THE ROLE OF CULTURE AND ART IN STRENGTHENING THE VALUES OF YOUTH OF NEW UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ergashova , S. (2023). THE ROLE OF CULTURE AND ART IN STRENGTHENING THE VALUES OF YOUTH OF NEW UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(3), 223–227. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18437
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the role of culture and art in strengthening the values of the youth of New Uzbekistan. It also provides an analysis of the work done by the Ministry of Culture to promote the national and universal values of young people.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

223

YANGI О‘ZBEKISTON YOSHLARI QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDA

MADANIYAT VA SAN’ATNING О‘RNI

Ergashova Shahrizoda Elbek qizi

O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti

Filologiya va tillarni o'qitish ingliz tili yo'nalishi

3-kurs talabasi

shahrizam406@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7775442

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Yangi О‘zbekiston yoshlarining qadriyatlarini

mustahkamlash unda madaniyat va san’at sohasining qay darajada о‘rni bor ekanligi yoritilgan.
Undan tashqari Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini
о‘stirishga doir amalga oshirilgan ishlar tahlili bayon etilgan.

Kalit sо‘zlar:

yoshlar, Yangi О‘zbekiston, qadriyat, madaniyat, san’at, milliy, umuminsoniy,

tarbiya, ma’naviyat.

THE ROLE OF CULTURE AND ART IN STRENGTHENING THE VALUES

OF YOUTH OF NEW UZBEKISTAN

Abstract.

This article highlights the role of culture and art in strengthening the values of the

youth of New Uzbekistan. It also provides an analysis of the work done by the Ministry of Culture
to promote the national and universal values of young people.

Keywords:

youth, New Uzbekistan, values, culture, art, national, universal, upbringing,

spirituality.

РОЛЬ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА В УКРЕПЛЕНИИ ЦЕННОСТЕЙ

МОЛОДЕЖИ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

В данной статье описывается роль культуры и искусства в укреплении

ценностей молодежи Нового Узбекистана. Кроме того, был описан анализ работы,
проводимой Министерством культуры по развитию национальных и общечеловеческих
ценностей молодежи.

Ключевые слова:

молодежь, Новый Узбекистан, ценность, культура, искусство,

национальное, общечеловеческое, образование, духовность.

Yoshlarning iste’dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini tо‘liq rо‘yobga chiqarish, ijtimoiy

faolligini oshirish, hayotda munosib о‘rin egallashlari uchun yurtimizda tahsinga loyiq ishlar
amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning boshida Muhtaram Prezidentimizning о‘zlari namuna
bо‘layotganliklarini barchamiz kо‘rib turibmiz.

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash,

о‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Yangi
О‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari!” shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Birgina madaniyat va san’at sohasiga doir qabul
qilinayotgan Farmon va qarorlarining har birida yoshlar masalasiga doir chora-tadbirlar ishlab
chiqilgan.

Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabr “О‘zbekistonda

milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli
qarorida, 2020-yil 26-may “Madaniyat va san’at sohasini jamiyat hayotidagi о‘rni va ta’sirini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

oshirish chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi 6000-sonli Farmonida [1:211, 423], 2022-yil 2-fevral
“Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar
tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarorida [2:1] va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-aprel “Milliy
madaniyatimiz rivojiga katta hissa qо‘shgan san’atkorlarni hamda о‘zbek san’atini dunyo
sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qо‘llab-quvvatlash choratadbirlari
tо‘g‘risida”gi 271-sonli qarorida, 2019-yil 20-mart “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama
Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom
ijrochilari” respublika kо‘rik-tanlovlarini о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 237-sonli qarorida, 2019-yil 26-
avgustda “Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali
ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish tо‘g‘risida”gi 718-
sonli qarorida, 2019-yil 21-noyabr “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bо‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish tо‘g‘risida”gi 923-sonli qarorida
[3:470-477] va 2021-yil 16-noyabr “Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom”
respublika festivalini tashkil etish va о‘tkazish choratadbirlari tо‘g‘risida”gi 685-sonlida [4:
www.lex.uz] aynan yuqorida aytilgan choratadbirlar rejalari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlar masalasiga doir alohida yо‘l xaritalari ishlab
chiqib, joylarda shu asosda samarali ishlar olib bormoqda. Madaniyat va san’at sohasida amalga
oshirilayotgan ishlarning barchasida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ruhida
tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan. Quyidagi 1-rasmda Madaniyat vazirligi tomonidan
2019-2020-yilar mobaynida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bо‘yicha amalga oshirilgan
ishlar hisoboti statistikada kо‘rsatib о‘tilgan.

Yoshlarning qadriyatlarini mustahkamlash haqida bot-bot gapirayapmiz, savol tug‘iladi

qadriyat о‘zi nima? Unga qanday ta’rif berilgan? Demak, qadriyatlar bu - borliq, jamiyat, narsalar,
voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini kо‘rsatish uchun
qо‘llaniladigan tushuncha…Qadriyat tarixiy va zamonaviy bо‘lishi mumkin. Qadriyatning xilma-
xil shakllari bor: moddiy, ma’naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat
hayotining sohalari bо‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyat; ijtimoiy ong
shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilmasiga mos
keladigan milliy, sinfiy, partiyaviy qadriyatlar va boshqalar. [6:323,324]

Qadriyatlarning ma’naviy, umuminsoniy, moddiy, madaniy, ijtimoiy shakllarini yoshlarda

shakllantirish va mustahkamlashda madaniyat va san’at sohasining о‘rni beqiyosligini bugungi
kunda jadal olib borilayotgan islohotlarda ko‘rib, guvoh bо‘lib turibmiz. Madaniyat vazirligi
tizimidagi davlat teatrlari, teatr studiyalari, О‘zbek milliy maqom san’ati markazi, Respublika
baxshichilik san’ati markazi, M. Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli,
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

(Farg‘ona va Nukus filiali)

, О‘zbekiston davlat

konservatoriyasi

(Nukus filiali)

, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

(Urganch filiali),

Yunus Rajabiy nomidagi О‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Botir Zokirov nomidagi

Milliy estrada san’ati instituti K. Zaripov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan estrada va

sirk kolleji, Respublika musiqa va san’at kolleji, R. Gliyer nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan
musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, madaniyat
markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

internatlar kabi muassasalar yoshlarni madaniyat va san’at sohasi orqali milliy va umuminsoniy
qadriyatlar mujassamligida tarbiyalashga katta xizmat qilib kelmoqda.

1-rasm [5:59]

Madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim sohasida о‘z iqtidorini namoyon etayotgan yoshlar uchun

zarur sharoitlarni yaratish hududlar hamda vazirlik va idoralar rahbarlarining asosiy vazifalaridan
biri bо‘lishi shart. [7:259]

Yangi О‘zbekiston yoshlarida ezgulik g‘oyalarini shakllantirish hamda qadriyatlarni

mustahkamlash bu yurt tinchligi va demokratiya tamoyillarining tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganligiga
bog‘liqdir.

Demokratiya va siyosiy madaniyat qanchalik umuminsoniy ma’no va qadriyat kasb etmasin,

uning negizini, ungga ruhiy quvvat beradigan, uni boyitib boradigan, rang-barangligini
ta’minlaydigan “milliylik”, “milliy ruhiyat” milliy-ma’naviy qadriyatlardir. [8:20]

Yangi О‘zbekiston yoshlarini bilimli, ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga

sodiq farzand etib tarbiyalashda ajdodlarimiz merosini о‘rganish ham juda katta turtki bо‘ladi deb
ayta olamiz. Chunki, ajdodlarimiz merosi biz yoshlar uchun katta bir tuhfadir.

Mustaqillik sharofati bilan boshlangan va endilikda katta bir ma’naviy ehtiyoj sifatida

о‘rganilayotgan ajdodlarimizning ulkan merosi hozirda yangi bir qiyofa bilan boyib bormoqda. Bu
milliy istiqlolning ma’naviy olamidir. Agarki biz bu ishga belni mahkam bog‘lagan, xalqimiz
ma’naviy qiyofasini yangilash uchun chog‘langan, milliy qadriyatlarimizni idrok etishga
intilayotgan ekanmiz, avvalo, zabardast allomalarimiz merosidan yanada unumliroq
foydalanaylik. Ana shunda ular xotirasi oldidagi farzandlik burchini ado etgan bо‘lamiz.
Shundagina insoniy kamolot, ma’naviy huzur halovat, yuksak iymon-e’tiqod tuyg‘ularini
о‘zimizda his etamiz. [9:22]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

Mustaqillik yillarida yosh avlod qalbida Vatanga, millatga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash

borasida asrlarga tatigulik ishlar qilindi. Vatan ozodligi uchun kurashgan Sohibqiron Amir Temur,
Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalar, Vatan va millatga fidoyilik timsoliga aylangan
Mahmudxо‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Chо‘lpon va ularning safdoshlari
xotiralarining abadiylashtirilganligi, davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb, madhiyaga yuksak
ehtirom tuyg‘usining shakllanganligi buning yorqin dalillaridir. Shuning uchun ham bugungi
kunda “Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!”, “Shu aziz Vatan barchamizniki” degan
sо‘zlar shunchaki shior emas, millat yoshlarining qalb da’vatiga, siyosiy e’tiqodiga, qadriyatiga
aylanmoqda. [10:51]

Hozirgi kunda ayrim toifadagi kishilar bozor-о‘chardan boshqa narsani о‘ylamay qо‘yishdi.

Ota-ona bozorda, bola bozorda. Bugun bozorni boshiga kо‘tarib suv sotayotgan, sipirtli ichimlik
yoki tamaki bilan savdo qilayotgan bolalardan ertaga biz nimani kutamiz? Kun bо‘yi pul ketidan
quvgan bolalarni maktabga qaytarib bо‘ladimi? Tо‘g‘ri biz bozor qonunlari sharoitida
yashamoqdamiz. Lekin bozorni ham ma’rifatli kishilar boshqaradi. [11:44] Ma’rifatli, madaniyatli,
ma’naviyatli inson bо‘lish uchun hozirgi yosh avlodni tarbiyalash jarayonida, ularning
qiziqishlariga qarab madaniyat va san’atga jalb etishimiz kerakdir. Yaqinda ya’ni, 2022-yil
2fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada
rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarori bilan 2022-
2023 о‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida о‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va
kо‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bо‘lgan muhabbatni shakllantirish,
yosh iste’dodlarni aniqlash va qо‘llab-quvvatlash maqsadida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida
bittasida kuy ijro etish kо‘nikmalari о‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim tо‘g‘risidagi
hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Undan tashqari musiqa fani uchun haftasiga
belgilangan bir о‘quv soati hamda unga qо‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida
kuy ijro etish amaliy tо‘garaklari va fakultativ darslari о‘tkaziladi.

Xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari ming yillar davomida yaratilgan

bо‘lib, u insonlarining turmush tarziga, kundalik ehtiyojiga aylanib ketgan.

Avloddan-avlodga о‘tib о‘z tilini udumini, milliy e’tiqodini saqlab qolgan. [12:3]
Har tomonlama rivojlanayotgan, yangilanayotgan О‘zbekistonda iqtisodiyot bilan bir

qatorda taraqqiy etgan ilm-fan chо‘qqilarini egallagan yoshlarga yuksak madaniyat va milliy
ma’naviyat ham zurur ekanligini hayotning о‘zi taqazo etmoqda. Shu ma’noda mamlakatimiz
istiqbolini yaratuvchilari bо‘lgan yoshlarimizni vatanparvar, sadoqatli va yuksak ma’naviyatli
qilib tarbiyalashda bor kuchg‘ayratimizni safarbar etish barchamizning birinchi galdagi
vazifamizdir.

Tomirlarida buyuk bobolarimizning qoni oqayotgan yoshlarimiz ulug’ ajdodlarimizning

munosib vorislari bо‘lishi, ular kabi ulkan maqsadlar sari intilib yashashi va yuksak maralarga
erishishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz zarur. Yangi О‘zbekiston yoshlari ana
shunday yuksak darajalarga kо‘tarilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. [13:263].
Shunday ekan, Yangi О‘zbekiston yoshlari yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib,
yurtimizni shon-shuhrati uchun doim xizmatga labbay deb javob berishimiz lozimdir.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

REFERENCES

1.

Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021.
- B. 478.

2.

Yangi О‘zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 1.

3.

Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021.
- B. 478.

4.

О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz

5.

Turdiyeva M. Yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda madaniyat markazlarining
о‘rni. BMI. - Toshkent.:2021 - 59-b.

6.

A.Umarov, M.Bekmurodov. Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug’ati. Toshkent:
G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2015. - B. 349.

7.

Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: О‘zbekiston, 2021. - B 464

8.

Haydarov A. О‘zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatida milliy-ma’naviy qadriyatlarning
о‘rni. Avtoreferat - Toshkent: “Moziydan sado” jurnali kichik bosmaxonasi. 2005. - B. 30

9.

Haydarov A. Ajdodlarimiz merosi - milliy ma’naviyatimiz poydevori (Matn)- Toshkent:
Ma’naviyat. 2015. - B. 32

10.

Haydarov A. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar- Toshkent:

11.

Muharrir. 2008. - B. 95

12.

Haydarov A. Ma’naviyat - huquqiy davlat tayanchi. - Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. - B. 96

13.

Jumayeva F. Qadriyati qadrlangan yurt.- Qarshi:Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti,
2019-yil, 120 b.

14.

Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: О‘zbekiston, 2021. - B 464

References

Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

Yangi О‘zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 1.

Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz

Turdiyeva M. Yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda madaniyat markazlarining о‘rni. BMI. - Toshkent.:2021 - 59-b.

A.Umarov, M.Bekmurodov. Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug’ati. Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2015. - B. 349.

Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: О‘zbekiston, 2021. - B 464

Haydarov A. О‘zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatida milliy-ma’naviy qadriyatlarning о‘rni. Avtoreferat - Toshkent: “Moziydan sado” jurnali kichik bosmaxonasi. 2005. - B. 30

Haydarov A. Ajdodlarimiz merosi - milliy ma’naviyatimiz poydevori (Matn)- Toshkent: Ma’naviyat. 2015. - B. 32

Haydarov A. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar- Toshkent:

Muharrir. 2008. - B. 95

Haydarov A. Ma’naviyat - huquqiy davlat tayanchi. - Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. - B. 96

Jumayeva F. Qadriyati qadrlangan yurt.- Qarshi:Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti, 2019-yil, 120 b.

Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: О‘zbekiston, 2021. - B 464

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов