Authors

  • Gulnora Narinbaeva
  • Muhiddin Isambaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.133038

Keywords:

Sud tizimi sud mustaqilligi korrupsiya bir xillik prinsipi sud amaliyoti adolat sudya javobgarligi islohotlar.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va mavjud muamolar tahlil qilinadi. Jumladan, sudlar mustaqilligi, sud amaliyotida bir birhillikning buzulishi, sudyalar ustidan tashqi bosimlar, korrupsiya holatlari va fuqarolarning adolatga bo’lgan ishonchi bilan bog’liq masalalar yoritiladi. Shu bilan birga, sud hokimiyatining mustahkamlanishi, qonun ustivorligi va inson huqularini taminlash yo’lida taklif va tavsiyalar ham ilgari suriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

192

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-HUQUQ TIZIMIDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA

MUAMMOLAR

Narinbaeva Gulnora Karimovna

Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent.

Isambaev Muhiddin

Abdulvosid o’g’li

Toshkent davlat agrar universiteti, talaba.

*E-mail:

esanbaevmuhiddin@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16828806

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimida amalga

oshirilayotgan islohotlar va mavjud muamolar tahlil qilinadi. Jumladan, sudlar mustaqilligi, sud
amaliyotida bir birhillikning buzulishi, sudyalar ustidan tashqi bosimlar, korrupsiya holatlari va
fuqarolarning adolatga bo’lgan ishonchi bilan bog’liq masalalar yoritiladi. Shu bilan birga, sud
hokimiyatining mustahkamlanishi, qonun ustivorligi va inson huqularini taminlash yo’lida taklif
va tavsiyalar ham ilgari suriladi.

Kalit so’zlar: Sud tizimi, sud mustaqilligi, korrupsiya, bir xillik prinsipi, sud amaliyoti,

adolat, sudya javobgarligi, islohotlar.

Аннотaция. В данной статье анализируются реформы и существующие

проблемы в судебно-правовой системе Республики Узбекистан. Особое внимание уделено
вопросам независимости судов, несогласованности судебной практики, внешнего
давления на судей, случаем коррупции и снижению доверия граждан к правосудию. В
статье также предположены рекомендatsiи по укреплению судебной власти,
обеспечению верховенства закона и зашита прав граждан.

Ключевые слова: Судебная система, независимость судов, коррупция, принцип

единообразия, судебная практика, справедливость, ответственность судей, реформы.

Abstract. This article analyzes the reforms and existing challenges within the judicial and

legal system of the Republic of Uzbekistan. It focuses on issues such as judicial independence,
inconsistency in court practice, external pressure on judges, corruption cases, and the declining
public trust in justice. The article also presents recommendations aimed at strengthening judicial
authority, ensuring the rule of law, and safeguarding human rights.

Key words: Judicial system, independence of courts, corruption, principle of uniformity,

judicial practice, justice, judicial accountability, reforms.


So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimida tubdan islohotlar amalga

oshirilmoqda. Davlat rahbarining tashabbusi bilan adolatli va fuqorolar huquqlarini ishonchli

himoya qiluvchi sud hokimyati shakillanishi yo’lida muhim qadamlar tashlandi.

Jumladan,

sudlarning

mustaqilligini

kuchaytirish,

sudyalarning

tayinlanish

tizimi

takomillashtirish, fuqorolarning sudga murojaat qilishini soddalashtirish, korrupsiyaga qarshi
kurashish va elektron sud tizimini joriy etish kabi yonalishlarda ozgarishlar amalaga oshirildi.

Xususan 2021-yilda yangi “sudlar to’g’risida” gi qonun qabul qilinib, sud tizimining

mustaqilligini kuchaytirishga oid me’yorlar belgilandi. 2022 -yildan boshlab “E-sud” tizimi joriy
qilinib, sud jarayonlarining ochiqligi va tezkorligini ta’minlashga qaratilgan tehnologik
yechimlar faoliyat ko’rsata boshladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

Sudyalarning intizomiy javobgarligi tizimi qayta korib chiqildi, Oliy Sudyalar

Kengashining vakolatlari kengaytirildi. Fuqarolik, jinoyat va ma’muriy ish yurituv tizimlari
bo’yicha qonunlar zamon talablariga moslashtirildi.

O’zbekistonda sud mustaqilligi ta’minlanmaganliging asosiy muammolari
Pracratura va ijro hokimyatining sudlarga ta’siri va davlat ommaviy axborot vositalari

hamda hukumat organlari ba’zida sudyalarga kerakli qarorlarni chiqarishga majbur qilish
maqsadida noqonuniy bosim otkazadi.

Misol uchun 2025 yil fevral oyida Oliy Sudyalar Kengashi sud mustaqilligiga tahdid

bo’lganini tanqid qildi. Va Chinoz tuman sud raisi bilan prakuror vakili o’rtasida mojaro kelib
chiqqan, bu holat sud mustaqilligiga bo’lgan tashqi bosim sifatida qaraladi. Shunindek 2024
yilda 40 nafar sudya muddatidan oldin ishdan olinib, ba’zilari o’z xihishi bilan ketgan,
boshqalari esa sud kodeksiga muvofiq bo’lmagan aralashuvlar natijasida lavozimidan
chetlatilgan.

Sudyalar bir hil masalada har hil qarorlari koplab tushunmovchiliklar keltiriib chiqyapti

bu esa sud amaliyotida bir xillikni buzulishiga olib keladi. Misol uchun Oliy sud Plenumining
2017-yilgi “firibgarlikka oid ishlar boyicha sud amaliyoti to’g’risida” gi qarori vaqtincha
amaliyotda ayrim sudlarda turlicha qo’llanayotgani tanqid qilgandi. Boshqa sudlar fuqarolik-
huquqiy munobatlardagi nizolarni jinoyatchilik bilan aralashtirib, nato’g’ri kvalifikatsiya qilish
holatlari aniqlandi, natijada Oliy sud yangi tahrirdagi qaror chiqarib, firibgarlik ishlarida yagona
amaliyotni yo’lga qo’yishga intilmoqda, hamda 2024-yil 16 dekabrda oyida bolib yer bilan
bog‘liq jinoyatlarda jinoyatni aniqlash va jazo tayinlashda turli sudlarda qarama-qarshi
yondashuvlar kuzatilgan.

Buning oldini olish uchun Oliy sud “Yer bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud

amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” gi qaror chiqargan, 2018-yil 19 may kuni bo’lib
otkan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisida yagona sud amaliyotini
shakllantirishga qaratilgan tushuntirishlar berildi. Protsessual normalarning bir xilda
qo‘llanmasligi

Fuqarolik va ma’muriy protsessual kodekslar qabul qilingach, sudlar ulardan turlicha

foydalanmoqda. Masalan, fuqarolik va ma’muriy ishlarda protsessual normalarni to‘g‘ri hamda
bir xilda qo‘llash maqsadida Oliy sud Plenumi qaror loyihalari ishlab chiqildi.

Sud tizimida korrupsiya holatlari fuqarolarni sud-huquq tizimiga bolgan ishonchini

pasayishiga olib keladi.O’zbekiston boyicha pora bilan bog’liq jinoyatlar 2021 yildan boshlab
sezirarli pasaygan, lekn 2023 yildan ular yana kotarilgan misol uchun 06 dekabr 2023-yilda
Surxondaryo viloyatida bir sud xodimi shaxsiy biznesmenning jazo ishlarini tiklash sharti bilan
6000$ ning bir qismi berilganidan tashqari 2000$ qo‘shimcha talab qilgani aniqlangan va 2023-
yilda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan operatsiyada Oliy sud
kriminal bo‘limining katta konsultanti 10 000 AQSh dollariga pora olayotganda qo‘lga olindi va
yaqnda 2025-yil 13-may kuni Andijon viloyatidagi Xonobod shahar jinoyat sudi raisi Y.E. 30
000 AQSh dollari pora olayotganda ushlanib, sud vakolati bekor qilindi. Buning natijasida
adolatning buzilishi, jamiyatning ishonchi yolqolishi va sud tizimining mustaqilligiga zarar
yetadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

Muamolarga yechimlar: Sudlar mustaqilligini kuchaytirish.

• Sud organlarini siyosiy, ma’muriy yoki boshqa tashqi bosimlardan himoyalovchi

konstitutsiyaviy kafolatlarni amalda ta’minlash.

• Sudyalarni tayinlash va ozod etish mexanizmlarini mustaqil sudyalar kengashi orqali

amalga oshirish.

• Sud qarorlariga aralashgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik

choralarini belgilash.

Sud qarorlarining bir xilligini ta’minlash

.

• Sud amaliyotida ilgari qabul qilingan qarorlar bazasi (pretsedentlar) asosida ish yuritish

mexanizmini joriy etish.

• Oliy sud tomonidan muntazam ravishda sud qarorlari sharhlari, yagona metodik

ko‘rsatmalar e’lon qilinishi.

• Hududiy sudlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish uchun elektron monitoring tizimi

joriy qilish.

Korrupsiyaga qarshi samarali choralar.

• Sud tizimida “komplaens nazorati” (ichki korrupsiyaga qarshi mexanizm)ni joriy etish.
• Sudyalarning moliyaviy holatini deklaratsiya qilish va tekshirish tizimini

mustahkamlash.

• Sudyalar o‘rtasida korrupsiya bo‘yicha maxsus profilaktik treninglar o‘tkazish.

Xulosa:

O‘zbekiston sud-huquq tizimida so‘nggi yillarda bir qancha islohotlar amalga

oshirilgan bo‘lsa-da, tizimda haligacha yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Sudlar
faoliyatidagi adolatsizlik, qarorlarning bir xilligiga amal qilinmasligi, sudyalar ustidan
nazoratning yetarli emasligi, ularning poraxo‘rlikka moyilligi va sudlarga tashqi bosimlar —
bularning barchasi fuqarolarda sud-huquq tizimiga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirmoqda.

Yuqoridagi faktlar asosida aytish mumkinki, sud tizimidagi korrupsiya nafaqat adolatni

buzadi, balki jamiyatda huquqiy ongning zaiflashuviga, ijtimoiy norozilikning ortishiga va
xalqaro miqyosda davlat obro‘sining tushishiga olib keladi. Shu bois, sudyalar tanlovining ochiq
va shaffof bo‘lishi, sudlar ustidan jamoatchilik va mustaqil institutlar nazorati kuchaytirilishi,
qarorlar bir xilligini ta’minlash tizimi takomillashtirilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

https://tashkenttimes.uz/national/15199-andijan-judge-arrested-while-receiving-30-000-in-
bribe?utm_source

2.

https://www.uzdaily.uz/en/state-security-service-detains-two-court-employees-on-
suspicion-of-corruption

3.

https://live.kun.uz/en/news/2025/02/21/supreme-judicial-council-highlights-ongoing-
threats-to-judicial-independence?utm_source

4.

https://www.kun.uz/news/2023/06/26/oliy-sud-plenumi-tomonidan-4-ta-yangi-qaror-qabul-
qilindi?utm_source

5.

https://uza.uz/oz/posts/oliy-sud-plenumining-yer-sud-xarajatlarini-undirish-bilan-bogliq-
qarorlari-qabul-qilindi_668299?utm_source

6.

http://m.xabar.uz/uz/huquq/sudlov-tizimida-nima-yangiliklar-bolmoqda

7.

https://kun.uz/en/43980176?utm_source

References