THE FOUNDER OF A GREAT STATE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
O’sarboyeva , X. (2023). THE FOUNDER OF A GREAT STATE. Modern Science and Research, 2(3), 145–147. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18395
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article contains basic information about Amir Temur's birth, family, and his role in the political arena from childhood, building a great state, and the state management system. The advantages of his uniqueness in the structure and management of the state, his vigor in building a great state have been revealed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

BUYUK DAVLAT ASOSCHISI

O’sarboyeva Xumora Abdumo’min qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti, Maktabgacha va boshlanģich ta'lim (xorijiy til)

fakulteti, 22.3 - guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7769418

Annotatsiya.

Maqolada Amir Temurning tug‘ulishi, oilasi va bolalik chog‘laridan toki

siyosiy maydonda tutgan o`rni, buyuk davlat qurishi va davlat boshqaruv tizimini qandayligi
haqida asosli ma’lumotlar keltirilgan. Uning davlat tuzilishi va boshqaruvidagi o‘ziga hoslik,
buyuk davlatni barpo qilishdagi serg‘ayratliligining afzalliklari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Barlos urug‘i, mard va jasur, serg‘ayrat, talabchan,

“mo`l xazina, yagona

shox, yengilmas lashkar”.

THE FOUNDER OF A GREAT STATE

Abstract.

The article contains basic information about Amir Temur's birth, family, and his

role in the political arena from childhood, building a great state, and the state management system.
The advantages of his uniqueness in the structure and management of the state, his vigor in
building a great state have been revealed.

Key words:

Barlos clan, brave and brave, energetic, demanding, "abundant treasure,

unicorn, invincible army".

ОСНОВАТЕЛЬ ВЕЛИКОГО ГОСУДАРСТВА

Аннотация.

Статья содержит основные сведения о рождении, семье и роли Амира

Темура на политической арене с детства, построении великого государства и системе
государственного управления. Выявлены преимущества его уникальности в устройстве и
управлении государством, его энергичности в строительстве великого государства.

Ключевые слова:

род Барлос, отважный и отважный, энергичный, требовательный,

«обильное сокровище, единорог, непобедимая армия».

Buyuk sarkarda va yirik davlat asoschisi Amir Temuribn Amir Tarag`ay ibn Amir Barqul

1336-yil 9-aprelda Kesh viloyati Xo`ja Ilg`or qishlog`ida tug`ilgan. Uningotasi Amir Tarag`ay

barlos

urug`ining oqsoqoli sifatida faoliyat yuritgan. Onasi Takinaxotun Kesh yurtining obro`li

bekalaridan bo`lgan. Amir Temurning ota onasi uning o`qib o`rganishi uchun zarur barcha
sharoitlarni yaratib bergan. Amir Temur juda zukko va tirishqoqligi bilan o`zitengi bolalardan
ajralib turgan. U yeti yoshida Kesh shahridagi madrasalardan birida tehsil oladi. U o`zitengibolalar
bilan o`ynash o`rniga otasidan harbiy san’at sirlari va sipohiylikni o`rganadi. Amir Temur ilk bor
harbiy faoliyatini viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlaydi. Xizmat faoliyati mobaynida u
harbiy san’atda mohirligi, zukkoligi va uzoqni ko`ra bilishi bilan Qashqadaryo vohasi Kesh
viloyatida dong taratgan. 1361-yil Mo`g`ulistonxoni Tug`luq Temur Amir Temurni Kesh
viloyatiga dorug`a (hokim) hokim etib tayinlaydi.

Shu kundan Amir Temur siyosiy maydonga kirib keladi.
1370-yil 10-aprelda Amir Temur Balx hukmdori Amir Husayn bilan bo`lgan jangda g`olib

bo`ladi va Amir Husaynni qatl ettiradi. Amir Husayn davrida mamlakatda ichki siyosiy vaziyatlar
qalts tus olgan edi. Ammo Amir Temur tashabbusi bilan ichki nizolarga yechim topildi, yangi
inshootlar barpo etildi va eng asosiysi mamlakatda adolat va tartib o`rnatildi. Amir Temur
Samarqand, Xorazm, Xuroson, Toshkent viloyati, Farg`ona vodiysi va boshqa qator shaharlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

birlashtirgan holda yagona markazlashgan davlatni vujudga keltirdi va buyirik davlatning poytaxti
Movarounnahr etib belgilandi. Amir Temur o`z davlatida harbiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga
alohida e`tibor qaratgan va bu sohalarni rivojlantirish uchun ko`plab say harakatlarni amalga
oshirgan. Amir Temur tarixda ilk bor konstitutsiyaviy davlatga asosslogan. Amir Temur
saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo`lgan.
Dargohni oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Amir Temur mamlakatni boshqarishda islom qonun-
qoidalariga asoslangan. Uning Qur`oni Karim va Hadisi Shariflarga munosabati oliy darajada
bo`lgan. Sohibqiron Amir Temur davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni “mo`lxazina,
yagonashoh, yengilmaslashkar” deya belgilab olgan va u bu tayanchlarga tayangan holda o`z
yurtini adolatli boshqargan.

Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur ulkan va yengilmas armiyaga yetakchilik qilgan. U

o`z lashkarlarini harbiy mashg`ulotlarini har tomonlama mukammal o`tishiga alohida e’tibor
qaratgan. Sohibqiron askarlari hartomonlama ham aqlan ham jismonan yetukligi uchun hechbir
jangda mag’lubiyatga uchramagan. Amir Temur mingdan ortiq janglar uyushtirgan va 27 davlatni
o’ziga bo’ysindirgan. Faqatgina, 1365 yili 22 may kuni Mug’iliston xoni Tug’luq Temur
Temurning o’g’li Ilyosxo’ja bilan bo’lgan jangda Amir Temur qo’shinlari mag’lubiyatga
uchragan. Bu mag’lubiyatning asosiy sababchisi Amir Husayn edi. U jang maydonini urush
tugamasidan nomardlarcha tark etadi va Temur qo’shinlari chekinishga majbur bo’ladi. Bu jang
tarixda “Loy jangi “nomi bilan qolgan. Ammo sohibqiron uchun bu mag’lubiyat birinchisi va
so’ngisi edi. Keyingi bo’lib o’tgan qator janglarda Amir Temur faqatgina zafar quchgan va
dunyoning 1/3 qismini egallab olgan. U bosib olgan mamlakatiga hech qanday zarar yetgazmagan,
aksincha u yerni yanada obodonlashtirib, aholi tinchligini ta’minlagan. Shuning uchun bo’lsa
kerak dunyo aholisi Amir Temurni “Buyuk xaloskorimiz” deb biladi. Hozirda dunyoning ba’zi
mamlakatlarida bizning bobokalonimiz Amir Temur xotirasiga atab haykallar o’rnatilgan.

Buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur o`zining

aqlufarosati, samiymiyligi, tom ma`nodagi chin insonligi bilan butun dunyo tarixida yorqin iz
qoldirdi. Uning adolat va odillik bilan davlat boshqaruvi asosida juda ko`plab tarqoq mamlakatlar
va fuqarolar birlashdi. Ba`zi tarixchilarning fikriga ko`ra Amir Temur har ikki o`ng va chap
qo`llarini bir paytda ishlata olgan ikkala qo`lida hechqanday qiyinchiliksiz xatlar yozgan va qilich
ishlata olgan. Bu esa Amir Temurdagi eng noyob qobilyatlardan biri edi. Uning donolik va
zukkolik bilan davlat boshqaruvi o`sha davrdagi ko`plab qirollarning olqishiga sazovor bo`lgan va
ular sohibqiron bilan birga ittifoq tuzishga harakat qilishgan. Sohibqiron Amir Temur O`zbekiston
va dunyo tarixida har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.


REFERENCES

1.

Abdulahad Muhammadjonov. Amir Temur va temuriylar saltanati.

2.

Bo'riboy Ahmedov. Amir Temur o'gitlari.

3.

Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning harbiy mahorati.

4.

Ibrohim Mo'minov. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli.

5.

Narzulla Ahmedov. Amir Temur: rivoyat va haqiqat.

6.

Ozod Mo'min. Amir Temurning yoquti ["Sharq yulduzi", 10-son, 1991].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

7.

Poyon Ravshan, Juma Qurbon. Amir Temur tug'ilgan joy yoki Zanjirsaroy qissasi.

8.

Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma.

9.

Turg'un Fayziyev. Temuriy malikalar.

10.

Yevgeniy Berezikov. Buyuk Temur (roman).

References

Abdulahad Muhammadjonov. Amir Temur va temuriylar saltanati.

Bo'riboy Ahmedov. Amir Temur o'gitlari.

Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning harbiy mahorati.

Ibrohim Mo'minov. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli.

Narzulla Ahmedov. Amir Temur: rivoyat va haqiqat.

Ozod Mo'min. Amir Temurning yoquti ["Sharq yulduzi", 10-son, 1991].

Poyon Ravshan, Juma Qurbon. Amir Temur tug'ilgan joy yoki Zanjirsaroy qissasi.

Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma.

Turg'un Fayziyev. Temuriy malikalar.

Yevgeniy Berezikov. Buyuk Temur (roman).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов