SETTING UP A LIBRARY OF MODULES IN THE PYTHON PROGRAMMING LANGUAGE TO ADDRESS ECONOMIC ISSUES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ibrohimova, M. (2023). SETTING UP A LIBRARY OF MODULES IN THE PYTHON PROGRAMMING LANGUAGE TO ADDRESS ECONOMIC ISSUES. Modern Science and Research, 2(3), 215–218. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18413
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article cited information on the issues of establishing a library of modules in the Python programming language to address current economic issues.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

IQTISODIY MASALALARNI HAL ETISH UCHUN PYTHON DASTURLASH

TILIDA MODULLAR KUTUBXONASINI TASHKIL ETISH

Ibrohimova Madina Baxtiyor qizi

Namangan davlat Universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7773470

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kundagi iqtisodiy masalalarni hal etish uchun Python

dasturlash tilida modullar kutubxonasini tashkil etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar keltirtib
o’tildi.

Kalit so’zlar: Iqtisodiy masalalar, Modellashtirish, Kompyuter dasturi, Python dasturlash

tili, kutubxonaning mavjudligi, UNIX, Windows va Macintosh.

ОРГАНИЗАЦИЯ БИБЛИОТЕКИ МОДУЛЕЙ НА ЯЗЫКЕ

ПРОГРАММИРОВАНИЯ PYTHON ДЛЯ РЕШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗАДАЧ

Аннотация. В данной статье приведены данные по вопросам организации

библиотеки модулей на языке программирования Python для решения современных
экономических задач.

Ключевые слова: экономические вопросы, моделирование, компьютерная программа,

язык программирования Python, доступность библиотеки, UNIX, Windows и Macintosh.

SETTING UP A LIBRARY OF MODULES IN THE PYTHON PROGRAMMING

LANGUAGE TO ADDRESS ECONOMIC ISSUES

Abstract.

This article cited information on the issues of establishing a library of modules in

the Python programming language to address current economic issues.

Keywords: Economic issues, modeling, computer software, Python programming language,

library availability, UNIX, Windows, and Macintosh.


KIRISH

Yurtimizda boshqa sohalar qatori iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy

muhitga ega bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali
foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik hamda iqtisodiy muammolarning oldini olish va ularning
salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va

O’zbekiston ekologik harakati, iqtisodiyot vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat
vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o’tgan davrdagi faoliyati
tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim
vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat va iqtisodiyot hamda uning Qonunchilik
palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko’rsatib o’tildi.

Avvalo, hozirgi jarayonda ekologik va iqtisodiy masalalarni modellashtirish usuli bilan hal

qilish maqsadga muvofiqdir.

Modellashtirish - ma’lum bir obyekt tizimini har tomonlama o’rganish hisoblanadi. Ya’ni

ekologik va iqtisodiy muammolarni turli xil jihatlarini hisobga olgan holda ularni bartaraf etish
uchun qurilgan modelini tahlil qilinadi.

Shuningdek, hozirgi kundagi iqtisodiy masalalarni hal etishda, bevosita zamon talabi

bo’lgan kompyuter dasturlash tizimlariga ham to’xtalib o’tish joizdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasini ko’rmasligimizdan qat’iy nazar,

kompyuterlashtirish jarayoni hamma joyda tez sur’atlar bilan kechayotganini ko’rishimiz mumkin.
Endi telefon nafaqat gaplashadigan qurilma, balki u matn, audio, video xabarlar yuborishi,
shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishi mumkin.

Zamon talabi o’quvchilarimizga nafaqat ushbu qurilma va texnologiyalardan foydalanishni

bilish, balki ularni dasturlash yordamida ishlab chiqish va raqamlashtirishni ham
qiyinlashtirmoqda.

Kompyuter dasturi - bu masalani hal qilish uchun kompyuter tomonidan bajarilishi kerak

bo’lgan ketma-ket buyruqlar to’plami. Dasturlash - bu kompyuter uchun dastur yaratish jarayoni.
Dasturchi - bu dastur ishlab chiquvchi shaxs.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma’lumki, kompyuter turli masalalarni yechishda foydalanuvchining eng yaqin yordamchisi

hisoblanadi. Xususan, matn, grafik muharrirlar, taqdimot dasturlari, elektron jadvallar kabi
insonlarga qulaylik yaratish maqsadida ko’plab ilovalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ta’lim,
bank, soliq, huquq va tibbiyot uchun maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari mavjud.

Kompyuterda masalani yechish uchun eng avvalo uning modeli va algoritmi tuziladi,

so’ngra bu algoritm kompyuter ma’lum qoidalar asosida tushunadigan va ma’lum alifbodan
foydalanib yoziladigan ko’rsatmalar va buyruqlarga aylantiriladi. Yaratilgan matn kompyuter
tilida yozilgan dastur deb ataladi. Kompyuter dasturi - bu masalani hal qilish uchun kompyuter
bajarishi kerak bo’lgan ko’rsatmalar ketma-ketligi. Kompyuter dasturi har kim tez o’rganishi
mumkin bo’lgan chet tiliga o’xshaydi. Odamlar kabi, kompyuterlar ham o’z tilida muloqot
qilishadi. Bu lug’at boyligi cheklangan va imlo qoidalarining qat’iy bo’lgan faqat kompyuter tili.
Kompyuter tushunadigan va muloqot qila oladigan “til”ga dasturlash tili deyiladi. Har qanday
dasturlash tilini biladigan har bir kishi osongina o’z dasturini yaratishi mumkin.

Ko’pgina dasturlash tillari mavjud bo’lib, ularning har biri muayyan muammolarni hal qilish

uchun ishlatilishi mumkin. Python dasturlash tili ularning eng mashhurlaridan biridir. Python veb-
saytlar, ilovalar va o’yinlar yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan ilg’or dasturiy
mahsulotlarni yaratish uchun dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biridir.

NATIJALAR

O’rganish va qo’llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo’lib, boshqa

dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug’dirmaydi.

Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi

tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish
imkonini beradi.

Python dasturlash tilini o’rganish uchun uni o’zining rasmiy saytidan yuklab olib, keyin

o’rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o’rnatiladi.

IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo’ljallangan IDE bo’lib, kod yozish uchun

uncha murakkab bo’lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarni ko’rsatib turuvchi
oynaga ega.

Har bir tilning alifbosi bo’lgani kabi dasturlash tilining ham o’z alifbosi mavjud. Python

dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harflari, arab raqamlari, maxsus belgilar va
xizmatchi so’zlardan tarkib topgan. Odatda, dasturlar kiritilgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta
ishlash, shuningdek, natijani ekranga chiqarish uchun mo’ljallangan bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

O’zgaruvchilar - o’z qiymati va turiga ega kattalik, o’zida qiymatlarni saqlaydigan

kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O’zgaruvchining qiymatlari dastur davomida o’zgarib
turishi mumkin. Doimiy (o’zgarmas) - faqat o’qish uchun mo’ljallangan qiymatlarni saqlovchi
kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o’zgaruvchilar kabi o’z qiymati va turiga ega.
Identifikatorlar o’zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning
umumiy nomi.

Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda

o’zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo’yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa
turga o’zgartirish uchun tur ko’rsatilishi shart.

Python dasturlash tili hozirgi kundagi ko’p foydalaniladigan va o’rganishga oson dasturlash

tillaridan hisoblanadi. U o’zining ko’plab afzalliklari, xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib
turadi.

O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlarga ega. Oddiy tuzilish va aniq belgilangan

sintaksisga ega. Bu o’rganuvchiga qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.

Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy

qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos
keladi.

• Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil

interfeysga ega.

• Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin.

Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga, qo’shish yoki
sozlash imkonini beradi.

• Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.
• GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI

dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.

• C, C++ va Java bilan osonlikcha bog’lanishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, har bir yangi dasturning kodini yozish ko’p vaqt talab

qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu sababli, tayyor qism dasturlardan foydalanish har bir dasturchi
uchun qulaydir. Zamonaviy dasturlash tillarida bu jarayonni yengillashtirish uchun tayyor dastur
kodlarini saqlovchi kutubxonalar mavjud. Boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilining
standart kutubxonasi ham ko’plab tayyor kod fragmentlari (modullar, standart funksiyalar va
b.)dan tarkib topgan. Python dasturlash tili o’rnatgichidagi Batteries included (батарейки в
комплекте - batareykasi bilan) izohi Python dasturlash tili majmuida ko’plab tayyor kodlar
mavjudligini anglatadi. Python dasturlash tilini yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchi
tomonidan yozilgan modullarni kutubxonaning alohida qismiga yuklash ham mumkin.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

REFERENCES

1.

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. “Basic concepts of information
security in information systems. Wide threats and their consequences”. концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.

2.

Qodirov F. E., Akbarova D. A., Shokirov S. H. Software for working with computer
graphics and their tasks. Application of digital image processing fields.

3.

Dmitriy Musin. Samouchitel Python. 2015 y.

4.

Anvar Narzullayev. Pythonda dasturlash asoslari. 2021
Internet manbalari mazili:

a.

www.python.org

b.

www.texnoman.uz

c.

www.dasturchi.uz

References

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. “Basic concepts of information security in information systems. Wide threats and their consequences”. концепции устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.

Qodirov F. E., Akbarova D. A., Shokirov S. H. Software for working with computer graphics and their tasks. Application of digital image processing fields.

Dmitriy Musin. Samouchitel Python. 2015 y.

Anvar Narzullayev. Pythonda dasturlash asoslari. 2021

Internet manbalari mazili:

a. www.python.org

b. www.texnoman.uz

c. www.dasturchi.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов