Authors

  • Mohina Buriyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.133061

Keywords:

Kibermakon kiberjinoyat kiberxavfsizlik elektron to‘lov tizimlari kiberfiribgarlik kriminalistik elementlar raqamlashtirish ma’lumotlar xavfsizligi.

Abstract

Ushbu tadqiqot zamonaviy raqamli dunyoda elektron to‘lov tizimi orqali sodir etilayotgan firibgarlikning huquqiy tavsifiga bag‘ishlangan. Maqolada kiberjinoyat tushunchasi, kiberfiribgarlik va ularning turlari, kriminalistik elementlari, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan milliy qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro standartlar tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kibermakonda yuzaga keladigan muammomalar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy tahlil qilingan.

background image

79

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI ORQALI SODIR ETILADIGAN

FIRIBGARLIKLARNING HUQUQIY TAVSIFI

Buriyeva Mohina Muxiddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs “B” potok talabasi.

mohinaburiyeva1501@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16837497

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot zamonaviy raqamli dunyoda elektron to‘lov tizimi orqali

sodir etilayotgan firibgarlikning huquqiy tavsifiga bag‘ishlangan. Maqolada kiberjinoyat
tushunchasi, kiberfiribgarlik va ularning turlari, kriminalistik elementlari, uni oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan milliy qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro
standartlar tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kibermakonda yuzaga keladigan
muammomalar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Kibermakon, kiberjinoyat, kiberxavfsizlik, elektron to‘lov tizimlari,

kiberfiribgarlik, kriminalistik elementlar, raqamlashtirish, ma’lumotlar xavfsizligi.


KIRISH

Zamonaviy,

raqamli

texnologiyalar asrida

yashar ekanmiz, bugungi

kunda

raqamlashtirish jarayoni shiddat bilan rivojlanib, deyarli barcha sohalarga kirib bormoqda.

Jumladan ilm-fan, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish shuningdek, davlat boshqaruv

sohasiga ham sezilarli darajada muaayyan o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Hattoki, pensiya,
nafaqa, oylik maosh olish, turli xil kommunal to‘lovlar, soliq va kundalik faoliyatda barcha
to‘lovlarni amalga oshirishda, elektron to‘lov tizimi orqali hech qanday qiyinchiliklarsiz to‘lov
qilish imkoniyati vujudga keldi. Natijada, naqd to‘lovlarisiz moliyaviy hisob-kitoblarni amalga
oshirish bugungi kunda eng samarali usul bo‘lib qolmoqda. Elektron to‘lovlar qanchalik
mukammal ko‘rinmasin uning bir necha kamchiliklari va nuqsonlari bo‘lishi tabiiy, albatta.

Jumladan, elektron to‘lovlar insoniyat hayotini yengillashtirgan bo‘lsa-da,

kiberjinoyatchilikning eng muhim turlaridan bo‘lgan kiberfiribgarlikning ham rivojlanishiga
imkoniyat yaratdi. Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va elektron qurilmalar orqali sodir
etilayotgan ushbu firibgarlik kundan kunga ko‘payib bormoqda. Ma’lumki, ko‘plab dunyo
mamlakatlarida ushbu kiberjinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan mukammal tizim ishlab
chiqilmagan. Bu esa jabrlanuvchilar sonining oshishiga va ko‘plab kiberjinoyatchilik ishlarini
ochilmay qolishiga sabab bo‘lmoqda. Biz elektron to‘lov tizmi orqali sodir etilayotgan firibgarlik
turlari, unng kriminalistik elementlarini tahlil qilgan holda, ushbu kiberfiribgarlikning oldini
olishga qaratilga bir necha takliflar berishga harakat qilamiz.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada biz

birinchidan,

raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanishi uchun

elektron to‘lov tizimini keng targ‘ib qilinishi, uning bugungi kundagi ahamiyati, u orqali
yartilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar haqida ekspertlarning tadqiqotlar orqali tahlil qildik.

Ikkinchidan,

kibermakonda sodir etilayotgan kiberjinoyatchilikning cheksiz tabiati,

turlari va uni sodir etishda ilg‘or texnologiyalar ya’ni elektron qurilmalardan foydalishning
o‘ziga xos xususiyatlari, kiberjinoyatchilkka oid statistika ma’lumotlori ko‘plab ilmiy tadqiqotlar
va rasmiy saytlardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilishga harakat qildik.

Uchinchidan,

kiberjinoyatning bir turi sifatida kiberfiribgarlik tushunchasi va uning

an’anaviy firibgarlik jinoyati bilan farqli va o‘xshash jihatlari, kiberfiribgarlikning bir necha


background image

80

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

turlarini milliy qonunchilik normalari va ekspertlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni
tahlil qilib ko‘rib chiqdik.

To‘rtinchidan,

kiberxavfsizlik tushunchasiga, shuningdek, kiberxavfsizlikning bugungi

zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarida ta’minlashda tutgan ahamiyatini O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik
to‘g‘risida”gi qonun va xalqaro huquqiy hujjatlar asosida tahlil amalga oshirdik.

Beshinchidan,

elektron to‘lov tizimi orqali sodir etilayotgan kompyuter firibgarligini

oldini olishga qaratilgan shaxsiy takliflar taqdim etishga harakat qildik.

NATIJA

Endilikda kiberjinoyat aslida nima ekanligini turli qarashlar bilan tahlil qilib o‘tamiz.

Kiberjinoyatchilik

- axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot

tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik
vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi

1

. Kibermakon

deganda, axborot texnologiyalari orqali yaratiladigan muhitni tushunishimiz mumkin.

Shuningdek,

L.Bo‘ronovning fikricha

, “Kiberjinoyatchilik tushunchasi axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘plab turdagi jinoyatlarni o‘zida birlashtirgan.

Virtual taqrmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid

axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish xakerlik hujumi, veb-
saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami va
bank rekvizitlarini o‘g‘irlash hamda boshqa turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir”

2

.

Yuqoridagi fikr mulohazalar asosida aytishimiz mumkinki, kiberjinoyat raqamli dunyoda

sodir etilib, kompyuter, telefon yoki boshqa elektron qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Hamda
elektron tizimlarni buzib kirish, pul va shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish ularni o‘zgartirish
yoki butkul o‘chirib tashlashni o‘z ichiga oladi. Kiberjinoyatchilikning turlariga quyidagilarni
misol sifatida aytishimiz mumkin:

Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash

- internet foydalanuvchilarining shaxsiy va moliyaviy

ma'lumotlarini o'g'irlash uchun ishlatiladigan turli xil hujumlar, masalan, phishing (soxta xat
yoki saytlar orqali), viruslar va zararli dasturlar.

Kiberfiribgarlik

– kiberjinoyatchilar tomonidan bank tizimlariga yoki shaxslarning

moliyaviy hisob raqamlariga soxta veb-saytlar oqali kirib moliyaviy zarar keltiradi. Ushbu
kiberjinoyatchilik turini keyingi o‘rinlarda batafsil tahlil qilamiz.

Kiberjinoyatchilikning eng muhim turlaridan biri bo‘lgan

kiberfiribgarlik

tushunchasini

tahlil qilar ekanmiz, avvalo firibgarlik nima ekanligini bilib olishimiz darkor.

O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq,

firibgarlik,

ya’ni aldash yoki

ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan
huquqni qo‘lga kiritishdir

3

.

Kiberfiribgarlik

esa virtual dunyoda internet, telefon, kompyuter, elektron dastur va

boshqa raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirilib, an’anaviy firibgarlikdan farqli o‘laroq,
aniq bir hudud yoki shaxs doirasida emas, balki butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilib, ma’lum
makonga ega emas. Ushbu kiberjinoyat turi bo‘yicha bir necha qarashlar mavjud.

1

https://lex.uz/uz/docs/-5960604

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni

2

Кибержиноятчиликка қарши курашишда интернет-маданиятнинг аҳамияти | ICTNEWS

Bo’ronov.L

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda internet madaniyatining ahamiyati – 2018-y

3

https://lex.uz/docs/-111453

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.


background image

81

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Xususan,

V.K.Barchukovning fikricha

, kiberfiribgarlik kompyuter firibgarligi bo‘lib, u

ichki ma’lumotlardan foydalangan holda firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilish orqali
o‘zganing mulkiga tajovuz qilishdir

4

.

D.A.Zikovaning fikricha,

kiberfiribgarlik jinoyati

kompyuter texnologiyalari yordamida firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish orqali o‘zga
shaxsning pul mablag‘larini o‘zlashtirish, uning mulkiga zarar keltirish va ushbu mulkka ega
bo‘lish hisoblanadi

5

.

M.A.Yefremova esa,

“kiberfiribgarlik” tushunchasini “kompyuter

ma’lumoti orqali firibgarlik qilish” tushunchasi bilan bir xil ekanligini va ularning sinonim
so‘zlar hisoblanishini ta’kidlaydi

6

. Demak, yuqoridagi olimlarning fikrlariga qo‘shilgan holda

aytishimiz mumkinki, kiberfiribgarlik haqiqatan ham komyuter firibgarligi bilan o‘zaro bir xil
tushuncha desak bo‘ladi. U asosan an’anaviy firibgarlik singari shaxsning mol-mulki yoki
shaxsiy ma’lumotlarini uning ishonchini suiste’mol qilib, aldash yo‘li bilan tajovuz qilinib,
faqatagina raqamli dunyoda kompyuter texnologiyalari orqali sodir etiladi.

Kiberfiribgarlik jinoyatining kriminalistik elementlari quyidagilardan iborat:

-

Jinoyatning predmeti;

-

Jinoyat sodir etish usuli

-

Jinoyat shaxsi;

-

Jinoyat izi va dalillar.

Kiberfiribgarlik jinoyatining predmeti

– bu firibgar tomonidan qo‘lga kiritiladigan,

uning qonunga xilof xatti-harakati natijasida zarar yetkaziladigan ashyolar, masalan: pul, moddiy
qimmatliklar, shaxsiy ma’lumotlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Kiberfiribgarlikning turi
bo‘lgan

Vishing onlayn firibgarligi

orqali jinoyatning predmetini tahlil qiladigan bo‘lsak,

firibgarning asosiy e’tibori jabrlanuvchining bank kartalarida pul mablag‘larini o‘zlashtirishdan
iborat bo‘ladi. Bu holatda bank kartalari to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat predmeti bo‘la olmaydi,
negaki, firibgarning maqsadi bank kartlarini o‘g‘irlashga emas, balki undagi pulni o‘g‘irlashdan
iborat. Ya’ni bu jinoyatda jinoyat predmeti o‘zganing mol-mulki hisoblanadi.

Kompyuter texnologiyalar va boshqa elektron qurilmalar orqali kiberfiribgarlikning turli

xil usullari sodir etilmoqda. Jumladan, elektron to‘lov tizmi orqali sodir etiladigan, ya’ni
kompyuter firibgarligining bit necha turlarini ko‘rib chiqamiz.

Fishing

Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etish usullaridan biri bu

“fishing”

yaʼni “baliq ovi” usulidir. Bunda IT texnologiya sohasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega
firibgarlar tomonidan foydalanuvchining ishonchiga kirib, bank kartasiga doir maxfiy
maʼlumotlari egallanadi

7

. Ushbu jinoyatning sodir etishning o‘ziga xos xususiyati shundan

iboratki, xakerlar masofadan turib ijtimoiy tarmoqlar va turli xil veb-sahifalardan
foydalanuvchining akkauntiga, elektron pochtasiga yoki aloqa vositasiga turli xil ko‘rinishdagi
SMS xabarnoma yuboradi. Masalan, firibgar tashkilot, biror bir xizmat nomidan shuningdek,
yaqin insonlar nomidan turli soxta xabarlarni yuboradi, u odatda biror bir havola bo‘lishi
mumkin. Foydalanuvchi esa ushbu havolaga kirish orqali firibgarlar tomonidan tayyorlangan
soxta saytga kiradi.

4

Барчуков В.К. Терминология мошенничества в сфере компьютерной информации. – М.: Пробелы в

российском законодательстве. № 4. 2017 г. – С. 163-165.

5

Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного мошенничества. дис. … канд.

юрид. наук. Владимир, 2002. – 211 с.

6

Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации // Информационное право.

2013. № 4. – С. 19 21.

7

Shazzo S.K. Sposobi soversheniya moshennichestva v otnoshenii grajdan [Methods of committing fraud against

citizens]. Vestnik Adigeyskogo gosudarstvennogo universiteta. Seriya 1: Yurisprudentsiya. 2008. № 2. S. 5.


background image

82

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Agar login va parol so‘ralgan bo‘lsa uni kiritish orqali maxfiy ma‘lumotlar o‘g‘irlanadi.
Bugungi kunda soxta saytlar yaratish fishing kiberfiribgarligining eng zamonaviy

uslubidan biriga aylanib qoldi. U haqiqiy saytlar bilan deyarli o‘xshash bo‘lganligi tufayli uni
farqalash uchun diqqatliroq bo‘lish bilan birgalikda, maxsus ko‘nikma va bilim ham zarur.

Vishing

Hozirgi kunda yurtimizda yeng ko‘p kuzatilayotgan firibgarlik usulidan yana biri bu

vishing

onlayn firibgarligidir. Firibgarlikning bu usulida firibgarlar o‘z “o‘ljalarini” telefon

orqali qo‘lga kiritishadi. Vishing so‘zi ingliz tilidan yaʼni, “voice” ovoz va “fishing” baliq ovi
so‘zlarining jamlanmasidan hosil bo‘lgan

8

. Ushbu kiberfiribgarlikda firibgar o‘zini mansabdor

shaxs sifatida, ya’ni bank xodimi, soliq inspektori, IIV xodimi va boshqa tashkilot xodimi
sifatida tanishtirib, shaxsiy ma’lumotlarni misol uchun, Pin-kod, parol, SMS orqali kelgan
tasdiqlash kodini so‘raydi. Uni bilib olish orqali akkauntga kirib hisob raqamdagi pullarni yechib
olishi mumkin.

Meros firibgarligi

Ushbu firibgarlik ham kibermakonda tez-tez uchraydigan kiberfiribgarligi bo‘lib, bunda

firibgar tomonidan jabrlanuvchiga chet eldagi qarindoshidan katta miqdordagi meros qolganligi
haqida xabar qilinib, tayyorlangan soxta hujjatlar orqali uning ishonchiga kirishga harakat qiladi,
hamda jabrlanuvchiga merosni rasmiylashtirish uchun to‘lov qilishni talab qiladi. Jabrlanuvchi
tomonidan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng firibgar yo‘qolib qoladi. Ushbu firibgarlikni aniq
bir misol bilan tushuntirib o‘tadigan bo‘lsak, Komil Sindarovning “Qabohat girdobi” asarida
meros firibgarligiga oid jinoyat ishi ko‘rilgan. Unga ko‘ra, Halima ismli shaxs xorijlik
firibgarning nayrangiga uchraydi. Firibgar A ning familiyasi “Isoqova” va otasining ismi
“Isroilovna” dan foydalanib, Indoneziyada vafot etgan yirik tadbirkor Isroil Isakovning “yagona
merosxo‘ri” sifatida ko‘rsatishni taklif qiladi. Halima bu taklifga ishonib, pasport nusxasi va
zarur hujjatlarni yuboradi. Bir necha kundan so‘ng, merosga ega bo‘lganligi haqida soxta
guvohnomani oladi va bojxona xarajatlari uchun o‘ttiz uch ming dollar so‘raladi. Shundan so‘ng
kelishilgan pulni Halima o‘tkazib bergan va firibgarning telefoni, electron manzili taqa-taq
o‘chgan. Bu meros firibgarligiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Internet do‘konlar bilan bog‘liq firibgarlik

– ba’zi firibgarlar qalbaki, sifatsiz tovarlar

yoki maxsulotlar savdosi bilan shug‘ullanib xaridorlarni chuv tushursa, boshqalari maxsulot
uchun oldindan qisman yoki to‘liq to‘lov qilishni talab qiladi

9

. To‘lov amalga oshirilgandan

so‘ng ko‘pgina hollarda tovar yetkazib berilmaydi. Bizga ma’lumki, bugungi kunda internet
do‘konlari kundan kunga ko‘payib bormoqda. Ushbu kiberfiribgarlikni yaqinda sodir bo‘lgan
keys orqali tahlil qilishga harakat qilamiz.

Fargʻona viloyatida yashovchi fuqaro A.Sh. oʻzining bank kartasidan 700.000 soʻm

miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilgani boʻyicha IIOga
murojaat qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, X.S ismli shaxs “OLX” onlayn internet do‘koniga “Aser” rusumli
noutbukni arzon narxlarda sotilishi yuzasidan yolg‘on ma’lumotlar bilan e’lon qilgan. Buni
ko‘rgan A.SH ismli shaxs telefon orqali X.S bilan o‘zaro kelishib, oldindan 700.000(yeti yuz
ming) miqdorda pul to‘lovini “Avans” sifatida o‘tkazishga rozi bo‘ladi.

8

Табак И.С. Мошенничество с банковскими картами / И.С. Табак // Современные инновации. – 2018. – № 4

(26). – № 1 (19). – С. 37-40.

9

Kozodaeva O. N., Obidennova A. S. Sposobi soversheniya moshennichestva sispol`zovaniem bankovskix kart

[Ways to commit fraud using bank cards]. Uchenie zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU. S. 52.


background image

83

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Shundan so‘ng X.S ismli shaxs “Avans” sifatidagi pul to‘lovini qabul qilib olib, tovarni

yetkazib bermaydi. Yozishmalarni ham butkul o‘chirib, A.SH ismli shaxsninng telefon raqamini
qora ro‘yxatga solib qo‘yadi.

Internet-tilanchilik – soxta xayriya jamg‘armalari

Firibgarlar tomonidan internet sahifalarida va turli xil ijtimoiy tarmqolarda kasallikkka

chalingan yoxud og‘ir ahvoldagi shaxslarning fotosuratlarini tarqatilib, shaxslardan xayr-ehson
qilishlarini so‘rab murojaat qilishadi. Ya’ni insonlarga psixologik ta’sir qilgan holda ularning
ishonchiga kirishni uddalashadi. Bunday hollarda odatda rasmi joylangan shaxslar ular uchun pul
mablag‘lari jamg‘arilayotganligidan bexabar bo‘lishadi.

Jinoyat shaxsiga doir ma’lumot

Ushbu kriminalistik jinoyat elementida jinoyat shaxsiga doir ma’lumotlar o‘rganiladi.
Ya’ni jinoyat shaxsi uning individual xususiyatlari, umumiy fazilatlari, kasbiy va

intellektual darajasi o‘rganiladi. Masalan, ular kompyuter texnologiyalari sohasida chuqur bilim
va tajribaga ega mutaxassislar yoki shunchaki havaskorlar ham bo‘lishi mumkin. Biz ularni
kiberjinoyat doirasida

“Xaker”

deb ataymiz. Uning ikki turini chuqurroq tahlil qilishga harkat

qilamiz.

Birinchisi, fisher

odamlarni aldab, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta

raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritadigan firibgar. Ular asosan o‘zlarini
bank xodimlari yoki muayyan mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, kiberfiribgarlik bo‘yicha
chuqur bilim va tajribaga ega shaxslar bo‘lishadi.

Ikkinchisi, karderlar

bo‘lib ular asosan bank

karta raqamlari haqida ma’lumotlarni to‘plash, o‘g‘irlash bilan shug‘illanuvchi shaxslar bo‘lib,
aniqroq aytadigan bo‘lsak, ular ko‘pgina hollarda ofitsiant yoki sotuvchi bo‘lib faoliyat olib
borishadi. Ular mijozlarning bamk kartalari haqidagi ma’lumotlarni ularga sezdirmasdan bilib
olishadi va ushbu ma’lumotlarni o‘zlarining jinoiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanishadi.

Jinoyat izlari

Sodir etilgan kiberfiribgarlik jinoyatini tezda ochish va aniqlash uchun jinoyat izlari va

dalillar muhim ahamiyat kasb etadi.

Kriminalistik adabiyotlarda “virtual” yoki “raqamli” izlar tushunchasi borasida turli xil

qarashlar mavjud. Xususan, V.A.Agibalov, V.A.Mesheryakovlar virtual iz bu kompyuter tizimi
orqali raqamli moddiy tashuvchida qayd qilingan real (fizik) jarayonni tasvirlovchi yoki ushbu
jarayonning raqamli shakldagi rasmiy (matematik) modelidir, yaʼni jinoyat bilan bog‘liq bo‘lgan
kompyuter tizimining boshqa harakatlari natijasi deyishadi

10

.

V.A. Mesheryakov izlarning uchinchi guruhi sifatida virtual izlarni kiritish kerakligini

taʼkidlaydi. Uning fikricha, virtual izlar binar ko‘rinishda namoyon bo‘lib, faqatgina dasturiy
vositalarni ishlatuvchi qurilmalar hamda axborotni o‘ziga qabul qilishga yaroqli bo‘lgan raqamli
qurilmalarda qoladi

11

Yuqoridagi fikrlar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, virtual iz ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan

ushlab bo‘lmaydigan raqamli muhitdagi nomodddiy izlardir. U asosan firibgarning niyati yoki
uslubi haqida ma’lumot beradi. Virtual iz esa kompyuter texnologiyalarida yoki elektron
qurilamlarda qoldirilgan aniq va isbotlangan moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda kiber jinoyatchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar davlat va uning

fuqarolari yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga putur yetkazmoqda.

10

Агибалов В.А., Мещеряков В.А. Природа и сущность виртуальных следов, «Воронежские

криминалистические чтения», Выпуск 12, Воронеж, 2010. С. 17-19.

11

Meshcheryakov V.A. Prestupleniya v sfere kompyuternoy informatsii: osnovi teorii praktiki rassledovaniya. –

Voronij, 2002.


background image

84

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Tadqiqot natijasida kiberjinoyatchilik va kiberfribgarlik sohasida statistika ma’lumotlari

tahlil qilinib, quyidagi ma’lumotlar olindi.

2024-yil may oyida O‘zbekistonning “uz” domen veb-saytlariga

6,6 milliondan

ortiq

kiberhujumlar

amalga oshirildi.

2021-2023-yillarda

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni

25

baravarga

oshgani

sababli mamlakatning bu kabi tahdidlarga qarshi turish salohiyati kun

mavzusi bo’lib qolmoqda.

12

O‘tkazilgan tadqiqot asosida ko‘rishimiz mumkinki, o‘tkan yillar davomida birgina

Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahrining o‘zida ham koʻrsatkichlar yillar davomida oshib
bormoqda. 2021-yilda Toshkentda axborot texnologiyalari yordamida 2281 ta kiberhujum
uyushtirilgan. 2022-yilda esa bu kiberjinoyatchilik koʻrsatkichi 4332 tani tashkil etadi. Bu
koʻrsatkich qariyb 2 barobar koʻpaygani koʻrishimiz mumkin. Bu jinoyatlarning 3372 tasi yoki
82 foizi bank plastik kartalarini talon-taroj qilish bilan bogʻliq. Kiberjinoyatchilikdan Toshkent
shahar aholisi 2022-yilda 45,2 mlrd zarar koʻrgan.

MUHOKAMA

Demak, yuqorida biz tahlil qilgan ma’lumotlar guvohlik beradiki, kiberjinotchilik yildan

yilga o‘sib bormoqda, ularning orasida kompyuter firibgarligi eng ko‘p sodir etilaotgan kibr
jinoyat turi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Uni oldini olishga qaratilgan bir necha chora-tadbirlar,
qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik
choralarini ta’minlash maqasadida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonun, “Shaxsga doir
ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun va boshqalar qabul
qilingan. Shuningdek, xalqaro darajadagi hujjat sifatida 2001-yil qabul qilingan Budapesht
konvensiyasini aytishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida

”gi qonunning 11-moddasiga

muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi
vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur organ zimmasiga kiberxavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha bir qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, organning vakolat doirasiga kiberxavfsizlik
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va davlat dasturlarini ishlab chiqish, kiberxavfsizlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan davlat nazorati ustidan nazoratni
amalga oshirish, kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar
tekshiruvlarni hamda tergov harakatlarini amalga oshirish va boshqa kabi vazifalar kiradi. Biz
yuqorida sanab o‘tgan kiberhujumlar odatda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid
soladi. Shu o‘rinda O’zbekiston Respublikasini kiberxavfsizlik masalalari bo’yicha milliy
qonunchiligini dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Rossiya qonunchiligi bilan taqqoslab
o‘tmoqchimiz, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi
qonunida faqat shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilmasdan, balki
xalqaro hamkorlik masalalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Rossiya Federativ
Respublikasining 2014-yilda qabul qilingan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonunida, shuningdek, 2017-yilda qabul qilingan “Kiberxavfsizlikka oid Milliy strategiyada
asosiy urg‘u ichki xavfsizlik va milliy manfaatlarga qaratilgan. Ya’ni Rossiya qonunchiligi
xalqaro hamkorlikdan voz kechib bo‘lsa-da, kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy manfaatlarni
ustuvorligiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi esa asosan kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy
manfaatlar bilan bir qatorda xalqaro hamkorlikka ham alohida e’tibor beradi.


12

https://daryo.uz/2024/08/27/ozbekistonda-kiberxavfsizlik-muammosi-hujumlar-soni-25-baravarga-oshdi


background image

85

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

XULOSA

Ushbu tadqiqot yuzasidan umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, kompyuter texnologiyalari,

raqamlashtirish jarayonlari yildan yilga rivojlanib borar ekan, kiberjinoyatlarning soni ham ortib
bormoqda. Elektron to‘lov tizmi orqali to‘lovlarni amalga oshirish kundalik hayotimizning
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu esa shaxslarning mashaqqatli va halol mehnati bilan topgan
pullarini firibgarlarga osongina o‘zlashtirib olish yo‘llarini topib, uni o‘zlariniki qilib olishni
uddalashmoqda. Ayni damda statistika ma’lumotlariga ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, sodir
etilayotgan kiberjinoyatning kata qismini kompyuter firibgarligini ko‘rishimiz mumkin. Bizning
mamlakatimizda ham ushbu kiberjinoyatni oldini olishga qaratilgan qonunlar ishlab
chiqilganligiga qaramasdan, ko‘pgina kiberjinoyatlar ochilmasdan qolib ketyapti, ya’ni
jinoyatchilarni aniqlash tizmi yetarli darajada mukammal bo‘lmaganligi sababli ular jazodan
qutilib qolmoqda. Aynan kiberfiribgarlikni oldini olishga qaratilgan bir necha takliflarni
bermoqchiman. Jumladan;

1.

Kiberfiribgarlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, ya’ni O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksiga “Elektron to‘lov tizimi bilan bog‘liq jinoyat” yoki
“Kiberfiribgarlik” nomi bilan alohida moddalarni kiritish zarur;

2.

Barcha ta’lim muassalari, maktab, litsey, oliy ta’lim muassasalrida “Kiberxavfsizlik

asoslari” fanini majburiy darslik sifatida o‘qitish;

3.

IT-mutaxassislar, yuristlar va huquq tartibot organlari o‘rtasida kiberjinoyatchilikka

qarshi kurashish uchun maxsus ishchi guruh tashkil etish;

4.

Kiberjinoyatdan jabrlanganlar uchun maxsus onlayn platform tashkil etish.

Bibliografiya

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.

2.

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni

3.

Барчуков В.К. Терминология мошенничества в сфере компьютерной информации.

– М.: Пробелы в российском законодательстве. № 4. 2017 г. – С. 163-165.

4.

Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного

мошенничества. дис. … канд. юрид. наук. Владимир, 2002. – 211 с.

5.

Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации //

Информационное право. 2013. № 4. – С. 19 21.

6.

Shazzo S.K. Sposobi soversheniya moshennichestva v otnoshenii grajdan [Methods of

committing fraud against citizens]. Vestnik Adigeyskogo gosudarstvennogo universiteta.
Seriya 1: Yurisprudentsiya. 2008. № 2. S. 5.

7.

Табак И.С. Мошенничество с банковскими картами / И.С. Табак // Современные

инновации. – 2018. – № 4 (26). – № 1 (19). – С. 37-40.

8.

Kozodaeva O. N., Obidennova A. S. Sposobi soversheniya moshennichestva

sispol`zovaniem bankovskix kart [Ways to commit fraud using bank cards]. Uchenie
zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU. S. 52.

9.

Агибалов В.А., Мещеряков В.А. Природа и сущность виртуальных следов,

«Воронежские криминалистические чтения», Выпуск 12, Воронеж, 2010. С. 17-19.

10.

Meshcheryakov V.A. Prestupleniya v sfere kompyuternoy informatsii: osnovi teorii

praktiki rassledovaniya. – Voronij, 2002


background image

86

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

11.

Кибержиноятчиликка қарши курашишда интернет-маданиятнинг аҳамияти |

ICTNEWS

Bo’ronov.L Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda internet madaniyatining

ahamiyati – 2018-y

12.

https://daryo.uz/2024/08/27/ozbekistonda-kiberxavfsizlik-muammosi-hujumlar-soni-25-

baravarga-oshdi

References

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni

Барчуков В.К. Терминология мошенничества в сфере компьютерной информации. – М.: Пробелы в российском законодательстве. № 4. 2017 г. – С. 163-165.

Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного мошенничества. дис. … канд. юрид. наук. Владимир, 2002. – 211 с.

Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации // Информационное право. 2013. № 4. – С. 19 21.

Shazzo S.K. Sposobi soversheniya moshennichestva v otnoshenii grajdan [Methods of committing fraud against citizens]. Vestnik Adigeyskogo gosudarstvennogo universiteta. Seriya 1: Yurisprudentsiya. 2008. № 2. S. 5.

Табак И.С. Мошенничество с банковскими картами / И.С. Табак // Современные инновации. – 2018. – № 4 (26). – № 1 (19). – С. 37-40.

Kozodaeva O. N., Obidennova A. S. Sposobi soversheniya moshennichestva sispol`zovaniem bankovskix kart [Ways to commit fraud using bank cards]. Uchenie zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU. S. 52.

Агибалов В.А., Мещеряков В.А. Природа и сущность виртуальных следов, «Воронежские криминалистические чтения», Выпуск 12, Воронеж, 2010. С. 17-19.

Meshcheryakov V.A. Prestupleniya v sfere kompyuternoy informatsii: osnovi teorii praktiki rassledovaniya. – Voronij, 2002

Кибержиноятчиликка қарши курашишда интернет-маданиятнинг аҳамияти | ICTNEWS Bo’ronov.L Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda internet madaniyatining ahamiyati – 2018-y