2025
AUGUST
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 8
21
SIROJIDDIN SAYYID SHE`RIYATIDA BORLIQ VA INSONIY MUAMMOLAR
TALQINI
Xoliyorova Aziza Alixon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16758091
Annotatsiya. Ushbu tezisda Sirojiddin Sayyid she`riyatining o`ziga xos xususiyatlari, olam,
inson va hayotiy tushunchalar badiiy tafakkur orqali tahlil etilgan.
Kalit so`zlar: Inson, dunyoqarash, ijod, tahlil va talqin, ruhiyat, individuallik, badiiy
bo`yoqdorlik, voqelantirish, idrok etish, tashbeh.
INTERPRETATION OF EXISTENCE AND HUMAN PROBLEMS IN THE POETRY OF
SIROJIDDIN SAYYID
Annotation. This thesis analyzes the unique features of Sirojiddin Sayyid`s poetry, the
world of man and life concepts through artistic thought.
Keywords: Human, worldview, creativity, analysis and interpretation, spirituality,
individuality, artistic expression, metaphor
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ БЫТИЯ И ЧЕЛОВЕЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ В ПОЭЗИИ
СИРОДЖИДДИНА САЙЙИДА
Аннотация. В данной диссертации анализируются особенности поэзии
Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством
художественного мышления.
Ключевые слова: Человек, мировоззрение, творчество, анализ и интерпретация,
психика, индивидуальность, метафора
O`zbek va jahon adabiyotshunosligida olamni idrok etish, uni badiiy qayta voqealantirish,
ilmiy-nazariy jihatdan o`rganish va bu boradagi qarashlarni umumlashtirishga hamisha asosiy
masala sifatida qaralgan. Badiiy ijodda bu uzun yo`l o`z manzillarini topadi. Chunki haqiqiy
badiiy ijod muayyan xalqning ibtidoiy tasavvurlaridan boshlab uning tarixiy-ijtimoiy
taraqqiyotini, milliy koloritini, xalqning asriy orzularini, eng og`riqli nuqtalarini, tarixiy-ijtimoiy
muhitni, dunyoqarashlarini, borliqqa munosabatini o`z yuragida sintez qilib qayta ishlaydi. Xuddi,
Ozod Sharafiddinovning “Zamon, qalb, poeziya” asari kabi qalb tarozidek o`rtada bo`ladi.
Zamondagi voqea hodisalar, qalb sintezidan o`tib, poeziyada o`z aksini topadi. Ijodkor
shaxsining iste’dodi, shaxsiy hayot tajribasi, falsafiy dunyoqarashi bu jarayonda juda muhimdir.
Sirojiddin Sayyid ijodi o`zbek adabiyotining badiiy tafakkuri tarixida ham o`ziga xos,
noyob xazinalardan biridir. Har qaysi janrda ijod qilmasin har birida o`zbek xalqining turli tarixiy
muhitlaridagi hayoti, yuragining qo`rida saqlab kelgan orzulari, toshlarni ham yig`latgan
armonlarini, bulutga ham, quyoshga ham qomatini tik tutgan tog`dek bardoshini ifoda etadi.
Ishonch bilan aytish mumkunki, u lirik, dramatik va liro-epik janrlarida o`zbek xalqining
badiiy, yaxlit kompozitsiyasini yaratdi. Shoirning turli qalb evrilishlariga sababchi bo`luvchi,
insonni o`ylashga, fikrlashga undovchi, samimiy ijodi kitobxonlar yuragidan joy oladi.
Adabiyotshunoslikda inson va uning ruhiyatini o`rganib, borliqni anglash asosiy
vazifalardan biridir. Shu asosda adabiy shakllanishning ijtimoiy, siyosiy va adabiy estatik omillari,
takomillashuv bosqichlari, ijodkorlarning biografiyasining talqini, mavzu qamrovini, janr
xususiyatlarini o`rganish, tadqiq etish asosiy vazifalar sirasiga kiradi.
2025
AUGUST
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 8
22
Antik yunon falsafalaridan boshlab idealizm, meteriolizm, fundamental antalogiya singari
konsepsiyalarning hamhiyatida borliqni anglashga bo`lgan o`ziga xos yondashuvlar bor. O`zbek
adabiyotshunosligida Sirojiddin Sayyid ijodi orqali borliq, uning yaratuvchisi tabiat va inson, umr,
uning mazmuni, zamon hamda makon, olamning siri, vaqt, dunyo va uning mohiyatini
anglashimiz yana ham teranlashadi.
Qo`llarim o`tmishlar uzra tashlangan.
Bir kitob izlaydi qo`llarim
Charm muqovali, harflari
Hurlar qoshidan ham nafis bir kitob
Ammo javonlaring
Tishsiz og`izdek bo`m-bo`shdir, tarix!
1
Ijodkor shaxsining dunyoqarashi, borliq, inson, hayot haqidagi qarashlari adabiyotda
muhim ahamiyatga egadir. Ammo har ijodkorning falsafiy qarashlari, borliqqa, muayyan
jarayonga yoki predmetga bo`lgan fikrlari aniq, ravshan ifoda etilmaydi. Bu falsafa ijodkor asari
ich-ichiga singib ketadi. Hamda aksariyat hollarda yashirin ko`rinishda bo`ladi. Bu jarayon she`riy
asarlarda yana ham murakkabroq ko`rinishda bo`ladi. Har bir ijodkorning falsafiy nuqtayi
nazarida olam, jamiyat, inson, umr mazmuniga oid falsafalar sistema sifatida shakllanmaydi.
Haqiqiy ijodkorlardagina bu sistema sifatida shakllangan bo`ladi. Tarix, bugun, kelajak,
insoniyat iztirobi, inqirozi, baxti uchun bu ijod ko`zgu bo`la oladi. Bu jarayonda ijodkor faqat asar
yozadigan ijodkorgina bo`lmay, balki o`z so`ziga, xalqning, insoniyatning yuragini his qiladigan,
uning ovozini eshita oladigan, jamiyat rivojlanishida o`z konsepsiyasi va dunyoqarashi mavjud
bo`lgan, tarix yo`llarida o`z iziga ega mutafakkir sifatida maydonga chiqadi.
Dunyo hali shod bo`lgay,
Tushlari novvot bo`lgay.
Men she`r aytsam bu hayot
Yana sha`n hayot bo`lgay.
Shu hayotni abadiy
Hayot etgali keldim.
2
Iste`dodli ijodkor o`zi yashayotgan kichkina dalani tasvirlasa ham yoki bir qarashda
ahamiyatsiz bo`lgan bir jarayonni tasvirlasa ham uning zamirida buyuk haqiqatlar bo`ladi. Hamda
bu haqiqatlar dunyo uchun, insoniyat uchun birdek taalluqlidir. Bu narsalar orqali umuminsoniyat
hayotini, tarixini va istiqboliga oid eng muhim g`oyalarni, qadriyatlarni umumjahon e`tiboriga
olib chiqishi mumkin. Masalan Tolstoy “Urush va tinchlik” romanida insoniyat tarixidagi ma`lum
vaqtni badiiy qayta ishladi. Voqelar Rossiya atrofida, rus xalqi dunyoqarashi bilan kechadi.
Ammo bu asar faqat ruslar uchun emas, butun insoniyat uchun birdek ahamiyatli va
qadrlidir. Adib ayni shu voqealar orqali butun dunyoning urush va tinchlikka oid qarashlarini,
nuqtai nazarini umumlashtiradi. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari oddiy bir
qishloqda, poyezd stansiyasida kechadi. Ammo asardagi axloqiy, ijtimoiy, estetik g`oyalar
Tolstoynikidan aslo kam emas. Bu asar ham butun insoniyat uchun birdek qadrli. Bir kun, ammo
asrlarga teng bo`lgan kun haqidadir.
1
Sirojiddin Sayyid. So`z yo`li: Tanlangan asarlar. Ikki jildlik.1-jild.-T.:”Sharq”,2008.- 31 b
2
Sirojiddin Sayyid. Qaldirg`ochga ber ayvonlaringni:Saylanma.-T.:”Sharq”,2005.- 7 b
2025
AUGUST
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 8
23
Tolstoy ham Chingiz Aytmatov ham voqealarni o`z uslubida, o`z yo`nalishida ochib
bergan. Ammo ikkisi ham qadrli va birdek ahamiyatli. Qisqacha qilib aytganda, badiiy adabiyotda
natijani voqeliklar kechadigan makon, vaqt yoki voqealar ko`lami emas, ijodkor shaxsining
mahorati hal qiladi. Sirojiddin Sayyid ham o`z ijodida inson va umr kabi tushunchalarni sodda,
samimiy, noyob badiiy obrazlarda ko`rsatib bera olgan ijodkor. Shoir o`zining “Umr” she`rida
dastlab umrni hayotdagi turli narsalarga, hodisalarga o`xshatadi. Masalan:o`ynoqi toy, toshqin
soy, charaqlagan tong, yomg`ir yuvgan oy, yoy, tillosi bor boy kabi. Misradan misraga o`tgani
sayin umr haqidagi o`xshatishlar teranlashib boraveradi. She`r so`ngida shoir eng go`zal, eng
haqiqiy, eng samimiy, eng noyob o`xshatishni kitobxonga taqdim etadi. Bu obraz har bir
insonning yuragiga o`z-o`zidan shunchaki muhrlanadi. Chunki shoir bir obrazni boshqa bir obraz
orqali chizadi.
Izlarin o`p yaxshilarning yo`lidagi
Yoshliging bir oqqush dahr qo`lidagi.
Umr asli keksa onang qo`lidagi
Sog`inch to`la bir payola choyga o`xshar.
3
Olamning yaratilishi va tuzilishi murakkab jarayondir. Bu jarayonni har bir olim, faylasuf,
shoir va yozuvchi o`z dunyoqarashi va bilimlaridan kelib chiqib talqin qiladi. Ammo insoniyat
uchun bu tushunchalarni anglashning badiiy adabiyotdan boshqa go`zalroq turi bo`lmasa kerak.
Chunki yurakda tug`ilgan, tuyg`ular ichida yashagan asar, hamisha manzilini ham
yurakdan topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
D.Quronov.Adabiyot nazariyasi.-Toshkent:Akademnashr.2018.
2.
Q.Yo`ldoshev.Yoniq so`z.-Toshkent:Yangi asr avlodi,2006.
3.
B.Karim.Ruhiyat alifbosi.-Toshkent:G`afur G`ulom,2017.
4.
U.Normatov.Ijod sehri.-Toshkent.:Sharq,2007.
5.
S.Sayyid.Qaldirg`ochga ber ayvonlaringni.-Toshkent.:Sharq,2005.
6.
6S.Sayyid.So`z yo`li.Tanlangan asarlar. 1-jild.-Toshkent.:Sharq,2008.
3
Sirojiddin Sayyid. Qaldirg`ochga ber ayvonlaringni:Saylanma.-T.:”Sharq”,2005.-178 b
