2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
275
BESH TASHABBUS OLIMPIADASI QOIDALARI ASOSIDA FUTBOLCHILARNI
MUSOBAQAGA TAYYORLASH
Sadullayev T.X.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
mustaqil izlanuvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17669481
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbolchilarni
musobaqalariga tayyorlashning zamonaviy yo‘llari tahlil qilinib, ular takomillashtirish hamda
musobaqa samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
“Besh tashabbus olimpiadasi”, jismoniy tayyorgarlik, tezlik, chidamlilik,
chaqqonlik, koordinatsiya, kuch.
Kirish.
Bugungi kunda yoshlar orasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Besh tashabbus olimpiadasi”
alohida o‘rin tutmoqda. Futbol esa ushbu tashabbusning eng ko‘p qamrab olinadigan sport
turlaridan biri sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur “Besh tashabbus olimpiadasi” futbol
musobaqalari qoidalaridan kelib chiqqan holda sportchilarning tayyorgarlik jarayonini ilmiy
asoslash va samarali mashg‘ulotlar modelining samaradorligini aososlashga xizmat qiladigan
tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Tadqiqot maqsadi.
Yoshlarni ma’naviy va jismoniy jihatdan har tomonlama yetuk qilib
tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan
“Besh tashabbus” — davlat miqyosida yoshlar siyosatini amalga oshirishda yangi bosqichni
boshlab berdi.
“Besh tashabbus” yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni sportga jalb qilish, sport inshootlarini ko‘paytirish,
madaniyat, san’at, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, qizlarni ijtimoiy hayotga faol jalb qilish,
yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi..
Ushbu beshta yo‘nalishning ikkinchisi — sportni rivojlantirish va yoshlarni ommaviy
sportga jalb qilish — ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Zero, jismonan sog‘lom yoshlar — har
qanday jamiyatning tayanchi, kuch-qudratidir. “Besh tashabbus olimpiadasi” ana shu yo‘nalish
doirasida har yili yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan ommaviy sport musobaqalarining
umumiy nomidir.
Futbol musobaqalari esa, bu olimpiada doirasidagi eng ommaviy va raqobatbardosh sport
turi hisoblanadi. Aynan shu sport turi yoshlarning jismoniy holatini, jamoaviy fikrlashini va iroda
kuchini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” futbol musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar
ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport universiteti,
mahalliy hokimliklar hamda sport federatsiyalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Musobaqa
hududiy bosqichlar (mahalla, maktab, kollej, tuman), tuman va shahar bosqichlari, viloyat
bosqichi, Respublika final bosqichlaridan iborat. Musobaqalarda 14 yoshdan 25 yoshgacha
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
276
bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi. Jamoalar maktablar, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim
muassasalari yoki mahallalar nomidan qatnashadi.
Har bir jamoa 7 nafar asosiy va 3 nafar zaxira o‘yinchidan iborat bo‘ladi. O‘yinlar kichik
maydonda (mini-futbol qoidalari asosida) 2 taym, har biri 20 daqiqadan o‘tkaziladi. O‘yin
davomida o‘yinchi soni 5 nafardan oshmasligi kerak. O‘yinchining yoshi va jismoniy holati
nazorat qilinadi (pasport yoki ID karta orqali). Sport etikasi, odob-axloq va hakam qarorlariga
hurmat asosiy talab hisoblanadi. Jarima, kartochkalar va chetlatishlar FIFAning moslashtirilgan
qoidalariga asoslanadi.
Bu qoidalarning joriy etilishi musobaqalarni shaffof va raqobatbardosh o‘tkazish imkonini
beradi, shuningdek, sportchilarning teng sharoitda kurashishiga imkon yaratadi.
Tadqiqot natiyjalari.
Futbolchilarning “Besh tashabbus olimpiadasi”ga tayyorgarligi
umumiy futbol tayyorgarligidan farqli jihatlarga ega. Chunki bu musobaqada maydon kichik,
o‘yin davomiyligi qisqa, o‘yinchilar soni kam, tezlik, chaqqonlik va qaror qabul qilish tezligi
ustuvor ahamiyatga ega. Shu bois, mashg‘ulotlar jarayonida chidamlilikni emas, balki tezlikni
oshiruvchi mashqlar ustuvor bo‘lishi, to‘pni qisqa masofada boshqarish, tez qaror qabul qilish,
harakatlanish trayektoriyasini aniqlashga qaratilgan texnik mashg‘ulotlar olib borilishi, zaxira
o‘yinchilarning faol rotatsiyasi orqali barqaror o‘yin uslubini shakllantirish ga e’tibor qaratish
zarur. Ushbu omillarni inobatga olgan holda tayyorgarlik olib borilgan jamoalar musobaqalarda
yuqori natijaga erishishi mumkin. Futbolchilarni musobaqaga tayyorlash jarayonida jismoniy
tayyorgarlik holatini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, “Besh tashabbus
olimpiadasi” kabi yuqori raqobatli va qisqa muddatli turnirlarda futbolchilarning holati,
tayyorgarlik darajasi va tayyorlik sifati natijalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Jismoniy tayyorgarlik tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, koordinatsiya, kuch, tiklanish tezligi
kabi mezonlar asosida baholanadi (5-jadvalga qarang).
5-jadval
Jismoniy tayyorgarlikni baholovchi mezonlar
№ Jismoniy sifatlar
Jismoniy mashqlar
1.
Tezlik
20-30 metrga yugurish va reaksiya vaqti)
2.
Chidamlilik
yo‘l yugurish yoki yo‘nalishli yugurish testlari orqali
3.
Chaqqonlik
yo‘nalishni tez-tez o‘zgartirish bo‘yicha sinovlar
4.
Koordinatsiya
to‘p bilan ishlashdagi aniqlik, bir vaqtda harakatlarni
muvofiqlashtirish
5.
Kuch
sakrash masofasi, oyoq kuchi va korpusni ushlab turish
darajasi
6.
Tiklanish tezligi
mashg‘ulot yoki o‘yin davomida tiklanish darajasi,
pulsning normal holatga qaytish vaqti
Bu ko‘rsatkichlar nazariy va amaliy testlar orqali o‘lchanadi va shaxsiy mashg‘ulot
dasturini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yoshlar futboli — bu nafaqat sportni o‘rganish, balki shaxs sifatida yetilish, iroda kuchini
shakllantirish, muloqot madaniyatini rivojlantirish maydonidir. Biroq, o‘smir yoshdagi
o‘zgaruvchan tana rivojlanishi, tizimli mashg‘ulot yetishmasligi, to‘g‘ri ovqatlanish va uyqu
rejimining buzilishi, tibbiy nazoratning pastligi kabi ko‘plab muammolar mavjud.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
277
Shuningdek, to‘pni nazorat qilishdagi qiyinchiliklar, joylashuv va pozitsion o‘yinni
noto‘g‘ri tushunish, standart vaziyatlarga tayyor emaslik kabi texnik muammolar ham mavjud.
Raqobatga dosh berolmaslik, jamoaviy o‘yin madaniyatining shakllanmaganligi, bosim
ostida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish bo‘yicha psixologik muammolar ham kuzatiladi.
Shuning uchun, tayyorgarlik jarayonida murabbiylar individual va jamoaviy yondashuvni
birgalikda olib borishi, futbolchilarning yoshi, psixologiyasi va jismoniy imkoniyatlariga
moslashtirilgan mashg‘ulot uslublarini qo‘llashi zarur.
“Besh tashabbus olimpiadasi” formatidagi musobaqalar uchun mo‘ljallangan futbolchilarni
tayyorlash modeli maxsus jismoniy tayyorgarlikni, ya’ni tezkor yugurishlar (10–30 m oralig‘ida),
sprintdan so‘ng darhol to‘xtab turish va harakatni o‘zgartirish mashqlari, zanjirli reaksiya
mashqlari, tiklanish tezligini oshiruvchi mashg‘ulotlarni bajarish kerak bo‘ladi.
Texnik tayyorgarlikni rivojlantirishda tor maydonlarda to‘pni boshqarish, to‘pni qisqa
masofaga uzatish (paslash) aniqligini oshirish, qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi
mashqlardan foydalanish, darvoza tomon zarbalar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratish zarur
bo‘ladi.
Shuningdek, taktik tayyorgarlikni rivojlantirishda kichik guruhlarda o‘yin mashqlari (3x3,
4x4 formatda) tashkil qilish, hujum va himoya o‘rtasidagi tez o‘zgarishlar, jamoaviy pressing,
qarshi pressing va orqaga chekinish mashqlari, standart holatlar (burchak zarbalari, penaltilar)
ustida ishlash zarur bo‘ladi.
Shu bilan birga psixologik tayyorgarlikni rivojlantiirshda musobaqa stressiga
bardoshlilikni oshirish (motivatsion treninglar, vizualizatsiya), jamoaviy muloqotni rivojlantirish
(faol tinglash va yetkazish mashqlari), raqibga nisbatan hurmat va o‘zini nazorat qilishni
kuchaytirish zarur hisoblanadi.
Futbolchilarning “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga tayyorlanishida jismoniy,
texnik va psixologik omillar uyg‘unligi zarur. Ilmiy asoslangan tayyorgarlik modeli bu jarayonni
tizimli ravishda tashkil etishga, yosh futbolchilarning salohiyatini to‘liq namoyon etishga imkon
yaratadi.
Musobaqaga
tayyorlanishda
mashg‘ulotlarning
muntazamligi
va
maqsadga
yo‘naltirilganligi futbolchilarning tayyorgarlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
“Besh tashabbus olimpiadasi” formatidagi o‘yinlar qisqa, intensiv va tezkor bo‘lganligi sababli,
kunlik mashg‘ulotlar har kuni 90 daqiqa, haftada 5 kun faol, 1 kun yengil mashg‘ulot, 1 kun to‘liq
dam olish printsiplariga asoslanishi lozim. Bu turdagi reja orqali futbolchilarning jismoniy
yuklamaga adaptatsiyasi oshadi, mushaklar va nafas tizimi yaxshilanadi, charchoq kamayadi va
ularning sport formasini musobaqagacha optimal darajaga keltirish mumkin bo‘ladi.
Futbol — bu nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikni ham talab qiluvchi sport
turi. “Besh tashabbus olimpiadasi”da yoshlar ishtirok etgani uchun O‘ziga ishonchni oshirish,
stressga bardoshlilik, mag‘lubiyatni qabul qilish va unga munosabat bildirish ko‘nikmalari hamda
jamoaviy ruhni shakllantirish psixologik yondashuvlar muhim hisoblanadi. Bunday yondashuvlar
futbolchilarning faqat sport emas, balki hayotiy jihatdan ham kuchliroq bo‘lishlariga xizmat
qiladi.
Xulosa.
Futbolchilarning “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasiga sifatli
tayyorgarligini ta’minlash uchun: maxsus rejalashtirilgan mashg‘ulotlar dasturi; psixologik
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
278
barqarorlikni rivojlantirish mashqlari; formatga mos texnik-taktik yondashuvlar; sog‘lom turmush
tarzini qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Абидов Ш.У. Ёш футболчилар мусобақа фаолияти кўрсаткичларининг техник
тайёргарлик самарадорлиги билан ўзаро боғлиқлиги//«FAN – SPORTGA» илмий-
назарий журнали, №6/2022 йил. Б.3-6.
2.
Пулатов С.Н. Методика совершенствования специальной выносливости футболистов
18 -19 лет//«FAN – SPORTGA» илмий-назарий журнали, №6/2022 йил. Б.35-38.
3.
Исеев Ш.Т. , Юсупов Н.М. , Косимов Ф.А. Анализ уровня специальной
выносливости у футболисток высокой квалификации//«FAN – SPORTGA» илмий-
назарий журнали, №1/2022 йил. Б.40-41
