Authors

  • Gulnoza Akbarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.135587

Keywords:

inson resurslari boshqaruv strategiyasi inson kapitali kadrlar salohiyati motivatsiya qayta tayyorlash malaka oshirish innovatsion boshqaruv ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.

Abstract

Ushbu maqolada inson resurslarini shakllantirish jarayonida boshqaruvning oʻrni va samarali strategiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy mehnat bozorida inson kapitali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Shu munosabat bilan kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, samarali motivatsiya tizimini joriy etish hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada inson resurslarini boshqarishning pedagogik va tashkiliy jihatlari yoritilib, strategik yondashuv asosida ularni milliy taraqqiyot dasturlari bilan uygʻunlashtirishning dolzarbligi asoslab berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

INSON RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHDA BOSHQARISHNING TUTGAN

OʻRNI VA STRATEGIYASI

Akbarova Gulnoza Saminovna

Yangihayot tumani 459-DMTT.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17017161

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inson resurslarini shakllantirish jarayonida

boshqaruvning oʻrni va samarali strategiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy mehnat

bozorida inson kapitali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida

namoyon boʻlmoqda. Shu munosabat bilan kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularni qayta

tayyorlash va malakasini oshirish, samarali motivatsiya tizimini joriy etish hamda innovatsion

boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada

inson resurslarini boshqarishning pedagogik va tashkiliy jihatlari yoritilib, strategik yondashuv

asosida ularni milliy taraqqiyot dasturlari bilan uygʻunlashtirishning dolzarbligi asoslab

berilgan.

Kalit soʻzlar

:

inson resurslari, boshqaruv strategiyasi, inson kapitali, kadrlar salohiyati,

motivatsiya, qayta tayyorlash, malaka oshirish, innovatsion boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot.

Abstract.

This article provides a scientific analysis of the role of management and

effective strategies in the process of developing human resources. In todayʼs labor market,

human capital is emerging as one of the key factors of socio-economic development. In this
regard, special attention is paid to the development of personnel potential, their retraining and
professional development, the introduction of effective motivation systems, as well as the use of
innovative management mechanisms. The article highlights the pedagogical and organizational
aspects of human resource management and substantiates the relevance of integrating them with
national development programs through a strategic approach.

Keywords:

human resources, management strategy, human capital, personnel potential,

motivation, retraining, professional development, innovative management, socio-economic
development.

Bugungi kunda iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qator ijtimoiy-iqtisodiy

masalalarni hal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi.

Inson resurslarini boshqarish bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy fanlar va taʼlimda eng

dolzarb hamda yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bozor
munosabatlarining samarali joriy etilishi birinchi navbatda inson resurslaridan samarali

foydalanishga bogʻliq. Biz uchun faqat bitta ustuvorlik –

inson manfaatlari ustuvorligi

muhim ahamiyatga ega, mehnatga haq toʻlash darajasi va aholi daromadlarini keskin
oshirish, mamlakatda isteʼmol bozorini ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish uchun ishonchli

baza yaratilmoqda.

Inson resurslarini boshqarishda ish oʻrinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish,

potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini oʻqitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini
baholash, mehnatiga koʻra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi
samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi koʻnikmalar oʻzlashtiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

Rejali boshqaruv amaliyotida “personalni boshqarish” tushunchasi yoʻq edi.

Lekin har

bir tashkilotning boshqaruv tizimi kadrlarni va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishning
funksional kichik tizimiga ega edi.Asosiy tarkibiy

boʻlinma kadrlar boʻlimi boʻlib, unga

kadrlarni ishga qabul qilish va

boʻshatish, shuningdek

kadrlarni

oʻqitish, malakasini oshirish

va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Ular ichida eng muhimlari:

ijtimoiy

psixologik diagnostika;

guruhlarda oʻzaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va

tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish;

kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan taʼminlash;

bandlikni boshqarish;

boʻsh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni baholash va xodimlarga boʻlgan

ehtiyojlarni tahlil qilish;

kadrlar marketingi;

xizmat martabasini rejalashtirish va ijtimoiy psixologik moslashuvi (koʻnikishi);

mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish;
mehnat

huquqiy munosabatlar masalalari;

mehnat psixofizologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasidan iboratdir.

Agar maʼmuriy–

buyruqbozlik tizimi sharoitida bu vazifalar ikkinchi darajali vazifalar deb

qaralgan boʻlsa, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida ular birinchi oʻringa chiqarildi va ularni

hal qilishdan har bir korxona manfaatdordir.

Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish konsepsiyasi

asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yoʻl–yoʻriqlarni bilishi, ularni
shakllantira olishi, korxona va tashkilotlar oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yoʻnaltira
bilishi tashkil etadi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda roʻy berayotgan
oʻzgarishlar har bir shaxs uchun, uning yashashining barqarorligi uchun katta imkoniyatlar
tugʻdirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tugʻdiradi, amalda har bir kishining hayotiga
maʼlum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga

egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi personalni boshqarish
tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun bir majmuini amalga

oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham maʼnaviyat va qadriyatlarning ustivorligiga
butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur boʻladi. Korxona va tashkilot ichidagi

asosiy jihat

xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa

–mahsulot isteʼmolchilaridir.

Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqarish har

qanday tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq oʻzining taʼriflariga koʻra odamlar

tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi, binobarin,
boshqarishning alohida usullarini talab etadi.

Birinchidan, odamlar aql

–idrokka ega boʻlib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga)

reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy

–oʻylangan, anglab etilgan reaksiyadir. Demakki,

tashkilot bilan xodim oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir koʻrsatish jarayoni ikki tomonlamadir.

Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirdirlar.
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida texnologiya, shu bilan birga kasbiy

koʻnikmalar bir necha yil mobaynida eskirib qoladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

Shuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga

qodirligi korxona va tashkilotning faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq
davom etadigan manbaidir.

Uchinchidan, insonning mehnat hayoti hozirgi jamiyatda 30

50 yil davom etadi, shunga

koʻra inson bilan tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari ham uzoq davom etish xususiyatiga

egadir.

Toʻrtinchidan, odamlar koʻp hollarda korxona va tashkilotga ongli ravishda, oʻz

oldilariga muayyan maqsadlarni qoʻygan holda keladilar va tashkilotdan ana

-shu maqsadlarni

amalga oshirishga yordam berishni kutadilar. Xodimning korxona va tashkilot bilan oʻzaro

hamkorlikda ishlashdan qanoat hosil qilishi, bu hamkorlikni davom ettirishning muhim sharti
hisoblanadi, xuddi shuningdek, korxona ham bu hamkorlikdan qanoat hosil qiladi. Yuqorida

sanab oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga koʻra inson resurslarini boshqarish faoliyatning alohida
bir turidir, u maxsus vazifalarni bajarishni va mazkur faoliyat bilan shugʻullanadigan kishilarda
alohida sifatlarning boʻlishini talab qiladi.

Boshqaruv

jarayonning xususiyatlarini yaxshilash va natijalarga erishish uchun jarayon

ishtirokchilariga taʼsir koʻrsatish, rejalashtirish, prognozlash, tashkil etish, motivatsiya,
muvofiqlashtirish va nazorat qilishni oʻz ichiga oladi.

Boshqaruv

tanlash, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

Muassasa

ni boshqarish oʻz ichiga uch aspektni oladi:

1. “Kim kimni” boshqaradi? (institutsional aspekt). Bu aspekt

boshqarish masalalari

ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu

tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bogʻliq shaxslar va boshqa xodimlarni

aniqlaydi.

2. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va

boshqaruvchilarga “qanday” taʼsir koʻrsatadi

(funksional aspekt). Bu aspekt, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va
shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruvning funksiyalari va shuningdek, menejerlar

faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) koʻrib chiqish mumkin. Boshqa

tomondan,

menejerning boshqariluvchilarga taʼsir etish munosabatlari

xarakterlanadi.

3. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi?

(instrumental aspekt). Bu aspekt

menejerlar oʻz vazifalarini amalga

oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv

instrumentlari)ga taalluqli.

Strategiya

qadimgi yunoncha

στρατηγία

(starēgía) soʻzidan olingan, maʼnosi

qoʻmondonlik sanʼati. Uzoq muddatli, umumiy, batafsil boʻlmagan, reja qilib, harbiy ishlarda
inson faoliyatidan murakkab maqsadga erishish yoʻli.

Strategiyaning vazifasi

asosiy maqsadga erishish uchun mavjud resurslardan samarali

foydalanish.

Inson resurslarini boshqarish

turli xil operatsion vazifalar va majburiyatlarni bajarish

uchun inson resurslaridan, yaʼni ishchi kuchidan foydalanish jarayoni.

Inson resurslarini boshqarish

samarali ishchi kuchini jalb qilish, rivojlantirish va

qoʻllab

-quvvatlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar majmui.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

Taʼlimda inson resurslarini boshqarish —

maktab oʻz maqsadiga erishishi, belgilangan

rejalarni amalga oshirishi uchun maktabda oʻqituvchilar tarkibini birlashtirish va ushlab turish
amaliyoti va usullari toʻplami.

Taʼlimda inson resurslarini boshqarish —

maktab oʻqituvchilarining faoliyati va saʼy

-

harakatlarini ragʻbatlantirish hamda muvofiqlashtirish, ularning mehnatidan maksimal natijaga,
yaʼni taʼlim maqsadlariga erishish.

Xulosa. Inson resurslarini shakllantirish va rivojlantirish bugungi globallashuv davrida

ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Tadqiqot

shuni koʻrsatadiki, samarali boshqaruv strategiyalari inson kapitalidan oqilona foydalanishga,

kadrlar salohiyatini oshirishga va milliy taraqqiyot dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga

xizmat qiladi. Shu boisdan, boshqaruv jarayonida innovatsion yondashuvlarni qoʻllash, qayta
tayyorlash va malaka oshirish tizimlarini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish

mexanizmlarini takomillashtirish zaruriy hisoblanadi. Inson resurslarini strategik boshqarish
nafaqat mehnat unumdorligini oshirish, balki mamlakatning barqaror rivojlanishiga ham bevosita

taʼsir koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Human resources in education: development and utilization. Chinwe Edith Okafor.
International Journal of Novel Research in Humanity and Social Sciences. 2018. pp 238-
242.

2.

G.G. Vukovich. Upravleniye personalom: teoriya i metodika. Ekonomika. Professiya.

Biznes. 2019. № 4. s 21

-25.

3.

Tony Bush. Educational leadership and management: theory, policy, and practice. South
African Journal of Education. 2007. Vol 27(3) pp 391

406.

4.

M.Sharifxoʻjayev, Yo.Abdullayev. Menejment. Toshkent. “Oʻqituvchi” 2001. 73

-78 b.

5.

Djurayev R.X. Turgʻunov S.T. Taʼlim menejmenti. Toshkent. “VORIS

-

NASHRIYOT”,

2006.

6.

Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by
Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development
(IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence
in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456

6470 2021/

7.

Valiyeva F.R., Abdunazarova N. F, Zakirov A.A. The importance of ensuring the mental,
physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational
organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Turkish Online Journal of Qualitative
Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.

8.

Shirinov M.K. Taʼlim muassasalarini boshqarishda rahbarlik faoliyati (umumiy oʻrta taʼlim
maktablari misolida). Zamonaviy taʼlim/ Sovremennoye obrazovaniye 2015, 1. 13

-17 b.

9.

D.Rahmatullayev, M.Abdullayeva. Umumiy oʻrta taʼlim tizimini boshqarish. Toshkent –

2012. 6-9 b.

References

Human resources in education: development and utilization. Chinwe Edith Okafor. International Journal of Novel Research in Humanity and Social Sciences. 2018. pp 238-242.

G.G. Vukovich. Upravleniye personalom: teoriya i metodika. Ekonomika. Professiya. Biznes. 2019. № 4. s 21-25.

Tony Bush. Educational leadership and management: theory, policy, and practice. South African Journal of Education. 2007. Vol 27(3) pp 391–406.

M.Sharifxoʻjayev, Yo.Abdullayev. Menejment. Toshkent. “Oʻqituvchi” 2001. 73-78 b.

Djurayev R.X. Turgʻunov S.T. Taʼlim menejmenti. Toshkent. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006.

Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 – 6470 2021/

Valiyeva F.R., Abdunazarova N. F, Zakirov A.A. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.

Shirinov M.K. Taʼlim muassasalarini boshqarishda rahbarlik faoliyati (umumiy oʻrta taʼlim maktablari misolida). Zamonaviy taʼlim/ Sovremennoye obrazovaniye 2015, 1. 13-17 b.

D.Rahmatullayev, M.Abdullayeva. Umumiy oʻrta taʼlim tizimini boshqarish. Toshkent – 2012. 6-9 b.