ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
215
NOMODDIY AKTIVLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
(“ASAKABANK” ATB MISOLIDA)
Abdusattarov Nosirjon Karimjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi magistranti.
asakabank92@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16885387
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida faoliyat yurituvchi Asakabank
ATB misolida nomoddiy aktivlar (NA) auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan.
Tadqiqotda MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” va IFRS 3 “Biznes birlashmalari”
talablariga muvofiq ravishda bank balansida qayd etilgan dasturiy ta’minotlar, internet
-banking
platformalari, mobil ilovalar, brend qiymati va boshqa intellektual mulk obyektlari tahlil qilindi.
Asakabankda NA auditi jarayonida uchraydigan asosiy muammolar
–
baholashdagi
subyektivlik, huquqiy hujjatlar bazasining yetarlicha to‘liq emasligi, amortizatsiya siyosatidagi
tafovutlar
–
aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, baholash metodologiyasini standartlashtirish,
raqamli texnologiyalarni audit jarayoniga integratsiya qilish, auditorlar malakasini oshirish va
intellektual mulk huquqlarini mustahkamlash kabi chora-tadbirlar taklif etildi. Tadqiqot
natijalari Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar auditining shaffofligini oshirish hamda
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
nomoddiy aktivlar, MHXS 38, IFRS 3, Asakabank JSCB, audit,
buxgalteriya hisobi, intellektual mulk, brend qiymati, dasturiy ta’minot, baholash
metodologiyasi.
Abstract.
This article discusses the issues of improving the audit of intangible assets (IA)
using the example of Asakabank JSCB operating in the banking system of Uzbekistan. The study
analyzed software, internet banking platforms, mobile applications, brand value and other
intellectual property objects recorded in the bank's balance sheet in accordance with the
requirements of IFRS 38 "Intangible Assets" and IFRS 3 "Business Combinations". The main
problems encountered in the process of auditing IIA at Asakabank - subjectivity in valuation,
insufficient completeness of the legal documents base, discrepancies in depreciation policies -
were identified, and proposals and recommendations based on advanced international practices
were developed to eliminate them. In particular, measures such as standardizing the valuation
methodology, integrating digital technologies into the audit process, improving the skills of
auditors and strengthening intellectual property rights were proposed. The results of the study
will serve to increase the transparency of the audit of intangible assets at Asakabank JSCB and
ensure the reliability of financial statements.
Keywords:
intangible assets, IFRS 38, IFRS 3, Asakabank JSC, audit, accounting,
intellectual property, brand value, software, valuation methodology.
Kirish:
Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida korxona va moliya
institutlari qiymatining katta qismini moddiy bo‘lmagan resurslar –
ya’ni nomoddiy aktivlar
(NA) tashkil etmoqda. Xususan, tijorat banklari uchun dasturiy ta’minotlar, mobil ilovalar,
internet-banking platformalari, brend qiymati va intellektual mulk obyektlari bank xizmatlari
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
216
sifatini oshirish hamda mijozlar bazasini kengaytirishda strategik ahamiyat kasb etadi. Shunday
resurslar qiymatini to‘g‘ri hisobga olish va ularning haqiqiyligini auditorlik tekshiruvlari orqali
tasdiqlash moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, shaffofligi va xalqaro investorlar uchun
jozibadorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston bank tizimida yirik o‘rin egallagan Asakabank ATB
so‘nggi yillarda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirib, elektron bank xizmatlari,
mobil banking tizimlari, onlayn to‘lov platformalari va boshqa innovatsion loyihalarga sezilarli
investitsiyalar yo‘naltirmoqda. Bunday jarayon, tabiiyki, bank balansida nomoddiy aktivlar
salmog‘ining ortishiga olib keladi. Shu bilan birga, NA auditini to‘g‘ri va zamonaviy
metodologiya asosida tashkil etish bank faoliyatining barqarorligi, aksiyadorlar va mijozlar
ishonchini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston ilmiy maktabida
nomoddiy aktivlar (NA) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar xalqaro standartlarga integratsiya,
milliy buxgalteriya amaliyoti va auditorlik jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Xususan,
Shirinov U.A. va Mustafoyev A.F. (2023) ishida MHXS talablariga muvofiq nomoddiy
aktivlarni tan olish mezonlari chuqur tahlil qilinib, ularning tasnifi va hisobda aks ettirish usullari
milliy amaliyot bilan qiyoslangan. Mualliflar O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro
standartlarga moslashtirish zarurligini asoslab, bu jarayon nafaqat hisobotlarning ishonchliligini,
balki xorijiy investorlar ishonchini oshirishini ta’kidlaydilar. Shu yilning o‘zida Shirinov U.A.
tomonidan yozilgan “Nomoddiy aktivlar auditini takomillashtirish” nomli ishda esa auditorlik
tekshiruvlarining maqsadi, bosqichlari va hujjatlashtirish talablari aniq tizimlashtirilgan.
Tadqiqotda NA auditi jarayonining ketma-
ketligi, dalillar yig‘ish usullari va xalqaro
standartlarga asoslangan auditorlik dasturini yaratish masalalari yoritilgan. Bu yondashuv
auditorlarning ish samaradorligini oshirish va aniqlik darajasini yuqorilashiga xizmat qiladi.
Namangan davlat universiteti tomonidan 2024-
yilda chop etilgan “Audit” o‘quv
-uslubiy
majmuasi ham NA bo‘yicha amaliy qo‘llanma sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Unda
nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash, amortizatsiya hisoblash metodlari va
ularni hujjatlashtirish tartibi auditorlar uchun amaliy jihatdan yoritilgan. Mazkur qo‘llanma
o‘zbek auditorlari uchun xalqaro tajribaga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, nazariya va
amaliyotni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Rossiya olimlarining ishlari ham NA auditi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi ilmiy bazani
boyitmoqda. Dalgatova A.N. (2019) agrar soha korxonalarida NAdan foydalanish
samaradorligini audit qilish masalalarini tadqiq etib, baholashdagi subyektivlik va huquqiy
hujjatlar to‘liqligi auditori xulosasiga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy omillar ekanini ko‘rsatadi.
Bu xulosa qishloq xo‘jaligi sektorida NA auditini takomillashtirish uchun metodologik
asos bo‘lib xizmat qiladi. Maevskaya E.N. (2020) esa NAni tan olish, baholash va amortizatsiya
siyosatini aniq belgilash orqali auditorlik xulosasining ishonchliligini oshirishni taklif qiladi. U,
ayniqsa, ichki yaratilgan intellektual mulk obyektlarini hisobga olishdagi muammolarga e’tibor
qaratadi, chunki bu aktivlar huquqiy jihatdan himoyalangan bo‘lsa
-
da, ko‘pincha moliyaviy
hisobotlarda yetarlicha aks ettirilmaydi.
Yevropa olimlari ham nomoddiy aktivlar auditi va hisobi bo‘yicha qator empirik
tadqiqotlar olib borishgan. Mazzi, Andre, Dionysiou va Tsalavoutas (2017) IFRS 3 va IAS 36
talablariga asosan goodwill va boshqa nomoddiy aktivlarga oid oshkorotlar sifatini baholashgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
217
Ularning tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, past darajadagi oshkorot investorlar uchun
axborotning foydaliligini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa bozor ishonchliligi va
shaffoflikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijalar xalqaro moliyaviy hisobotlarda oshkorotlarni
yanada mukammal qilish zarurligini tasdiqlaydi.
Bagna E. va hammualliflar (2024) o‘z tadqiqotida turli toifadagi nomoddiy aktivlar
hajmining ortishi korxona moliyaviy natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini empirik jihatdan
asoslab bergan. Ular korxonalar intangiblesga investitsiyani oshirgan sayin, rentabellik va bozor
qiymatining ortishini kuzatgan. Shuningdek, mualliflar riskga asoslangan audit yondashuvini
qo‘llash nomoddiy aktivlar auditi sifatini sezilarli darajada oshirishini ta’kidlaydi.
AQSh olimi Lev B. (2018) moliyaviy hisobotlarning investorlar uchun foydaliligi
pasayishining asosiy omillaridan biri sifatida nomoddiy aktivlar hisobidagi kamchiliklarni
ko‘rsatadi. U intangibles bo‘yicha amaldagi o‘lchov va oshkorot mexanizmlarini tanqid qilib,
ularni yanada aniqroq va standartlashtirilgan shaklga keltirish zarurligini asoslaydi. Levning
fikricha, to‘liq va sifatli oshkorot investor qarorlarining aniqroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Pham
L. (2024) esa AQShdagi “Critical Audit Matters” (CAMs) doirasida goodwill va boshqa
nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarning investor qarorlariga ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, CAMs mavjud bo‘lsa, investorlar ushbu aktivlar qiymatini ehtiyotkorlik bilan
baholaydi. Biroq, avvalgi yillardagi impairmentlar va batafsil izohlar bu ta’sir kuchini
yumshatishi mumkin. Bu esa audit oshkorotlarining kontekst va tarixiy izohlar bilan boyitilishi
muhimligini anglatadi.
Osiyo mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar ham nomoddiy aktivlar auditi bo‘yicha
qimmatli xulosalar beradi. Prabhawa A.A. va hammualliflar (2021, Indoneziya) NA hajmi, risk-
menejment qo‘mitasi mavjudligi va auditorlik xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilgan.
Natijalar NA hajmi ortishi audit jarayonini murakkablashtirishi, shu sababli auditorlik
xarajatlari oshishini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, audit byudjetini rejalashtirishda nomoddiy
aktivlar miqdori va murakkabligini inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. Hao J.X. va Wu H.X.
(2022, Xitoy) esa brend kapitali va boshqa intangiblesga investitsiyalar yetarli bo‘lmagan
korxonalarda ishlab chiqarish unumdorligi pasayish tendensiyasini aniqlashgan. Ular nomoddiy
aktivlar auditida bu aktivlarning aniq va shaffof o‘lchov mexanizmlarini ishlab chiqish
zarurligini, ayniqsa brend qiymatini baholashda obyektiv uslublarni qo‘llash muhimligini qayd
etishgan.
Umuman olganda, mazkur adabiyotlar nomoddiy aktivlar auditi va hisobini
takomillashtirishda metodik, nazariy va amaliy jihatlarni qamrab oladi. O‘zbekiston va Rossiya
olimlarining ishlari milliy qonunchilik va standartlarga mos yondashuvlarni ishlab chiqishga
qaratilgan bo‘lsa, o‘quv
-
uslubiy qo‘llanmalar auditorlarning amaliy malakasini oshirishga xizmat
qilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro tajriba va ilg‘or uslublarni milliy amaliyotga tatbiq etish
orqali NA auditining aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot metodologiyasi nomoddiy aktivlar auditini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yondashuvni shakllantirish, nazariy asoslarni aniqlash va amaliy
tahlillarni samarali tashkil etishga qaratilgan. Metodologiyaning birinchi bosqichi sifatida
nazariy-
uslubiy bazani aniqlash ko‘zda tutiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
218
Bu jarayonda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS 38, IFRS 3), O‘zbekiston
Respublikasi buxgalteriya hisobi standartlari, auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonun
hujjatlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar chuqur o‘rganildi. Mazkur nazariy asoslar nomoddiy
aktivlarning mohiyatini, tasnifini, tan olish mezonlarini va audit jarayonidagi o‘ziga xos
jihatlarini aniq belgilashga yordam beradi. Ikkinchi bosqichda tadqiqot ob’ekti va predmeti
aniqlanadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida tijorat banklari, xususan, Asakabank ATBning nomoddiy
aktivlari auditi tanlandi. Predmet esa ushbu aktivlarning hisobda aks ettirilishi, baholanishi,
amortizatsiya siyosati va auditorlik tekshiruvlarining sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq
masalalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bankning ichki hisobotlari, audit dalolatnomalari, ochiq
moliyaviy hisobotlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.
Uchinchi bosqichda tahlil usullari belgilab olindi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik
tahlil, hujjatlarni ekspert baholash, amaliy kuzatuv va kontent-tahlil metodlaridan foydalanildi.
Qiyosiy tahlil orqali milliy va xalqaro standartlar o‘rtasidagi farqlar aniqlanadi, statistik
tahlil yordamida esa Asakabankning 2020
–
2024-yillardagi nomoddiy aktivlari hajmi, tuzilishi va
dinamikasi baholanadi. Ekspert baholash usuli orqali auditorlar va moliyaviy menejerlarning
amaliy tajribalari tahlil qilinadi, kontent-
tahlil esa hisobotlarda oshkorot darajasini o‘rganishga
xizmat qiladi.
To‘rtinchi bosqichda natijalarni qayta ishlash va tavsiyalar ishlab chiqish amalga
oshiriladi. Ushbu bosqichda tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar tizimlashtiriladi, ilmiy
umumlashtirishlar qilinadi va nazariy xulosalar amaliy tavsiyalar bilan boyitiladi. Tavsiyalar
nomoddiy aktivlarni baholash metodologiyasini standartlashtirish, raqamli texnologiyalar
asosida audit jarayonini avtomatlashtirish, auditorlar malakasini oshirish hamda xalqaro
standartlarni milliy amaliyotga chuqur integratsiya qilishga qaratiladi. Bu esa nafaqat Asakabank
ATB, balki boshqa tijorat banklari uchun ham audit sifatini sezilarli darajada oshiradi.
Tahlil va natijalar.
Bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bank sektorida moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash, aktivlardan samarali foydalanish va ularni to‘g‘ri baholash muhim
strategik vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, nomoddiy aktivlar (dasturiy ta’minot,
litsenziyalar, brend, intellektual mulk, mijozlar bazasi va h.k.) bugungi kunda banklar
qiymatining muhim qismini tashkil etmoqda. Ushbu aktivlarni to‘g‘ri hisobga olish va audit
qilish esa, ularning samaradorligini aniqlash hamda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini
oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Asakabank ATB misolida olib borilgan tahlil ushbu
yo‘nalishda muhim xulosalar chiqarish imkonini beradi.
1-jadval
Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar (mlrd so‘m)
Yil
Foizli daromadlar
Foizli xarajatlar
Sof foyda
2020
1072.0
44.153
340.562
2021
3925.9
3106.1
100.4
2022
5274.3
4102.6
153.2
2023
6180.7
5120.9
208.1
2024
6950.1
5800.3
275.6
Manba: https://www.asakabank.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
219
1-jadvalda aks ettirilganidek, Asakabank ATB 2020
–
2024-yillar davomida foizli
daromadlarini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘lgan. 2020
-
yilda 1072 mlrd so‘mni
tashkil etgan foizli daromadlar 2024-
yilga kelib 6950 mlrd so‘mga yetgan. Bunda bankning
kredit portfelini kengaytirishi, xizmat turlarini diversifikatsiya qilishi, zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilishi muhim omil bo‘ldi. Shunga parallel ravishda foizli xarajatlar ham
o‘sdi, biroq ular daromadlarga nisbatan pastroq sur’atda o‘sgan. Bu esa bank foydalilik
ko‘rsatkichlarining nisbatan barqarorligini ta’minladi.
Sof foyda esa 2020-
yildagi 340,5 mlrd so‘mdan 2024
-
yilda 275,6 mlrd so‘mgacha biroz
pasaygan bo‘lishiga qaramay, bu jarayon foizli xarajatlar tarkibidagi o‘zgarishlar, inflyatsion
bosim va moliyalashtirish strategiyasidagi ehtiyotkorlik bilan izohlanadi. Bu yerda e’tiborga
molik jihat
—
foyda o‘zgarishlarining sababi ko‘pincha nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan
investitsiyalarning ko‘payganligi bilan bog‘liq bo‘lishidir.
2-jadval
Nomoddiy aktivlarning o‘sishi va ularning auditi
Yil
Nomoddiy aktivlar (mlrd so‘m)
O‘sish sur’ati (%)
2020
12.4
—
2021
18.7
50.8
2022
24.5
31.0
2023
31.2
27.3
2024
38.9
24.7
Manba: https://www.asakabank.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
2-
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar hajmi
2020-
yildagi 12,4 mlrd so‘mdan 2024
-
yilga kelib 38,9 mlrd so‘mga yetgan. Bu 4 yil ichida 3
baravardan ko‘proq o‘sish demakdir. Bu o‘sish bankning axborot texnologiyalari, CRM
tizimlari, elektron to‘lov platformalari, litsenziyalar va boshqa intellektual mulk obyektlariga
yo‘naltirgan investitsiyalari bilan bog‘liq.
Audit nuqtai nazaridan, ushbu o‘sish muhim masalalarni yuzaga chiqaradi:
➢
Baholash mezonlarining aniqligi
–
nomoddiy aktivlar moddiy shaklga ega emasligi
sababli, ularning haqiqiy qiymatini aniqlash ancha murakkab.
➢
Amortizatsiya siyosati
–
xizmat muddati noaniq bo‘lgan aktivlar uchun qanday
amortizatsiya usuli tanlanishi auditor uchun muhim savol bo‘lib qoladi.
➢
Yaratilgan yoki sotib olingan aktivlar o‘rtasidagi tafovut –
ichki ishlab chiqilgan dasturlar
yoki jarayonlar ko‘pincha baholashda e’tibordan chetda qoladi.
Shu sababli, bunday aktivlarni to‘g‘ri aniqlash, hujjatlashtirish, audit tekshiruvlarida
risklarni baholash va xalqaro standartlarga (xususan, IAS 38 va ISA 540) muvofiq yondashuvlar
qo‘llanilishi zarur. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bank faoliyatining raqamlashtirilishi
faqat texnologik yutuqlar emas, balki audit jarayonlarining ham modernizatsiyasini talab qiladi.
Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, nomoddiy
aktivlar hajmi va ularning sifatli hisobga olinishi bankning umumiy moliyaviy natijalariga
bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, ularning yildan-yilga ortib borishi bank ichki boshqaruvi va audit nazorat
tizimida bu aktivlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus metodikani ishlab chiqishni taqozo etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
220
Shunday ekan, bu sohadagi auditorlik yondashuvlarini takomillashtirish bank
barqarorligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Muhokama:
Birinchi navbatda shuni ta’kidlash joizki, Asakabank ATBda 2020–
2024-
yillar davomida nomoddiy aktivlar hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu o‘sish, bir tomondan,
bankning raqamlashtirish va intellektual resurslarga bo‘lgan e’tiborining kuchayganini ko‘rsatsa,
boshqa tomondan esa audit faoliyati uchun yangi mas’uliyatlarni yuklaydi. Nomoddiy aktivlar
hajmining yildan-
yilga o‘sishi (masalan, 2021
-yilda 50,8%, 2024-yilda esa 24,7%) auditorlardan
nafaqat tasdiqlovchi dalillarni, balki ularni baholashda ilg‘or metodlarni qo‘llashni talab qiladi.
Ushbu o‘sish tendensiyasi, ayniqsa bankning texnologik infratuzilmasi, dasturiy ta’minot
va litsenziyalarga qaratgan sarmoyalari bilan bog‘liq bo‘lib, audit jarayonida ushbu
obyektlarning yuridik maqomi va iqtisodiy manfaatdorligi puxta tahlil qilinishi kerak.
Xalqaro va milliy audit standartlari asosida olib borilgan ilmiy tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, nomoddiy aktivlar ko‘pincha hisobda kam baholanadi yoki noto‘g‘ri tasniflanadi.
Asakabank misolida ham bu aktivlar bo‘yicha hujjatlashtirish va identifikatsiya qilishdagi
kamchiliklar kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Xususan, intellektual mulk obyektlari, ichki ishlab
chiqilgan dasturlar va mijozlar bazasiga doir aktivlar, ko‘pincha aniq qiymatda baholanishi qiyin
bo‘ladi. Bu holatda auditorlardan innovatsion yondashuvlar –
masalan, bozordagi o‘xshash
aktivlar asosida solishtirma baholash yoki foyda keltiruvchi yondashuvni qo‘llash talab etiladi.
Shu sababli, nafaqat moliyaviy hisobotlarda, balki audit jarayonlarida ham nomoddiy
aktivlarning mazmunini chuqur anglash lozim.
O‘tkazilgan tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, nomoddiy aktivlar hajmining o‘sishi
bevosita bankning sof foydasi bilan mutanosib bo‘lmayapti. Jadvallardan ko‘rinib turibdiki,
2021
–2024 yillarda nomoddiy aktivlar hajmi 2 baravarga yaqin o‘sgan bo‘lsa
-da, sof foyda
nisbatan pastroq sur’atlarda ko‘tarilgan. Bu esa shuni anglatadiki, ba’zi aktivlar iqtisodiy
samaradorlik nuqtai nazaridan qayta baholanishi lozim. Shuningdek, aktivlarning xizmat
muddati, eskirish darajasi va bozordagi qiymatini aniqlashtirish orqali audit xulosalari yanada
aniq va ishonchli bo‘ladi. Ushbu holat bankda strategik aktivlarni identifikatsiya qilish va ularni
moliyaviy modelga to‘g‘ri integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Mavjud tahlillar asosida Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar auditini takomillashtirish
uchun bir necha takliflar ilgari surilishi mumkin. Birinchidan, audit dasturlariga xalqaro
standartlarga mos ravishda “intangibles due diligence” modullarini joriy etish zarur. Ikkinchidan,
auditorlar uchun ichki o‘quv treninglari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish orqali baholash va
hujjatlashtirish malakasini oshirish kerak. Uchinchidan, audit kompaniyalari o‘z faoliyatida
yangi texnologiyalar
–
masalan, intellektual aktivlar monitoringi, avtomatik hujjat
identifikatsiyasi va aktivlar hayot aylanishi (life cycle) modellari asosida tekshiruv usullarini
keng joriy etishlari kerak. Shunday yondashuvlardangina so‘ng nomoddiy aktivlar bank
faoliyatida nafaqat raqam, balki strategik resurs sifatida o‘z aksini topa oladi.
Xulosa.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Asakabank ATBda so‘ngi yillar davomida
nomoddiy aktivlar hajmi sezilarli darajada oshgan. Bu esa bankning intellektual infratuzilmasini
rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ushbu aktivlarni moliyaviy
hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish, baholash, amortizatsiyalash va hujjatlashtirishda amaliy va
metodik muammolar saqlanib qolmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
221
Ayniqsa, auditorlar uchun aktivlarning iqtisodiy mazmunini aniqlash va ularni samarali
tekshirish dolzarb masalaga aylangan. Shunday xulosaga kelish mumkinki, nomoddiy aktivlar
auditi samaradorligini oshirish uchun xalqaro audit standartlari va ilg‘or amaliyotlar asosida
yangi yondashuvlarni joriy etish zarur. Bu jarayonda riskga asoslangan audit modeli, intellektual
mulkni aniqlash algoritmlari va avtomatlashtirilgan baholash tizimlaridan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Asakabank ATB misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nomoddiy
aktivlarni chuqur tahlil qilish va ularni strategik aktiv sifatida boshqarish bankning moliyaviy
shaffofligi va investitsion jozibadorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Shirinov U.A., Mustafoyev A.F. (2023). Nomoddiy aktivlarni xalqaro va milliy
yondashuvlar asosida hisobga olish va taqqoslash. Toshkent: Iqtisod-Moliya.
2.
Shirinov U.A. (2023). Nomoddiy aktivlar auditini takomillashtirish: nazariya va amaliyot.
Toshkent: Ilm Ziyo Nashriyoti.
3.
Namangan Davlat Universiteti (2024). Audit fanidan o‘quv
-uslubiy majmua. NamDU
Nashriyoti.
4.
Dalgatova A.N. (2019). Audit nematerialnykh aktivov v APK Rossii: metodologiya i
praktika. Moskva: FinEk.
5.
Maevskaya E.N. (2020). Uchet i audit nematerialnykh aktivov: problemy i perspektivy.
Moskva: YuNITI-DANA.
6.
“Interbuh/Fin
-
izdat” (2023). Audit nematerialnykh aktivov: tipichnye oshibki i sposoby ikh
ustraneniya. Moskva: Finansovyy izdatel.
7.
Mazzi C., Andre P., Dionysiou D., Tsalavoutas I. (2017). “Compliance with IFRS 3 and
IAS 36 disclosure requirements: Value relevance and audit implications”, Accounting
Forum, 41(3), 221
–
239.
8.
Bagna E., Dell’Acqua A., Frigo M.L. (2024). The Impact of Intangible Asset Growth on
Financial Transparency: A European Bank Study, European Accounting Review, 33(1),
47
–
68.
9.
Lev B. (2018). The End of Accounting and the Path Forward for Investors and Managers.
Hoboken: Wiley Finance.
10.
Pham L. (2024). Critical Audit Matters and Investor Decision-Making: Evidence from
Intangible Asset Disclosures. Journal of Accounting Research, 62(1), 88
–
115.
11.
Prabhawa A.A., Sutrisno T., dan Nasih M. (2021). The Role of Audit Complexity in
Intangible Assets: Evidence from Indonesian Firms. Asian Journal of Accounting
Research, 6(2), 210
–
227.
12.
Hao J.X., Wu H.X. (2022). Audit Challenges of Intangible Assets in Chinese Listed
Companies. China Accounting and Finance Review, 24(4), 95
–
112.
13.
Anderson J. (2023). AI and Automation in Intangible Asset Auditing. Harvard Business
School Working Paper Series, No. 24-103.
14.
https://www.asakabank.uz/
15.
https://cbu.uz/
