Authors

  • Abdurasul Abdurazzaxov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.132998

Keywords:

Sport-sog‘lomlashtirish turizmi jamoaviy ish ko‘nikmalari jismoniy sifatlar metodika talabalar liderlik refleksiya.

Abstract

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarini takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Taklif etilgan yondashuvlar guruhda ishlash, liderlik va jismoniy tayyorgarlikni oshirishga xizmat qiladi.

background image


Avgust, 2025-Yil

33

SPORT-

SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARI ORQALI

TALABALARNING JAMOAVIY ISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA

JISMONIY SIFATLARINI YAXSHILASH METODIKASI

Abdurazzaxov Abdurasul Abdurazzaxovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻqituvchisi

Chirchiq shahri.

+99899-088-70-90.

Email:

abdurazzaxovabdurasul874@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16814153

Annotatsiya.

Maqolada sport-

sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarda

jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarini takomillashtirish metodikasi

yoritilgan. Taklif etilgan yondashuvlar guruhda ishlash, liderlik va jismoniy tayyorgarlikni
oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Sport-

sog‘lomlashtirish turizmi, jamoaviy ish ko‘nikmalari, jismoniy sifatlar,

metodika, talabalar, liderlik, refleksiya.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 18-iyuldagi PF-102-son

Turizm

infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha

chora-

tadbirlar to‘g‘risida farmoni

,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-2025-yillarda

Turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport
sohasining asosiy vazifalaridan biri aholinining salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik

darajasini oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir. Oliy ta'lim muassasalarida

sport-

sog‘lomlashtirish turizmi talabalarning jismoniy sifatlari va jamoaviy ish ko‘nikmalarini

rivojlantirishda samarali vosita sifatida qaralmokda. Ushbu sohada maxsus mashqlarni, xususan,

tekis va notekis yerlarda yurish texnikasini o‘rgatish, shuningdek, harakatli o‘yinlar va gimnastika
vositalarini qo‘llash orqali talabalarning motorik faolligi va ijtimoiy muvofiqlashtirish
qobiliyatlarini oshirish mumkin. Mazkur bo‘limda sport

-

sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari

orqali talabalarning jismoniy sifatlari va jamoa

viy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

metodikaning ilmiy asoslari va amaliy yondashuvlari yoritiladi.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, sport

-

sog‘lomlashtirish turizmi sohasida

metodik yondashuvlarning yetishmasligi, ayniqsa, jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va
jismoniy sifatlarni kompleks tarzda yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rs

atmalar etishmovchiligi muhim

muammo sifatida qolmoqda. Xususan, tekis va notekis yerlarda yurish texnikasi, harakatli o‘yinlar

va gimnastika tayoqchalari yordamida mashqlarni tizimli ravishda tasniflash va ularni talabalarning
individual ehtiyojlariga mos

lashtirish bo‘yicha keng qamrovli metodikalar yetarli darajada ishlab

chiqilmagan. Shu munosabat bilan, ushbu tadqiqotda talabalarning jismoniy tayyorgarligi va

jamoaviy muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus metodika ishlab

chiqildi.

Tadqiqot maqsadi: -

Sport-

sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarning

jamoaviy ish ko‘nikmalari va asosiy jismoniy sifatlarini (chidamlilik, kuch, chaqqonlik, muvozanat)
rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash.

Tadqiqot vazifasi: -

Sport-

sog‘lomlashtirish turizmining jamoaviy ta’limiy va tarbiyaviy

imkoniyatlarini tahlil qilish, talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat


background image


Avgust, 2025-Yil

34

qiluvchi samarali mashg‘ulot shakllarini aniqlash, jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi turistik

mashqlar kompleksini ishlab chiqish.

Taklif etilayotgan metodikaning asosiy maqsadi talabalarning jismoniy sifatlarini (kuch,

chaqqonlik, muvozanat, koordinatsiya) va jamoaviy ish ko‘nikmalarini sport

-

sog‘lomlashtirish

turizmi mashg‘ulotlari orqali kompleks tarzda rivojlantirishdan iboratdir.

Metodika ikki asosiy

blokdan iborat bo‘lib, har biri muayyan maqsadlarga yo‘naltirilgan:

Birinchi blok: Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar muvozanat,

chaqqonlik va kuch kabi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Muvozanatni
rivojlantirish uchun notekis sirtlarda yurish, arqon yo‘lakchalardan o‘tish; ch

aqqonlik uchun

to‘siqlarni aylanib o‘tish, tezlikni talab qiluvchi o‘yinlar; kuchni oshirish uchun og‘ir yuk ko‘tarish,
ko‘tarilish va press mashqlari qo‘llaniladi.

Ikkinchi blok: Tekis va notekis yerlarda yurish texnikasini o‘rgatish motorik faollikni

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu orqali talabalarda muvozanat, harakat koordinatsiyasi
va oyoq-

qo‘l muvofiqligi takomillashadi. Mashg‘ulotlar yurish sur’atini boshqarish, to‘siqlardan

o‘tish va tanani boshqarish malakalarini rivojlantiradi.

Har bir blok talabalarning individual jismoniy holati va tayyorgarlik darajasiga

moslashtirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Metodikaning tuzilishi bosqichma

-bosqich

yondashuvga asoslanadi, bu esa mashqlarni boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarga bo‘li

b,

talabalarning rivojlanish dinamikasini ta'minlaydi.

Metodika doirasida quyidagi harakatli o‘yinlar va mashqlar tasniflandi, ular talabalarning

jismoniy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi:

“Muvozanatni yo‘qotma”: Ushbu o‘yinda talabalar muvozanat, chaqqonlik va diqqatni

jamlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘yin jarayonida talabalar maxsus platformalarda yoki notekis

sathlarda muvozanatni saqlashga harakat qiladilar.

“Tez yurish”: Talabalar gimnastika gilamida yoki belgilangan masofada tizzasini

bukmasdan, muvozanatni saqlagan holda tez yurishadi. Bu mashq koordinatsiya va tezlikni oshiradi.

“Xo‘rozlar jangi”: Jamoaviy ishni muvofiqlashtirish va kuch sifatlarini sinashga qaratilgan

o‘yin bo‘lib, talabalar o‘z kuchlarini baholab, raqobatbardosh muhitda ishlashni o‘rganadilar.

“Qochishga urinish”: Tezlik, strategik fikrlash va jamoaviy muvofiqlashtirishni

rivojlantiruvchi o‘yin.

“Bayroqni aylani o‘t”: Guruhlar o‘rtasida tezlik va koordinatsiyani sinashga qaratilgan

raqobatbardosh o‘yin.

Ushbu o‘yinlar nafaqat jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, balki talabalarning o‘zaro

ishonch, kommunikatsiya va jamoada qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat

qiladi. Shunday qilib, sport-

sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari o

rqali talabalarning jismoniy

sifatlari va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi nafaqat jismoniy tayyorgarlikni
oshiradi, balki talabalar o‘rtasida ijtimoiy va psixologik o‘zgarishlarni ham yuzaga keltiradi. Bu
metodika talabalar o‘rtasida jamoaviy ishni, o‘zaro ishonchni va stressli vaziyatlarda samarali

ishlashni rivojlantirishga xizmat qiladi


background image


Avgust, 2025-Yil

35

Xulosa.

Sport-

sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari talabalarning jamoaviy ish

ko‘nikmalarini shakllantirishda va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali metodik vosita

hisoblanadi. Guruhda faoliyat yuritish, harakatlarni muvofiqlashtirish va tabiiy muhitda jismoniy
faollikni amalga oshirish orqali talabalar muvozanat, chidamlilik, kuch va chaqqonlik kabi sifatlarni
takomillashtiradi hamda ijtimoiy-psixologik jihatdan mustahkamlanadi.

Adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 18-iyuldagi PF-102-son

Turizm

infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan

qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-2025-yillarda Turizm sohasini rivojlantirish

Konsepsiyasi.

3.

V.Sh.Raximov. A.Q.Demenov., F.B.Iminova “Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish
turizmi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2022.

4.

T.Xoldarov

“Turizm”.

(Sayyoxlik):

Oʻquv qoʻllanma

Toshkent 2022-yil

164 bet

5.

E.Yu.Daurenov, A.K.Masharipov, M.I.Idrisov, Sport -

sog‘lomlashtirish turizmi O‘quv

qo‘llanma Chirchiq –

2022.

6.

E.Yu.Daurenov. Turizm darslik. Toshkent 2021 y 220 bet.

7.

V.Sh.Raximov. “Oliy ta’lim tizimida sport

-

sog‘lomlashtirish turizm kadrlarini

tayyorlashning ijtimoiy pedagogik muammolari”. Pedagogika ilmiy nazariy va metodik
jurnal. Toshkent №5/2021 105

-109 betlar

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2025-yillarda Turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi.

V.Sh.Raximov. A.Q.Demenov., F.B.Iminova “Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish turizmi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2022.

T.Xoldarov “Turizm”.(Sayyoxlik): Oʻquv qoʻllanma Toshkent 2022-yil–164 bet

E.Yu.Daurenov, A.K.Masharipov, M.I.Idrisov, Sport - sog‘lomlashtirish turizmi O‘quv qo‘llanma Chirchiq – 2022.

E.Yu.Daurenov. Turizm darslik. Toshkent 2021 y 220 bet.

V.Sh.Raximov. “Oliy ta’lim tizimida sport-sog‘lomlashtirish turizm kadrlarini tayyorlashning ijtimoiy pedagogik muammolari”. Pedagogika ilmiy nazariy va metodik jurnal. Toshkent №5/2021 105-109 betlar