01-07-2025
589-591
60
11
BOLALAR IMMUNITETINI KO’TARISH ZAMONAVIY USLUBDA
Mazkur maqola bolalarda immunitetni oshirishning samarali yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda immun tizimining asosiy vazifalari, uning pasayishiga olib keluvchi omillar va immunitetni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar keng yoritiladi. Bolalarda immunitetning pastligi tez-tez uchraydigan kasalliklarning asosiy sababi sifatida ko‘rsatilib, uning oldini olishning amaliy tavsiyalari berilgan. Bolalarning sog‘lom rivojlanishi uchun ovqatlanish, ichak mikroflorasining holati, tabiiy vitamin va minerallarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, immunitetni mustahkamlashda yoz mavsumidagi imkoniyatlardan unumli foydalanish, shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan profilaktik kurslar va davolovchi mashqlarning roli muhokama qilingan. Ushbu maqola ota-onalar, pedagoglar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.