Authors

  • Dilnura Meyliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.132494

Keywords:

Hozirda yoshlarimiz shahar hayotini ma'qullashadi. Aslini olib qaraganda bu fikrlar tòģri bòlishi mumkin. Chunki shaharda doimiy elektr toki gaz va kòplab shart-sharoitlar bor. Yana anchagina aholining shaharga kòchib ketish sabablaridan biri bu‐erkinlikdir.

Abstract

Sònggi paytlarda shaharda yashash kòplab qishloqliklarning orzusiga aylandi. Yurtimizdagi ayrim insonlar shahar hayoti erkinlikka eltuvchi yagona yòl desa, boshqa insonlar bu hayotda yashash yolģizlikka sabab bòladi deydi.

background image

45

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

SHAHAR HAYOTI ERKINLIKMI YOKI YOLG

IZLIK?

Dilnura Meyliyeva

Yozuvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16787861

Sònggi paytlarda shaharda yashash kòplab qishloqliklarning orzusiga aylandi.

Yurtimizdagi ayrim insonlar shahar hayoti erkinlikka eltuvchi yagona yòl desa, boshqa

inson

lar bu hayotda yashash yolģizlikka sabab bòladi deydi.

Xòsh, shaharda yashash qulaymi yoki qishloqda?

Hozirda yoshlarimiz shahar hayotini ma'qullashadi. Aslini olib qaraganda bu fikrlar tòģri

bòlishi mumkin. Chunki, shaharda doimiy elektr toki, gaz va kòp

lab shart-sharoitlar bor. Yana,

anchagina aholining shaharga kòchib ketish sabablaridan biri bu‐erkinlikdir.

Statistika ma'lumotlariga kòra,

shahar markazida yashayotgan aksariyat aholi qishloqdan

kòchib borgan va ularning 60‐70% voyaga yetgan shaxslardir

.

Biz shaharga kòchib boruvchilar bilan suhbat qurganimizda,

ular bizga erkinlikni

xohlashlarini va qishloq sharoitiga chiday olmasligi haqida fikr bildirishgan edi.

Tangani ikki tarafi bòladi deganlaridek, shaharda yashash oiladan uzoqda bòlib,

begonalarga yaqin bòlishni òrgatadi degan qishloqliklar ham uchrab turdi. Negaki,

bu haqiqiy

insoniylikni his qiladiganlar uchun qiyin, albatta.

Shu bilan birga shaharda narx‐navoning qimmatligi ayrim yurtdoshlarimizga noqulaylik

tuģdiryapti. Bunga biz shartnoma asosida òqiydigan talabani yoki qishloqdan ishlash uchun
kelgan yolģiz farzandning qiyinchiliklarini misol qilishimiz mumkin.

Qishloqd

a yashash qanchalik qiyin kòrinmasin,

ammo mamlakatni oziq‐ovqat va turli

xil sanoat mahsulotlarining tarkibiy qismi bilan ta'minlaydigan qishloq aholisidir.

Biz iste'mol qiladigan sabzavotlar, mevalar,

gòsht mahsulotlari,

poliz ekinlari va un

mahsulotlarining deyarli barchasi qishloqda yetishtiriladi.

Ehtimol,

yoshlarimizning shaharga kòchib ketish sabablaridan biri bu yumushlarning

oģirligidir.

Lekin qishloqliklar qanchalik harakat qilmasin hanuzgacha doimiy elektr tokiga

erishgani yòq.

Bu muammo ham qishloqda yashashni xohlamayotganlar uchun sabab bòla olar.

Kuzatishlarga kòra,

ba'zi bir chekka hududlarda hali‐hamon gaz yòqligi aytilmoqda.

Gaz

quvurlarning òtkazilmagani nafaqat aholiga balki katta‐katta issiqxonadagi meva‐sabzavotlarga

qish faslida zarar yetkazishi mumkin.

Yana,

qishloqda havoni tozalash va boshqa maqsadlarda kòplab daraxtlar ekiladi. Shu

sababli, qishloqning havosi toza. Buni òzingiz ham shahar havosi bilan taqqoslab kòrishingiz

mumkin.

Xulosa qilib aytganda, har kim òzini baxtli his qilgan joyida yashashi mumkin. Ammo,

qishloqni tashlab shaharga ketib qolayotgan vatandoshlarimizdan tuģilib òsgan joyini ham
shaharga aylantirishga kòmaklashishini sòrab qolardik!

References

Xulosa qilib aytganda, har kim òzini baxtli his qilgan joyida yashashi mumkin. Ammo, qishloqni tashlab shaharga ketib qolayotgan vatandoshlarimizdan tuģilib òsgan joyini ham shaharga aylantirishga kòmaklashishini sòrab qolardik!