TABIAT BOG‘LARINING MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIKDAGI HUQUQIY HOLATI

Annotasiya

Mazkur tezisda tabiat bog‘larining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi, vazifalari va boshqaruv tartibi yoritilgan. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik qonunchiligida tabiat bog‘lariga oid normalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularni boshqarish va muhofaza qilishdagi amaliy muammolar koʻrib chiqiladi. Tezisda xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi baholanadi va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan takliflar beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shopoʻlatova, G. . (2025). TABIAT BOG‘LARINING MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIKDAGI HUQUQIY HOLATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 62–65. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139054
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda tabiat bog‘larining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi, vazifalari va boshqaruv tartibi yoritilgan. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik qonunchiligida tabiat bog‘lariga oid normalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularni boshqarish va muhofaza qilishdagi amaliy muammolar koʻrib chiqiladi. Tezisda xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi baholanadi va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan takliflar beriladi.


background image


Noyabr, 2025-Yil

62

TABIAT BOG‘LARINING MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIKDAGI HUQUQIY

HOLATI

Shopoʻlatova Gulnora Otabek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi.

E-mail:

shopolatovagulnora@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17569276

Annotatsiya.

Mazkur tezisda tabiat bog‘larining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi,

vazifalari va boshqaruv tartibi yoritilgan. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik
qonunchiligida tabiat bog‘lariga oid normalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularni boshqarish va
muhofaza qilishdagi amaliy muammolar koʻrib chiqiladi. Tezisda xorijiy davlatlar tajribasi bilan
solishtirma tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari
suriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida mavjud huquqiy mexanizmlarning
samaradorligi baholanadi va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan takliflar beriladi.

Kalit soʻzlar:

Tabiat bog’lari, ekologik qonunchilik, tabiat bog’larini boshqarish, tabiat

bog’larini muhofaza qilish, amaliy muammolar.

THE LEGAL STATUS OF NATIONAL PARKS

Abstract.

This thesis explores the legal status of national parks, including their

establishment, functions, and management procedures. The research analyzes the legal norms
related to national parks under the environmental legislation of the Republic of Uzbekistan.
Additionally, the study examines practical challenges in the governance and protection of these
parks. A comparative analysis is conducted using the experience of foreign countries, and
proposals for improving national legislation are presented. Based on the analysis of legal and
regulatory documents, the effectiveness of existing legal mechanisms is evaluated, and practical
recommendations are offered to address existing issues.

Keywords:

national parks, environmental legislation, management of national parks,

protection of national parks, practical challenges.

Kirish:

Tabiatni muhofaza qilish bugungi kundagi global darajadagi hamda dolzarb

muammolardan biridir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 20-
dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan murojatnomasining 71-maqsadi “Bialogok xilma-xillik
ishonchli saqlanishini ta’nimlash. Bu maqsad asosida 2030 yilgacha Muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlarni 12 foizgacha kengaytirish, 2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar
oʻsimliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish”

1

belgilangan.

Tabiat bog’lari maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimining muhim boʻg’ini.
Tabiat bog’lari ekologik muvozanatni saqlash, bialogik xilma-xillikni muhofaza qilish va

aholiga sog’lom rekreatsiya hududlarini yaratishda oʻrni muhim.

Oʻzbekiston Respublikasi Muhofaza etiladigan tabiiiy hududlar toʻg’risidagi qonunida

tabiat bog’lari ekologik, ilmiy, estetik, madaniy va sog’lomlashtirish maqsadlarida tashkil etildi.

Shu bilan birga tabiat bog’larining huquqiy maqomi, boshqaruv tizimi va amalda yuzaga

kelayotgan muammolarni tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

1

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son


background image


Noyabr, 2025-Yil

63

Mazkur tezisda Oʻzbekiston respublikasida tabiat bog’larining huquqiy maqomini tahlil

qilish, ularni tashkil etish, boshqaruv tizimi va mavjud normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

Shuningdek milliy qonunchilikni xorijiy tajriba bilan taqqoslab oʻrganilib mavjud

muammilar yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Asosiy qism:

Tabiat bog’lari-bu alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy

obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda
saqlab qolish va foydalanish uchun moʻljallangan hududlar.

Tabiat bog’lari tabiatni muhofaza qilish uchun moʻljallangan yerlarning bir toifasi boʻlib,

tabiat bog’larini tashkil etish, hududini ajratish va ularning huquqiy rejimlarini belgilash qonunda
oʻz aksini topgan.

Tabiat bog’larini tashkil etish Oʻzbekiston respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

taqdimnomasiga asosan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va mahalliy
davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida
tashkil etiladi. Jumladan: “Orolqum”, “Pop’’, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotog”

2

milliy tabiat bog’lari tashkil etilgan.

Tabiat bog’lari milliy tabiat bog’lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog’lariga

ajratish mumkin. Milliy tabiat bog’lari Vazirlar mahkamasining qarori asosida, mahalliy
ahamiyatga molik tabiat bog’lari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori asosida tashkil
etiladi. Milliy tabiat bog’larini moliyalashtirish Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi orqali davlat
byudjeti mablag’lari, jamg’arma mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

3

Tabiat bog’lari zonalari qaysi davlat organining tasarrufida boʻlsa, ularning oʻlchamlari va

chegaralarini oʻzgartirish davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini hisobga olgan holda shu davlat
organi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi tabiat bog’larini tashkil etish, muhofaza qilish, va undan

foydalanish sohasida davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati
organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tabiat bog’larining toifasi boshqa toifaga oʻzgartiriladigan boʻlsa bu boshqa toifada

sifatida qayta tashkil etilishi mumkin. Tabiat bog’larini tugatish qancha muddatga tuzilgan boʻlsa
muddat tugashi bilan, shuningdek tabiiy ofatlar va texnogen tasirlar oqibatida tabiat bog’larigadi
obyektlar va majmualar oʻz ahamiyatini yoʻqotsa tugatiladi.

Tabiat bog’larining ham kadastri yuritiladi va bu hududning toifasi, jug’rofiy holati,

miqdor va sifat xususiyati, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, marifiy jihatlari, shuningdek yer egasi va
yerdan foydalanuvchilar, tabiat bog’larining ijarachilari va mulkdorlari haqida malumotlarni
qamrab oladi.

Tabiat bog’larining davlat kadastr tabiat bog’larining rejimini taminlash, ilmiy tadqiqot

oʻtkazish, ishlab chiqarish kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirish maqsadida
yuritiladi.

2

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son

3

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son


background image


Noyabr, 2025-Yil

64

Tabiat bog’larining kadastlari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan Oʻzbekiston

Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.

Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufidagi tabiat bog’lari boʻyicha

passport tuzadilar, unda hududni, uning rejimi va boshqaruvi toʻg’risidagi malumotlar mavjud
boʻladi.

Tabiat bog’lari pasportlari hisobi reystrda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda
yuritiladi va mazkur qoʻmitaning rasmiy veb–saytida joylashtiriladi.

Tabiat bog’lari pasporti ushbu tabiat bog’i tegishli boʻlgan davlat organlari, yuridik va

jismoniy shaxslarda saqlanadi, bu pasportning nusxasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va
atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga beriladi. Pasportga:

muhofaza etiladigan tabiiy hududni qayta tuzish toʻgʻrisidagi hujjat (qaror);
unda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarning asosiy turlari

fotosuratlari;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi doirasida yer

uchastkalarining chegaralari chizilgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza
zonasi xaritasi ilova qilinadi.

Zaruriyat boʻlganda muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga pasportda

koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (materiallar) ilova qilinadi.

4

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bir toifasi sifatifa tabiat bog’larining ham

boshqarish rejalari tuziladi, unda hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni
muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish
yoʻnalishidagi, texnikaviy tadbirlar majmuasidir.

Tabiat bog’larini boshqarish rejalari ham davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Davlat ekologiya ekspertizasini oʻtkazish tartibi “Tabiatni muhofaza qilish toʻg’risidagi

qonun”

5

da belgilangan. Mazkur qonunga koʻra davlat ekologiya ekspertizasi xoʻjalik qarori qabul

qilinishidan oldin oʻtkazilishi shart boʻlgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri.

Tabiat bog’larini qoʻriqlash qoʻriqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va amalga

oshiriladigan qoʻriqlov ishlari maxsus nizomda belgilangan. Qoʻriqlov xodimlari ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarida mavjud boʻlgan barcha huquqlari va
imtiyozlaridan foydalanadi.

Tabiat bog’laridan foydalanishda amaliyotda bir qancha muammolar ham uchrab turadi.
Misol uchun: Resurs yetishmovchiligi, bu yetarli moliyaviy mablag’, zamonaviy

texnalogiya, uskunalar yetishmasligi va malakali kadrlarning kamligi. Natijada ish jarayoni
sekinlashib, sifat pasayadi, rejalashtirilgan natijalarga erishish qiyinlashadi.

Noqonuniy va ruhsatsiz foydalanish resusrslar va malumotlarning notoʻg’ri foydalanilishi

bilan bog’liq muammo.

Nazorat va monitoringning yaxshi amalga oshirilmasligi malumotlarning sayozligi va

eskirgan monitoring tizimlari tufayli yuzaga keladi.

4

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son

5

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son


background image


Noyabr, 2025-Yil

65

Tabiat bog’lari institutini oʻrganar ekanmiz xorijiy davlat qonunchiligi taqqoslab oʻrganish

maqsadga muvofiq. Xususan Roosiya Federatsiyasi “Maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlar toʻg’risida”gi federal qonunida Milliy bog’lar-tabiiy landshaftlarni, biologik xilma-
xillikni va ekologik tizimlarni saqlash, shuningdek, fuqarolarga dam olish va rekreatsion faoliyatni
tashkil etish maqsadida maxsus muhofaza qilinadigan hududlardir degan aniq ta’rif mavjud.

Bizning qonunda ham mavjud lekin amalda cheklangan.
Boshqaruv tizimi Rossiya Federtsiyasida federal xizmat mavjud Federal xizmat –

Rosprirodnadzor Toʻliq nomi: Rossiya Federatsiyasining Tabiatni muhofaza qilish va ekologik
nazorat Federal xizmati (Rosprirodnadzor). Bizda esa Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Rekreatsiya maqsadi Rossiya Federatsiyasi maxsus tartibda, bizda esa nazorat zaif,

cheklangan holda amalga oshiriladi.

Tabiat bog’larining yuridik maqomi Rossiya Federatsiyasida toʻliq mustaqil maqomda,

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻg’risida”gi qonunda tabiat bog’larining yuridik maqomi
aniq emas, boshqa toifalar bilan chalkashadi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda tabiat bog’lari o’zida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga molik

obyetlardan foydalanish va muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat
hokimiyati organi qarori bilan tashkil etiladigan yerlar. Tabiat bog’larining o’zining foydalanish
maqsadi mavjud. Tabiat bog’larini tashkil etish, ularni boshqarish Vazirlar Mahkamasi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tabiat bog’larini qo’riqlov xodimlari muhofaza qilishadi. Qonunchilik hujjatlarida

belgilangan tartibda amalga oshiriladi va davlat tomonidan nazorat ham tashkil etilgan. Chunki
tabiat bog’lari boshqa muhofaza etiladigan hudududlar singari davlat mulki. Tabiat bog’laridan
nomuvofiq foydalanish bo’yicha tegishli javobgarlik belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son

2.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son.

3.

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son

4.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son

5.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son

6.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Oliy

Kengashining

Axborotnomasi,

30.08.2024-y.,

03/24/951/0673-son

Bibliografik manbalar

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son.

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son