONAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(12), 301-305.