ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
287
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA YURIDIK TA'LIMNI
MODERNIZATSIYA QILISH: LEGALTECH KOMPETENSIYALARINI
SHAKLLANTIRISH
Nargizaxon Majidova
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi
+99890-137-27-10
https://doi.org/10.5281/zenodo.17565800
Annotatsiya.
Bugungi XXI asr zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya
davri ekan, jamiyat barcha sohalarda yangi yondashuvlar va kompetensiyalarni talab qiladi.
Yuridik ta’lim ham ushbu jarayondan chetda qolmay, zamonaviy talablarga mos ravishda
modernizatsiya qilinishi zarur. Ushbu maqolada yuridik ta’limni raqamli transformatsiya
sharoitida takomillashtirish, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy
mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba
ham keng o‘rganilib, ushbu jarayonda qanday muammolar bo‘lishi mumkinligi va bularga
yechimlar taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari esa, yuridik fakultetlarda AI va LegalTech
kurslarini kengaytirish, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali bitiruvchilarda
raqamli savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
Yuridik ta’lim, raqamli transformatsiya, LegalTech, sun’iy intellekt,
raqamli kompetensiyalar, ta’lim modernizatsiyasi, xalqaro hamkorlik, AI/LegalTech kurslari,
elektron sud tizimi, zamonaviy texnologiyalar, Raqamli O‘zbekiston.
MODERNIZATION OF LEGAL EDUCATION IN THE CONTEXT OF DIGITAL
TRANSFORMATION: DEVELOPING LEGALTECH COMPETENCIES
Abstract.
In the 21st century, modern technologies and digital transformation shape
society and require new approaches and competencies across all sectors. Legal education is no
exception and must be modernized to meet contemporary demands. This article analyzes the
improvement of legal education under digital transformation, the development of LegalTech
competencies, and the organization of practical training. International experiences are also
examined, highlighting potential challenges and proposing solutions. The study results
demonstrate that expanding AI and LegalTech courses in law faculties and integrating
theoretical and practical knowledge can enhance digital literacy skills among graduates.
Keywords:
Legal education, digital transformation, LegalTech, artificial intelligence,
digital competencies, education modernization, international cooperation, AI/LegalTech
courses, electronic court system, modern technologies, Digital Uzbekistan.
МОДЕРНИЗАЦИЯ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ
ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ: ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ В
ОБЛАСТИ LEGALTECH
Аннотация.
XXI век характеризуется быстрым развитием современных
технологий и цифровой трансформацией, требующей новых подходов и компетенций во
всех сферах общества. Юридическое образование не является исключением и должно
модернизироваться в соответствии с современными требованиями.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
288
В статье анализируется совершенствование юридического образования в условиях
цифровой трансформации, формирование компетенций в области LegalTech и
организация практических занятий. Также рассматривается международный опыт,
выявляются возможные проблемы и предлагаются решения. Результаты исследования
показывают, что расширение курсов по AI и LegalTech в юридических факультетах и
интеграция теоретических и практических знаний способствует развитию цифровой
грамотности у выпускников.
Ключевые слова:
Юридическое образование, цифровая трансформация, LegalTech,
искусственный интеллект, цифровые компетенции, модернизация образования,
международное сотрудничество, курсы AI/LegalTech, электронная судебная система,
современные технологии, Цифровой Узбекистан.
Kirish
Bugungi kunda dunyo keng miqyosda raqamli transformatsiya jarayonini boshdan
kechirmoqda. Iqtisodiyotdan tortib ta’lim va sog‘liqni saqlashgacha, sud tizimidan tortib davlat
boshqaruvigacha bo‘lgan barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tub
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon jamiyatning barcha qatlamlariga ta’sir ko‘rsatib,
yangi kompetensiyalar va yondashuvlarni talab qilmoqda. Bu talablar esa albatta yuridik sohani
ham chetlab o‘tgani yo‘q. Endi huquqshunoslar nafaqat qonunlarni bilishlari, balki raqamli
muhitda ishlash, huquqiy axborotni tahlil qilish, LegalTech vositalarini qo‘llashni ham
o‘rganishlari zarur. Shu sababli, yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, ya’ni uni zamon talablari
asosida yangilash va raqamli kompetensiyalar bilan boyitish dolzarb masalaga aylandi.
Raqamli transformatsiya
bu — tashkilotlar va jamiyat sohalarida raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish orqali jarayonlarni, xizmatlarni va ish faoliyatini tubdan
o‘zgartirish jarayoni. Yuridik ta’lim nuqtai nazaridan raqamli transformatsiya bitiruvchilardan
nafaqat nazariy bilim, balki texnologik va amaliy kompetensiyalarni talab qiladi. Shu nuqtai
nazardan,
LegalTech
tushunchasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. LegalTech — bu yuridik
xizmatlarni ko‘rsatish va huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va
boshqarish uchun raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishdir.
Lekin shu bilan birga, yuridik ta’limda LegalTech bilim va ko‘nikmalari yetarlicha
rivojlanmagani, o‘quv dasturlarining zamonaviy talablar bilan mos kelmasligi asosiy ilmiy
muammo sifatida belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi — yuridik ta’limni raqamli transformatsiya
sharoitiga moslashtirish bo‘lib, uning asosiy vazifalari raqamli transformatsiyaning yuridik
ta’limga ta’sirini o‘rganish, LegalTech kompetensiyalarining mazmuni va ahamiyatini aniqlash,
mahalliy ta’lim tizimidagi mavjud bo‘shliqlarni tahlil qilish, xorijiy tajribalar bilan taqqoslash va
raqamli texnologiyalar asosida metodik takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Shu bois, mazkur
tadqiqot yuridik ta’limda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlarini ilmiy asosda
o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar
Sun’iy intellekt (SI)ning huquq sohasiga kirib kelishi yuridik ta’lim va amaliyot oldida
yangi masalalarni qo‘ymoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
289
Rustam Ruzievning “The Impact of Artificial Intelligence on the Formation and the
Development of the Law”
1
nomli maqolasida aynan shu o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Muallif
beshta asosiy muammoni ko‘rsatadi: algoritmik kamsitishlar, SI mahsulotlarining intellektual
mulk huquqi, javobgarlikni belgilash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va axloqiy masalalar.
Ruzievning fikricha, SI bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish nafaqat
qonunchilikni yangilashni, balki huquqshunoslarni zamonaviy kompetensiyalar bilan
ta’minlashni ham talab qiladi. Bu borada yuridik ta’limda ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli
intellektual mulk va LegalTech kompetensiyalariga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlarga to’xtaladigan bo‘lsak, Yuliya Kharitonova va Larisa
Sannikovaning “Digital Transformation of Legal Education”
2
nomli tadqiqoti yuridik ta’lim
tizimini raqamli transformatsiya sharoitida modernizatsiya qilish muammolarini o‘rganishga
bag‘ishlangan bo‘lib, aynan yuridik oliy ta’limda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va
LegalTech yo‘nalishlarini tatbiq etish masalasini ko‘rib chiqadi. Mualliflar shuni ta’kidlaydiki,
yuridik ta’limda “Digital Competence of Lawyers” shakllantirish uchun maxsus ramka — turli
ta’lim darajalari (bakalavriyat, magistratura) va huquqiy soha yo‘nalishlari bo‘yicha zarur
raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish talab etiladi. Maqolada, misol uchun, blokcheyn,
kriptoaktivlar, smart-kontraktlar va elektron huquqiy xizmatlar kabi yangi texnologiyalar
huquqshunoslar faoliyatida muhim o‘rin olishi ta’kidlanadi, va shu bois ularni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Ushbu tadqiqot yuridik ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini o‘rganishga
bag‘ishlanib, uning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Tadqiqot metodologiyasi asosan ikki yo‘nalishga tayanadi: nazariy tahlil va amaliy-
analitik yondashuv.
Nazariy tahlil jarayonida yuridik ta’limda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish
masalasiga oid ilmiy maqolalar, monografiyalar, xalqaro tashkilotlar (UNESCO) hisobotlari
hamda global ekspertlarning qarashlari tahlil qilindi. Ushbu tahlil orqali huquqiy ta’limda
LegalTech yechimlaridan foydalanishning nazariy modellariga ilmiy yondashuv shakllantirildi.
Amaliy-analitik bosqichda ochiq ma’lumotlar va real tajribalar asosida O‘zbekiston va
xorijiy ta’lim muassasalarida yuridik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya
qilish holati o‘rganildi. Taqqoslash metodi orqali rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or tajribalar
bilan solishtirish olib borildi. Bundan tashqari, yuridik ta’limga doir davlat ta’lim standartlari,
o‘quv rejalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar kontent-analiz asosida ko‘rib chiqildi. Tadqiqotning
obyekti — O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda yuridik ta’limni zamonaviylashtirishda raqamli
texnologiyalar va LegalTech vositalaridan foydalanish amaliyoti bo‘lsa, predmeti — huquqiy
ta’lim jarayonida raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari hamda
o‘quv dasturlariga LegalTech yechimlarini kiritish mexanizmlaridir.
1
Ruziyev.R.J.
The Impact of Artificial Intelligence on the Formation and the Development of the Law
//Material of
international
conference.
—
Тashkent:
Tashkent
State
University
of
Law,
2023.
23-25-b
https://tsul.uz/media/jmnnkrxfbf06_11_12_23_10.pdf
2
Yuliya Kharitonova, Larisa Sannikova. Digital Transformation of Legal Education //
Medicine, Law & Society
. —
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
290
Mazkur tadqiqot ishi nima uchun yuridik ta’limni modernizatsiya qilish zarurligini ochib
beradi va bunga doir yechimlarni ilgari suradi.
Tadqiqot natijalari va tahlili
So‘nggi yillarda jahon miqyosida yuridik ta’lim tizimi intensiv raqamli transformatsiya
jarayonini boshdan kechirmoqda. Bunda sud-huquq tizimi, advokatura sohasi va davlat-huquqiy
xizmatlarida LegalTech vositalarining qo‘llanilishi huquqshunoslar uchun yangi kasbiy
kompetensiyalarni talab qilmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuridik ta’limni
modernizatsiya qilishda raqamli huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish — dolzarb ehtiyojga
aylangan.
Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatlar ham bu borada tegishli siyosiy yo‘nalishlar belgilanganligini tasdiqlaydi.
Xususan, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son Farmonda ilgari surilgan “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli yondashuvlarni
integratsiya qilish ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan. Bu esa yuridik ta’limda ham raqamli
kompetensiyalarni shakllantirish uchun islohotlar zarurligidan dalolat beradi. Ushbu strategiya
doirasida amalga oshirilgan raqamli transformatsiya yutuqlari yuridik ta’limni modernizatsiya
qilish va LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki
3
:
1.
Oliy ta’lim muassasalarini raqamlashtirish:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan hujjatlarni qog‘oz shaklidan voz kechish va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish
axborot tizimini joriy etish orqali ta’lim muassasalari faoliyati avtomatlashtirilgan va boshqaruv
samaradorligi sezilarli darajada oshirilgan. Bu esa talabalarning texnologik ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun qulay infratuzilma yaratadi.
2.
Innovatsion
texnologiyalarni
joriy
etish:
Sun’iy intellekt va blokcheyn
texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha Prezident qarorlari yuridik ta’limda innovatsion
yondashuvlarni integratsiya qilish imkoniyatini kengaytiradi. Bu, jumladan, interaktiv o‘quv
modullari va LegalTech vositalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
3.
Raqamli savodxonlik va malaka oshirish:
Oliy ta’lim va xalq ta’limi tizimida talabalar
va o‘qituvchilarni raqamli savodxonlik bo‘yicha tayyorlash, treninglar va yangi o‘quv
dasturlarini joriy etish orqali ularning zamonaviy yuridik amaliyotga tayyorgarligi
kuchaymoqda.
4.
Elektron xizmatlar va infratuzilma:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, IT
Parklar va “ENTERPRISE UZBEKISTAN” xalqaro markazi kabi loyihalar raqamli
texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va talabalarni real tizimlar bilan tanishtirish imkonini
beradi.
3
O‘zbekistonda raqamli transformatsiya: kelajakni istiqbollari 06.04.2024 Islambek Rustambekov
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yu.f.d., professor
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-
transformatsiya-kelajakni-istiqbollari
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
291
Shu tarzda, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya bo‘yicha amalga oshirilgan chora-
tadbirlari yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, bitiruvchilarda zamonaviy LegalTech
ko‘nikmalarini shakllantirish va oliy ta’limning boshqaruv tizimini avtomatlashtirish
yo‘nalishida aniq natijalarni ko‘rsatmoqda.
Amerika Yuristlar Assotsiatsiyasi (ABA) va ABA Sun’iy Intellekt va Yuridik Ta’lim
bo‘yicha Ishchi Guruhi tomonidan e’lon qilingan Sun’iy Intellekt va Yuridik Ta’lim
so‘rovnomasiga ko‘ra
4
, yuridik maktablar o‘z o‘quv dasturlariga sun’iy intellektni tobora
ko‘proq kiritmoqda. So‘rovnoma natijalari yuridik ta’limda AI va LegalTech kurslarini
integratsiyalash jarayonining tez sur’atda rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda. 2025-yil holatiga
ko‘ra, yuridik fakultetlarning taxminan 55% da AI/LegalTech kurslari mavjud, bu esa
diagrammada ko‘rsatilganidek, talabalar uchun sun’iy intellekt va yuridik texnologiyalar
bo‘yicha maxsus ta’lim imkoniyatlari mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga, 45% fakultetlarda
bunday kurslar mavjud emas, bu esa yuridik ta’lim tizimida hali ham raqamli transformatsiya
bo‘yicha izlanish va rivojlanish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Global Legal Technology
(LegalTech) bozori 2022-yilda 24,62 milliard AQSh dollariga baholangan bo‘lib, 2032-yilga
kelib 56,70 milliard dollarga yetishi kutilmoqda, bu esa yillik o‘rtacha 8,7% o‘sish sur’ati
(CAGR)
5
bilan o‘sishni anglatadi. Ushbu o‘sish global miqyosda yuridik xizmatlar va huquqiy
texnologiyalarga bo‘lgan
talabning
keskin ortishini aks ettiradi. Ushbu jadal o‘sish LegalTech
sohasidagi innovatsiyalar va raqamli transformatsiyaning yuridik amaliyot va ta’lim tizimiga
bevosita ta’sir qilayotganini ko‘rsatadi.
4
Survey Suggests Trend Toward Use of AI in Legal Education
intelligence/2024-ai-legal-ed-survey.pdf
5
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
292
Global LegalTech bozorining tez o‘sishi va yuridik fakultetlarda AI/LegalTech
kurslarining tarqalishi bilan birga, amaliyotda ham yuristlar texnologiyaga katta e’tibor
bermoqda. 2025-yilgi ABA so‘roviga ko‘ra
6
, firmalarning 73 % i bulutga asoslangan huquqiy
vositalardan foydalanmoqda — bu hujjat boshqaruvi va amaliyot boshqaruvi dasturlarida
ayniqsa keng tarqalganlikni ko‘rsatadi.
So‘rovnomalarga muvofiq, taxminan 35 % yuristlar yoki huquqiy firmalar sun’iy
intellektga asoslangan huquqiy tahlil platformalaridan ma’lum darajada foydalanmoqda. Bu
raqamlar yuridik ta’lim va real amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yanada kuchaytiradi:
fakultetlarda AI / LegalTech kurslari joriy qilinganda, talabalar kelajakda bulutli vositalar va AI
tahlil platformalariga tayyor holda kirib, amaliyotda texnologiyani tezroq qabul qiladigan
yuristlar bo‘lish ehtimoli yuqori.
Raqamli transformatsiya nafaqat o‘quv jarayonini, balki yuridik amaliyotni ham tubdan
o‘zgartirmoqda. Fakultetlarda AI va LegalTech kurslarini joriy etish orqali talabalar kelajakda
texnologik jihatdan tayyor bo‘lishadi, bu esa ish bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Global LegalTech bozorining jadal o‘sishi va yuristlarning texnologiyalarga yuqori qabul
qilish darajasi (73 % bulutli vositalar, 35 % AI tahlil platformalari) ta’lim tizimi uchun yangi
standartlarni belgilaydi: o‘quv dasturlari nafaqat nazariy bilim, balki real amaliyotga
tayyorlovchi ko‘nikmalarni ham egallashi lozim.
Raqamli
O‘zbekiston–2030 strategiyasi doirasida davlat darajasida qo‘llab-
quvvatlanayotgan infratuzilma va innovatsion yondashuvlar, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi
integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.
6
ABA releases new survey on legal tech trends
https://www.americanbar.org/news/abanews/aba-news-
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
293
Bu esa milliy va global tendensiyalarni uyg‘unlashtirish, yuridik ta’limni zamonaviy ish
sharoitlariga moslashtirish va bitiruvchilarni texnologik jihatdan tayyorlash imkonini beradi.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya va LegalTech kompetensiyalarini
shakllantirish strategik yo‘nalish sifatida nafaqat talabalar va o‘qituvchilar, balki butun yuridik
ekotizim uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning raqamli transformatsiya bo‘yicha
amalga oshirilgan chora-tadbirlari, global bozor o‘sishi va yuristlarning texnologiyalarga faol
qabul qilishi, yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, LegalTech ko‘nikmalarini shakllantirish va
oliy ta’limning boshqaruv tizimini avtomatlashtirishda aniq natijalarni ko‘rsatmoqda.
Fakultetlarda AI/LegalTech kurslarini kengaytirish orqali talabalar kelajakda zamonaviy
huquqiy amaliyotga tayyor, texnologiyani samarali qo‘llay oladigan yuristlar bo‘lib yetishadi.
Shu bilan birga, Raqamli O‘zbekiston–2030 strategiyasi doirasidagi davlat darajasidagi qo‘llab-
quvvatlash milliy va global tendensiyalarni uyg‘unlashtiradi va yuridik sohada raqamli
transformatsiyaning strategik ahamiyatini mustahkamlaydi.
Muhokama
Raqamli transformatsiya yuridik ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirmoqda va bu jarayonda
LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish markaziy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Tadqiqot
natijalari ko‘rsatadiki, yuridik fakultetlarda AI va LegalTech kurslarining joriy etilishi nafaqat
talabalarning texnologik savodxonligini oshiradi, balki ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga
tayyorlaydi. Ushbu tendensiyani nazariy va amaliy jihatlar bilan tushuntirish mumkin.
1.
Yuridik ta’lim va raqamli transformatsiya: nazariy kontekst
Modern yuridik ta’lim tizimi, Anderson (2020)
7
nazariyasiga ko‘ra, nafaqat nazariy
bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Raqamli transformatsiya
sharoitida yuridik fakultetlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
Talabalarga sun’iy intellekt va LegalTech vositalari yordamida huquqiy muammolarni
tahlil qilish ko‘nikmalarini berish
Sud va advokatura amaliyotida tez-tez uchraydigan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan
tizimlarda boshqarish va tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish
Yuridik jarayonlarni raqamli platformalar orqali samarali boshqarish bo‘yicha
kompetensiyalarni rivojlantirish
Bu vazifalar
kompetensiya yondashuvi
(competency-based approach)
8
tamoyili bilan
uyg‘unlashadi, ya’ni ta’limning natijasi — talabalar tomonidan amalda qo‘llanadigan
ko‘nikmalar va kompetensiyalar sifatida o‘lchanadi.
Natijalarni nazariy tahlil qilish
Natijalar shuni ko‘rsatadiki: yuridik fakultetlarning 55 % da AI/LegalTech kurslari
mavjud, 45 % da esa yo‘q. Bu raqamlar raqamli transformatsiya jarayonida hali ham mavjud
bo‘lgan bo‘shliq va rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
7
Anderson, T. (2020). Learning in the Digital Age
8
Kulik, A.A., Lazareva, P.V., Ippolitova, N.V., Egorova, A.E., Nedorezova, O.Yu. (2020). Competency-based
approach and competencies in higher education: a theoretical review. Page-3
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
294
Nazariy jihatdan, bu o‘quv dasturlarining diffuziya modeli (diffusion of innovation,
Rogers, 2003) orqali texnologiyalarni qabul qilish jarayonining turli bosqichlarini aks ettiradi.
Shu bilan birga, global LegalTech bozorining 24,62 milliard dollardan 56,7 milliard
dollarga o‘sishi, yillik 8,7 % CAGR bilan rivojlanishi ta’lim tizimiga yangi standartlar qo‘yadi.
Bu talab va taklif nazariyasi (supply and demand theory)
9
bilan izohlanadi: yuridik ta’lim
bozorida talab ortishi, raqamli kompetensiyalarni shakllantirishni majburiy qiladi.
Xalqaro tajriba
AQSh:
Harvard va Stanford universitetlarida “Law & Technology”
10
va “Cyberlaw”
dasturlari ishlab chiqilgan. Talabalar huquq sohasida sun’iy intellekt, big data va onlayn huquqiy
xizmatlar bilan ishlashni o‘rganadilar. Bu yondashuv global yuridik amaliyotda talab qilinadigan
kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi va O‘zbekiston kabi mamlakatlarda ta’lim
dasturlarini modernizatsiya qilish uchun namuna bo‘la oladi.
Buyuk Britaniya:
LegalTech startaplari, masalan, Luminance va Ravn Systems, yuridik
hujjatlarni avtomatik tahlil qilishda qo‘llanadi. Natijada yuridik xizmatlar ko‘rsatish tezligi 40 %
gacha oshgan. Bu esa talabalarga amaliyotga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni o‘rgatish va
fakultetlarda AI/LegalTech integratsiyasini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Estoniya:
Butun sud tizimi to‘liq raqamlashtirilgan; 95 % hujjatlar onlayn tarzda
yuritiladi. Sud qarorlari, arizalar va apellyatsiyalar maxsus platforma orqali yuboriladi. Estoniya
“raqamli davlat” modeli bilan tanilgan bo‘lib, talabalarga raqamli sud tizimi sharoitida ishlash
bo‘yicha amaliy tajriba beradi.
11
Singapur:
“TechLaw Fest”
12
nomli yirik xalqaro forum har yili o‘tkaziladi, unda
dunyoning eng yirik yuridik kompaniyalari LegalTech innovatsiyalarini taqdim etadi. Sudlarda
“e-litigation” tizimi to‘liq joriy qilingan. Bu tajriba yuridik ta’limda innovatsion o‘quv
metodlarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Xitoy:
2017-yildan boshlab “Internet Courts”
13
tizimi joriy etilgan. Pekin, Guanchjou va
Xanchjou shaharlaridagi sudlarda ishlarning 95 % dan ortig‘i raqamli shaklda ko‘riladi, sudyalar
sun’iy intellekt yordamida hujjatlarni tahlil qiladi. Shuningdek, Xitoy universitetlarida, xususan
Pekin universiteti yuridik fakultetida “Legal Informatics” va “AI in Law” fanlari o‘qitiladi.
2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 200 dan ortiq LegalTech kompaniyasi faoliyat
yuritmoqda (Legal Miner, BestOne AI va boshqalar).
Xalqaro tajriba tahlili:
Ushbu tajribalar O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun quyidagi xulosalarni beradi:
Talabalar amaliyotga tayyor bo‘lishi:
AI va LegalTech kompetensiyalari nafaqat
nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
9
Law of Supply and Demand in Economics: How It Works
June
17,
2025
https://www.investopedia.com/terms/l/law-of-supply-
demand.asp#:~:text=The%20law%20of%20demand%20holds,ones%20tend%20to%20diminish%20it.
https://hls.harvard.edu/academics/programs-of-study/law-science-and-technology-program-of-study/
11
https://sal.org.sg/articles/welcome-remarks-by-the-honourable-justice-aidan-xu-at-techlaw-fest-2025
13
https://english.court.gov.cn/2021-04/20/c_768157.htm
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
295
Raqamli sud tizimi:
Estoniya va Xitoy tajribasi raqamli sud tizimlariga tayyor
mutaxassislarni tayyorlash zarurligini ko‘rsatadi.
Innovatsion metodologiyalarni integratsiya qilish:
Singapur va AQSh tajribasi yuridik
ta’limda interaktiv modul, laboratoriya va startap bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali
samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Global talab va kompetensiya uyg‘unligi:
Buyuk Britaniya va Xitoy tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, yuridik xizmatlar tezligi va sifati AI va LegalTech vositalarini o‘zlashtirgan
mutaxassislar soniga bog‘liq.
Muhokama shuni ko‘rsatadiki, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish yuridik
ta’limning samaradorligini oshiradi, bitiruvchilarning ish bozorida raqobatbardoshligini
kuchaytiradi va yuridik xizmatlar sifatini yaxshilaydi. Strategik nuqtai nazardan, “Raqamli
O‘zbekiston–2030” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma va elektron xizmatlar
talabalarga real ish sharoitlarini oldindan sinab ko‘rish imkonini beradi, bu esa ta’lim va
amaliyotni uyg‘unlashtiradi.
Xulosa
Ushbu tadqiqot yuridik ta’limni raqamli transformatsiya sharoitida modernizatsiya qilish
va LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish masalasini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tahlil
qildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, global va mahalliy miqyosda yuridik ta’lim tizimi
jadal raqamlashtirish jarayonidan o‘tmoqda, bu esa yangi texnologik va kasbiy
kompetensiyalarni talab qiladi.
Aniqlangan asosiy muammolar: yuridik fakultetlarning barcha o‘quv dasturlarida AI va
LegalTech kurslari yetarlicha joriy etilmaganligi, o‘quv dasturlari va amaliyot o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlikning zaifligi, shuningdek, raqamli kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha metodik
va infratuzilma resurslarining cheklanganligi.
Xorijiy tajribalar (AQSh, Buyuk Britaniya, Estoniya, Singapur, Xitoy) shuni ko‘rsatadiki,
yuridik ta’limni muvaffaqiyatli modernizatsiya qilish uchun AI va LegalTech kurslarini
fakultetlarda keng joriy etish, raqamli sud tizimi va elektron platformalarda amaliy
mashg‘ulotlarni tashkil qilish, shuningdek, startaplar va xalqaro laboratoriyalar bilan
hamkorlikni kuchaytirish samarali hisoblanadi.
Takliflar:
Raqamli kompetensiyalar sertifikatsiyasi
: Huquqshunoslar uchun doimiy “Raqamli
kompetensiyalar sertifikatsiyasi” tizimini joriy etish, bu ularning malakasini xalqaro
standartlarga mos ravishda oshirishga va bitiruvchilarni ish bozorida raqobatbardosh qilishga
xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik:
Talabalarni xorijiy sud tizimi, LegalTech kompaniyalari va xalqaro
laboratoriyalar bilan hamkorlikda amaliyotga yo‘naltirish, global tajribani milliy ta’lim tizimiga
integratsiya qilish. Bu yondashuv talabalarning texnologik, strategik va etika jihatdan tayyor
bo‘lishini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, raqamli transformatsiya va LegalTech kompetensiyalarini
shakllantirish strategik yo‘nalish sifatida yuridik ta’lim tizimi va butun yuridik tizimning
samaradorligini oshiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
296
Fakultetlarda AI/LegalTech kurslarini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish
orqali bitiruvchilar real ish sharoitlariga tayyor, texnologiyani samarali qo‘llay oladigan yuristlar
sifatida yetishadi.
Hozirgi XXI asrda shuni unutmaslik kerakki, zamonaviy yurist texnologiyalarni
tushunadigan, sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazalari va onlayn huquqiy tizimlardan foydalana
oladigan mutaxassis bo‘lishi lozim. Bu esa albatta, huquqiy tizimni yanada shaffof, tezkor va
samarali qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyot va manbalar:
1.
Pokhariyal, P.
(2023).
Legal
Tech Education
in Digital Age:
Prospects
and Challenges
.Uzbek Journal of Law and Digital Policy
2.
Yuliya Kharitonova , Larisa Sannikova. Digital Transformation Of Legal Education
https://doi.org/10.18690/mls.15.1.47-72.2022
3.
Xoliqulovna J.H. The Technology of Developing Legal Competence of Students in the
Process
of
Teaching
Law
//
E-International
Journal
of
Pedagogy
.—
file:///C:/Users/user/Downloads/10_45-
47_EIJP_The+Technology+of+Developing%20(1).pdf
4.
Islambek Rustambekov. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya: kelajakni istiqbollari.
2024
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-transformatsiya-kelajakni-istiqbollari
5.
Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son
https://lex.uz/ru/docs/-5030957
6.
Survey
Suggests
Trend
Toward
Use
of
AI
in
Legal
Education
7.
ABA
releases
new
survey
on
legal
tech
trends
https://www.americanbar.org/news/abanews/aba-news-archives/2025/03/aba-survey-on-
legal-tech-trends/
8.
Kulik, A.A., Lazareva, P.V., Ippolitova, N.V., Egorova, A.E., Nedorezova, O.Yu. (2020).
Competency-based approach and competencies in higher education: a theoretical review.
Page-3
https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1271649.pdf
9.
Law of Supply and Demand in Economics: How It Works
2025
https://www.investopedia.com/terms/l/law-of-
supplydemand.asp#:~:text=The%20law%20of%20demand%20holds,ones%20tend%20to
%20diminish%20it.
10.
Law,
Science,
and
Technology
Program
of
Study
https://hls.harvard.edu/academics/programs-of-study/law-science-and-technology-
program-of-study/
11.
TechLaw
.
Fest
2025
https://sal.org.sg/articles/welcome-remarks-by-the-honourable-
justice-aidan-xu-at-techlaw-fest-2025
