Iyun, 2025-Yil
592
O’ZBEK KOMPOZITORI X.AZIMOVNING XAYOTI VA IJODI
Shaxobiddinova Azizaxon Shavkatjon qizi
Andijon Davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15741954
Annotatsiya.
maqolada o’zbek kompozitori Xolmirza Fayzullayevich Azimov xayoti va ijodi
yoritilgan. Kompozitor nafaqat mohir pianinochi, iqtidorli kompozitor, jonkuyar muallim, balki
mazkur sohada yetakchi uslubiyotchi-olim, o’zbek fortepiano ijodini rivojlantishishga o’z xissasini
qo’shganligi xaqida ma’lumot berilgan.
Tayanch iboralari:
kompozitor, fortepiano, ansambl, ijodkor, serqirra, fidokorona faoliyat.
Аннотация.
В статье освещается жизнь и творчество узбекского композитора
холмирзы файзуллаевича Азимова. Сообщается, что композитор является не только
талантливым пианистом, талантливым композитором, страстным педагогом, но и
ведущим ученым-методистом в данной области, внес свой вклад в развитие узбекского
фортепианного творчества.
Ключевые слова:
композитор, фортепиано, ансамбль, творческая, плодотворная,
самоотверженная деятельность.
Abstract.
The article highlights the life and work of Uzbek composer Kholmirza
fayzullayevich Asimov. It is reported that the composer is not only a talented pianist, a talented
composer, a passionate teacher, but also a leading methodologist in this field, who contributed to
the development of Uzbek piano creativity.
Keywords:
composer, piano, ensemble, creative, fruitful, selfless activity.
O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, mohir pedagog, sozanda va kompozitor
X.Azimov san’atkor bo’lish istagida bolalaigidan musiqaga qiziqdi, shu sohada mashshaqqatli
hayot va ijod yo’lini bosib o’tib, o’zbek yigitlari orasida ilk oliy ma’lumotli pianinochi, keyinchalik
kompozitor sifatida tanildi.
O’zbekistonda maxsus musiqa ta’limi hamda zamonaviy fortepiano ijrochiligining
shakllanishi va rivojlanishiga Xolmirza Fayzullayevich Azimov katta hissa qo‘shdi. U mohir
sozanda, jonkuyar ustoz, taniqli musiqa ijodkori va targ‘ibotchisi edi. Bo‘lajak san’atkor Namangan
shahrida tavallud topib, musiqa bilim yurtida tahsil ko'rdi. Bilim yurtida o‘qishi davrida u ilk bor
fortepianoda chalish ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi. Keyinchalik fortepiano uning eng sevimli
cholg'usiga aylanib qoldi.
Yosh pianinochi maxsus fortepiano ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olishni davom ettirish
maqsadida Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirdi. Xolmirza Azimov 1954 yilda o'zbek
milliy kadrlaridan yetishib chiqqan birinchi pianinochi sifatida o‘qishni muvaffaqiyatli tugalladi.
Ustoz oliy musiqa o‘quv yurtida umrining oxirigacha mehnat qilib, yuqori malakali mutaxassislarni
tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdi. o’qituvchi, dotsent, fakultet dekani, kafedra mudiri, ilmiy ishlar
bo'yicha prorektor, professor lavozimlarida uning ibratli faoliyati musiqiy ta’lim samaradorligini
oshirishga qaratildi.
X. F. Azimovning 1960-70- yillarda ba’zan yakka, ko‘proq esa turli ixcham ansamblfar
tarkibidagi sahna ijrochiligi orqali O‘zbekiston kompozitorlarining xilma-xil asarlari, shuningdek,
chet el mumtoz musiqasi tez-tez yangrab turdi. Xolmirza Fayzullayevich Azimov nafaqat mohir
Iyun, 2025-Yil
593
pianinoshi, iqtidorli kompozitor, jonkuyar muallim, balki mazkur sohada yetakchi uslubiyotchi-
olim sifatida respublikamizda keng tanildi. U musiqa ta’limining boshlang‘ich, o‘rta va oliy
bosqichlarida ko‘p yillar mobaynida samarali mehnat qilib, o‘ziga xos maktab yaratishga muvaffaq
bo‘ldi.
X.F.Azimov ko‘lami keng, serqirra va fidokorona faoliyati uchun ,,O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Taniqli ustoz bo‘lajak
musiqachilarda kasb ko‘nikmalarini hosil qilish bilan bir vaqtda fortepiano cholg‘usi vositasida
bolalar va o‘smirlaming umummusiqiy qobiliyatini o‘stirish, badiiy tafakkurini shakllantirish va
rivojlantirish- ga alohida diqqat-e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga X.Azimov jahon mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zbek milliy
kuy-ohanglari zaminida fortepiano uchun yaratilgan, qayta ish- langan yoki unga moslashtirilgan,
o‘quv jarayonida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan qiziqarli, jarangdor asarlar bilan o‘quv dasturlarini
boyitishga munosib hissa qo‘shdi. Bu borada atoqli san’atkor mavjud misollar bilan kifoyalanmay,
o‘nlab ol7bek xalq kuy va qo‘shiqlarini fortepiano uchun moslashtirdi, qayta ishladi, yosh
sozandalarga bag‘ishlab katta-kichik shakllarda mazmundor asarlar bastaladi. U ilk bor o‘zbek
musiqasi asosida "Fortepiano darsligi"ni yaratib, 1971 yilda nashr ettirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan so‘ng ham talabchan muallif darslik ustida ilmiy-ijodiy izlanishlarni davom ettirdi, uni
yangi-yangi, qisman o‘zi ijod etgan musiqiy namunalar bilan to‘ldirib bordi, uslubiy tavsiyalarni
ishlab chiqdi. Xolmirza Azimov bolalar musiqa maktabida bir necha yillar davomida o‘qituvchilik
qilib, o‘z darsligini amaliy sinovdan o‘tkazdi. Bu sa’i-harakatlar natijasida nisbatan mukammal,
hozirgi zamon talab va ehtiyojlarini qondira oladigan, o‘zbek pianinochilarini tarbiyalashda qo‘l
keladigan darslikning yangi qo‘lyozmasi tayyorlandi. Afsus, uning nashrini ko‘rish muallifga nasib
etmadi.
REFERENCES
1.
A.Jabborov.O’zbekiston
kompozitorlari, bastakorlari va musiqashunoslari.Musiqa
nashriyoti.2018
2.
Z.Ziyavutdinova Fortepiano va qo’shimcha cholg’u. Farg’ona: 2022
3.
Z.Ziyavutdinova Cholg’u ijrochiligi va ansambli. Farg’ona: 2022
4.
D.Raimova. Fortepiano o’quv qo’llanmasi. Farg’ona: 2022
