Avgust, 2025-Yil
69
YASHIL INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA TIJORAT
BANKLARINING ROLI VA XALQARO KOMMUNIKATSIYADA INGLIZ TILINI
O‘QITISH ORQALI MULOQOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Qo’chqorova Dilnoza Karimbergen qizi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Loyiha boshqaruvi yo‘nalishi tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16917450
Global miqyosda ekologik xavflarning kuchayishi, iqlim o‘zgarishi, resurslarning
cheklanishi kabi muammolar insoniyatni yangicha yondashuv — yashil iqtisodiyot sari undamoqda.
Bugungi kunda yashil iqtisodiyot konsepsiyasi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga,
balki iqtisodiy taraqqiyotga ham xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishga aylanib kelmoqda. Bunda
yashil investitsiyalar va ularni moliyalashtirish mexanizmlari markaziy o‘rinda turadi. Xususan,
tijorat banklarining faol ishtiroki orqali ekologik loyihalarning amaliyotda keng tatbiq qilinishi,
ularning moliyaviy asosda mustahkamlanishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, bunday
loyihalarning ko‘p hollarda xalqaro miqyosda amalga oshirilishi ingliz tilini o‘rganish va samarali
muloqot yuritishni zamon talabi sifatida ilgari surmoqda. Ingliz tilini o‘qitish orqali loyiha
ishtirokchilarining kommunikativ salohiyati ortadi, bu esa investitsion jarayonlarning oshkoraligi
va tezkorligini ta’minlaydi.
Yashil investitsiyalar deganda, biz shuni tushunamizki, atrof-muhitga salbiy ta’sirni
kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar nazarda tutiladi. Bu
investitsiyalar nafaqat ekologik muhofaza, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim
vosita hisoblanadi. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish, yashash sifati va
salomatlik darajasini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish kabi natijalarga erishish oliy
maqsadlarimizdan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.
Masalan, quyosh panellari, shamol generatorlari, chiqindilarni qayta ishlash markazlari,
yashil transport vositalari va ekologik toza ishlab chiqarish jarayonlari bularning amaliy
ko‘rinishidir. Shu o‘rinda, bu kabi loyihalarning moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi ularga
hayot baxsh etuvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli yashil investitsiyalarni amalga
oshirishda tijorat banklarining tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Chunki ularning moliyaviy
vositachilik faoliyati zamonaviy yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli moliyaviy
infratuzilmani ta’minlaydi. Banklar o‘z resurslari va mexanizmlari orqali quyidagi yo‘nalishlarda
faoliyat yuritishlarini ko’rishimiz mumkin bular:
- Yashil kreditlar ajratish – ekologik toza texnologiyalarni joriy etuvchi korxonalarni
moliyalashtirish.
- Yashil obligatsiyalar chiqarish – xalqaro investorlarni ekologik loyihalarga jalb qilish.
- Ekologik risklarni baholash – moliyaviy qarorlar ekologik mezonlarga asoslangan holda
qabul qilinadi.
- Texnik maslahat xizmatlari – korxonalarga loyiha tayyorlash va moliyalashtirish bo‘yicha
ko‘maklardan iborat.
O‘zbekiston tajribasida, masalan, O‘zsanoatqurilishbank yoki Ipoteka banki kabi tijorat
banklari xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kredit
Avgust, 2025-Yil
70
liniyalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu esa mamlakatda yashil iqtisodiyotni moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha muhim qadamlardandir. Bundan tashqari O‘zbekistonda “Hamkorbank” va
“Asaka bank” kabi tijorat banklari “yashil kredit” liniyalarini yo‘lga qo‘yib, energiya tejamkor
qurilmalarni sotib olish uchun imtiyozli moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda. Tijorat banklari
ishtirokidagi yashil investitsiya loyihalari ko‘pincha xalqaro moliyaviy tashkilotlar, donor
agentliklar yoki xorijiy investorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunday hamkorlikda samarali
muloqot yuritish – muvaffaqiyat kalitidir. Ingliz tili esa xalqaro moliya, bank va ekologiya
sohalarida asosiy aloqa vositasi hisoblanadi, shu bilan birgalikda Ingliz tilini o‘qitish orqali loyiha
ishtirokchilari xorijiy hamkorlar bilan samarali muloqotga kirisha oladilar. Va shuni ham aytib
o’tish joizki, Xalqaro investitsion loyihalarda ishtirok etayotgan mutaxassislar ko‘pincha turli millat
va madaniyat vakillari bilan aloqa o‘rnatishadi. Bu holatda til to‘siqlari loyihalarning kechikishiga
yoki xatolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun:
•
Ingliz tilini yaxshi bilish xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi;
•
Texnik va moliyaviy hujjatlarning aniq tushunilishi ta’minlanadi;
•
Shartnomalar, tenderlar va hisobotlar sifatli va tez rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy hisobotlar, loyiha takliflari, grant arizalari, monitoring va baholash hisobotlari
aynan ingliz tilida tuziladi. Xalqaro tenderlar, seminar va muzokaralarda qatnashish uchun ham
ingliz tilida erkin muloqot qila olish zarur. Demak, bu sohada ishlovchi har bir mutaxassis ingliz
tilida kasbiy darajada savodli bo‘lishi lozim. Yashil iqtisodiyot va moliyaviy sohada faoliyat
yurituvchi kadrlar uchun ingliz tilini o‘rganish oddiy til kursi sifatida emas, balki kasbiy malakani
oshirish vositasi sifatida qaralishi lozim. Bu yo‘lda quyidagicha yondashuvlar tavsiya etiladi:
- Professional ingliz tili kurslari tashkil qilish: moliyaviy va ekologik terminologiyani o‘z
ichiga olgan o‘quv dasturlari.
- Interaktiv mashg‘ulotlar: muzokara simulyatsiyalari, xalqaro loyiha yozish amaliyotlari.
- Onlayn platformalardan foydalanish: Coursera, edX va boshqa ingliz tili resurslari orqali
soha bo‘yicha bilim olish.
- Speaking clublar: yashil iqtisodiyotga oid real mavzularda ingliz tilida fikr almashish.
Bu yondashuvlar nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki xalqaro kommunikatsiyada
mustahkam pozitsiyani egallashga yordam beradi. Bu orqali yashil investitsiyani ko’lamini yanada
oshirish ko’zda tutiladi. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida xalqaro hamkorlik va muloqot
samaradorligini oshirishda ingliz tilining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, yashil investitsiya loyihalari
xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlar va ekologik institutlar bilan uzviy aloqani talab qiladi. Bu
jarayonda ingliz tilini puxta bilish va uni samarali qo‘llay olish nafaqat texnik jihatdan, balki
madaniy va kommunikativ jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yashil iqtisodiyotga
oid loyiha hujjatlarini tuzish, hisobotlar tayyorlash, moliyaviy muzokaralar olib borish yoki xalqaro
grantlarga ariza yozishda ingliz tili ko‘nikmalari mutaxassislar uchun zaruriy kompetensiyaga
aylangan. O‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy va iqtisodiy yo‘nalishlarda ingliz
tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish ham dolzarb vazifalardan biridir. Amaliyotga
yo‘naltirilgan topshiriqlar, iqtisodiy terminlar asosidagi mashg‘ulotlar va simulyatsiya qilingan
muzokaralar orqali talabalar nafaqat tilni, balki real biznes jarayonlarini ham o‘rganadi. Bu esa
ularning kelajakda xalqaro miqyosdagi yashil loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatini
kengaytiradi.
Avgust, 2025-Yil
71
Yashil investitsiyalar va ularni tijorat banklari orqali moliyalashtirish bugungi kundagi eng
dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Bunday loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat
iqtisodiy, balki ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi. Aynan shu jarayonda ingliz tilining xalqaro
muloqotdagi ahamiyati ortib borayotgani inobatga olinib, uni o‘rgatish orqali muloqot
samaradorligini oshirish zarurati yuzaga chiqmoqda. Demak, yashil iqtisodiyot, moliyaviy tizim va
til bilimi o‘zaro uzviy bog‘langan holda, barqaror taraqqiyot uchun xizmat qiluvchi yagona tizimni
hosil qiladi. Shu sababli, til o‘rgatish jarayonlarini ham investitsion yondashuv bilan olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
UNEP. (2021).
Green Finance and Investment
. United Nations Environment Programme.
2.
World Bank. (2022).
Financing Renewable Energy Projects
. World Bank Publications.
3.
Mirziyoyev, Sh. M. (2025).
Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot
. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari.
4.
Smith, J., & Brown, L. (2020).
Sustainable Banking and Green Investments
. Journal of
Environmental Economics.
5.
Cambridge University Press. (2019).
English for Finance and Economics
.
6.
OECD. (2023).
International Communication and Language Skills for Global Finance
.
OECD Publishing.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki. (2024).
Yashil moliyalashtirish strategiyasi
.
8.
Zokirov, A. (2023).
Ingliz tilini moliya va iqtisodiyot sohasida o‘qitish metodikasi
.
Toshkent.
