Oktabr, 2024-Yil
519
QOVOQNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI VA YETISHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
X.K. Matjanova
Qoraqalpog‘iston qishloq xojalik va agrotexnologiyalar instituti oqituvchisi b.f.n., dotsent.
E.K. Orazimbetov
Qoraqalpog‘iston qishloq xojalik va agrotexnologiyalar instituti doktaranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16811595
Qovoq juda foydali poliz o`simligi hisoblanadi.Respublikamizda ֠֠qovoqni ekish jarayoni
har xil muddatlarda amalga oshiriladi. Janubiy viloyatlarda 1-10 aprelda, shimoliy viloyatlarda
25-aprel va 10-mayda, markaziy viloyatlarda 10-20-aprel sanalarida ekiladi. Ekish sxemasi
90х70х90 sm ni tashkil qiladi. Qovoqning o`sishi va rivojlanishi uchun qulay harorat 25-32
°C
ni tashkil qiladi. Qovoqni ekishdan oldin ekiladigan maydondagi hududning iqlim sharoiti,
tuproqning xolati tekshiriladi.
O`zbekistonda qovoqning uchta turga mansub ya’ni qattiq po`stli yoki oddiy qovoq –
Cucurbita pepo, muskat qovoq – Cucurbita moschata va yirik mevali – Cucurbita maxima navlari
ekiladi. Cucurbita avlodiga kiruvchi qovoqning 27 turi
bo`lib, shundan faqat 6 turi
madaniylashgan, qolganlari esa yovvoyi holda uchraydi.
Qovoq o`simligi – bir yillik, madaniy, dorivor o`simlik bo`lib, qovoqdoshlar oilasiga
kiradi. Bu o`simlikning vatani - Janubiy va Markaziy Amerika. Ammo ba`zi adabiyotlarda
Meksika aholisi 5000 yildan ko`proq vaqt davomida qovoq yetishtirishganligi yozilgan. Boshqa
olimlarning fikricha esa qovoq Xitoyga Forsdan olib kelinganligini aytib o`tishgan. Bu esa
qadimgi Xitoy qo`lyozmalari tasdiqlaydi. Bundan tashqari Shimoliy Afrikada 1926 yilda
akademik Vavilov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi yovvoyi qovoq navlarini topgan. XVI
asrning boshlarida qovoq Rossiyaga olib kelingan va keng tarqalgan.
Qovoqni urug`ini ekmasdan oldin ularni qo`lda saralash, shikastlanganlarini olib tashlash
talab etiladi. So`ngra ularni yuqori sifatli namuna ekanligiga ishonch hosil qilish uchun ularni
sho`rlangan eritmada namlash mumkin. Bunda odatda 1litr suv uchun 1 osh qoshiq tuz solinadi.
Keyin urug`larni eritmaga botirib, 1 soatga qoldiriladi. Bunda sog`lom urug`lar pastga
cho`kadi, qolganlari esa suv yuzasida qolib ketadi. Sifatli urug`lar yuvilib quritib ekishga
tayyorlanadi. Qovoq ekilishi uchun qulay joy quyosh nuri to`g`ri tushadigan joy hisoblanadi, uni
soya joyga ekish mevani kichkina bo`lib qolishiga sabab bo`ladi.
Qovoq yetishtirishda - qovoq oilasidan har qanday sabzavot ilgari o'sgan joylarda ekish
qat'iyan tavsiya etilmaydi, chunki bu tuproqdagi kasalliklarning to'planishiga yordam beradi.
Oktabr, 2024-Yil
520
Bunday joylarday yer kamida uch yil dam olishi kerak. Boshqa har qanday joylarda qovoq
muammosiz o'stirish mumkin. Turp, piyoz, karam, sabzi, maydanoz, o'tlar va har qanday erta
sabzavotlardan keyin qovoq ekish yaxshidir.Bu o`simlikning urug`i, pulpasi dorivorligi
ma`lum.Shuning uchun ham qovoq eng foydali o`simliklardan hisoblanadi va u ko`plab
sabzavot o`simliklarning orasida juda foydaliligi bilan ajralib turadi. Chunki uning tarkibida
sabziga qaraganda karotin miqdori besh marta ko`p. Ushbu provitamin A - ko`rish qobiliyatini,
terining elastikligini yaxshilaydi va immunitetni ham oshiradi.
Qovoq urug`i antigelmintoz bo`libgina qolmasdan, undan olinadigan moy eng qimmat
baholanadi. Qovoqni muntazam iste`mol qilish ftorid miqdori ham ko`p bo`lganligi uchun tish
va milklarni mustahkamlaydi.Uning siqilgan sharbati qonda xolesterin miqdorini ham
pasaytiradi shuning uchun qon aylanishi yaxshilanadi va jigarni tozalaydi. Inson tanasidagi
radioaktiv elementlar va toksinlar ham qovoq orqali tozalanishi aniqlangan. Qovoq parxezbop
o`simliklar qatoriga ham kirib uni oshqozon bilan bog`liq kasalligi bor bemorlar kamroq yegani
ma`qul sababi u oshqozonga zarar yetkazishi ham mumkin.
Poliz ekinlariga mansub qovoqning mevasi tarkibida oson hazm bo`ladigan qand bo`lib,
u jigar, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Qovoqning eti
yallig`lanishga qarshi davolashda ishlatiladi. Qovoqdoshlar issiqlik va qurg`oqchilikka chidamli,
yorug`sevar qisqa kunli o`simliklar hisoblanadi.
Respublikamizda qovoqni ekish jarayoni har xil muddatlarda amalga oshiriladi.
Janubiy
viloyatlarda 1-10 aprelda, shimoliy viloyatlarda 25-aprel va 10-mayda, markaziy viloyatlarda
10-20-aprel sanalarida ekiladi. Ekish sxemasi
90x70x90 sm ni tashkil qiladi. Qovoqning o`sishi va rivojlanishi uchun qulay harorat
25-32 oC ni tashkil qiladi. Qovoqni ekishdan oldin ekiladigan maydondagi hududning iqlim
sharoiti, tuproqning xolati tekshiriladi. Tuproqda urug`lar unib chiqishi uchun yetarlicha namlik,
havo bo`lishi lozim. Tuproqda agrotexnik sharoitlar o`tilkazilgandan keyin tuproq ekishga tayyor
bo`lgandan keyin urug`lar ekiladi. Urug`lar bir kecha- kunduz davomida iliq suvga botirilib
qo`yiladi. So`ngra, har bir uyaga urug`lar 3-5 urug`dan 5-7 sm chuqurlikda ekiladi. Urug`lar 12-
15 oC da unib chiqa boshlaydi. Urug`lar ekilgandan keyin besh kun o`tgach ilk chin burglar chiqa
boshlaydi. Qovoqning o`sish jarayoni quyidagi fazalarni o`z ichiga oladi: chin barg chiqarish,
palak yoyish, g`unchalash, meva tugush va meva pishish. Respublikamiz hududida ekiladigan
qovoq navlari ertagi, o`rtagi, kechpishar navlarga bo`linadi.
Oktabr, 2024-Yil
521
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Smith, John A.
Pumpkin Production in Arid Regions
. – New York: AgriScience Publishing,
2018. – 212 p.
2.
Karimov, Bakhtiyor R.
Salinity-Resistant Crop Technologies in Central Asia
. – Tashkent:
Akademnashr, 2020. – 198 p.
3.
Rahmatullaev, Mirzabek T.
Organic Farming Practices for Drylands
. – Nukus: Bilim
Nashriyoti, 2019. – 164 p.
4.
V.I.Zuyev, O. Qodirxo`jayev, M.M.Adilov, U.I.Akramov “ Sabzavotchilik va
Polizchilik” 2009 y.
5.
D.Y.Yormatova, M.Ibrohimov, D.S.Yormatova “
Meva-Sabzavotchilik”
Toshkent-
<<Talqin>>-2008 y.
6.
X.Ch.Bo`riyev “ Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug`chiligi” Toshkent “Mexnat” 1999
y.
