MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA UNI UMUMIY PEDAGOGIKAGA YO‘NALTIRISH

Аннотация

Mazkur maqolada masofaviy ta’limning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, uni samarali tashkil etishning didaktik va metodik asoslari hamda masofaviy o‘qitish jarayonini umumiy pedagogika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari va masofaviy ta’limning uslubiy asoslari keng yoritilgan, masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonining metodik asoslari, uning zamonaviy pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unligi hamda umumiy pedagogika tizimiga integratsiyalashuv masalalari tahlil etiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nuraliyeva, D., & Rahimova , D. . (2025). MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA UNI UMUMIY PEDAGOGIKAGA YO‘NALTIRISH. Современная наука и исследования, 4(11), 75–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139079
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada masofaviy ta’limning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, uni samarali tashkil etishning didaktik va metodik asoslari hamda masofaviy o‘qitish jarayonini umumiy pedagogika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari va masofaviy ta’limning uslubiy asoslari keng yoritilgan, masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonining metodik asoslari, uning zamonaviy pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unligi hamda umumiy pedagogika tizimiga integratsiyalashuv masalalari tahlil etiladi.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

75

MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA UNI UMUMIY PEDAGOGIKAGA

YO‘NALTIRISH

Nuraliyeva Dilshoda Yo’lchiboy qizi

University of Business and Science

Pedagogika va Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.

nuraliyeva0097@gmail.com

+99890-693-00-97

Rahimova Dildoraxon Ulugʻbek qizi

University of Business and Science universiteti.

“Maktabgacha va maktab taʼlimi fakulteti”

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17571727

Annotatsiya.

Mazkur maqolada masofaviy ta’limning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari,

uni samarali tashkil etishning didaktik va metodik asoslari hamda masofaviy o‘qitish jarayonini
umumiy pedagogika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari va masofaviy ta’limning uslubiy
asoslari keng yoritilgan, masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonining metodik asoslari, uning
zamonaviy pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unligi hamda umumiy pedagogika tizimiga
integratsiyalashuv masalalari tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Masofadan o‘qitish, masofaviy ta’lim, masofaiy ta’lim texnologiyasi,

Masofaviy ta’lim elementlari, model, konferensiyalar va komponentalar, masofaviy ta’lim,
pedagogika, innovatsion ta’lim, raqamli kompetensiya,

Аннотация.

В статье подробно рассматриваются становление дистанционного

образования, этапы его развития, дидактические и методические основы его
эффективной организации, а также пути гармонизации процесса дистанционного
обучения с общепедагогическими принципами и методологическими основами
дистанционного образования. Анализируются методологические основы организации
дистанционного образования, его соответствие современным педагогическим принципам и
вопросы интеграции в общую педагогическую систему.

Ключевые слова:

Дистанционное образование, дистанционное образование,

дистанционные образовательные технологии, элементы дистанционного образования,
модель, конференции и компоненты, дистанционное образование, педагогика,
инновационное образование, цифровая компетентность,

Abstract.

This article broadly covers the formation of distance education, stages of

development, didactic and methodological foundations of its effective organization, as well as
ways to harmonize the distance education process with general pedagogical principles and the
methodological foundations of distance education. The methodological foundations of the process
of organizing distance education, its harmony with modern pedagogical principles and issues of
integration into the general pedagogical system are analyzed.

Keywords:

Distance education, distance education, distance education technology,

Elements of distance education, model, conferences and components, distance education,
pedagogy, innovative education, digital competence,


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

76

Masofaviy ta’limning tashkil etishda yangi uslubiy asoslar va amaliy ko‘nikmalarni

oshirish xorij ta’lm standartlari bilan yaqindan tanishish va ularni tashkillashtirishda beriladigan
uslub va fantaziyalarini o‘ragnishdan hamda uni pedagogika yo‘naltirish Finlandiya ta’lim
jarayonini tadbiq etishni takomillashtirishdan iborot.

Globallashuv jarayoni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va

raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi yangi shakl va mazmun kasb etmoqda. Xususan,

masofaviy ta’lim

bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib, o‘quvchilarga

o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirishmasdan ham bilim olish imkonini bermoqda. Shu bois
masofaviy ta’limni ilmiy asosda tashkil etish, uni umumiy pedagogika nazariyasi bilan
uyg‘unlashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Masofaviy ta’lim — bu o‘quvchi va o‘qituvchi
o‘rtasida fazoviy masofa mavjud bo‘lgan sharoitda o‘qitish jarayonini axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali amalga oshirishga asoslangan ta’lim shaklidir. Uning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:

O‘quvchi markazliligi

– ta’lim jarayoni o‘quvchining individual ehtiyojlariga

yo‘naltiriladi;

Moslashuvchanlik

– ta’lim mazmuni va jadvali shaxsiy imkoniyatlarga moslashtiriladi;

O‘zaro aloqadorlik

– interaktiv platformalar orqali muloqot, bahs va fikr almashish

imkoniyati yaratiladi;

Mustaqil ta’lim olish

– talabaning o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘zlashtirish ko‘nikmalari

rivojlanadi.

Masofaviy ta’limning samaradorligini ta’minlash uchun uni ilmiy-uslubiy asosda tashkil

etish va umumiy pedagogika nazariyasi bilan uyg‘unlashtirish zarur. Chunki har qanday ta’lim
shaklining samaradorligi, avvalo, uning didaktik asoslariga

,

pedagogik tamoyillariga va

metodik

yondashuvlariga bog‘liqdir. Masofaviy ta’limning nazariy manbalari XX asrning oxirlarida V.P.
Bespalko, A.A. Andreev, M.V. Moiseeva, J. Bruner, D. Kolb kabi olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan

sistemali, faoliyatga asoslangan va konstruktivistik

ta’lim nazariyalariga tayanadi.

Ushbu nazariyalarda bilim o‘zlashtirish jarayoni

talabaning faol sub’ektlik pozitsiyasida

bo‘lishi

bilan izohlanadi.

Masofaviy ta’lim texnologiyalari

asenkron (offline)

va

synchronous (real vaqt

rejimidagi)

formatlarda

amalga oshiriladi.

Asenkron

formatda

talabalar

mustaqil

o‘rganishadi, video darslar va materiallar bilan ishlaydi; sinxron formatda esa o‘qituvchi bilan
jonli muloqot olib boriladi.

Bu ikki format uyg‘unlashganda

aralash (blended learning)

tizimi vujudga keladi, bu esa

samaradorlikni oshiradi. Masofaviy ta’lim jarayonini,

İnternetning WWW, Elektron pochta va boshqa xizmatlari orqali;

Video konferentsiyalar ko‘rinishida;

Maxsus kabel studiyalari orqali, tashkil etish mumkin.
Bunda

Internet orqali

ixtiyoriy foydalanuvchi, boshqa mamlakatlardagi Universitetlarda

masofaviy ta’lim olishi mumkin. Shuningdek Internet orqali ixtiyoriy turdagi, ixtiyoriy hajmdagi
ma’lumotlar olishi, o‘rganishi, murojaat qilishi mumkin.

Video konferentsiyalar

ham kompyuter, telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi. Bunda bir

shahardagi talaba boshqa bir shahardagi o‘qituvchi yoki talaba bilan jonli muloqat qilishi mumkin.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

77

Albatta buning uchun maxsus video va multimedia qurilmalari bilan birga, ularning

kompyuterda maxsus programma ta’minoti ham zarur bo‘ladi

Maxsus kabel studiyalari orqali

talim olish jarayoni, xuddi kabel televideniyasi kabi

tashkil etilgan bo‘ladi. O‘qituvchi biror joyda turib televizor orqali boshqa joydagi talabaga bilim
berishi, o‘rgatishi mumkin. Masofaviy ta’limning asosiy elementlaridan biri Internet
texnologiyalari orqali elektron qo‘llanmalarni ularda joylashtirish va ulardan foydalanishni tashkil
qilish yoki har xil elektron qo‘llanmalarni tayyorlash va ularni CD lar orqali foydalanishni tashkil
qilish hisoblanadi.

Hozirgi kunda masofadan o‘qitishning bu turlari rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimiga

keng kirib kelgan. Shu bois, ta’lim tizimida har bir o‘qitilayotgan fan uchun ilg’or pedagogik
texnologiyalarni tadbiq etishda axborot texnologiyalari asosida yaratilayotgan elektron
qo‘llanmalar bazasida o‘qitish va nazorat qilish mexanizmlarini gipermediya, multimedia,
gipermatn, ovoz, video kabi programma vositalari yordamida ishlab chiqish bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biridir. Masofadan o‘qitish tizimining asosiy komponentalari axborot,
dasturiy va texnik ta’minotining mustahkamlashtirishning asosiy maqsadi:

talabalarni o‘qitish sifatini oshirish;

universitet o‘quv jarayoning boshqarish sifatini va operativligini oshirish;

uslubiy materiallar mazmuni va tuzilmasi sifatini oshirish;

universitetning ta’lim berish xizmat doirasini kengaytirish, ya’ni ikkinchi kvalifikatsiya

olish, qo‘shimcha ta’lim dasturi asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratish;

ilmiy-texnik aprobatsiya va ta’lim texnologiyasida qo‘llash maqsadida yangi dasturiy

vositalardan foydalanish;

ochiq ta’lim bo‘yicha milliy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
O‘quv jarayonida masofadan o‘qitish tizimidan kompyuter texnologiyasi va maxsus

axborot ta’minot vositasi sifatida keng foydalanish ochiq ta’lim tizimining huquqiy, ilmiy –
metodik va texnologik tamoyillari orqali aniqlanadi.

O‘quv jarayonida masofadan o‘qitish tizimining mukammal dasturi vositalarini qo‘llash

o‘quv materiallar, elektron konspektlar, nazorat qilish va o‘rganish testlari, virtual vositalar,
praktikumlar, axborot resurslar va boshqalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Masofadan o‘qitish tizimini yaratishning bazaviy texnologiyasi – tarmoq texnologiyasi

bo‘lib, u masofadan o‘qitish tizimiga ochiq kirish va murojaat qilish imkonini beradi. Tarmoqli
texnologiya universitet uchun ancha iqtisodiy jihatdan arzon va samaraliroq texnologiya
hisoblanadi. Masofadan o‘qitish tizimini yaratish asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
standartizatsiyalash, universallik va ochiqlik.

Standartizatsiyalash deganda birinchidan, internet standart tarmoq texnologiyasi asosiy

baza sifatida, ikkinchidan masofadan o‘qitish tizimida kerakli komponentalarni kiritish, yaratish
qoidalariga oid talablarni berish. Universallik shundan iboratki, birinchidan tizim masofadan
o‘qitish vositasi sifatida qaraladi, lekin ixtiyoriy o‘qitish formasi uchun kompyuter tarmoq
texnologiyasi ham qaraladi. Ikkinchidan, tizim ixtiyoriy fanlarni o‘qish va kurslarni yaratish
uchun o‘rinli bo‘ladi: gumanitar, sotsial-iqtisodiy, tabiiy ilmiy va texnik.

Uchinchidan, tizim barcha ma’lum texnologiyalar va masofadan o‘qitish metodlarini

tavsiya etadi: elektron darsliklar, o‘qitish va nazorat qilish testlari, virtual vositalar, elektron


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

78

kutubxona, shu jumladan axborotlarni almashtirish va individual ta’lim dasturini
shakllantirishning turli xil vositalari.

Masofadan o‘qitish tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

interfaollik, ya’ni o‘qitishning muloqot rejimini ta’minlaydi;

dasturiy va apparatli bog‘liqmaslik, o‘qitishni bir nechta vositaviy ta’minotda va ixtiyoriy

operatsion tizim boshqaruvida olib borish;

ma’lumotlar almashinuvining yuqori tezligi, o‘qitishda kutish vaqtini kamaytirish.

Internet texnologiyasining asosiy imkoniyatlari quyidagilar:

Gipermatn tuzilmaning mavjudligi axborot metodik ta’minotni yaratishda grafik

multimediya imkoniyatlaridan foydalanish.

Har xil tayyorgarlikdagi auditoriya tinglovchilari va turli xil o‘quv mashg‘ulotlari uchun

o‘qituvchi o‘quv materiallarini ifodalash formasi va ketma-ketligini berishi mumkin (boshlang‘ich
ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish, materialni majburiy yoki fakultativ o‘rganish).

Internet texnologiyasi (shu jumladan internet tarmog‘ida WWW vositasi) o‘qituvchilarga

hujjatlarni formatlash tillari bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lmasalar

ham, axborot materiallarni yaratish va ularni talabalar bilan muloqot qilish imkonini

beradi.

Internet texnologiyasi erkin tarqatilayotgan dasturlar majmuasi (Netscape Communicator,

Internet Explorer va boshqalar) dan foydalanish imkonini yaratadi.

www bazasida yaratilgan masofadan o‘qitish tizimi global axborot tarmoqqa birlashtiriladi

va keng foydalanuvchilar doirasiga tavsiya etiladi.

Internet

texnologiyasi mavjud va yaratilgan o‘quv va elektron qo‘llanmalardan tamoyilial

o‘zgarishsiz foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.

Masofadan o‘qitish tizimi Web – server asosida quriladi va foydalanuvchilarga

axborotlarni gipermatn ko‘rinishida tavsiya etadi.

O‘quvchi va o‘qituvchi kerakli barcha ma’lumotlarni masofadan o‘qitish tizimining

ma’lumotlar bazasidan olishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan muloqot Java – appletov, CGI –
modullari va interfaol Web – to‘rlarini yaratishning boshqa vositalari yordamida amalga
oshiriladi.

Oxirgi yillarda masofadan o‘qitish tizimiga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda.
Hozirgi kunda ko‘plab masofadan o‘qitish markazlari, institutlari va tizimlari faoliyat

ko‘rsatib kelmoqda. Masofadan o‘qitish tizimini yaratish – ko‘p qirrali muammo bo‘lib, o‘quv-
uslubiy, texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy, huquqiy, psixologik, tabiiy ta’minot
masalalarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda bu masaalalarni yechish murakkab bo‘lib qolmoqda.

Yuqorida aytilgan fikrlar masofadan o‘qitishning tizimli vositasiga tegishli.
Masofadan o‘qitishning tizimli vositasi deganda, tizimda foydalaniladigan usullar va

dasturiy vositalar majmuasi tushuniladi.

Ularning asosiy funksiyalariga o‘quv materiallari bazasini boshqarish, Masofadan o‘qitish

kurslarini tavsiyalash formalarini ishlab chiqarish, masofadan o‘qitishda o‘quv jarayonini
boshqarish, masofadan o‘qitishda komponentlar integratsiyasini ta’minlash, foydalanuvchi bilan
interfeys va hokazo.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

79

Masofadan o‘qitish tizimining umumiy tuzilishi quyidagicha:
















Masofadan o‘qitish tiziminig o‘quv, uslubiy va texnik tuzilishi

Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari — o‘quv jarayonining qulayligi, iqtisodiy

samaradorligi, o‘quvchi mustaqilligini rivojlantirishdir. Biroq, texnik vositalarning yetishmasligi,
motivatsiya pasayishi va shaxsiy muloqotning cheklanishi kabi muammolar ham mavjud. Shu
sababli, pedagogik yondashuvni takomillashtirish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va
o‘qituvchilar malakasini oshirish dolzarb vazifa bo‘libqolmoqda. Masofaviy ta’limning asosiy
afzalliklari — o‘quv jarayonining qulayligi, iqtisodiy samaradorligi, o‘quvchi mustaqilligini
rivojlantirishdir. Biroq, texnik vositalarning yetishmasligi, motivatsiya pasayishi va shaxsiy
muloqotning cheklanishi kabi muammolar ham mavjud. Shu sababli, pedagogik yondashuvni
takomillashtirish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va o‘qituvchilar malakasini oshirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Masofaviy ta’lim bugungi ta’lim tizimining ajralmas qismiga
aylangan bo‘lib, uni samarali tashkil etish umumiy pedagogikaning nazariy va metodik asoslariga
tayanadi. Masofaviy ta’lim o‘qitish jarayoniga yangicha yondashuv, interaktivlik,
shaxsiylashtirish, hamkorlik va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini olib kiradi. Shu sababli,
raqamli ta’limni pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish, o‘qituvchilarni raqamli madaniyatga
tayyorlash hamda metodik asoslarni takomillashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan
biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1

Zaychenko T.P. Masofaviy o‘qitish asoslari: nazariy va amaliy asos: o‘quv qo‘llanma. -
SPb.: RSPU nashriyoti im. A.I. Gertsen, 2004.

2

Kenjaboev A. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning ta’limiy asoslari. – T.: «Navro‘z»,
2013.

O‘quv-uslubiy

modul

O‘quv materiallari

bazasi (O‘MB)

Virtual

kutubxona

O‘MB ni

boshqarish

Texnik ta’minot

O‘quv

auditoriyalar

Laboratoriya
xonalari

Kommunikatsion

texnik vositalar

Ma’muriy

blok

Virtual

dekanat

Talabalarning

ma’lumot bazasi

O‘quv jarayonini

amalga oshirish

Instrumental vositalar

Axborot

resurslari


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

80

3

Zakirova F., Muxamedxanov U., SHaripov SH., Isyanov R., Esanboboev F., Dottoev S..
Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik
qo‘llanma.– T

4

Qizi, N. D. Y. L. (2025). EMOTSIYA VA UNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI.
Research Focus, 4(Special Issue 2), 834-841.

5

Qizi, N. D. Y. L. (2025). MAMLAKATIMIZDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI
YANADA TAKOMILLASHTIRISH. Research Focus, 4(Special Issue 2), 795-802.

6

Odilxanovich S. Q. et al. MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH
//PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 5. – №. 1. – С. 395-400.

7

Одилханович Ш. Қ. и др. ОИЛАДА БОЛАЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА ЎЗБЕК ХАЛҚ
ПЕДАГОГИКАСИ МАНБААЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ //Таълим ва Ривожланиш
Таҳлили онлайн илмий журнали. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 28-32.

8

www.pedkadr.uzedu

9

https://www.dist.edu.uz

Библиографические ссылки

Zaychenko T.P. Masofaviy o‘qitish asoslari: nazariy va amaliy asos: o‘quv qo‘llanma. - SPb.: RSPU nashriyoti im. A.I. Gertsen, 2004.

Kenjaboev A. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning ta’limiy asoslari. – T.: «Navro‘z», 2013.

Zakirova F., Muxamedxanov U., SHaripov SH., Isyanov R., Esanboboev F., Dottoev S.. Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo‘llanma.– T

Qizi, N. D. Y. L. (2025). EMOTSIYA VA UNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. Research Focus, 4(Special Issue 2), 834-841.

Qizi, N. D. Y. L. (2025). MAMLAKATIMIZDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. Research Focus, 4(Special Issue 2), 795-802.

Odilxanovich S. Q. et al. MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 5. – №. 1. – С. 395-400.

Одилханович Ш. Қ. и др. ОИЛАДА БОЛАЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА ЎЗБЕК ХАЛҚ ПЕДАГОГИКАСИ МАНБААЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ //Таълим ва Ривожланиш Таҳлили онлайн илмий журнали. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 28-32.

www.pedkadr.uzedu

https://www.dist.edu.uz